1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QAYTA TAShKIL ETILAYOTGAN QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONASI NEGIZIDA FERMER XOʻJALIGI TAShKIL ETIShDA TANLOV GʻOLIBLARINI ANIQLASh TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 4-yanvarda 1439-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2005-yil 18-noyabrdagi 237a-son “Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523, 19.11.2005y.) ga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-sonli “2005—2007-yillarda fermer xoʻjaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaligi tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtganidan keyin amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy oʻzgartirish va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish boshqarmasi (A. Mansurov) mazkur buyruqni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng zudlik bilan joylarga yetkazishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari A. Joʻrayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2005-yil 4-yanvardagi 1-son buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaligi tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-sonli “2005—2007-yillarda fermer xoʻjaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish jarayonida tanlov gʻoliblarini aniqlash mezonlari va tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha tanlov oʻtkazishda tanlov oʻtkazishga tayyorgarlik qilish va uni eʼlon qilish, tanlovda ishtirok etish shartlari, tanlovni oʻtkazish tartibi hamda yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini va tanlov gʻolibining mulkka boʻlgan huquqini rasmiylashtirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjalik korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiya tanlov oʻtkazilishidan bir oy oldin mahalliy ommaviy axborot vositalarida yoki boshqa qulay shaklda qishloq xoʻjalik korxonasining qayta tashkil etilishi va tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon beradi va tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan fuqarolarning arizalarini qabul qilish muddatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tanlov oʻtkazilishidan oʻn kun oldin toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tanlovda ishtirok etish huquqiga qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasining aʼzolari, faoliyat koʻrsatayotgan fermer xoʻjaliklarining boshliqlari va xodimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi va kotibi tegishli tanlovda talabgor sifatida ishtirok etishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolari tegishli tanlovda komissiya raisining roziligi bilan faqat bitta kontur boʻyicha talabgor sifatida qatnashishi mumkin. Oʻzi ariza bergan kontur boʻyicha tanlov oʻtkazilganda ushbu komissiya aʼzosi ovoz berish huquqiga ega emas. Bu toʻgʻrisida komissiya yigʻilishi bayonnomasiga tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Etarli texnika va pul mablagʻlariga ega boʻlgan shaxslar bir necha konturlarga talabgor sifatida ariza berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza va hujjatlarni komissiyaning kotibi qabul qiladi. Komissiyaning kotibi talabgorga tanlovda yuqori ball olishi uchun imkon beradigan barcha holatlarni tushuntirib, lozim boʻlganda uning hujjatlaridagi kamchiliklarni ishchi tartibda bartaraf etish choralarini koʻradi. Komissiya kotibi tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash kunigacha talabgorning baholanadigan imkoniyatlarini asoslantiruvchi hujjatlarning toʻliq taqdim qilinishini, ularning toʻgʻri rasmiylashtirilishini taʼminlashga koʻmaklashishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini oʻtkazish mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash ikki bosqichdan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda hujjatlarning toʻliqligi va mazmuni tekshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda talabgorlarning arizalarida bayon qilingan takliflarning iqtisodiy asoslanganligi oʻrganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda komissiya muayyan yer uchastkasida fermer xoʻjaligi tashkil etish toʻgʻrisida ariza taqdim etgan talabgorlarning hujjatlari asosida ularning takliflarini puxta oʻrganib chiqadi. Har bir ishtirokchining loyihasi alohida baholanadi. Bunda ariza beruvchining oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarning toʻliqligi va haqiqatga yaqinligi hamda ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tanlovda ishtirok etuvchi qatnashuvchilarni tanlashning birinchi bosqichida talabgorlarning imkoniyatlari quyidagi koʻrsatkichlar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassisligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligidagi ish staji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyatlardan holi boʻlgan pul mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud yaroqli texnikasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻnggi yillarda shartnomaviy majburiyatlarini qay darajada bajarilishi (fermer xoʻjaliklari va oilaviy pudratchilar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Talabgorlarning imkoniyatlari 10 ballik reyting shkalasida quyidagilarni inobatga olgan holda baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) talabgorning mutaxassisligi va maʼlumoti maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma)ga asosan 5 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlar, shu jumladan MDH davlatlari taʼlim muassasalari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan soʻng berilgan maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar belgilangan tartibda nostrifikatsiyalangan boʻlishi lozim;
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida nizom”ga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning mutaxassisligini baholashda talabgorning maʼlumoti (oliy yoki oʻrta maxsus)dan qatʼiy nazar, faqatgina mutaxassislik inobatga olinadi. Mutaxassislik uchun eng yuqori ball fermer xoʻjaligi boʻyicha maxsus mutaxassislikka ega boʻlgan talabgorlarga beriladi. Bunda, fermer xoʻjaligi boʻyicha maxsus mutaxassislik deganda fermerlik faoliyatini yuritishga doir maxsus mutaxassislikka ega shaxslar, shu jumladan aynan shu sohada kasb-hunar kollejini tamomlagan yoki shu sohada bakalavr (magistr) darajasini olgan yoxud boshqa ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha mutaxassislik boʻyicha maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatga boʻlgan talabgorlarning faqatgina bitta eng yuqori balli mutaxassisligi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) talabgorning qishloq xoʻjaligidagi ish stajini aniqlashda mehnat daftarchasiga asosan faqat shu sohada oʻtalgan ish staji inobatga olinadi va 6 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda komissiyaga mehnat daftarchasining asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) talabgorning pul mablagʻlari mavjudligi bank tomonidan berilgan maʼlumotnomada tasdiqlangan boʻlishi lozim. Bank maʼlumotnomasi bank Boshqaruvi raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan va bank muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor tanlovga taklif etilgan pul mablagʻlarini boʻlajak fermer xoʻjaligining ustav fondiga kiritish majburiyatini olishi lozim. Ushbu majburiyat talabgorning arizasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda talabgor tanlovga pul mablagʻlari oʻrniga oʻz mol-mulkini taklif etishi mumkin. Bunda mol-mulk talabgorning oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlishi lozim. Agar taklif etilayotgan mol-mulk talabgorga birgalikdagi mulk huquqi asosida tegishli boʻlsa, bu holda tegishli oila aʼzosining notarial tasdiqlangan roziligi boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda taklif etilgan mol-mulklar qiymati quyidagi shartlar asosida inobatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mol-mulk baholangan va ularga boʻlgan (chorva mollaridan tashqari) mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi lozim. Chorva mollarining talabgorga tegishliligi qishloq fuqarolar yigʻini tomonidan berilgan, fuqarolar yigʻini raisi tomonidan imzolanib, muhri bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma asosida aniqlanadi. Ularning narxi chorva bozori maʼmuriyati tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida aniqlanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) talabgor tanlovga yuqori likvidli mol-mulkni (chorva mollari, tovar-moddiy boyliklar yoki boshqa tez sotiladigan mol-mulklar) taqdim etishi va tanlovda yutgan taqdirda, ushbu mol-mulklarni sotib, pul mablagʻlarini boʻlajak fermer xoʻjaligining ustav fondiga kiritish majburiyatini olishi lozim. Fermer xoʻjaligi faoliyatini yuritish jarayonida bevosita foydalanilishi mumkin boʻlgan mol-mulklar boʻyicha sotish majburiyatini olish talab etilmaydi, bunday mol-mulklarni boʻlajak fermer xoʻjaligining ustav fondiga kiritish majburiyatini olish kifoya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklif etilgan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini yoki foydalanish mumkin boʻlgan mol-mulklarini boʻlajak fermer xoʻjaligining ustaviga kiritish majburiyati talabgorning arizasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tanlovga talabgorning shaxsiy uy-joyi, uy buyumlari va shu kabilarni, shuningdek sud qaroriga koʻra yoki boshqa asoslarga koʻra xatlangan mol-mulklarni taklif etishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) mol-mulk qiymatini aniqlashda tanlovda qatnashish uchun taklif etayotgan texnika vositalari qiymati hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha konturlarga ariza bergan talabgorlarning bir konturga tanlovda inobatga olingan pul mablagʻlari (mol-mulki) boshqa konturga tanlovda inobatga olinmaydi. Bunday talabgor oʻz pul mablagʻlari (mol-mulki)ni konturlar oʻrtasida oʻz xohishiga koʻra taqsimlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) talabgor tomonidan tanlovga taklif etilayotgan texnika vositalari ularning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib 4 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda komissiyaga texnika vositalari texnika pasportlarining asl nusxalari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnika vositalari talabgorning oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlishi lozim. Taklif etilayotgan texnika vositalari talabgorning oila aʼzolariga tegishli boʻlishi mumkin va bu holda talabgorga egalik qilish va foydalanishga berish toʻgʻrisida tegishli oila aʼzosining notarial tasdiqlangan roziligi boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda ishtirok etayotgan faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaligi boshligʻi ushbu fermer xoʻjaligiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan texnik vositalarni tanlovga taklif etishi mumkin. Bu holda, texnika vositalarining imkoniyatlari fermerning mavjud yer maydonini ham inobatga olgan holda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor tomonidan tanlovga taklif etilayotgan texnika vositalarining yaroqliligi ularning texnik pasportidagi texnik sozligi toʻgʻrisidagi belgiga asosan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha konturlarga ariza bergan talabgorlarning bir konturga tanlovda inobatga olingan texnika vositalari boshqa konturga tanlovda inobatga olinmaydi. Biroq, agar talabgor taklif etayotgan texnika vositasining imkoniyatlari (quvvati) bir konturdagi yer maydoniga nisbatan yuqoriroq boʻlsa, bunday texnika vositasi istisno tariqasida boshqa konturga tanlovda ham inobatga olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar talabgor fermer yoki oilaviy pudratchi boʻlsa, u tomonidan ish faoliyatining soʻnggi uch yildagi ishlab chiqarish va shartnomalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi tuman statistika boʻlimi (oilaviy pudratchi boʻyicha esa — tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi) tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida qoʻshimcha 4 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashning ikkinchi bosqichida komissiya tomonidan talabgorlar takliflarining iqtisodiy asoslanganligi baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takliflarning iqtisodiy asoslanganligi talabgorning arizasi va biznes-rejasini, zarur hollarda esa, tavsiyanoma xatlarini tahlil etish asosida 5 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takliflarning iqtisodiy asoslanganligini baholashda ariza va biznes-rejada nazarda tutilgan maqsadlarga erishish qanchalik haqiqatga yaqinligi, shuningdek talabgorning yer maydonidan koʻp yillik oʻrtacha koʻrsatkichdan kam boʻlmagan hosildorlikni taʼminlash, qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirish sxemasiga rioya etgan holda 10 yil muddat mobaynida ishlab chiqarish ixtisoslashuvini oʻzgartirmaslik, almashlab ekishga rioya etgan holda davlat ehtiyojlari uchun mahsulot sotish, tuproq unumdorligini oshirish, kreditorlik qarzlarni belgilangan muddatlarda toʻlash kabi majburiyatlarining toʻliqligi va ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashning birinchi va ikkinchi bosqichlari bir vaqtning oʻzida oʻtkaziladi. Buning uchun tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab 21 kundan keyin, lekin 25 kundan kechiktirmay, komissiya aʼzolarining yigʻilishi oʻtkaziladi. Yigʻilish unda komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻilishda talabgorning har bir koʻrsatgichi boʻyicha tegishli ballni berish masalasi komissiya aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar asosida koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir koʻrsatkich boʻyicha bitta ball beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻilishda komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovoziga koʻra qoʻyilgan reyting ballari Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasiga qoʻyiladi. Ushbu varaqa tanlash oʻtkazilgan kuniyoq mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda toʻldirilib, komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash bosqichlarida eng yuqori reyting ballari toʻplagan talabgorlar Komissiya qaroriga koʻra tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda olgan bali eng yuqori ball olgan talabgordan 10 ballgacha yoki 10 ballga farq qilgan talabgorlar eng yuqori ball olgan talabgorlar hisoblanadi va tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan talabgorlar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilmaydi va bunday talabgorlarga tanlovdan olinganligi toʻgʻrisida yozma ravishda rad javobi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir konturga talabgorlarning soni uchtadan kam boʻlsa, olgan ballari miqdoridan qatʼiy nazar, ularning hammasi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qaror mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda qabul qilinadi, komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi hamda keyingi kundan kechiktirmay tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan talabgorlar roʻyxatini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qaror bilan birgalikda tanlovni oʻtkazish shartlari ham eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tanlovni oʻtkazish qoidalari va talablariga rioya etmagan, qonun hujjatlariga asosan talabgorlar deb eʼtirof etilmagan, tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni oʻz vaqtida taqdim etmagan shaxslar tanlovda ishtirok etishga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda ishtirok etish uchun yolgʻon maʼlumotlar va soxta hujjatlar taqdim etgan shaxslar ham tanlovda ishtirok etishga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiya tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan shaxslar toʻgʻrisidagi toʻliq axborotni tanlov oʻtkaziladigan binoda manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishini taʼminlaydigan tarzda yozma shaklda eʼlon qilishi, shuningdek tanlovda ishtirok etishga qoʻyilmagan shaxslarga yozma shaklda asosli rad javoblarini yoʻllashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchini tanlashda talabgor sifatida eʼtirof etilgan, biroq yiqqan ballariga asosan tegishli konturga tanlovda ishtirok etish uchun qoʻyilmagan talabgorlar yiqqan ballarini saqlab qolgan holda shu xoʻjalikdagi boshqa konturlar (ariza tushmagan yoki arizalar soni kam boʻlgan konturlar) boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovda qatnashish huquqini saqlab qoladilar. Bunday talabgor boshqa konturga tanlovda oʻtkazilgunga qadar komissiyaga ariza bilan murojaat qilishi va arizaga faqatgina Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasini ilova qilishi kifoya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlovda ishtirok etish uchun tanlab olingan qatnashuvchi oʻz arizasini bir konturdan olib, tanlov oʻtkazilganga qadar avval yiqqan ballarini saqlab qolgan holda shu xoʻjalikdagi boshqa konturdagi yer maydoniga berish huquqiga ega. Bunday talabgor boshqa konturga tanlovda oʻtkazilgunga qadar komissiyaga ariza bilan murojaat qilishi va arizaga faqatgina Tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi komissiya qarorini ilova qilishi kifoya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tanlov oʻtkazish va gʻolibni aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tanlov uni oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon qilingan kundan soʻng bir oydan keyin oʻtkaziladi va unda komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari doirasida, tanlov eng koʻp ariza tushgan konturlar boʻyicha boshlanib, arizalarning soni kamayishiga qarab navbatma-navbat koʻrib borilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya aʼzolari tomonidan har bir talabgorning qobiliyati, tegishli bilimi, ishbilarmonligi va saviyasi fermer xoʻjaligi faoliyatini yuritish va boshqarish boʻyicha berilgan savol-javoblar asosida 10 balli shkala bilan baholanadi. Tanlov varaqasi ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq har bir komissiya aʼzosi tomonidan shaxsan toʻldirib imzolanadi va komissiya raisiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tanlovda har bir komissiya aʼzosi tomonidan talabgorga qoʻyilgan ballar yigʻindisi komissiyada ball qoʻygan aʼzolari soniga boʻlinadi va talabgorga qoʻyilgan oʻrtacha ball hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tanlovda qatnashish uchun tanlash bosqichida toʻplangan ball va tanlovda olingan oʻrtacha ball yigʻindisi talabgorning yakuniy bali hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning yakuniy bali mazkur Nizomning 6-ilovasida nazarda tutilgan hisob-kitob asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Eng koʻp yakuniy ball toʻplagan talabgor tanlov gʻolibi deb komissiya raisi tomonidan eʼlon qilinadi. Bunda boshqa barcha shartlar boʻyicha teng ball toʻplangan hollarda qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi aʼzosiga imtiyoz beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Komissiya yakuniy yigʻilishining bayoni (7-ilova) ikki nusxada tuzilib, komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi hamda qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasining yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agar bitta konturga faqat bitta talabgordan ariza kelib tushgan boʻlsa, u holda tanlov muddati tugagandan soʻng ushbu konturga belgilangan tartibda qayta tanlov oʻtkaziladi. Qayta tanlovda ham ushbu konturga boshqa talabgorlardan ariza kelib tushmasa komissiyaning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan talabgorga ushbu konturdagi yer uchastkasi berilishi mumkin. Bunda, talabgorning taqdim etgan hujjatlari va oʻtkazilgan suhbat natijasida olgan bali ushbu qishloq xoʻjalik korxonasini qayta tashkil etishda qatnashgan va eng yuqori ball olgan talabgor balining yarmidan kam boʻlmasligi lozim. Bu toʻgʻrisida komissiya yigʻilishi bayonnomasiga tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Komissiyaning yakuniy yigʻilishi bayoni va unga ilova qilingan hujjatlar tuman hokimiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaligi tashkil etishda talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish ishlari boʻyicha hujjatlarni yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiyaning talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish boʻyicha hujjatlari komissiya kotibi tomonidan yuritiladi. Komissiya kotibi, qoida tariqasida, tuman hokimligi xodimi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Komissiyaning talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq barcha hujjatlari tuman hokimligida qayta tashkil etilayotgan har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi boʻyicha alohida yigʻma jildlarda saqlanadi. Mazkur hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-sonli qaroriga muvofiq, qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaliklarining barchasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng 2 hafta mobaynida tuman hokimligining idoraviy arxiviga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Har bir yigʻma jildda quyidagi hujjatlar tikilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) konturlar boʻyicha barcha tanlovlarga talabgorlar tomonidan taqdim etilgan arizalari va unga ilova qilingan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) komissiyaning tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlari nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasi nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) komissiyaning har bir kontur boʻyicha talabgorlarni tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) har bir komissiya aʼzosi tomonidan toʻldirilgan tanlov varaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tanlov yakuni boʻyicha qoʻyilgan ballar hisob-kitobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tanlov oʻtkazish yakunlari yuzasidan komissiya tomonidan qabul qilingan bayonnomalar nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jildga reyting ballari berishga asos boʻlgan barcha hujjatlar (shu jumladan asli taqdim etilgan hujjatlarning nusxalari) tikilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, yigʻma jildlarda majburiy tartibda qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi aktivlari va passivlarini, qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolari mulkiy paylarini xatlovdan oʻtkazish va baholash boʻyicha, ortiqcha asosiy va aylanma mablagʻlarni, shuningdek foydalanish muddati tugagan vositalarni kimoshdi savdosida yoki ochiq savdoda sotish boʻyicha, qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi balansida boʻlgan ijtimoiy va boshqa infratuzilmalarni mahalliy hokimliklar yoki boshqa tashkilotlar balansiga berish boʻyicha hamda mol-mulklarni hisobdan chiqarish boʻyicha barcha hujjatlar tikilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Komissiyaning faoliyatiga doir hujjatlarni toʻliq yuritilishi, saqlanishi va belgilangan muddatlarda arxivga topshirilishiga komissiya raisi va kotibi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar Komissiya tomonidan amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari A. SALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S. QOBILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalarida fermer xoʻjaliklarini tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini oʻtkazish sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalarida fermer xoʻjaliklarini tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda talabgorlarning imkoniyatlarini baholaydigan reyting ballari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Baholash meʼzonlari
Reyting koʻrsatkichlari
Reyting ballari
Taqdim etiladigan hujjatlar
1.
Mutaxassisligi
Fermer xoʻjaligi boʻyicha maxsus mutaxassislikka ega agronom, iqtisodchi, yurist injener, hisobchi, mexanik, zootexnik, boshqa mutaxassis
10 ball 9 ball 8 all 7 ball 5 ball
Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi
2.
Qishloq xoʻjaligidagi ish staji
15 yildan yuqori 11—15 yilgacha 6—10 yilgacha 3—5 yilgacha 1—3 yilgacha
10 ball 9 ball 8 ball 7 ball 6 ball
Mehnat daftarchasi yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi
3.
Maʼlumoti
Oliy Oʻrta maxsus Oʻrta
10 ball 8 ball 6 ball
Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi
4.
Fermerlikka talabgor yuridik va jismoniy shaxsning hisobvaragʻidagi majburiyatlardan ozod boʻlgan mavjud pul mablagʻi yoki mol-mulki
10 mln. soʻmdan yuqori 5 mln. — 10 mln. soʻmgacha 1 mln. — 5 mln. soʻmgacha 500 mingdan — 1 mln. soʻmgacha
10 ball 8 ball 6 ball 4 ball
Bank maʼlumotnomasi. Tanlovga mol-mulk taklif etilgan taqdirda, uning bahosini va unga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat.
5.
Talabgorga yoki uning oila aʼzolariga (oila aʼzolarining notarial tasdiqlagan roziligi bilan) tegishli yaroqli texnika (1 donasi uchun)
Haydov traktori Ishlov berish traktori Transport traktori Yuk mashinasi Yengil mashinasi
Oilaviy pudratchi yoki fermer tomonidan soʻnggi uch yil davomida shartnomalarning bajarilishi
3 yil surunkali bajarganda 3 yildan 2 yil bajarganda 3 yildan 1 yil bajarganda
10 ball 7 ball 4 ball
tuman statistika boʻlimi yoki qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumotnoma
7.
Arizada va biznes rejada bayon qilingan takliflarning iqtisodiy asoslanganligi
Arizadagi takliflar va biznes rejaning asosiy koʻrsatkichlaridan kelib chiqiladi
5 balldan 10 ballgacha
Ariza, biznes reja va zarur hollarda tavsiyanoma xatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Texnik vositaning imkoniyatlaridan kelib chiqib ball beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalarida fermer xoʻjaliklarini tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
t/r
Talabgorning F.I.Sh.
Mutaxas-sisligi uchun ball
Maʼlumoti uchun ball
Ish staji uchun ball
Pul mablagʻi (mol-mulk) uchun ball
Texnik vositasi uchun ball
Shartnoma majburiyatlarini bajarganlik uchun ball
Iqtisodiy asoslanganligi uchun ball
Jami ball
1.
2.
3.
4.
5.
Komissiya raisi: _________________________
Imzolar ______________
1. 2. 3. 4. 5.
Komissiya aʼzolari _________________________ _________________________ _________________________ _________________________ _________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalarida fermer xoʻjaliklarini tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlarni ____-sonli kontur boʻyicha yer uchastkasiga tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
__________ tumani ____________ qishloq xoʻjalik korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiyasi ____-sonli kontur boʻyicha yer uchastkasiga tanlovda ishtirok etishga ariza bergan talabgorlarning ariza va hujjatlarini oʻrganib, ularning imkoniyatlarini baholash asosida quyidagi talabgorlarni tanlovda ishtirok etishga tavsiya qiladi:
Tanlov 20___ yil “___” ___________ soat ____________ da quyidagi manzilda oʻtkaziladi: ______________________________________________________________________________________
Komissiya raisi:
Komissiya aʼzolari: Kotib
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalarida fermer xoʻjaliklarini tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov varaqasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
____________ tumanidagi ______________ qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaligiga aylantirish boʻyicha tuman hokimining 200__ yil “__” _________ dagi “___” sonli qarori bilan tashkil etilgan qishloq xoʻjalik korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiyaning aʼzosi ____________________________________ ____________________________________________________________________________
(ismi, sharifi, nasabi)
200__ yil “____” _____________ da №___ kontur boʻyicha tanlovda qatnashgan talabgorlarga ball yigʻish varagʻi
Talabgorlarning ismi, sharifi, nasabi
Talabgorlarga qoʻyilgan ball (10 balli shkala boʻyicha baholanadi va soʻz bilan yoziladi)
1.
2.
3.
4.
5.
6. v.b.
___________________
_______________________
(imzo)
(ismi, sharifi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalarida fermer xoʻjaliklarini tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaligini tashkil etish boʻyicha talabgorlarga tanlov yakuni boʻyicha qoʻyilgan ballar hisob-kitobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolarining ismi va sharifi
Talabgorlar
B. Yoqubov
N. Boltayev
V. Egamov
P. Sotimov
I
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni aniqlashda toʻplangan ball
45
46
51
51
Tanlovda komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan ballar
1
Y. Arshaboyev
7
8
10
10
2
R. Axmedov
6
7
10
8
3
A. Abdusamatov
4
6
10
7
4
A. Ergashev
7
4
10
9
...
10
Sh. Ernazarov
9
9
10
5
jami ball
68
70
90
80
II
Tanlovdagi oʻrtacha ball (jami toʻplagan ballni tanlovda qatnashgan komissiya aʼzolari soniga (10ga) boʻlib topiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalarida fermer xoʻjaliklarini tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASDIQLANDI” _________________________________ (qishloq xoʻjaligi korxonasining nomi) _________________________________ (yuqori boshqaruv organi nomi) 20__ yil “____” _____________ _______-son
__________ tumani ____________ qishloq xoʻjalik korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiyasi yigʻilishining
____-sonli bayonnomasi
______________ qishlogʻi
“___” _________ 200__ yil.
Raislik qildi:
_______________
__________________shirkat xoʻjaligini
fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha qayta tashkil etish komissiyasi raisi
__________ qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish uchun oʻtkazilgan tanlov yakunlari toʻgʻrisida.
Kun tartibidagi masala yuzasidan qayta tashkil etish komissiyasining raisi ___________ axboroti eshitildi. (qayta tashkil etish komissiyasining ish rejasi, xoʻjalik mol-mulkini va yer uchastkalarini kompleks xatlovdan oʻtkazish, ishchi guruhlari tomonidan bajarilgan ishlar va tanlov yakunlari toʻgʻrisida)
Kun tartibidagi masalani muhokama qilib, komissiya
QAROR QILADI:
_________ qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish uchun oʻtkazilgan tanlov yakunlari quyidagicha tasdiqlansin.