Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 21-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2439-7]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-yanvar,
1-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-yanvar,
2019-04-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 7-yanvardagi 1 va 2019-04-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12 (I)-son, 162-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 14-maydagi 34, 2014-19-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439-1, 2014-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 24-son, 300-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 31-dekabrdagi 93, 2015-1-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439-2, 2015-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 4 (I)-son, 49-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 25-martdagi 19, 2016-13-son “Soliq hisobotining shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439-3, 2016-yil 21-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 16-son, 171-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 21-fevraldagi 16, 2017-07-son “Soliq hisobotining shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439-4, 2017-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 178-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 20-noyabrdagi 160, 2017-62-son “Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari boʻyicha soliq hisoboti shakllariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439-5, 2017-yil 29-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 48-son, 1189-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439-6, 2018-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 34-son, 702-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2019-y., 10/19/2439-7/2516-son)