Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 18-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2971-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 26-dekabrdagi 182-son “Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2971, 2018-yil 15-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 7-son, 128-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-dekabr,
156-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2019-y., 10/19/2971-1/2518-son; 25.12.2019-y., 10/19/2971-2/4199-son; 28.12.2020-y., 10/20/2971-4/1675-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2971-5/0608-son; 20.06.2022-y., 10/22/2971-6/0539-son)