O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-oktabrdagi PF-5553-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash hamda aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish, shuningdek mehnatiga kam haq to‘lanadigan xodimlar ish haqi miqdorini jadal ravishda oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2019-y., 09/19/775/3755-son)
2. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasidan foydalanadigan xo‘jalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlarga ularning moliyaviy imkoniyatlaridan va xo‘jalik faoliyati natijalaridan kelib chiqqan holda, xodimlar mehnatiga haq to‘lashni tashkil etish uchun asos sifatida Yagona tarif setkasining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini belgilash huquqi berilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-yanvar,
47-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2019-y., 09/19/47/2508-son, 17.09.2019-y., 09/19/775/3755-son)