O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddima, 1 — 3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-iyuldagi PF-5765-sonli Farmoniga asosan 2019-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 06/19/5765/3418-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining quyi razryadlari tarif koeffitsiyentlarini o‘rtacha 10 foizga, shu jumladan, 1-razryad bo‘yicha 15 foizga, 2-razryad bo‘yicha 10 foizga va 3-razryad bo‘yicha 5 foizga oshirish orqali mehnatiga kam haq to‘lanadigan xodimlarning ish haqi miqdorining jadal ravishda oshirilishini ko‘zda tutgan holda 2019-yil 1-yanvardan Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini qayta ko‘rib chiqsin;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan universal kasblar xodimlari mehnatiga haq to‘lashga doir razryadlarni tanqidiy ko‘rib chiqsin va 2019-yil 1-yanvaridan ularning yangilanganlarini joriy etsin;
xalqaro moliyaviy institutlar bilan birgalikda mehnatga haq to‘lash miqdorining uning natijalari, bajarilayotgan mehnat funksiyalarining murakkabligi va mas’uliyati bilan yanada uzviy bog‘liqligini ta’minlashni nazarda tutadigan Budjet tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasining ishlab chiqilishini va 2019-yil 1-sentabrga qadar muddatda kiritilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5 — 7-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-iyuldagi PF-5765-sonli Farmoniga asosan 2019-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 06/19/5765/3418-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-10-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-iyuldagi PF-5765-sonli Farmoniga asosan 2019-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 06/19/5765/3418-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-oktabr,
PF-5553-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2018-y., 06/18/5553/2048-son, 13.07.2019-y., 06/19/5765/3418-son)