Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PF-5156-son Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish avtomatlashtirilgan tizimini oʻz vaqtida yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish, shuningdek, milliy ishlab chiquvchilarning dasturiy taʼminotlaridan maksimal foydalanish va biometrik pasport tizimiga keyingi davrda texnik xizmat koʻrsatish maqsadida:
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PF-5156-son Farmoniga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan boshlab xorijga chiqish uchun ruxsat yozuv stikerini rasmiylashtirish tartibining bekor qilinishi;
biometrik pasport tizimini qoʻllab-quvvatlash, “Xorijga chiqish pasporti” va identifikatsiyalash ID-kartalari tizimini yaratish loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini berishni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi (keyingi oʻrinlarda — DPM), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish avtomatlashtirilgan tizimini (keyingi oʻrinlarda — “Xorijga chiqish pasporti” tizimi) joriy etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar:
DPM — “Xorijga chiqish pasporti” tizimini yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha loyiha buyurtmachisi va loyiha boshqarilishini taʼminlovchi organ etib belgilansin;
6. Belgilansinki:
“Xorijga chiqish pasporti” tizimini yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish loyihasi bilan bogʻliq xarajatlar DPMning budjetdan tashqari hisob raqami mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
2018-yil yakunlari boʻyicha DPMning budjetdan tashqari hisob raqamida qolgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilmaydi;
7. DPM va “Xorijga chiqish pasporti” tizimini yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha pudratchilar tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha “Xorijga chiqish pasporti” tizimini yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida chetdan olib kiriladigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, dasturiy taʼminotlar, ehtiyot qismlar va materiallar uch yil muddatga bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
8. DPM Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda ikki oy muddatda “Xorijga chiqish pasporti” tizimini yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmonida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Pasport-viza”, “ADIS” hamda “ASIL” avtomatlashtirilgan tizimlarini modernizatsiya qilish koʻzda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Pasport-viza”, “ADIS” hamda “ASIL” avtomatlashtirilgan tizimlarining “Xorijga chiqish pasporti” tizimi bilan integratsiya qilishni taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda biometrik pasportlar, fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportlari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushadigan davlat bojlari miqdori qayta koʻrib chiqilishini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining asoslantirilgan hisob-kitoblari asosida, ichki idoraviy apparat-dasturiy komplekslarga texnik xizmat koʻrsatish, modernizatsiya qilish va takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun zarur mablagʻlarning ajratilishini nazarda tutsin.
11. DPM manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2021-yildan boshlab mavjud respublika biometrik pasport tizimi infratuzilmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti oʻrniga identifikatsiyalash ID-kartalari berish tizimi joriy etilishini nazarda tutsin.
12. DPM xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Maxsus jamgʻarma) yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuzilsin hamda biometrik pasport, fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjatlarini berish uchun DPMning budjetdan tashqari hisob raqamiga toʻlanadigan davlat boji tushumlarining 3 foizi miqdoridagi ajratmalar uning mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin.
DPM Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda DPM xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
DPMga oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish huquqi berilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi DPMning buyurtmanomalari asosida “Xorijga chiqish pasporti” tizimini yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi DPMning buyurtmanomalari asosida “Xorijga chiqish pasporti” tizimini yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga, davlat bojlari undirilmagan holda koʻp martalik vizalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish, berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish, yashash joyida hisobga olish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, DPM, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-dekabr,
PQ-4079-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va undan foydalanish, shuningdek, konsullik hisobiga qoʻyish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti (keyingi oʻrinlarda — biometrik pasport) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida egasining shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, pasport egasining shaxsiy biografik maʼlumotlari va biometrik parametrlari saqlangan elektron axborot tashuvchiga (chipga) ega boʻlgan hujjat;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti (keyingi oʻrinlarda — xorijga chiqish biometrik pasporti) — xorijga chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish, shuningdek, xorijda turish vaqtida egasining shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, pasport egasining shaxsiy biografik maʼlumotlari va biometrik parametrlari saqlangan elektron axborot tashuvchiga (chipga) ega boʻlgan hujjat;
identifikatsiya elektron kartasi (keyingi oʻrinlarda — ID-karta) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida egasining shaxsini hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, har bir fuqaroning yagona identifikatsiya raqami va uning shaxsiy maʼlumotlari saqlangan, davlat xizmatlaridan foydalanish vaqtida shaxsni aniqlash uchun foydalaniladigan hujjat;
verifikatsiya — pasportga kiritilgan biometrik parametrlar uning egasining biometrik parametrlari bilan mosligini mashinada tekshirish;
xorijda vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, xorijga chiqib, vaqtincha u yerda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
Oldingi tahrirga qarang.
xorijda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxati bekor qilinib, xorijga doimiy yashashga chiqish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Keyingi tahrirga qarang.
pasport olish uchun talabnoma — pasport oluvchi haqida maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan shakllantirilgan biografik maʼlumotlar va biometrik parametrlarni oʻz ichiga olgan elektron hujjat (keyingi oʻrinlarda — talabnoma);
konsullik okrugi — konsullik funksiyalarini bajarish uchun konsullik muassasasi ish olib boradigan hudud boʻlib, u bir nechta davlat hududini oʻz ichiga olishi mumkin;
konsullik muassasasi — Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatda taʼsis etiladigan diplomatik vakolatxonasining konsullik boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasining bosh konsulxonasi, konsulxonasi, vitse-konsulligi va konsullik agentligi;
konsullik roʻyxati — tegishli konsullik okrugi hududiga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari qoshida belgilangan tartibda qayddan oʻtkazish;
vaqtincha konsullik roʻyxati — xorijda vaqtincha boʻladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan qayddan oʻtkazish;
doimiy konsullik roʻyxati — doimiy yashash uchun xorijga chiqish ruxsatnomasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasi konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qayddan oʻtkazish;
personallashtirish — pasport egasining biografik maʼlumotlarini va biometrik parametrlarini pasport blankiga kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
maʼlumotlarni yigʻish punkti — pasport olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning biografik maʼlumotlarini va biometrik parametrlarini jamlash, ushbu maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga (keyingi oʻrinlarda — DPM) yuborish hamda fuqarolarga yangi rasmiylashtirilgan biometrik parametrli pasportlarni berish vazifalarini bajaruvchi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari.
(2-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlardan tashqari holda, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda xorijga erkin chiqish va Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqiga ega.
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqadigan hollarda ularga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtiriladi. Xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ham xorijga chiqish biometrik pasportiga ega boʻlishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti bilan xorijga chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 16-avgustdagi PF-4554-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Xorijga chiqish biometrik pasporti har qanday davlatga chiqish uchun haqiqiydir.
Xorijda doimiy yashayotgan va doimiy konsullik roʻyxatida turadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish biometrik pasporti, uning egasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan davrda shaxsni tasdiqlovchi hujjat hisoblanib, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun haqiqiydir.
6. Xorijga chiqish biometrik pasporti Oʻzbekiston Respublikasining mulkidir va uning egasi Oʻzbekiston Respublikasining himoyasida boʻladi.
7. Xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:
tugʻilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — ikki yil muddatga;
bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga;
Keyingi tahrirga qarang.
16 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil muddatga.
Keyingi tahrirga qarang.
Amal qilish muddati tugaganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasporti maʼlumotlarni yigʻish punktiga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Xorijga chiqish biometrik pasporti blanki qatʼiy hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi.
Xorijga chiqish biometrik pasporti blanklarini tayyorlash “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida amalga oshiriladi. Personallashtirish, hisobga olish ishlari hamda tayyorlash vaqtida buzilgan va maʼlumotlarni yigʻish punktlaridan almashtirish uchun qaytarilgan pasportlarni yoʻq qilish — DPMda, xorijga chiqish biometrik pasportlarini egalariga berish va haqiqiy boʻlmagan xorijga chiqish biometrik pasportlarini yoʻq qilish — maʼlumotlarni yigʻish punktlarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijga chiqish biometrik pasportlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat feldyegerlik xizmati (keyingi oʻrinlarda — DFX) tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijga chiqish biometrik pasportlarini xorijdagi maʼlumotlarni yigʻish punktlariga va konsullik muassasalaridan Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berish belgilangan tartibda diplomatik pochta vositasi orqali amalga oshiriladi.
9. Xorijga chiqish biometrik pasporti belgilangan namuna boʻyicha tayyorlanadi va ingliz tilida personallashtiriladi.
10. Xorijga chiqish biometrik pasporti blankiga quyidagi asosiy maʼlumotlar kiritiladi:
pasportni bergan davlatning nomi;
hujjatning nomi;
hujjatning turi;
pasportni bergan davlatning kodi;
pasport seriyasi va raqami;
familiya, ism, ota ismi;
fuqaroligi;
tugʻilgan sanasi;
tugʻilgan joyi;
jinsi;
berilgan sana;
bergan organ;
amal qilish muddati tugaydigan sana;
egasining raqamli surati;
egasi haqidagi mashina oʻqiydigan maʼlumotlar.
11. Chipga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
pasport egasining biografik maʼlumotlari;
egasining raqamli surati;
qoʻl barmoqlarining izlari — 16 yoshga yetganidan keyin.
12. Xorijga chiqish biometrik pasportiga quyidagi qaydlar kiritiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
pasport egasining xorijda doimiy yashash uchun chiqishiga ruxsat berilganligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shtamp;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
davlat chegarasidan oʻtganligi toʻgʻrisida;
konsullik roʻyxatiga olingani yoki konsullik roʻyxatidan chiqarilgani toʻgʻrisida;
nikoh qayd etilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisida;
xorijiy davlatlarga kirish uchun ruxsatnoma (viza) toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
hamrohlik qiluvchi shaxslar toʻgʻrisida (voyaga yetmagan fuqarolar uchun) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shtamp;
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
ilgari qoʻyilgan qaydlar bekor qilinganligi toʻgʻrisida.
Pasportda uning egasining imzosi boʻlishi shart.
Pasport egasi qonining guruhi va rezus-mansublik toʻgʻrisidagi qaydlar uning roziligi bilan amalga oshiriladi.
13. Xorijga chiqish biometrik pasportiga:
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari boʻlinmalari tomonidan — xorijda doimiy yashash uchun chiqishiga ruxsat berilganligi haqidagi, hamrohlik qiluvchi shaxslar haqidagi (voyaga yetmagan fuqarolar uchun);
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan — Davlat chegarasidan oʻtganlik holati haqidagi;
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan — nikoh qayd etilganligi va nikoh bekor qilinganligi haqidagi (doimiy konsullik roʻyxatida turib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan fuqarolar uchun);
sogʻliqni saqlash tashkilotlari tomonidan — qon guruhi va rezus-mansublik haqidagi;
Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan — vaqtinchalik va doimiy konsullik roʻyxatiga olish yoki konsullik roʻyxatidan chiqarish haqidagi, nikoh qayd etilganligi va nikoh bekor qilinganligi haqidagi, hamrohlik qiluvchi shaxslar haqidagi (voyaga yetmagan fuqarolar uchun);
chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan — xorijiy davlatlarga kirish ruxsatnomalari (kirish vizasi) haqidagi qaydlar kiritiladi.
Muassasalar zarur hollarda oʻzlari ilgari qoʻygan qaydlarni bekor qilganliklari toʻgʻrisida qaydlar kiritishlari mumkin.
Pasportlarga ushbu Nizomda nazarda tutilmagan yozuvlarni va qaydlarni kiritish taqiqlanadi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolardan xorijga chiqish biometrik pasportlari mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan olib qoʻyiladi va xizmat tugagunga qadar saqlanadi. Muddatli harbiy xizmat tugaganidan keyin mudofaa ishlari boʻlimlari olib qoʻyilgan xorijga chiqish biometrik pasportlarni fuqarolarga ular harbiy hisobga qoʻyilganidan keyin oʻn kun muddatda qaytarib berishlari shart.
Shartnoma asosida harbiy xizmatga, oʻqish uchun oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirgan fuqarolardan xorijga chiqish biometrik pasportlari harbiy qismlarning hamda oliy harbiy taʼlim muassasalarining kadrlar bilan ishlash organlari tomonidan olib qoʻyiladi va shtablarda saqlanadi.
Harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat nazarda tutilgan tegishli vazirliklarda va idoralarda saqlanayotgan xorijga chiqish biometrik pasportlari amal qilish muddati tugaganidan keyin belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktlariga joʻnatiladi.
2-bob. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tartibi
15. Fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishda;
ilgari xorijga chiqish biometrik pasporti bilan hujjatlashtirilmagan, konsullik roʻyxatiga olingan fuqarolar xorijda boʻlganida;
farzand xorijda tugʻilganida;
xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugaganida;
familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, jinsi oʻzgarganida;
yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganida;
maʼlumotlar yoki vizalar uchun moʻljallangan betlar ishlatilib boʻlinganida;
xorijga chiqish biometrik pasporti blankasi yaroqsiz holga kelganida;
xorijga chiqish biometrik pasporti yoʻqotib qoʻyilganida;
Oldingi tahrirga qarang.
sud ajrimi bilan xorijga chiqish biometrik pasportni amal qilishi toʻxtatib turilganda;
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilganida.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari xorijga chiqish biometrik pasportning amal qilishi toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisidagi sud ajrimini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti orqali Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalariga maʼlumot uchun yuboradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
16. Familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, jinsi oʻzgarganligi yoxud yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasporti almashtirilayotganda fuqaro maʼlumotlarni yigʻish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi.
Fuqaro Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotganida xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati bir yildan kam boʻlgan taqdirda, ushbu hujjat almashtirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoxud konsullik roʻyxatiga olingan maʼlumotlarni yigʻish punktiga murojaat qiladilar.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan harbiy xizmatchilarning xorijga chiqish biometrik pasportlari boʻlmasa, shuningdek, ularga xorijga chiqish biometrik pasporti berish zaruriyati bilan bogʻliq boshqa holatlarda xorijga chiqish biometrik pasportlari vazirliklar va idoralarning yozma iltimosnomalari asosida ushbu Nizomda belgilangan tartibda maʼlumotlarni yigʻish punktlari tomonidan beriladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keksa, oʻzgalar parvarishiga muhtoj va nogironligi boʻlgan shaxsga biometrik pasportni rasmiylashtirish va berish tegishli murojaatga asosan belgilangan tartibda ularning doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
Keyingi tahrirga qarang.
18. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chogʻida maʼlumotlarni yigʻish punktiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
belgilangan shakldagi ariza-anketa;
biometrik pasport yoki ID-karta yoxud 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar uchun tugʻilganlik haqida guvohnoma;
ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti (mavjud boʻlgan taqdirda);
vakolatli organning qarori (xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilganida);
Oldingi tahrirga qarang.
protsessual majburlov chorasi bekor qilinganligi haqida tasdiqlangan qaror nusxasi (xorijga chiqish biometrik pasportning amal qilishi sud ajrimi bilan toʻxtatib turilganida);
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi yoxud mudofaa ishlari boʻlimining belgilangan namunadagi maʼlumotnomasi — harbiy xizmatga majburlar uchun;
davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya;
ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi — voyaga yetmaganlar uchun;
fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati — voyaga yetmaganlar uchun.
15 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolar ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning voyaga yetmagan shaxsning mustaqil ravishda xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi boʻlgan taqdirda xorijga kuzatuvchisiz chiqishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Doimiy yashash uchun xorijga chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan oʻz ota-onalarining va turmush oʻrtogʻining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalar boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush oʻrtogʻining notarial tasdiqlangan roziligi, ular vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan hollarda esa — vafot etganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasi maʼlumotlarni yigʻish punktlariga taqdim etiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Doimiy yashash maqsadida xorijga chiqish uchun murojaat qilgan fuqaroni maʼlumotlarni yigʻish punkti masʼul xodimi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq yozma ravishda ogohlantiradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
19. Xorijda turgan hamda vaqtinchalik konsullik roʻyxatiga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chogʻida konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
belgilangan shakldagi ariza-anketa;
ilgari berilgan biometrik pasport yoki xorijga chiqish biometrik pasporti (ular mavjud boʻlgan taqdirda);
tugʻilganlik haqida guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan fuqarolar uchun);
harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi yoxud mudofaa ishlari boʻlimining belgilangan namunadagi maʼlumotnomasi — harbiy xizmatga majburlar uchun;
fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati — voyaga yetmaganlar uchun;
biometrik pasport yoki xorijga chiqish biometrik pasporti yoʻqolganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (pasport yoʻqolgan taqdirda);
konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar toʻlanganligi haqidagi kvitansiya.
20. Doimiy konsullik roʻyxatiga olingan fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chogʻida maʼlumotlarni yigʻish punktiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
belgilangan shakldagi ariza-anketa;
ilgari berilgan biometrik pasport yoki xorijga chiqish biometrik pasporti (ular mavjud boʻlgan taqdirda);
tugʻilganlik haqida guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan fuqarolar uchun);
biometrik pasport yoki xorijga chiqish biometrik pasporti yoʻqolganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (pasport yoʻqolgan taqdirda);
konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar toʻlanganligi haqidagi kvitansiya.
Oldingi tahrirga qarang.
201. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik boʻlmagan namunadagi pasporti orqali konsullik roʻyxatiga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun xorijga chiqish biometrik pasporti Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik boʻlmagan namunadagi pasporti asosida rasmiylashtiriladi.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoniga kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Oʻzbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosiga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chogʻida quyidagi holatlarda ota-onadan birining roziligi talab qilinmaydi:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
ota-onaning biri vafot etganligida (vafot etganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi taqdim etilgan taqdirda);
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan berilgan yolgʻiz onaning maʼlumotnomasi mavjud boʻlganida;
agar bolaning ota-onasidan biri xorij fuqarosi boʻlganida;
ota-onadan biri sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilinganida (sud qarorining nusxasi taqdim etilgan taqdirda);
ota-onadan biri sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilganida (sud qarorining nusxasi taqdim etilgan taqdirda);
ota-onadan biri sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganida (sud qarorining nusxasi taqdim etilgan taqdirda);
Oldingi tahrirga qarang.
agar ota-onadan birining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxati xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganida.
(21-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Ushbu masala yuzasidan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida chiqqan har qanday nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Ota-onaning biri oʻz bolasining xorijga chiqishiga rozi boʻlmagan taqdirda, uning xorijga chiqish huquqini cheklash uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.
16 yoshga toʻlmagan shaxslar nomidan ularning ota-onalari, vasiylari (homiylari), ushbu shaxslarni xorijga yuborayotgan tashkilotlarning vakillari tegishli iltimosnomalar bilan murojaat qiladilar.
22. Davlat siri yoki harbiy sir boʻlgan maʼlumotlardan xabardor fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining tegishli organlari bilan kelishiladi.
Davlat siri yoki harbiy sir boʻlgan maʼlumotlardan xabardor fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportlari vazirliklar va idoralarning kadrlar bilan ishlash organlarida saqlanadi.
Davlat siri yoki harbiy sir boʻlgan maʼlumotlardan xabardor fuqarolar xorijdan qaytib kelganlaridan keyin xorijga chiqish biometrik pasportini vazirlik va idoralarning kadrlar bilan ishlash boʻlinmalariga topshirishlari shart.
Vazirlik va idoralarning kadrlar bilan ishlash boʻlinmalarida saqlanayotgan xorijga chiqish biometrik pasportlarining amal qilish muddati tugagach, belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga joʻnatiladi.
Vazirlik va idoralarning kadrlar bilan ishlash boʻlinmalarida saqlanayotgan xorijga chiqish biometrik pasportlari mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatining tegishli organlari bilan kelishgan holda fuqarolarga qaytarib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Xorijda doimiy yashayotgan va Oʻzbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan holatlarda xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish yoki almashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
Oʻzbekiston Respublikasiga kelish imkoniyati yoʻqligi (doimiy yashash joyida qolgan holda, jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslar) bilan bogʻliq alohida holatlarda konsullik muassasalari ushbu shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasportlarini Oʻzbekiston Respublikasining tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan kelishgan holda, ularning xulosalari asosida rasmiylashtirib berishlari mumkin.
24. Taqdim etilgan hujjatlar asosida maʼlumotlarni yigʻish punkti ariza beruvchining biografik maʼlumotlarini, qoʻl barmoqlarining elektron izlarini (16 yoshdan katta shaxslar uchun) toʻplashni amalga oshiradi, yuzni toʻgʻridan raqamli formatda rasmga oladi va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga talabnomani shakllantiradi, talabnoma kelgusida DPMga joʻnatiladi.
25. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijga chiqish biometrik pasporti maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab oʻn ish kunida, xorijda esa — diplomatik pochtani joʻnatish grafigiga muvofiq belgilangan tartibda beriladi.
Fuqaroga va unga hamrohlik qiluvchi shaxsga (shaxslarga) xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish muddati Oʻzbekiston Respublikasidan zudlik bilan chiqib ketishni talab qiladigan holatlarda, shoshilinch davolanish zarurligini tasdiqlovchi viloyat va respublika miqyosidagi davlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan berilgan hujjatlar, yaqin qarindoshining ogʻir kasalligi yoki vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganida, chiqish huquqiga cheklov boʻlmagan taqdirda 5 ish kunidan oshmasligi lozim.
Fuqaro xorijga chiqish biometrik pasportini yoʻqotgan taqdirda yangi pasport belgilangan tartibda pasport yoʻqolganligi haqida ariza berilgan kundan boshlab bir oy ichida beriladi.
Arizani koʻrib chiqish muddati Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq uzaytirilishi mumkin.
26. Qoʻl barmoqlarining izlarini olish tartib-taomilidan bosh tortilgan va koʻzoynak taqib yoki bosh kiyim bilan suratga tushish istagi qatʼiy bildirilgan holatlarda maʼlumotlarni yigʻish punkti fuqaroga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishni rad etish huquqiga ega.
27. DPM tayyor boʻlgan xorijga chiqish biometrik pasportini DFX orqali uni rasmiylashtirish uchun talabnoma yuborgan maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga keyinchalik diplomatik yoʻllar bilan konsullik muassasalariga yuborish uchun topshiradi, konsullik muassasalari pasport egasiga berilishini taʼminlashlari shart.
28. 16 yoshga toʻlmagan shaxsning xorijga chiqish biometrik pasportlari uning ota-onalariga, vasiylari (homiylari)ga, xorijga chiqish biometrik pasporti berish haqida iltimosnoma bilan murojaat qilgan tashkilotlarning vakillariga beriladi.
29. Fuqaro va qonuniy vakillar xorijga chiqish biometrik pasportini avaylab saqlashlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Xorijga chiqish biometrik pasporti yoʻqolgan taqdirda fuqaro darhol maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoxud konsullik roʻyxati boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish punktiga murojaat qilishi shart, mazkur punkt qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-taomillarni amalga oshirganidan keyin ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda fuqaroga yangi xorijga chiqish biometrik pasportini berish masalasini hal qiladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Doimiy yoki vaqtincha konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki biometrik pasporti yoxud xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilishi sud tomonidan toʻxtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga yangi xorijga chiqish biometrik pasporti olish uchun murojaat etganda, amal qilishi toʻxtatib turilgan pasporti maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoʻq qilish uchun joʻnatish maqsadida olib qoʻyiladi va unga pasporti olib qoʻyilganligi haqida dalolatnoma berish yoʻli bilan konsullik roʻyxatidan chiqariladi hamda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma rasmiylashtirib beriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Vaqtincha xorijda turgan va konsullik roʻyxatiga olinmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasporti yoʻqolgan, yaroqsiz holga kelgan, uning amal qilish muddati tugagan, maʼlumotlar yoki vizalar uchun moʻljallangan sahifalaridan foydalanib boʻlingan holatlarda, shuningdek, sud ajrimi bilan uning amal qilishi toʻxtatib turilganda yangi xorijga chiqish biometrik pasportini yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnomani rasmiylashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga murojaat qiladilar.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sud ajrimi bilan amal qilishi toʻxtatib turilgan xorijga chiqish biometrik pasport Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoʻq qilish uchun joʻnatish maqsadida olib qoʻyiladi, fuqaroga uning pasporti olib qoʻyilganligi haqida dalolatnoma hamda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma rasmiylashtirib beriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
32. Topib olingan xorijga chiqish biometrik pasporti ichki ishlar organiga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasiga topshirilishi lozim.
33. Vafot etgan fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga topshiriladi, mazkur organ xorijga chiqish biometrik pasportini keyinchalik yoʻq qilish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga joʻnatadi.
Xorijda vafot etgan fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti uni bergan maʼlumotlarni yigʻish punktiga keyinchalik yoʻq qilish maqsadida joʻnatish uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga joʻnatiladi.
34. Qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum qilishga, majburiy jamoat ishlariga, axloq tuzatish ishlariga yoxud ozodlikni cheklashga mahkum etilgan shaxslardan xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari, ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmalari yoki sud tomonidan olib qoʻyiladi. Shaxs qamoqda qoldirilgan yoki sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan taqdirda xorijga chiqish biometrik pasporti Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qamoqdan ozod qilinganda yoki jazo muddati oʻtab boʻlinganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari, ichki ishlar organlarining jazoni ijro etish inspeksiyasi, sud tomonidan yoxud jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati tomonidan egasiga qaytarib beriladi.
Xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan taqdirda yangi pasport vakolatli organning olib qoʻyish haqidagi tegishli qarori taqdim etilgach maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
341. Sud ajrimi bilan amal qilishi toʻxtatib turilgan xorijga chiqish biometrik pasport ichki ishlar organlari tomonidan maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoʻq qilish uchun joʻnatish maqsadida olib qoʻyilganda fuqaroga uning pasporti olib qoʻyilganligi haqida dalolatnoma beriladi.
(341-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tekshirish, verifikatsiyalash jarayonida noaniqliklar yoki chegara (migratsiya) qaydlari, xorij vizalari, ruxsat beruvchi yozuvlar soxtalashtirilganligini koʻrsatuvchi belgilar aniqlangan biometrik pasport yoki xorijga chiqish biometrik pasporti, shuningdek, belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilgan yoki sud ajrimi bilan amal qilishi toʻxtatib turilgan biometrik pasport yoki xorijga chiqish biometrik pasporti chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan tegishli vazirliklar va idoralarga joʻnatish uchun olib qoʻyilishi mumkin. Pasport olib qoʻyilgan taqdirda chegara nazorati boʻlinmasi tomonidan fuqaroga uning pasporti olib qoʻyilganligi haqida dalolatnoma beriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
36. Quyidagilar taqiqlanadi:
ushbu Nizomda nazarda tutilgan holatlardan tashqari fuqarodan xorijga chiqish biometrik pasportini olib qoʻyish;
xorijga chiqish biometrik pasportini majburiyatlarni taʼminlash maqsadida garov sifatida qabul qilish va topshirish.
37. Ushbu Nizom talablarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan shtamplar va blanklarning namunalari tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tasdiqlanadi.
38. Xorijga chiqish biometrik pasporti berilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda davlat boji yoki konsullik yigʻimlari undiriladi. Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan shaxslar davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Xorijga chiqish huquqidagi cheklovlar
39. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishni rad etishga quyidagilar asos boʻladi:
a) agar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa — ish yuzasidan uzil-kesil sud qarori yoki boshqa qaror qabul qilingungacha;
b) agar shaxs ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazoratida boʻlsa — nazorat toʻxtatilgungacha;
v) agar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo va shartli hukm qoʻllanilgan boʻlsa — jazoni oʻtab boʻlgunigacha yoki jazodan va shartli hukmdan ozod qilingunigacha;
g) agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar boʻlsa — majburiyatlar ijro etilgunga qadar, voyaga yetmagan bolalarni taʼminlash uchun alimentlar oldindan toʻlanganligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining maʼlumotnomalari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno;
d) agar shaxs oʻzi toʻgʻrisida qasddan soxta maʼlumotlarni taqdim etgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
e) agar shaxsga nisbatan vakolatli organlarning mazkur shaxs xorijga chiqishi maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatuvchi axboroti (qonun buzilishlar roʻyxati tegishli organlar tomonidan belgilanadi) mavjud boʻlsa — u hisobga qoʻyilgan kundan boshlab bir yil oʻtgungacha. Bunda xorijga chiqishiga nisbatan qoʻyilgan cheklovni belgilangan muddatidan oldin bekor qilish masalasi tashabbuskor vakolatli organning yozma xati asosida amalga oshiriladi.
(39-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Xorijga chiqish biometrik pasporti berishni rad etish asoslari roʻyxati batafsil talqin qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilganidan keyin shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi uchun vaqtinchalik cheklash belgilangan taqdirda, uning Davlat chegarasi orqali oʻtish huquqini cheklash tegishli davlat organlarining murojaatiga asosan chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Agar shaxs davlat siri yoki harbiy sir boʻlgan maʼlumotlardan xabardor boʻlsa yoki unga nisbatan xorijga chiqishiga toʻsqinlik qiladigan shartnoma, kontrakt majburiyatlari amal qilayotgan boʻlsa, unga ushbu majburiyatlarning amal qilish muddati tamom boʻlguniga qadar xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish rad etilishi mumkin.
40. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishni ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etish, shuningdek, murojaatni belgilangan muddatdan ortiq vaqt davomida koʻrib chiqish yuzasidan boʻysunish tartibida yuqori organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Konsullik roʻyxati
41. Belgilangan tartibda xorijga doimiy yashash uchun chiqib ketgan, shuningdek, olti oydan ortiq muddat davomida xorijda vaqtinchalik turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtinchalik konsullik roʻyxatiga turishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxati bekor qilinib, xorijga doimiy yashashga chiqish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy konsullik roʻyxatiga olinadilar.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Keyingi tahrirga qarang.
43. Xorijga xizmat safariga, oʻqishga, davolanishga, ishga va oʻz oilasi bilan birlashish uchun chiqib ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari vaqtinchalik konsullik roʻyxatiga olinadilar.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi borgan mamlakatida qonuniy tarzda yashayotgan boʻlsa va mamlakatga olti oydan ortiq muddatga borgan boʻlsa vaqtinchalik konsullik roʻyxatiga olinadi.
44. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari doimiy yashash joyini, shuningdek, ish, oʻqish yoki xizmat safari joyini olti oydan ortiq muddatga oʻzgartirganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasiga qarashli boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga koʻchib oʻtgan taqdirda oldingi yashash joyidagi konsullik roʻyxatidan (doimiy, vaqtinchalik) chiqishlari hamda yangi kelgan joylarida konsullik roʻyxatiga olinishlari lozim.
45. Doimiy konsullik roʻyxatiga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda konsullik yigʻimlari undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Vaqtincha yashash uchun xorijga chiqib ketgan, u yerda qonuniy tarzda yashayotgan hamda xorijda doimiy yashashga qaror qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy yashash uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining tegishli konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilishlari shart:
belgilangan shakldagi ariza-anketa;
biometrik boʻlmagan namunadagi pasport yoki biometrik pasport yoxud xorijga chiqish biometrik pasporti;
tugʻilganlik haqida guvohnomaning nusxasi;
harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi yoxud mudofaa ishlari boʻlimining belgilangan namunadagi maʼlumotnomasi (harbiy xizmatga majburlar uchun);
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan oʻz ota-onalarining va turmush oʻrtogʻining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalar boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush oʻrtogʻining notarial tasdiqlangan roziligi;
konsullik yigʻimlari toʻlanganligi haqidagi kvitansiya.
Fuqaro oʻzi yashab turgan mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi boʻlmagan taqdirda, mazkur mamlakat Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi qaysi konsullik okrugiga kirsa oʻsha konsullik okrugining konsullik muassasasiga murojaat qiladi. Xorijdagi konsullik muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy yashashni rasmiylashtirish boʻyicha qabul qilingan hujjatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboradilar. Konsullik muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining doimiy yashash uchun ruxsatini olgach, ariza beruvchini doimiy konsullik hisobiga qabul qiladilar.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
47. Xorijda doimiy yashayotgan va Oʻzbekiston Respublikasiga doimiy yashash joyiga qaytib kelishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasidagi konsullik roʻyxatidan chiqishlari lozim.
Agar fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlsalar, ular konsullik roʻyxatidan chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qiladilar.
48. Konsullik roʻyxatiga olish va chiqarish haqidagi arizalarning, fuqarolarni konsullik roʻyxatiga olish va chiqarishga doir qayd etish kitoblari va boshqa hujjatlarning shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
5-bob. Ushbu Nizomni buzganlik uchun javobgarlik
49. Qonun hujjatlari bilan quyidagilar uchun javobgarlik belgilanadi:
xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugaganidan keyin uni oʻz vaqtida topshirmaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
xorijga chiqish biometrik pasportiga ataylab shikast yetkazish, shuningdek, xorijga chiqish biometrik pasportini ehtiyotsizlik bilan saqlab, uning yoʻqolishiga sabab boʻlish;
yoʻqolganligi haqida ariza berilgan xorijga chiqish biometrik pasportidan, shuningdek, boshqa shaxsga qarashli boʻlgan xorijga chiqish biometrik pasportidan gʻarazli maqsadlarda foydalanish;
xorijga chiqish biometrik pasportini qonunga xilof ravishda olib qoʻyish yoki uni garov sifatida qabul qilish;
xorijga chiqish biometrik pasportiga gʻarazli yoki boshqa tuban niyatlar bilan ega boʻlib olish, shuningdek, uni yoʻq qilish, yaroqsiz holga keltirish, yashirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Xorijda doimiy yashash uchun ruxsat berilganligi toʻgʻrisida pasportga kiritiladigan shtamp namunasi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Hamrohlik qiluvchi shaxslar haqida (voyaga yetmagan fuqarolar uchun) pasportga kiritiladigan shtamp namunasi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
|
OGOHLANTIRISH XATI | |||||||||||||||||||
|
Men, ____________y.t., _______________________________________________ | |||||||||||||||||||
| | | | | | |
(fuqaroning F.I.O.) | |||||||||||||
|
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga asosan qaysi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi yoʻqotilishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirildim. | |||||||||||||||||||
|
_______________ |
| |
_________________ |
| |
_______________ | |||||||||||||
|
(sana) |
|
|
(imzo) |
|
|
(F.I.O.) | |||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
(1, 2 va 3-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4079/2482-son; 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son; 15.04.2022-y., 07/22/207/0310-son, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son, 17.06.2022-y., 07/22/282/0531-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 05.11.2024-y., 07/24/380/0889-son; 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)