Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari ustidan bojxona nazorati qoidalarining 5.6-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 14-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 896-5]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 4-martdagi 12/02-22-00480-sonli “Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari ustidan bojxona nazorati qoidalari, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 896-6, 11.03.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5564-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2000-yil 7-fevraldagi 02/20-12-son bilan tasdiqlangan Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari ustidan bojxona nazorati qoidalarining (roʻyxat raqami 896, 2000-yil 11-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 3-son) 5.6-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda xalqaro toʻlov tizimi orqali toʻlangan holda butunjahon Internet tarmogʻi orqali bitta invoys boʻyicha besh ming AQSh dollarigacha tovar (xizmat)larni eksport qilishda xaridor bilan yozma shartnoma tuzish talab etilmaydi va barcha yuridik va jismoniy shaxslarga Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan hamda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan amalga oshirishga ruxsat etiladi.”.
2. Mazkur oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-dekabr,
01-02/12-75-son
Kelishilgan:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. SADIKOV
2018-yil 29-dekabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 10/19/896-5/2479-son)