11.01.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3118
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-yanvarda 3118-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir Sh. SHERMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 16-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim muassasasi kuzatuv kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, vakolatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga (bundan buyon matnda taʼlim muassasasi deb yuritiladi) tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyat xalq taʼlimi boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan taʼlim muassasasi rahbarini saylash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasining maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasida amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, taʼlim muassasasining Ustavi hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kengashning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan taʼlim muassasasi rahbarini saylash, shuningdek, belgilangan tartibda uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi rahbarining taqdimnomasi boʻyicha yillik moliyaviy rejalarni, koʻrsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlangʻich narxni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini koʻrib chiqish, taʼlim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati toʻgʻrisida ijtimoiy soʻrovlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish va tarkibini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Taʼlim jarayonining shaffofligini taʼminlash, jamoatchilik taʼsirini kuchaytirish, oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda taʼlim-tarbiya jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida har bir taʼlim muassasasida Kengash tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kengash 7 kishidan kam boʻlmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga oʻquvchilarning ota-onalari orasidan kamida 2 nafar, sobiq bitiruvchilar orasidan 2 nafar va nafaqadagi sobiq pedagoglar orasidan 1 nafar hamda homiylar orasidan 2 nafar aʼzo kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolarining soni cheklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kengash aʼzolari tegishli taʼlim muassasasi umumiy yigʻilishida oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan ochiq ovoz berish orqali saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning birinchi yigʻilishida ishtirok etayotgan aʼzolar umumiy sonining oddiy koʻpchilik ochiq ovoz berishi orqali Kengash raisi va kotibi saylanadi. Bunda, Kengash raisi va kotibi Kengash aʼzolari tomonidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Taʼlim muassasasi direktori yoki uning oʻrinbosarlari, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari Kengash aʼzolari sifatida saylanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har oʻquv yili boshida koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengash aʼzosi etib saylangan ota-onalarning farzandlari boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazilganda yoki bitirib ketganda, Kengashning ushbu aʼzosi Kengash aʼzolari qatoridan chiqariladi va uning oʻrniga ota-onalar orasidan boshqa aʼzo saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzosi kengashning yigʻilishlarida surunkali 3-marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda, u Kengash aʼzolari tarkibidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kengash yigʻilishlarini tashkil qilish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kengashning birinchi yigʻilishi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan tegishli taʼlim muassasasida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi yoki hududiy boshqarmalariga boʻysunadigan taʼlim muassasalarida Kengashning birinchi yigʻilishi tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli taʼlim muassasasida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kengash har chorakda kamida bir marta yigʻiladi. Zarur hollarda navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kengash yigʻilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kengash yigʻilishida uning umumiy aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda Kengash qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kengash oʻz faoliyatini daxlsizlik, oshkoralik, shaffoflilik, adolatlilik tamoyillariga muvofiq olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kengash qarorlari aʼzolarning teng huquqliligi asosida ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Har bir Kengash aʼzosi bitta ovoz huquqiga ega. Ovozlar teng boʻlgan hollarda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kengash yigʻilishlariga Kengash raisi raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kengash raisi oʻz vakolatini vaqtinchalik bajarish imkoniyati boʻlmagan hollarda (xizmat safari, taʼtil va kasallik davrida), uning vazifasini bajarish Kengash aʼzolaridan biriga vaqtincha yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kengash yigʻilishlari mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkillashtirilishi va oʻtkazilishi hamda hujjatlarning toʻgʻri va toʻliq rasmiylashtirilishi uchun Kengash raisi masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kengash yigʻilishi oʻtkazilishidan kamida 10 kun oldin yigʻilish oʻtkaziladigan kun, vaqti, joyi va muhokama etiladigan masalalar haqida kengash aʼzolari xabardor qilinishi lozim. Kengash aʼzolarini xabardor qilish uchun Kengash raisi masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Taʼlim muassasasi rahbari Kengash ishini tashkil qilish (hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash uchun zarur boʻlgan xona, taʼlim muassasasi faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlar va kanselyariya jihozlari bilan taʼminlash) uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kengash yigʻilishlari oʻtkazilganligi haqida bayonnomalar yigʻilish oʻtkazilgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmay tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalariga taqdim etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kengash faoliyatiga tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi aralashmaydi va unga hisobdor emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kengashning faoliyati boʻyicha maʼlumotlarni har chorakda taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida yoki taʼlim muassasasining barcha koʻrishi mumkin boʻlgan joyiga joylashtirish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kengashning huquq va vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kengash oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasining tegishli davridagi faoliyati boʻyicha taʼlim muassasasi direktoridan maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik va xayriya mablagʻlarining kirim qilinishi hamda sarflanishi haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi pedagoglarining shaʼni, qadr-qimmati, obroʻsini himoya qilish boʻyicha takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kengash quyidagi vakolatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan taʼlim muassasasi direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning mehnat faoliyati, xulq-atvori, tajribasi, tashabbuskorligi hamda jamoadagi obroʻsini oʻrganadi va tavsiya etilgan nomzodlar orasidan eng munosib nomzodni ochiq ovoz berish yoʻli bilan direktor lavozimiga saylaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolari tomonidan nomzodga qarshi ovoz berilgan taqdirda, uni direktorlik lavozimiga tayinlashni rad etish haqida nomzodni tavsiya etgan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga maʼlum qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi direktori va direktor oʻrinbosarlarining boshqaruv faoliyati, taʼlim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etilishi hamda oʻquvchilar, ularning ota-onalaridan noqonuniy pul yigʻimlari undirilmasligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini oʻrnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasining umumiy yigʻilishlarida qatnashadi, oʻquvchilar va ota-onalarning manfaatlarini himoya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitning buzilishi, taʼlim sifatining pasayib ketishi, tizimli muammolarning kelib chiqishi, pedagoglar bilan maʼmuriyat oʻrtasida yoki ota-onalar bilan maʼmuriyat oʻrtasida nizoli holatlar kelib chiqqan taqdirda, taʼlim muassasasi direktorini lavozimidan ozod etish boʻyicha hududiy boshqarmalarga taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kengash aʼzolariga mazkur Nizomda belgilanmagan vakolatlariga ega boʻlishlariga, taʼlim muassasasi direktorining qonunda belgilangan vakolatlariga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kengash oʻz vakolati doirasiga kirmaydigan ishlarga aralashsa yoki oʻz vazifalarini toʻliq taʼminlay olmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarqatilib yuboriladi. Bunda, Kengashning yangi tarkibi mazkur Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan talablar asosida qayta shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kengashning faoliyatiga taʼlim muassasasi rahbari, hududiy boshqarmalar, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlar aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Taʼlim muassasasida oʻquvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan Kengash aʼzolari, taʼlim muassasasi rahbari va boshqa xodimlari tomonidan pul mablagʻlarini yigʻish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kengash raisi, kotibi va aʼzolari jamoatchilik asosida amalga oshiradigan Kengashdagi faoliyati yuzasidan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 26-dekabr

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 26-dekabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 10/19/3118/2468-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 27.01.2022-y., 10/22/3118-1/0074-son; 16.06.2023-y., 10/23/3118-2/0382-son)