10.01.2019 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-oktabrdagi PQ-3958-son qaroriga muvofiq, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasini va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ushbu sohadagi startap-loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy va yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlarni targ‘ib qilishga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Hindiston Respublikasining Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qoshidagi Dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati o‘rtasida Hindistonning ilg‘or tajribasi asosida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini (keyingi o‘rinlarda Texnopark deb ataladi) tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Texnoparkning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidentlarini o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan yuqori texnologik infratuzilma va zamonaviy laboratoriyalar bilan ta’minlash, ularga moliyaviy, marketing, huquqiy va boshqa konsalting xizmatlari, shuningdek, biznes-akselerator xizmatlari ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalari sohasida yangidan ish boshlagan va kichik korxonalarga startap-loyihalarni amalga oshirishda, innovatsiya faoliyati natijalarini tijoratlashtirishda, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlarga loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishda, shu jumladan, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferini amalga oshirish orqali ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologiyali mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish tarmog‘ini amalga oshirish uchun ilmiy, ta’lim va ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyatini integratsiyalashga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar sinfini yaratish maqsadida yosh mutaxassislarni o‘qitishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi kompaniyalar va mutaxassislar ishtirokida axborot texnologiyalari sohasida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, Texnoparkning faoliyatini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muassisligida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladigan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xo‘jalik shartnomalari asosida Texnoparkning faoliyati ixtisosligiga tegishli ishlar bajarilishidan olingan mablag‘lar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlaridan ajratilgan grantlar va kreditlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnoparkni moliyalashtirishning yetishmayotgan qismi yuzasidan — Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining idoraviy mansub tashkilotlari mablag‘lari Texnoparkning faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish bilan bog‘liq choralarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
(4-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Texnopark rezidentlari tomonidan amalga oshiriladigan istiqbolli startap-loyihalar ular belgilangan tartibda tanlab olingandan keyin Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining idoraviy mansub tashkilotlari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
(4-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-iyundagi PF-5099-son Farmoni bilan berilgan imtiyozlarning amal qilishi Texnopark rezidentlariga ham tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/589/3431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi Texnoparkka tutash hududlarni obodonlashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ko‘maklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Texnoparkni tashkil etish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark binolari va inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishni belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda bir vaqtda loyihalash va moliyalashtirish shartlari asosida bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark faoliyatini tashkil etish uchun loyihalash va pudrat tashkilotlarini, shuningdek, asbob-uskunalar, kompyuter va boshqa texnika, o‘qitishning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, dasturiy mahsulotlar, inventar va boshqa moddiy-texnika resurslarini yetkazib beruvchilarni tender (tanlov) savdolari o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida aniqlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda Texnopark rezidentlarini ro‘yxatga olish, istiqbolli startap-loyihalarni tanlash va moliyalashtirish tartibini nazarda tutadigan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 10-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 09/19/17/2456-son, 16.07.2019-y., 09/19/589/3431-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)