03.12.2004 yildagi 710-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.08.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari tipik, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, inson faoliyatining tabiatga salbiy taʼsir koʻrsatishi oldini olishdan, tabiiy jarayonlarni oʻrganishdan, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borishdan, ekologik maʼrifat va tarbiyani takomillashtirishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerning va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning) ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik boʻlgan, xoʻjalik maqsadidagi doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan toʻliq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muhofaza qilish va foydalanish rejimi (bundan buyon matnda rejim deb yuritiladi) oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar biologik, landshaft rang-barangligini taʼminlash va ekologik muvozanatni saqlab turish uchun moʻljallangan yaxlit ekologik tizimni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi va rejimiga qarab quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qoʻriqxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiat bogʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tabiat yodgorliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza etiladigan landshaftlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda davlat biosfera rezervatlari, milliy bogʻlar, botanika bogʻlari, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish nazarda tutilishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga boʻlgan mulk huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat mulkidir va uning muhofazasidadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar xususiy buyurtma qoʻriqxonalar hamda tabiiy pitomniklar tashkil etish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berilishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari va akvatoriya uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari va akvatoriya uchastkalarida mazkur hududlardan foydalanishning belgilangan maqsadiga zid har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan yoki koʻrsatishi mumkin boʻlgan faoliyatni cheklash yoki taqiqlash uchun yer uchastkalarini saqlash vazifasi belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etishda yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini cheklash yoki tugatish tufayli ularga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikka muvofiq qoplanadi.
(7-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondidagi yerlar ajratib berilganda qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi koʻradigan zarar va talafotlarning oʻrni qoplanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qoʻriqxonalarning (ovchilik xoʻjaliklarida tashkil etilgan buyurtma qoʻriqxonalar bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bogʻlarning yer uchastkalariga yer soligʻi solinmaydi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda xoʻjalik faoliyati yuritilayotgan hollarda yer soligʻi undiriladi.
(7-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalarini (milliy bogʻlarning yer uchastkalaridan tashqari) jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga alohida hollarda yoʻl qoʻyiladi. Milliy bogʻlar yer uchastkalarining jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(7-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar davlat tabiat yodgorliklarini, buyurtma qoʻriqxonalarni, tabiiy pitomniklarni muhofaza qilish boʻyicha zimmalariga yuklatilgan majburiyatlar bajarilishini taʼminlamagan taqdirda ular egallab turgan yer uchastkasi olib qoʻyilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari hamda akvatoriya uchastkalarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni olib qoʻyish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(7-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirish erkinligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar fuqarolar kirib chiqishi uchun ochiqdir, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Oʻsimliklar va hayvonlarning noyob hamda yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan turlarini, bunday oʻsimliklar oʻsadigan va bunday hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ayrim qismlariga fuqarolarning kirishi mazkur hududlar qaysi davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlsa, shu davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan cheklanishi yoki man etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi shu hududlarda boʻlishning maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan tasdiqlanadigan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Fuqarolarning ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda pullik asosda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda aholining tarixan qaror topgan tarzda yashashi mazkur hududlarning rejimiga rioya etish sharti bilan saqlab qolinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati ekologiya va iqlim oʻzgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(9-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanishda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish tadbirlarini amalga oshirishda davlat organlariga koʻmaklashadilar. Davlat organlari ana shu tadbirlarni amalga oshirayotganda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning takliflarini inobatga oladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishga aholini jalb etish maqsadida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolar vakillaridan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qarori bilan maslahatlashuv komissiyalari tuzilishi mumkin. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni va ularning qoʻriqlanma zonalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi, ana shu hududlarda yashovchi aholining manfaatlariga daxldor qarorlar maslahatlashuv komissiyalarining xulosalari inobatga olingan holda qabul qilinadi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tegishli davlat organlaridan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida axborotlar talab qilish hamda olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilayotgan, muhofaza qilinayotgan hamda ulardan foydalanilayotganda qonunchilikda belgilangan tartibda jamoat ekologiya ekspertizasini oʻtkazishlari va jamoat ekologiya nazoratini amalga oshirishlari mumkin.
(10-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat boshqaruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish uchun yer uchastkalarini zaxira qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish maqsadida maxsus vakolatli davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning taklifiga binoan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarori bilan yer uchastkalari zaxira qilinadi.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarning zaxira qilingan yer uchaskalaridagi faoliyati, agar bunday faoliyat mazkur uchastkalarda muhofaza qilish moʻljallanayotgan tabiiy obyektlar va majmualar saqlanishiga xavf soladigan boʻlsa, cheklanishi yoki taqiqlanishi lozim. Ana shu yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berishga faqat davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejalar va dasturlarni, yer tuzish sxemalarini hamda hududiy rejalashtirishni, shuningdek tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishga doir boshqa rejalarni ishlab chiqishda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va ularning faoliyat yuritishini tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarori bilan tashkil etiladi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni qayta tashkil etish ularning toifalarini oʻzgartirish zarur boʻlganda amalga oshiriladi. Bunda muhofaza etiladigan tabiiy hududning qattiqroq rejimli toifadan yengilroq rejimli toifaga oʻtkazilishiga alohida hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning faoliyat yuritishini tugatish bunday hududlar qaysi muddatga tuzilgan boʻlsa, shu muddat tugaganidan keyin, shuningdek tabiiy ofatlar hamda texnogen xususiyatdagi taʼsirlar natijasida ulardagi tabiiy obyektlar va majmualarning qimmatliligi hamda noyobliligi yoʻqolgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri bu hududlarning toifalari va turlari, ularning jugʻrofiy holati, miqdor va sifat xususiyatlari, ekologik, iqtisodiy, ilmiy, maʼrifiy va boshqa jihatdan ahamiyati toʻgʻrisidagi, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar haqidagi, shuningdek yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri ularning rejimini taʼminlash, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishni rejalashtirayotganda mazkur hududlarni hisobga olish maqsadida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda ekologiya va iqlim oʻzgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuritiladi.
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastriga doir axborot belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasarrufida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boʻlgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar har bir hudud boʻyicha pasport tuzadilar, unda mazkur hududni, uning rejimi va boshqaruvini tavsiflovchi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasportini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha barcha tashkiliy, tabiatni muhofaza qilish yoʻnalishidagi, texnikaviy va boshqa tadbirlardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari tasarrufida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boʻlgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalari davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibi ekologiya va iqlim oʻzgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(16-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanishini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari va davlat biosfera rezervatlarini qoʻriqlash qoʻriqlov xodimlari tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisidagi nizomlar bilan tartibga solinadi. Qoʻriqlov xodimlari davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari, davlat biosfera rezervatlari shtatida turadi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlarining barcha huquqlari va imtiyozlaridan foydalanadi.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy bogʻlarni qoʻriqlash bunday bogʻlar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilangan tartibda taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtma qoʻriqxonalari va tabiiy pitomniklarni qoʻriqlash bunday qoʻriqxona va pitomniklar qaysi yuridik shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan boʻlsa, shu yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tabiat yodgorliklarini qoʻriqlash bunday yodgorliklar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan boʻlsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat buyurtma qoʻriqxonalari va davlat tabiat yodgorliklari yuridik hamda jismoniy shaxslarga berilmagan yer uchastkalarida joylashgan boʻlsa, ularning qoʻriqlanishini taʼminlash mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va maxsus vakolatli davlat organlari zimmasiga yuklatiladi.
(17-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalarini qoʻriqlash ular qaysi suv xoʻjaligi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida tashkil etilgan boʻlsa, shu suv xoʻjaligi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(17-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi OʻRQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari ichki ishlar organlari tomonidan qoʻriqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurort tabiiy hududlarni va rekreatsiya zonalarini qoʻriqlash mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan taʼminlanadi.
(17-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar oʻrmon qoʻriqchilari va ovchilik xoʻjaliklarining yegerlik xizmati tomonidan qoʻriqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliq xoʻjaligi zonalarini qoʻriqlash baliqchilik bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan taʼminlanadi.
(17-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy buyurtma qoʻriqxonalar va tabiiy pitomniklarni qoʻriqlash ular qaysi yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlanma zonalar davlat qoʻriqxonalari, buyurtma qoʻriqxonalar va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish qaysi davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, shu davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qoʻriqlanadi.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlat qoʻriqxonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Davlat qoʻriqxonalarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilishning qattiq rejimiga ega boʻlgan, tipik ekologik tizimlar, oʻsimliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish hamda oʻrganish uchun moʻljallangan, umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat qoʻriqxonalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat tabiatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalari bunday qoʻriqxonalar toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Davlat qoʻriqxonalarining rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalarining hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi, ilmiy-tadqiqot faoliyati va atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish bundan mustasno. Davlat qoʻriqxonalarida yongʻinga qarshi tadbirlar oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalari hududida hamda ularning qoʻriqlanma zonalarida tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalarining yoki ular qaysi davlat organlarining tasarrufida boʻlsa, shu davlat organlarining xodimi hisoblanmaydigan fuqarolarning davlat qoʻriqxonalari hududida boʻlishiga ularda ana shu organlar yoki davlat qoʻriqxonasi maʼmuriyati bergan ruxsatnoma boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Davlat qoʻriqxonalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalarida ilmiy tadqiqotlar bunday qoʻriqxonalar shtatidagi ilmiy xodimlar tomonidan oʻtkaziladi. Shartnoma asosida boshqa ilmiy tashkilotlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalarida olimlar kengashlari (ilmiy kengashlar) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalarida atrof tabiiy muhit monitoringi yuritilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalaridagi ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga olingan boʻlsa, davlat mulki hisoblanadi. Yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlari hisobiga olingan ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalariga boʻlgan mulk huquqi davlat qoʻriqxonalari bilan mazkur shaxslar oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi. Davlat qoʻriqxonalari ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalaridan tekin foydalanadilar.
(20-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalarining tabiiy obyektlari va majmualari holati toʻgʻrisidagi ilmiy axborot eʼlon qilinishi kerak. Davlat qoʻriqxonalari oʻz matbuot nashrlariga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalarining ilmiy fondlari muddatsiz saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalarining ilmiy tadqiqotlarini muvofiqlashtirib borishni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida ekologik qimmatga ega boʻlgan tabiiy obyektlar va majmualarni asl holatida saqlash uchun moʻljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari bunday qoʻriqxonalar toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi, ilmiy-tadqiqot, rekreatsiya faoliyati, atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish, shuningdek pichan oʻrish va chorva mollar oʻtlatish, yovvoyi oʻsimliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari xodimlarining va mazkur qoʻriqxonalarning qoʻriqlanma zonalarida yashovchi fuqarolarning oʻz ehtiyojlari uchun yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklarning dorivor va texnik xom ashyosini tayyorlash (yigʻish) bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Tabiat bogʻlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Tabiat bogʻlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida ekologik, madaniy va estetik qimmatga ega boʻlgan tabiiy obyektlar va majmualarni tabiatni muhofaza qilish yoʻnalishidagi, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish hamda ulardan foydalanish uchun moʻljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiat bogʻlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiat bogʻlari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etiladigan milliy tabiat bogʻlari va mahalliy ahamiyatga molik tabiat bogʻlariga boʻlinadi.
(23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiat bogʻlari bunday bogʻlar toʻgʻrisidagi, ular qaysi davlat organlarining tasarrufida boʻlsa, shu davlat organlari tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Tabiat bogʻlarining hududlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiat bogʻlarining hududi tabiat bogʻlariga foydalanishga berib qoʻyiladigan yer uchastkalarida, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning tabiat bogʻlari chegaralari doirasidagi yer uchastkalarida joylashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiat bogʻlari tashkil etilayotganda ularning hududi zonalarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiat bogʻlarining hududida qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar, rekreatsiya, xoʻjalik maqsadida va boshqa tarzda foydalanish zonalari ajratib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini sogʻlomlashtirish uchun sharoit boʻlgan taqdirda tabiat bogʻlarida kurort tabiiy hududlar uchun nazarda tutilgan rejimli kurort zonalar ajratib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiat bogʻlari zonalarining oʻlchamlari va chegaralarini oʻzgartirish, ular qaysi davlat organlarining tasarrufida boʻlsa, shu organlar tomonidan, davlat ekologiya ekspertizasi xulosasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Tabiat bogʻlarining rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiat bogʻlari hududida zonalarga boʻlinishga muvofiq tabaqalashtirilgan rejim oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiat bogʻlarining qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalarida davlat qoʻriqxonalari uchun nazarda tutilgan rejim oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiat bogʻlarining rekreatsiya zonalari tabiiy obyektlar va majmualarning holatiga qarab turli rejimli uchastkalarga boʻlinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiat bogʻlarining xoʻjalik maqsadida va boshqa tarzda foydalanish zonalarida aholining istiqomat qilishiga, yuridik va jismoniy shaxslarning tabiiy obyektlar va majmualarga zarar yetkazmaydigan faoliyatiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir zonaning rejimi tabiat bogʻlari toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiat bogʻlarining hududida quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yoʻsinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrologik va gidrogeologik rejimni oʻzgartiradigan harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq eroziyasini, oʻsimlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiat bogʻlarining faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yoʻl va muhandislik-kommunikatsiya ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni saqlash va koʻmish, oqova suvlarni oqizish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiat bogʻlarida tabiiy obyektlar va majmualarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan faoliyatning boshqa turlari ham cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiat bogʻlarining faoliyat koʻrsatishi uchun yoʻllar, boshqa kommunikatsiyalar va inshootlar qurilishi zarur boʻlgan hollarda buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, barcha tabiatni muhofaza qilish yoʻnalishidagi tadbirlarni amalga oshirish albatta nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Davlat tabiat yodgorliklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Davlat tabiat yodgorliklarining turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noyob, oʻrnini toʻldirib boʻlmaydigan, ekologik, ilmiy, madaniy va estetik jihatdan qimmatli tabiiy obyektlari bor muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat tabiat yodgorliklari hisoblanadi. Davlat tabiat yodgorliklari quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy suv obyektlarini saqlab qolish uchun moʻljallangan gidrologik (botqoq, koʻl, daryo va boshqa) yodgorliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim oʻsimliklarni saqlab qolish uchun moʻljallangan botanik yodgorliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiat yaratgan relyef shakllarini saqlab qolish uchun moʻljallangan geomorfologik yodgorliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazilma obyektlarni saqlab qolish uchun moʻljallangan paleontologik yodgorliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologik va mineralogik hosilalarni saqlab qolish uchun moʻljallangan geologik va mineralogik yodgorliklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Tabiiy obyektlarni davlat tabiat yodgorliklari deb eʼlon qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy obyektlar maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan davlat tabiat yodgorliklari deb eʼlon qilinadi.
(27-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy obyektlarni ular joylashgan yer uchastkalarini olib qoʻymagan holda davlat tabiat yodgorliklari deb eʼlon qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Davlat tabiat yodgorliklarining rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tabiat yodgorliklari hududida ularning asralishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tabiat yodgorliklari qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan boʻlsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga bunday yodgorliklarning rejimini taʼminlash majburiyatlari yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diniy maqsadlarda foydalaniladigan davlat tabiat yodgorliklari diniy tashkilotlarga yoki jismoniy shaxslarga bunday yodgorliklarni obodonlashtirish va asrash ishlarini amalga oshirish sharti bilan foydalanishga yoki ijaraga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlarning turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar buyurtma qoʻriqxonalar, tabiiy pitomniklar va baliq xoʻjaligi zonalari tariqasida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Buyurtma qoʻriqxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar buyurtma qoʻriqxonalar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtma qoʻriqxonalar quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar va hayvonlarning qimmatli, noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlarini, tirik organizmlarning koʻchib oʻtish yoʻllarini saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan biologik (botanik, zoologik) buyurtma qoʻriqxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim qazilma obyektlar va ularning majmualarini saqlab qolish uchun moʻljallangan paleontologik buyurtma qoʻriqxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli suv obyektlarini saqlab qolish uchun moʻljallangan gidrologik (botqoq, koʻl, daryo) buyurtma qoʻriqxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodir geologik va mineralogik hosilalarni saqlab qolish uchun moʻljallangan geologik va mineralogik buyurtma qoʻriqxonalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtma qoʻriqxonalar umumdavlat yoki mahalliy ahamiyatga molik boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Buyurtma qoʻriqxonalarni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumdavlat ahamiyatiga molik buyurtma qoʻriqxonalar maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ahamiyatga molik buyurtma qoʻriqxonalar maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
(31-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtma qoʻriqxonalar faoliyat muddatlari koʻrsatilmagan holda (muddatsiz) yoki kamida oʻn yil muddatga tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtma qoʻriqxonalar davlatga qarashli yoki xususiy boʻlishi, yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy buyurtma qoʻriqxonalarni va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi davlat buyurtma qoʻriqxonalarini tashkil etish uchun yer uchastkalari va ayrim tabiiy obyektlar belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Buyurtma qoʻriqxonalarning rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtma qoʻriqxonalarning hududida, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarini istisno etganda, ayrim tabiiy obyektlar va majmualarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday faoliyat doimiy ravishda yoki vaqtincha cheklanadi yoki tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi davlat buyurtma qoʻriqxonalari joylashgan hududlar yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, shuningdek yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining xoʻjalik maqsadidagi foydalanishidan olib qoʻyilmaydi. Mazkur buyurtma qoʻriqxonalar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida va (yoki) akvatoriya uchastkalarida tashkil etilgan boʻlsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar buyurtma qoʻriqxonalarning belgilangan rejimiga rioya etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir buyurtma qoʻriqxona rejimining xususiyatlari, mazkur buyurtma qoʻriqxona qaysi davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlsa, shu davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Tabiiy pitomniklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar va hayvonlarning ayrim turlariga zarur sharoit yaratish yoʻli bilan ularni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiiy pitomniklar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy pitomniklar yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
(33-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy pitomniklar davlatga qarashli yoki xususiy, yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy tabiiy pitomniklarni va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi davlat tabiiy pitomniklarini tashkil qilish uchun yer uchastkalari va ayrim tabiiy obyektlar belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy pitomnik qaysi oʻsimliklar va hayvonlar uchun moʻljallangan boʻlsa, shu pitomnikning hududida shu oʻsimliklar va hayvonlarning saqlab qolinishi, takror koʻpaytirilishi va tiklanishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Baliq xoʻjaligi zonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlarini yoki ularning qismlarini oʻz ichiga oladigan, noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan baliqlar va boshqa suv organizmlari turlarini saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun, shuningdek baliq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar baliq xoʻjaligi zonalari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliq xoʻjaligi zonalari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi organlarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi OʻRQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliq xoʻjaligi zonalarida baliqlar va boshqa suv organizmlarining saqlab qolinishi, takror koʻpaytirilishi va tiklanishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Muhofaza etiladigan landshaftlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Muhofaza etiladigan landshaftlarning turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurort tabiiy hududlar, rekreatsiya zonalari, suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari muhofaza etiladigan landshaftlar jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Kurort tabiiy hududlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davolash va sogʻlomlashtirish xossalariga, mineral manbalarga, shifobaxsh balchiq qatlamlariga, qulay iqlim va boshqa sharoitlarga ega, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kurort tabiiy hududlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurort tabiiy hududlar umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumdavlat ahamiyatiga molik kurort tabiiy hududlar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ahamiyatga molik kurort tabiiy hududlar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
(36-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Kurort tabiiy hududlarning rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurort tabiiy hududlar uchta zonaga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi zonaga davolash xossalariga ega manbalar, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hududlar kiradi. Bunday zonada har qanday faoliyat taqiqlanadi, davolash xossalariga ega manbalar va balchiq bilan davolash shifoxonalarini obodonlashtirish uchun zarur inshootlar qurish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi zonaga sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylarining hududlari kiradi. Bu zonada davolash va dam olishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan faoliyatni istisno etganda har qanday faoliyat, shuningdek bu hududda vaqtincha istiqomat qiladigan tibbiyot xodimlari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari boshqa aholining yashashi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi zonaga sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylariga tutash hududlar kiradi. Bu zonada davolash manbalariga, shifobaxsh balchiq qatlamlariga zarar yetkazmaydigan va dam olish hamda davolanish sharoitlarini yomonlashtirmaydigan cheklangan xoʻjalik faoliyati yuritishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurort tabiiy hududlar doirasida quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarni qazib olish, mineral suvlar va shifobaxsh balchiq qazib olish bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo, sellyuloza-qogʻoz va metallurgiya sanoati korxonalarining faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yoʻsinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaharli kimyoviy moddalarni qoʻllanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harom oʻlgan chorva mollar koʻmiladigan joylarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaharli kimyoviy moddalar va mineral oʻgʻitlar omborlarini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni saqlash va koʻmish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyning gidrologik rejimini oʻzgartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Rekreatsiya zonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun qulay joʻgʻrofiy va iqlim sharoitlariga ega, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rekreatsiya zonalari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rekreatsiya zonalari Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
(38-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalaridagi rekreatsiya zonalari Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
(38-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Rekreatsiya zonalarining rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rekreatsiya zonalari tabiiy obyektlar va majmualarning holatiga qarab turli rejimga ega uchastkalarga boʻlinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rekreatsiya zonalarida quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo, sellyuloza-qogʻoz va metallurgiya sanoati korxonalarining faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yoʻsinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaharli kimyoviy moddalarni qoʻllanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harom oʻlgan chorva mollar koʻmiladigan joylarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni saqlash va koʻmish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyning gidrologik rejimini oʻzgartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daryolarning, koʻllarning, suv omborlarining, kanallarning, kollektorlar hamda boshqa suv obyektlarining oʻzanlariga tutash muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvni muhofaza qilish zonalari hisoblanadi. Bu zonalar ifloslanish, bulgʻanish, sayozlanishning hamda suv obyektlari tuproq eroziyasi mahsullari boʻlmish loyqa bilan toʻlib qolishining oldini olish maqsadida, shuningdek eng maqbul suv rejimini saqlab turish uchun tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qattiq rejimga asoslangan suvni muhofaza qilish zonalari doirasidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohil boʻyi mintaqalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik, maishiy va davolash-sogʻlomlashtirish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv obyektlariga tutash, qattiq rejim asosidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daryolarning uvalarida, yoyilma konuslarda, togʻ yonbagʻirlarining etaklarida tashkil qilinadigan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari tegishincha ekologiya va iqlim oʻzgarishi, suv xoʻjaligi, sanitariya nazorati organlarining, geologiya tashkilotlarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
(40-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Suvni muhofaza qilish zonalarining, sohil boʻyi mintaqalarining, suv obyektlari sanitariya muhofazasi zonalarining hamda yer usti va yer osti suvlari hosil boʻlish zonalarining rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni muhofaza qilish zonalari doirasida cheklangan xoʻjalik faoliyati yuritishga yoʻl qoʻyiladi. Bunday zonalarda quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yoʻsinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaharli kimyoviy moddalarni qoʻllanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaharli kimyoviy moddalar va mineral oʻgʻitlar omborlarini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harom oʻlgan chorva mollar koʻmiladigan joylarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni saqlash va koʻmish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqova suvlarni tozalash inshootlari va oqova suvlar toʻplanadigan inshootlar qurish;
(41-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik va parrandachilik majmualarini joylashtirish, shuningdek sugʻorish uchun “sharbat” (suyuq goʻng) ishlatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transportini qoʻyib turish, ularga yonilgʻi quyish, ularni yuvish va taʼmirlash joylarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft mahsulotlari omborlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zigʻir, kanop va teri yuvish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sohil boʻyi mintaqalarida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklashlar va taqiqlardan tashqari quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral va organik oʻgʻitlarni qoʻllanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorva mollarni oʻtlatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday turdagi qurilish, suv xoʻjaligi obyektlarini qurish bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilanmagan joylarda qayiqlar bogʻlab qoʻyiladigan joylar tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari turli rejimli muhofaza mintaqalariga boʻlinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daryo oʻzanlarini oʻzgartirish, foydali qazilmalar qazib olish va suv obyektlari holatiga taʼsir qiladigan boshqa ishlarni bajarishga faqat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xoʻjaligi organlarining, shuningdek geologiya tashkilotlarining ruxsatnomasi bilan yoʻl qoʻyiladi.
(41-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi OʻRQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlari hududida xoʻjaliklararo yer tuzish va rejalashtirish oʻtkazilayotganda suvni muhofaza qilish zonalarining, sohil boʻyi mintaqalarining va suv obyektlari sanitariya muhofazasi zonalarining chegaralarini oʻzgartirish ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xoʻjaligi organlari hamda sanitariya nazorati organlari bilan kelishib olinishi lozim.
(41-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi OʻRQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni muhofaza qilish zonalari va sohil boʻyi mintaqalari rejimi yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalariga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
411-modda. Ekologik toza hududlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurort tabiiy hududlarda va rekreatsiya zonalarida joylashgan, atrof tabiiy muhitga boʻladigan taʼsiri yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan meʼyorlardan oshmaydigan, energiya samaradorligi yuqori infratuzilmalar bilan jihozlangan, chiqindilarni samarali boshqarish tizimi yoʻlga qoʻyilgan, yuqori rekreatsiya va ekoturizm salohiyatiga hamda boy biologik xilma-xillikka ega boʻlgan hududlar ekologik toza hududlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurort tabiiy hududlardagi ekologik toza hududlar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rekreatsiya zonalaridagi ekologik toza hududlar Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurort tabiiy hududlarda va rekreatsiya zonalarida ekologik toza hududlar tashkil etilishi ularning amaldagi huquqiy maqomini oʻzgartirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
412-modda. Ekologik toza hududlar rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik toza hududlarda kurort tabiiy hududlar va rekreatsiya zonalari rejimida belgilangan cheklovlar hamda taqiqlar bilan bir qatorda kuyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik tizimlarning barqarorligi buzilishiga va tabiiy landshaftlarning koʻrinishi hamda yer osti suvlarining gidrogeologik holati oʻzgartirilishiga olib keladigan ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy obyektlarga va majmualarga salbiy taʼsir qiluvchi sanoat obyektlarining qurilishi va faoliyat koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan plastik mahsulotlarning (bundan tabiiy organik polimer mahsulotlar mustasno) ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi (yetkazib berilishi va sotilishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik toza hududlardagi faoliyati natijasida oqova suv hosil qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish obyektlari hamda avtomobil yuvish shoxobchalari oqova suvlarni tozalash inshootlari bilan jihozlanishi, tegishli ravishda tozalangan oqova suvlarni oqizib yuborish uchun oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulanishi yoki ularda oqova suvlarni toʻplash uchun muqobil inshootlar qurilishi, aylanma suv taʼminoti joriy etilishi va ulardan samarali foydalanilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik toza hududlarda davlat ekologik ekspertizasining xulosasi asosida aniqlangan muhofaza etiladigan tabiiy obyektlar va majmualarga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi boshqa faoliyat turlari taqiqlanadi.
(411 va 412-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-maydagi OʻRQ-1145-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2026-y., 03/26/1145/0484-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 15-avgust)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlarning turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon fondining eroziyaga qarshi barpo etilgan oʻrmonlar, shahar oʻrmonlari, shaharlarning, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining yashil mintaqalari atrofidagi oʻrmonlar, alohida qimmatli oʻrmonlar, yongʻoqzorlar, mevali daraxtzorlar, ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga molik oʻrmonlar egallagan yerlari, shuningdek ovchilik xoʻjaliklarining oʻsimlik va hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish uchun moʻljallangan yer uchastkalari ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlarning rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlarda tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish hamda oʻsimlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa faoliyat taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlarda oʻsimlik va hayvonot dunyosidan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
(43-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Davlat biosfera rezervatlari, milliy bogʻlar, botanika bogʻlari va davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
(X bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Davlat biosfera rezervatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish maqsadida davlat biosfera rezervatlari — biologik rang-baranglikni saqlash, tabiiy obyektlar va majmualardan oqilona foydalanish uchun moʻljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilishi mumkin. Davlat biosfera rezervatlari xalqaro biosfera rezervatlari tarmogʻiga qoʻshilishi va atrof tabiiy muhitning global monitoringida ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat biosfera rezervatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat biosfera rezervatlarining hududlari davlat biosfera rezervatlariga foydalanishga beriladigan yer uchastkalarida, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning davlat biosfera rezervatlari chegaralari doirasidagi yer uchastkalarida joylashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat biosfera rezervatlari hududida quyidagilar ajratib qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy obyektlar va majmualarni asl holatida saqlab qolish uchun moʻljallangan, davlat qoʻriqxonalari uchun nazarda tutilgan rejimli qoʻriqxonaga aylantirilgan zona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan, qoʻriqxonaga aylantirilgan zonaga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadigan oraliq zona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat biosfera rezervatlarining tabiiy obyektlari va majmualariga zarar yetkazmaydigan xoʻjalik maqsadidagi va boshqa tarzdagi faoliyatni amalga oshirish uchun moʻljallangan zona.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat biosfera rezervatlarining rejimi bunday rezervatlar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Milliy bogʻlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida ekologik, ilmiy, madaniy va estetik ahamiyatga ega boʻlgan, oʻsimliklarning noyob va qimmatli, shu jumladan manzarali turlarini saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tabiatni muhofaza qilish, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda oqilona foydalanishga moʻljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy bogʻlardir. Milliy bogʻlar yer uchastkalarida oʻsimlik dunyosini qayta tiklash va takror koʻpaytirish, shu jumladan kompleks agrotexnik tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan tuzilishi mumkin. Milliy bogʻ hududida yashaydigan hayvonot dunyosi mazkur hudud ekologik tizimining tarkibiy qismidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy bogʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy bogʻni boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy bogʻlar bunday bogʻlar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari qonunchilikda belgilanadigan tartibda barcha tabiiy resurslari bilan birga xoʻjalik foydalanuvidan olib qoʻyiladi va milliy bogʻlarga doimiy foydalanish uchun beriladi.
(45-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy bogʻning oʻsimlik va hayvonot dunyosi saqlab qolinishini taʼminlash uchun unga tutash hududlarda milliy bogʻ toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq qoʻriqlanma zonalar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy bogʻ toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq milliy bogʻ hududida undan maqsadli foydalanishga zid boʻladigan va oʻsimlik obyektlarining saqlanishi, koʻpaytirilishi va tiklanishiga tahdid soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy bogʻlar hududlari funksional zonalarga ajratilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
451-modda. Botanika bogʻlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Botanika bogʻlari oʻsimlik dunyosini va uning genetik fondini saqlab qolish, kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning turlarini oʻrganish, iqlimga moslash va takror koʻpaytirish, ilmiy, oʻquv hamda taʼlim ishlarini olib borish, oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha bilimlarni targʻib qilish maqsadida tashkil etiladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlardir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Botanika bogʻlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarori bilan tashkil etiladigan umumdavlat ahamiyatiga molik botanika bogʻlariga va mahalliy ahamiyatga molik botanika bogʻlariga boʻlinadi.
(451-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Botanika bogʻlari hududida ushbu bogʻlarni tashkil etish maqsadlariga muvofiq boʻlmagan va oʻsimlik dunyosining saqlanib qolishiga tahdid soluvchi har qanday faoliyat taqiqlanadi.
(451-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki va undan ortiq davlat hududida joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida tashkil etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
(46-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Qoʻriqlanma zonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, buyurtma qoʻriqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari va milliy bogʻlar bilan chegaradosh hududlar qoʻriqlanma zonalardir. Qoʻriqlanma zonalarda ushbu muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy taʼsirning oldini olish maqsadida xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklanadi yoki taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlanma zonalarning oʻlchamlari va rejimi, shuningdek yer uchastkalarini saqlash vazifasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bir vaqtda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonasi qoʻriqlanma zonasining bir qismi ekologik turizmni tashkil etish, mazkur hudud uchun xos boʻlgan kamyob hamda yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimliklar va hayvonlarning turlarini koʻpaytirish maqsadida tabiiy pitomniklar barpo etish uchun hamda qoʻriqxonaning boshqa ehtiyojlari uchun shu qoʻriqxonaning oʻziga topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari hamda davlat biosfera rezervatlari quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
(48-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot, tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va maʼrifiy faoliyatdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga qaratilgan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musodara etilgan ovchilik qurollari va baliqchilik asboblarini realizatsiya qilishdan, qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritilgan oʻlja mahsulotni sotishdan tushgan pullar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(48-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari va davlat biosfera rezervatlari ixtiyoriga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mablagʻlardan tashqari, fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va tabiiy resurslardan foydalanishi uchun ruxsatnomalar berishdan, rekreatsiya, turistik-ekskursiya yoʻnalishidagi va qonunchilikda yoʻl qoʻyiladigan boshqa faoliyatdan kelgan daromadlar ham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy bogʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan moliyalashtiriladi.
(48-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtma qoʻriqxonalarini, davlat tabiat yodgorliklarini tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish uchun mablagʻlar mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qaysi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat organlari tasarrufida boʻlsa, shu mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat organlari tomonidan ajratiladi.
(48-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy buyurtma qoʻriqxonalari va tabiiy pitomniklar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning tasarrufida boʻlsa, shu yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga qaratilgan tushumlardan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullaridan, fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va tabiiy resurslardan foydalanishi uchun ruxsatnomalar berishdan tushgan mablagʻlardan, rekreatsiya, turistik-ekskursiya yoʻnalishidagi va boshqa faoliyatdan tushgan daromadlardan, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlaridan tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Nizolarni hal qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
(49-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(50-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 3-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
710-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 1-con, 1-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son; 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son; 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 14.05.2026-y., 03/26/1145/0484-son)