O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-oktabrdagi PQ-3968-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-yanvar,
15-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-yanvardagi 15-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tibbiy faoliyatni litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan, xalq tabobati usullarini qo‘llagan holda tibbiy faoliyatni litsenziyalash litsenziyalovchi organ huzurida tashkil etilgan xalq tabobati usullaridan foydalangan holda Tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash maxsus komissiyasi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda markazlar deb ataladi) yoki O‘zbekiston Respublikasining Yagona interfaol davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.
Xalq tabobati usulida xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun belgilangan tartibda (tibbiy ta’lim ma’lumoti mavjudligi talabi bundan mustasno) amalga oshiriladi”.
2. 10-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “vrach-mutaxassislarda” so‘zlari “vrach-mutaxassislarda (oliy tibbiy ta’lim ma’lumotiga ega bo‘lmagan, xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan tashqari)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 09/19/15/2454-son)