Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING YURIDIK texnikumlarida YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASINI OʻTKAZISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(buyruqning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 9-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3115]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida oʻqishni tashkil qilish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-yanvar,
7-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 7-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida oʻqishni tashkil qilish choralari toʻgʻrisida”gi, 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida (keyingi oʻrinlarda yuridik texnikum deb yuritiladi) yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yakuniy davlat attestatsiyasi — oʻquvchilarning bilim, malaka va ulardan foydalanish koʻnikmasi darajasini davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash orqali oʻquvchilarga kichik mutaxassis malaka darajasi va ularga yuridik texnikumni tugatganligi toʻgʻrisida diplomni berish masalasini hal etuvchi taʼlim sifatini nazorat qilishning turi;
yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi (komissiya) — tegishli mutaxassisliklar va kasblar boʻyicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish uchun yuridik texnikum xodimlari, shuningdek Toshkent davlat yuridik universiteti, ish beruvchi tashkilotlar rahbarlari bilan kelishilgan holda ushbu tashkilotlarning vakillaridan iborat komissiya;
yakuniy davlat attestatsiya sinovlari (attestatsiya sinovlari) — yuridik texnikumning oʻquv rejasidagi mutaxassislik va xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz) fanlarining majmui.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
2. Quyidagilar yakuniy davlat attestatsiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʻquvchilarning tegishli fanlar boʻyicha bilim va ulardan foydalanish koʻnikmasi darajasini Davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash;
olingan bilimlarni amaliyotga qoʻllash koʻnikmalarini va kasbiy malakalarni shakllanganlik darajasini aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
attestatsiya yakuni boʻyicha yuridik texnikumni tugatganligi toʻgʻrisida oʻquvchiga davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etadi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
2-bob. Komissiyani shakllantirish tartibi
3. Komissiya aʼzolari tarkibi kamida 5 kishidan iborat boʻlib, uning uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda komissiya vakolatli hisoblanadi.
Komissiya aʼzolari tarkibining kamida 70 foizini ish beruvchi tashkilotlar xodimlari va boshqa mutaxassislar tashkil etishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik texnikum direktori komissiya tarkibini shakllantirish jarayonida manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan oʻz vaqtida choralar koʻrishi shart.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Komissiya raisi yakuniy davlat attestatsiya boshlanishidan kamida bir oy oldin adliya vazirining, komissiya aʼzolari esa yuridik texnikum direktorining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Komissiya raisi yuridik texnikumda ishlamayotgan mutaxassislardan boʻlishi lozim. Bir shaxs ketma-ket bir yuridik texnikumda ikki martadan ortiq komissiya raisi boʻlishi mumkin emas.
Komissiya aʼzosi yuridik texnikum oʻquvchilariga oʻzaro yaqin qarindosh yoki quda-anda boʻlgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻil va qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan boʻlsa, shuningdek manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Komissiya raisligiga nomzodlar yuridik texnikumlar tomonidan tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda, Adliya vazirligiga yakuniy davlat attestatsiya boshlanishidan kamida ikki oy oldin tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Komissiya oʻz faoliyatini mazkur nizom va oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasi hamda taʼlim mazmuniga qoʻyilgan Davlat taʼlim standartlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa qonunchilik hujjatlariga tayangan holda olib boradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
8. Yakuniy davlat attestatsiyasida fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
9. Komissiya har yili yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish davridan boshlab keyingi oʻquv yili boshlangunga qadar faoliyat koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yuridik texnikum direktori va uning oʻrinbosarlari yakuniy davlat attestatsiyasini oʻz vaqtida sifatli oʻtkazishga hamda komissiyaning ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga masʼul hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
3-bob. Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish
11. Yakuniy davlat attestatsiyasiga tegishli oʻquv reja va fan dasturlarini toʻliq tugatgan va oʻquv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar qoʻyiladi.
12. Attestatsiya sinovlarini topshirishga tavsiya etiladigan fanlar roʻyxati va oʻtkazish shakllari Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda TDYU deb yuritiladi) Kengashi tomonidan belgilanadi.
13. Mutaxassislik boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni oʻtkazish muddatlari oʻquv rejada belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish jadvali yuridik texnikum direktori tomonidan, qoida tariqasida, yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin tasdiqlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
15. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining namunaviy savol va topshiriqlari mazmuni, hajmi va murakkablik darajasi tegishli fanning Davlat taʼlim standartiga muvofiq oʻquv dasturida nazarda tutilgan materiallarni oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart.
16. Attestatsiya sinovlarini oʻtkazish shakli toʻgʻrisidagi maʼlumot yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan 6 oy oldin oʻquvchilar eʼtiboriga yetkaziladi. Oʻquvchilarga tayyorgarlik koʻrish hamda konsultatsiyalar berish uchun zarur boʻlgan barcha sharoitlar yaratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Attestatsiya sinovlarining savollari oʻquv dasturlar mazmunini toʻliq qamrab olgan holda yuridik texnikumning tegishli kafedralari tomonidan shakllantiriladi. Savollar attestatsiya sinovlaridan 6 oy oldin ekspertizadan oʻtkazish uchun TDYUga taqdim etiladi. TDYU tomonidan savollar 20 ish kuni davomida ekspertizadan oʻtkaziladi va tegishli ekspertiza xulosalari yuridik texnikumga yuboriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
18. Attestatsiya sinovlarining savollari fan dasturlari doirasida tuzilishi hamda yakuniy davlat attestatsiya boshlanishidan kamida 1 oy oldin oʻquvchilarning eʼtiboriga yetkazilishi lozim.
19. Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari oʻquvchilar sonidan kelib chiqib attestatsiya sinovlarining savollari variantlarini tuzadi va ularning oshkor etilmasligini taʼminlaydi.
20. Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish jarayoni videotasvirga olish orqali amalga oshiriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasining yuqori darajada ochiqlik va shaffofligini taʼminlash maqsadida ushbu jarayon videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, oʻquvchilarning ota-onalari tomonidan real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borish imkoni yaratilishi mumkin.
21. Yakuniy davlat attestatsiyasiga mobil aloqa vositasi, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitoblar, lugʻat, shpargalkalar va boshqa materiallar olib kirgan, yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida ulardan foydalangan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi.
Belgilangan tartibni buzgan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtiriladi hamda komissiya aʼzolari tomonidan yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtirish boʻyicha ushbu Nizomga ilovada koʻrsatilgan shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
22. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari ballar qoʻyish yoʻli bilan 100 ballik tizimda baholanadi.
Komissiya tomonidan attestatsiya sinovlari natijalariga koʻra topshiriqlarning 86 — 100 foizi toʻgʻri bajarilgan boʻlsa “aʼlo”, 71 — 85 foizi toʻgʻri bajarilsa “yaxshi”, 56 — 70 foizi toʻgʻri bajarilsa “qoniqarli” baholanadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari boʻyicha oʻquvchi 55 va undan kam ball toʻplagan hollarda “qoniqarsiz” baholangan deb hisoblanadi.
23. Komissiyaning qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan, yigʻilishda ishtirok etuvchilarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
24. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari shu kunning oʻzida eʼlon qilinadi va komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan yigʻilish bayonnomasida qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Oʻquvchi attestatsiya sinovlarining barchasidan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng unga tegishli kasbni egallagani, yuridik texnikumni tamomlagani va kasb-hunar maʼlumoti toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
Oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishda oʻquv rejasidagi barcha fanlarning kamida 4/5 qismi boʻyicha 86 ball va undan yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 71 balldan kam boʻlmagan), shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining har biri boʻyicha kamida 86 ball oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan oʻquvchilarga “imtiyozli” diplom beriladi.
26. Attestatsiya sinovlarining biridan “qoniqarsiz” baholangan yoki uzrli sabablarga koʻra attestatsiya sinovlarida ishtirok etmagan oʻquvchi boshqa attestatsiya sinovlarini topshirish huquqidan mahrum etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Uzrli sabablarga koʻra attestatsiya sinovlarida qatnasha olmagan oʻquvchilar yuridik texnikum direktorining buyrugʻi bilan komissiya ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda oʻtkaziladigan attestatsiya sinovlariga kiritiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Yuridik texnikumning belgilangan davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻqishning taʼlim dasturini bajargan, biroq yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki unda “qoniqarsiz” baholangan oʻquvchilar oʻqish muddati tugagandan soʻng, 3 yil ichida arizasiga muvofiq tegishli sinovni qayta topshirish huquqiga ega. Bunda yuridik texnikum direktori shaxsni yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirishga qoʻyish haqida buyruq chiqaradi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
Muddatli harbiy xizmatda boʻlgan vaqt, 3 yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun beriladigan taʼtil vaqti mazkur uch yillik muddatga kirmaydi.
29. Yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirish muddatida attestatsiya sinovlaridan uchinchi marta ham oʻta olmagan yoki attestatsiya sinovlarini qayta topshirish uchun murojaat qilmagan shaxsga akademik maʼlumotnoma beriladi.
4-bob. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalarini apellyatsiya tartibida koʻrib chiqish
30. Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida qoʻyilgan balldan norozi boʻlgan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.
31. Yakuniy davlat attestatsiyasida olgan balliga eʼtiroz bildirgan oʻquvchilarning arizalarini koʻrib chiqish uchun mazkur nizomning 3 — 9-bandlariga muvofiq apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
32. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya sinovlarida oʻquvchining bergan javoblarini aks etgan videotasvirlarni qayta koʻrish orqali qayta tekshiruvdan oʻtkazadi. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan oʻquvchini qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻquvchining arizasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldirish;
qoʻyilgan ballarni oʻzgartirish.
Oʻquvchining apellyatsiya shikoyatini koʻrishda uning ilgari olgan ballini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
33. Apellyatsiya komissiyasi oʻz xulosasini oʻquvchiga shu kunning oʻzida maʼlum qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Komissiyaning ishi boʻyicha yillik hisobot yuridik texnikumning kengashida koʻrib chiqiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
5-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
36. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan.
Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV
2019-yil 8-yanvar
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
|
Yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtirish haqidagi | |||||||||||||||||||
| ______________sh. | | | | | | | | | | | |
“___” _________20___yil | |||||||
| Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, oʻquvchi | |||||||||||||||||||
|
________________________________________________________________________________________________ | |||||||||||||||||||
| quyidagi sabablarga koʻra yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtirildi: | |||||||||||||||||||
|
taqiqlangan vositalardan (uyali telefon, kompyuter hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lugʻat, kitob, shpargalka) foydalangan; | ||||||||||||||||||
| | |||||||||||||||||||
|
taqiqlangan vositalarni (uyali telefon, kompyuter hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lugʻat, kitob, shpargalka) olib kirgan. | ||||||||||||||||||
|
| |||||||||||||||||||
| Oʻquvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning _____ bandi talablari buzilgan. | |||||||||||||||||||
| 1. Komissiya raisi 2. Komissiya aʼzosi 3. Komissiya aʼzosi |
|
_________________________________ |
| |
__________________ |
| | ||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
Izoh: ushbu dalolatnoma yakuniy davlat attestatsiyasi hujjatlariga tikib qoʻyiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3115-1, 28.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/3115/2443-son; 28.12.2020-y., 10/20/3115-1/1677-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)