1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Homiylik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadda hududlarni sektorlarga bo‘lib ishni tashkil etish tizimining joriy etilganligi xalq bilan manzilli muloqotning yo‘lga qo‘yilishiga imkon yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda sektorlar deb yuritiladi) faoliyati monitoringi bir qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, sektorlar faoliyatida aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda sektor a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirishda sektor rahbarlarining zarur tashkiliy va moliyaviy vakolatlarga ega emasligi sektorlarning to‘liq faoliyat yuritishida hamda muammolarni o‘z vaqtida hal etishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, respublika miqyosida sektorlar ishini muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi yagona tizimning mavjud emasligi sektorlar faoliyati boshqaruvida tarqoqlikni yuzaga keltirmoqda hamda hududlarda sektorlar faoliyatiga oid qonun hujjatlari normalarining turlicha talqin qilinishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, sektorlarda o‘rganishlar natijalari umumlashtirilmayotganligi, statistik hisobotlarni yuritish amaliyoti o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilmaganligi amalga oshirilgan ishlarni aniq sarhisob qilishga va muammolarni tizimlashtirishga imkoniyat bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan, sektorlar rahbarlari faoliyatini baholash tartibining murakkabligi, tizimli ravishda ular malakasini oshirish mexanizmining joriy etilmaganligi, sektor a’zolarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning yo‘lga qo‘yilmaganligi ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, sektorlar doirasida ishlarni tashkil etish sifatini oshirish, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish hamda sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar shtabi tarkibiga kiritiladigan idora va tashkilotlarning namunaviy ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar shtabi tarkibiga kiritiladigan idora va tashkilotlarning namunaviy ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini o‘rganishning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) ga (A.N.Aripov) quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish maqsadida sektorlarning “tuman (shahar) — viloyat — respublika” tamoyili asosida ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish hamda faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va soliq idoralarida vertikal boshqaruv tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda kamida bir marotaba Komissiya yig‘ilishida sektorlar faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tahlil etish, sektorlarda amalga oshirilayotgan tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar samaradorligini baholash, ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash hamda sektorlarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilayotgan byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha respublika darajasida yechiladigan muammolarni hal etishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorlar rahbarlarining faoliyatini hududlarning rivojlanish ahvolidagi real o‘zgarishlardan va boshqa haqqoniy mezonlardan kelib chiqib xolisona baholash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir hududda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha hududiy va respublika “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish, ularda nazarda tutilgan tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli topshiriqlar belgilash hamda ularning ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot va alohida o‘rnak ko‘rsatgan sektorlar rahbarlari, davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarini rag‘batlantirish yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun ularni javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Komissiyaning ishchi organini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2019-yil 1-fevraldan quyidagi tartib joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlash va sektorlarning faoliyatini muvofiqlashtirib borish uchun sektorlar shtabi tarkibiga kiritilgan idora va tashkilotlarning har bir sektor bo‘yicha mas’ul xodimlari (keyingi o‘rinlarda — sektor shtabi a’zolari) sektor rahbari bilan kelishilgan holda biriktiriladi va almashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorlar shtabi faoliyatini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish maqsadida sektor rahbari boshchilik qiladigan idora (tashkilot)dan sektor shtabi kotibi (keyingi o‘rinlarda kotib deb yuritiladi) sifatida alohida xodim biriktiriladi. Bunda kotib asosiy ish joyidan ajralgan hamda lavozim maoshi saqlab qolingan holda faoliyat ko‘rsatadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.04.00 Ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va koeffitsiyentlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kotibga budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan har oyda qo‘shimcha ravishda lavozim maoshining ellik foizigacha miqdorda ustama haq to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) sektorlari rahbarlari har haftada kamida bir marotaba, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sektorlari rahbarlari esa har oyda kamida ikki marotaba joylarga chiqqan holda jismoniy shaxslar bilan ularning ijtimoiy masalalari hamda yuridik shaxslarning vakillari bilan tegishli faoliyat sohalari kesimida qabullar o‘tkazadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektor ishida faol qatnashgan sektor shtabi a’zolari har chorak yakunlari bo‘yicha mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan rag‘batlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorlarda aniqlangan muammolarni hal etish uchun sektor rahbarlarining asoslantirilgan so‘rovlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar)ning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘lar maqsadli yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sektor rahbarlarining so‘rovlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlarida atroflicha muhokama qilinadi hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat, hududiy, shu jumladan investitsiya dasturlariga kiritilmagan, tegishli hududdagi ko‘pchilik aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan dolzarb muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishga e’tibor qaratiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlari doimiy ravishda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan sektorlar faoliyatining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, sektorlar shtablari faoliyatini tashkil etish, shu jumladan ular uchun ajratilgan binolarni saqlash va boshqa xarajatlarni qoplashni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari zimmasiga qo‘shimcha ravishda quyidagi vazifalar yuklatilsin:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorlar faoliyatiga oid ma’lumotlarni jamlash, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorlarda amalga oshirilgan ishlarni tizimli tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, bajarilmagan tadbirlarning sabablarini aniqlash hamda “yo‘l xaritalari”ni shakllantirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorlarda aniqlangan muammolar va ularni hal etish natijalari yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda tumanlar (shaharlar) hokimlariga axborotlarni tayyorlash.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2019-yilning 1-aprelidan quyidagilarni qamrab oluvchi respublika bo‘yicha yagona elektron axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — respublika axborot tizimi) joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyma-uy yurish, o‘tkazilgan suhbatlar, kelib tushgan murojaatlar natijasida aniqlangan muammolar va ularning hal etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha va boshqa obyektlardagi mavjud holatlarni o‘rganish natijasida aniqlangan muammo hamda ularning hal etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorlar faoliyati yuzasidan elektron statistik hisobot shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xaritalari” va ularning ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda respublika axborot tizimini ishlab chiqishni hamda “Hudud” axborot tizimiga alohida modul sifatida integratsiya qilishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda har chorak yakunlari bo‘yicha respublika axborot tizimiga kiritilgan hal etilmagan muammo va takliflarni umumlashtirib, tahlil qilib hamda moliyalashtirish manbalarini aniq ko‘rsatgan holda davlat, hududiy, shu jumladan investitsiya dasturlariga kiritish to‘g‘risida asoslantirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti respublika axborot tizimi yuritilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirsin va respublika axborot tizimiga kiritilgan hal etilmagan muammo va takliflarni davlat, hududiy, shu jumladan investitsiya dasturlariga kiritish choralarini ko‘rib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) sektorlar rahbarlari respublika axborot tizimiga ma’lumotlarning o‘z vaqtida va to‘liq kiritib borilishi uchun shaxsan mas’ul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratiladigan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash tizimini tanqidiy ko‘rib chiqib, sektor rahbarlari faoliyatini baholashning soddalashtirilgan tizimini joriy etsin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Ko‘riklar. Festivallar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil yakunlariga ko‘ra faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan sektorlarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng namunali sektor”, “Eng tashabbuskor sektor rahbari”, “Eng faol sektor shtabi a’zosi” nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovini o‘tkazish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shunday tartib o‘rnatilsinki, har yilning 15-yanvariga qadar Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan har bir tizim bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektor rahbarlari faoliyatini baholash tizimiga muvofiq, ularning o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari tahlil etilib, umumiy yig‘ilishda muhokama qilinadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash natijasiga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan 2 nafar sektor rahbari avtotransport vositasi bilan taqdirlanadi, sektorlar faoliyatini namunali tashkil etgan rahbarlar va uning ishida faol qatnashgan boshqa shtab a’zolari qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati samarasiz deb baholangan sektor rahbarlariga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamg‘armasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Belgilansinki, avtotransport vositalari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash xarajatlari tegishlicha Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi rahbar kadrlar zaxirasiga olingan xodimlar uchun malaka oshirish kurslarining ta’lim dasturlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid o‘quv soatlari ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari ikki hafta muddatda sektorlar shtabi tarkibini Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar shtabiga kiritiladigan idora va tashkilotlarning namunaviy ro‘yxatiga muvofiq qayta tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qarori bilan tasdiqlangan Tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarning ishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga3-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi U.S. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 8-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4102-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar shtabi tarkibiga kiritiladigan idora va tashkilotlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Idora va tashkilotlarning nomi
1.
Viloyat hokimligi
2.
Viloyat prokuraturasi
3.
Ichki ishlar boshqarmasi
4.
Davlat soliq boshqarmasi
5.
Moliya boshqarmasi
6.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi
7.
Bandlik bosh boshqarmasi
8.
Markaziy bank bosh boshqarmasi
9.
Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi
10.
Sog‘liqni saqlash boshqarmasi
11.
Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi
12.
Suv xo‘jaligi vazirligining hududiy tuzilmasi
13.
Xalq ta’limi boshqarmasi
14.
Maktabgacha ta’lim boshqarmasi
15.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi
16.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
17.
Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi
18.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi
20.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengash
21.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi
22.
Hududiy gaz ta’minoti korxonasi
23.
“O‘zsuvta’minot” AJning hududiy mas’uliyati cheklangan jamiyati
24.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar shtabi tarkibiga sektor rahbarlarining qarori bilan boshqa davlat organlari va tashkilotlarning vakillari ham jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sektor shtabiga davlat organlari va tashkilotlarning mas’ul lavozimlarida faoliyat yuritayotgan xodimlari biriktiriladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar shtabi tarkibiga kiritiladigan idora va tashkilotlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Idora va tashkilotlarning nomi
1.
Tuman hokimligi
2.
Tuman prokuraturasi
3.
Ichki ishlar bo‘limi
4.
Davlat soliq inspeksiyasi
5.
Moliya bo‘limi
6.
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi
7.
Tijorat banklari
8.
Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi
9.
Tibbiyot birlashmasi
10.
Xalq ta’limi bo‘limi
11.
Maktabgacha ta’lim bo‘limi
12.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi
13.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi
15.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashi
16.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi
17.
Tuman gaz korxonasi
18.
“O‘zsuvta’minot” AJning hududiy mas’uliyati cheklangan jamiyatining tuman (shahar) bo‘limi
19.
Tuman elektr tarmoqlari korxonasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: Tumanlar (shaharlar) hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar shtabi tarkibiga sektor rahbarlarining qarori bilan boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vakillari ham jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sektor shtabiga davlat organlari va tashkilotlarning mas’ul lavozimlarida faoliyat yuritayotgan xodimlari biriktiriladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ–3182-son qarori bilan tasdiqlangan Tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarning ishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 8-band quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sektorlar shtabi tarkibiga kiritilgan idora va tashkilotlar vakillarini rag‘batlantirish va ularni javobgarlikka tortish uchun hokimlikka hamda ish beruvchi tashkilotlarga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idora va tashkilotlarning sektorlar shtabi a’zolarini almashtirish to‘g‘risidagi taklifi yuzasidan munosabat bildirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har haftada sektor shtabi a’zolarining sektordagi hamda ularga bevosita biriktirilgan mahallalardagi faoliyati yuzasidan axborotini eshitish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 101 — 105-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“101. Sektorlarda sektor a’zolari ishini muvofiqlashtirish hamda umumlashtirish maqsadida sektor shtabi (keyingi o‘rinlarda — shtab) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Sektor shtabi tarkibiga o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy ro‘yxatga asosan idora va tashkilotlarning vakillari (keyingi o‘rinlarda — shtab a’zolari) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Shtab a’zolari sektor rahbari qarori bilan mahallalar kesimida sektorning muayyan hududiga bevosita biriktiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shtab a’zosi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorlar vazifa, funksiya va vakolatlarini amalga oshirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorda o‘zlari mansub bo‘lgan idora va tashkilot faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha muammolarni aniqlash va hal etish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan mahallalarda barcha yo‘nalishdagi muammolarni har chorakda kamida bir marotaba uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni to‘liq o‘rganish va qayd etish orqali aniqlash hamda hal etish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida ularni tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ga kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorda tegishli idora va tashkilot faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha hamda o‘ziga bevosita biriktirilgan mahallalardagi ijtimoiy va iqtisodiy holat bo‘yicha shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Idora va tashkilotlarning shtab a’zolarini biriktirish va almashtirish to‘g‘risidagi taklifi sektor rahbari bilan kelishiladi, ular lavozimidan ozod etilgan, ishdan bo‘shatilgan, boshqa ishga o‘tkazilgan yoxud sog‘lig‘i holatiga ko‘ra sektordagi faoliyatini bajara olmaydigan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Sektor shtabi faoliyatini doimiy asosda tashkil etish maqsadida jamoatchilik asosida sektor shtabi kotibi (keyingi o‘rinlarda — kotib) doimiy ravishda faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotib zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektor faoliyatiga oid ma’lumotlar, sektor tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisobotini shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorda amalga oshirilgan ishlar hamda qabul qilingan fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini o‘z vaqtida qayd etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtab a’zolari faoliyatini tashkiliy jihatdan muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlarni tizimli tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, bajarilmagan tadbirlarning sabablarini aniqlash hamda sektor rahbariga axborot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorning “yo‘l xaritasi”ga kiritish uchun takliflarni umumlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika yagona tizimlashtirilgan elektron axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari hamda tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlariga har oyda kamida bir marotaba sektor faoliyatiga oid ma’lumotlar va hisobotlarni taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotib faoliyati asosiy ish joyidan ajralgan hamda lavozim maoshi saqlab qolingan holda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotib shtabga hokimning qarori asosida biriktiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 5-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5-bob. Sektor rahbarlari va sektor shtabi a’zolarining hisobdorligi va faoliyatini baholash”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi mazmundagi 18-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Sektor shtabi a’zolari har hafta sektordagi hamda o‘zlariga bevosita biriktirilgan mahallalardagi faoliyati yuzasidan sektor rahbariga axborot beradilar”.