14.01.2019 yildagi PQ-4112-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.05.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Agentlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tuzilmalarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning hududiy boshqarmalarining boshqaruv xodimlari cheklangan sonini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarida — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan Agentlikning boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida, ularga istisno tariqasida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilagan holda jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Agentlik xodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlari (tarif stavkalari)ga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, ustama va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida jalb etiladigan malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash shartlarini xalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalarini taʼminlash boʻyicha xarajatlarning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Agentlik:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat raqobat qoʻmitasi) barcha huquqlari, majburiyatlari va davlat, shu jumladan chet eldagi aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish (shu jumladan davlat ulushlarini sotish), davlat aktivlarini ijaraga berish, xoʻjalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni joriy etish, iqtisodiy nochor xoʻjalik jamiyatlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish, baholash faoliyatida davlat tomonidan tartibga solish va mulkni baholash standartlarini tasdiqlash boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
(4-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi” DUKning barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlarini mustaqil ravishda va barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda olib boradi hamda oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va hisobot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivlarini boshqarish sohasida vazirliklar va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi hamda “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalida oʻziga berilgan davlat aksiya paketlari (ulush) boʻyicha aksiyador (taʼsischi va ishtirokchi) huquqini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan savdolarga qoʻyilgan obyektlar boʻyicha sotuvchi funksiyasini bajaradi. Bunda Davlat raqobat qoʻmitasi qayta tashkil etilishi munosabati bilan savdo shartlari va turlari oʻzgarishsiz qoldiriladi, obyektlarni savdodan yechish, qayta baholash va qaytadan savdoga qoʻyish talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushi ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlarining (keyingi oʻrinlarda — xoʻjalik jamiyatlari) joriy faoliyatiga aralashmagan holda oʻziga yuklatilgan vazifalarni faqat korporativ boshqaruv usullarini qoʻllagan holda bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-oktabridan kechiktirmay Agentlik faoliyati, shu jumladan xoʻjalik jamiyatlari faoliyatida strategik oʻzgarishlar natijalari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Agentlik direktori, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha tegishli ravishda vazir, vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Agentlik direktori, uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari va Agentlik xodimlari belgilangan tartibda xoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashi aʼzoligiga saylanish huquqiga egadirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash Agentlikning direktori tomonidan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 2-markaziy konsultativ-diagnostika poliklinikasi tomonidan tibbiy xizmat koʻrsatiladi. Bunda, Agentlikning bosh va yetakchi mutaxassislariga Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan pulli asosda xizmat koʻrsatilishi mumkin.
(4-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini Agentlikda qoʻllashda taʼlim darajasi minimal qismi boʻyicha xorijiy oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan tegishli yoʻnalishdagi mutaxassislarga nisbatan ishga qabul qilishda, ishchilar kasblari boʻyicha malaka darajalarini belgilashda, istisno tariqasida, tavsiyaviy xususiyatga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Davlat raqobat qoʻmitasi qayta tashkil qilinishi munosabati bilan u va uning hududiy organlari tomonidan avval berilgan litsenziyalar, huquq beruvchi, ruxsatnoma hujjatlari va ilgari ular tomonidan qabul qilingan qarorlar oʻz kuchini saqlab qoladi va ularni bekor qilish yoki oʻzgartirish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 1-aprelidan xoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi (banklar kengashi) tarkibi va ijroiya organi aʼzolarini normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlash, shuningdek ularni davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar oʻrinbosarlariga tenglashtirish amaliyoti bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-iyulidan boshlab davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar oʻrinbosarlari, Agentlik bundan mustasno, ularda korporativ boshqaruv malaka attestati mavjud boʻlganda davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi aʼzoligiga davlat ulushi boʻyicha saylanishlari mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashi (banklar kengashi) tarkibi belgilangan tartibda aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan tasdiqlanadi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-avgustdagi PF-5794-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 06/19/5794/3669-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik jamiyatining ijro organi (rahbar va rahbar oʻrinbosarlari) tanlov asosida yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislar orasidan tanlab olinadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusida xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalida shakllanadigan davlat organlari va muassasalari tomonidan aksiyador (taʼsischi) huquqlari amalga oshiriladigan davlat ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari davlat aksiyalarini ishonchli boshqaruvga investitsiya aktivlari boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarga berish boʻyicha tuzilgan bitimlar ularning amal qilish muddati tugagunga qadar ilgari imzolangan shartlar asosida Agentlik tomonidan qoʻshimcha bitimlarni tuzish yoʻli bilan qayta rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik jamiyatlari ish haqi miqdorini, boshqaruv va texnik xodimlar birligini, avtotransport vositalari sonini belgilash hamda qonun hujjatlariga muvofiq xoʻjalik boshqaruvi organlari uchun alohida tartib oʻrnatilgan masalalar boʻyicha qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushlari 3-ilovaga muvofiq Agentlikka berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlarini xatlovdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, xatlov natijasida aniqlanadigan va mazkur qarorning 3-ilovasiga kiritilmagan, aksiyadorning (taʼsischining) huquqlari davlat organlari va muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitali (fondi)dagi davlat ulushi Agentlikka beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror ijrosini taʼminlash doirasida 2019-yilga moʻljallangan Agentlik xarajatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻ ajratsin va 2020-yildan boshlab zarur budjet mablagʻlarini koʻzda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar parametrlariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur mablagʻlarning ajratilishini taʼminlasin va 12 ta, shu jumladan 9 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarini saqlashga limit belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning asoslangan hisob-kitoblaridan kelib chiqib, maʼmuriy binolarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini shakllantirish maqsadida zaruriy jihozlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik ikki oy muddatda “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi” DUKning belgilangan tartibda Agentlik tarkibiga qoʻshilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni telefon aloqasi, jumladan hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat raqobat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlarining tugatilishi munosabati bilan tegishliligi boʻyicha davlat bojlari va boshqa turdagi yigʻimlarni undirmagan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va uning hududiy boshqarmalariga koʻchmas mulk va boshqa mulk obyektlariga huquqning qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tasarrufiga oʻtadigan avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aksiya paketlari (ulushlari) boʻyicha aksiyador (taʼsischi va qatnashchi) funksiya va huquqlari Agentlikka oʻtganligi munosabati bilan xoʻjalik jamiyatlari taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari oʻziga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan daʼvolar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlik Toshkent shahri, A. Temur koʻchasi, 6-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Agentlikning hududiy boshqarmalarini tugatilgan Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy organlarining hozirgi joylashuvi boʻyicha binolariga joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga Agentlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda davlat aktivlarini tadbirkorlarga sotish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻlamini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlik Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019-yil 1-aprelga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari va ijro organlarining aʼzolarini tasdiqlash, shuningdek ijro organlarining aʼzolarini davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar oʻrinbosarlariga tenglashtirish toʻgʻrisida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish boʻyicha takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga kuzatuv kengashlari va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirishni, korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyillarini nazarda tutuvchi korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi toʻgʻrisidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida qaror loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 14-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4112-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son qarori
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladigan xoʻjalik jamiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Jamiyatlar nomi

Davlat ulushi (%)*

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi

4.

“Oʻrta osiyo trans” AJ

51,00

41.

“Oʻzbekekspertiza” AJ

51,00

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

9.

“Matbuot tarqatuvchi” AJ

26,0

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi

12.

“Oʻzagrosanoatloyiha” MCHJ

94,72

13.

“Oʻzsuvloyiha” AJ

50,8

14.

“Suvmash” AJ

47,0

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

15.

“Oʻzagrosugʻurta” AJ

93,46

16.

“Kafolat sugʻurta kompaniyasi” AJ

66,51

17.

“Qishloq qurilish invest” MCHJ

59,46

18.

“Qurilishmashlizing” AJ

58,82

19.

“Qishloq qurilish bank” ATB

54,89

20.

AT “Xalq bank”

40,43

21.

“Agrobank” ATB

37,95

22.

“Mikrokreditbank” ATB

34,48

23.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

32,61

25.

“Asaka bank” ATB

21,65

26.

“Turon bank” ATB

6,53

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

27.

“Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasi” AJ

50,13

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

28.

“Oʻzagrolizing” AJ

0,9

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

29.

“Qishloqqurilishloyiha” MCHJ

85,94

30.

“Suvsanoatfuqaroli” MCHJ

77,8

31.

“Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ

69,43

32.

“OʻzGIP” MCHJ

53,1

33.

“Tashgiprogor” AJ

41,48

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

34.

“ToshuyjoyLITI” AJ

61,58

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

35.

“Oʻztibloyiha” MCHJ

74,16

Toshkent shahar hokimligi

36.

“Toshshahartransxizmat” AJ

100,00

37.

“Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ

88,58

38.

“Toshkent-Osiyo” AJ

46,67

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Xoʻjalik jamiyatlarining tashkiliy-huquqiy shakllari yoki berilishi lozim boʻlgan davlat ulushlari miqdori oʻzgargan taqdirda, aksiya paketlari (ulushlari) oʻzgarishlarni inobatga olingan holda beriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 07/19/4112/2473-son, 29.08.2019-y., 06/19/5794/3669-son; 02.07.2020-y., 07/20/4771/1013-son, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son; 12.02.2021-y., 06/21/6167/0103-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 07/21/5133/0515-son, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son; 06.04.2022-y., 06/22/97/0275-son; 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son; 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son)