31.12.2018 yildagi 1066-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.11.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish hamda mehnatini muhofaza qilish tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qarorini ijro etish, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklangan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirish, vazirlik faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, mehnat, aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni samarali amalga oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahrining Sergeli tumani, Lutfikor koʻchasi, 33-uyda joylashgan Sergeli yengil sanoat va servis kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tutash hududlari bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Respublika mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish kurslarini joylashtirish uchun operativ boshqarish huquqi asosida oʻtkazilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini yaratish va faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1066-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini yaratish va faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish tartibini belgilaydi, ular faoliyatini tashkil etishga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sogʻligʻi, ish qobiliyati saqlanishini taʼminlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlari — mehnatni amalga oshirish chogʻidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillari yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbga oid (kasbiy) xavf-xatar — zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillarning taʼsiri natijasida xodimning sogʻligʻi shikastlanishi yoki mehnat qobiliyati yoʻqotilishi yoki vafot etishi ehtimoli,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish faoliyati — mahsulot ishlab chiqarish, xom ashyoni qayta ishlash, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish chogʻida amalga oshiriladigan harakatlar yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning hududiy tuzilmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish xizmati (keyingi oʻrinlarda Xizmat deb ataladi) — Xizmat rahbari (boshligʻi) rahbarlik qiladigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislar shtatidan tashkil topgan tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmasi yoxud tashkilotda mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼminlash va ushbu talablar bajarilishini nazorat qilish maqsadida majburiy tartibda tuziladigan yoki joriy etiladigan lavozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis — Xizmat xodimi yoxud tashkilotda Xizmat funksiyalarini amalga oshiruvchi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriq — mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, xodimning funksional (lavozim) vazifalariga kiradigan ishni yoki ish beruvchi tomonidan topshirilgan boshqa ishni bajarishning xavfsiz uslub va usullari bilan tanishtirish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish — xodimlarning mehnat faoliyati jarayonida ular hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha taʼlim dasturlari mazmunini oʻzlashtirishga qaratilgan taʼlim faoliyatini tashkil etish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari — shartnoma asosida mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ish beruvchi tashkilotda Xizmatni va yoʻl harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Xizmatni va yoʻl harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etmaslik mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xizmat ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq normativlar boʻyicha mehnatni muhofaza qilish xizmati, mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi, mehnatni muhofaza qilish boʻlimi, mehnatni muhofaza qilish shuʼbasi shaklida tuzilishi yoxud bitta mehnatni muhofaza qilish muhandisi shtatidan iborat boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatning mavjud shtat birliklarini qisqartirish yoki tashkilotining boshqa tarkibiy boʻlinmalariga qayta taqsimlash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashkilotlarda idoraviy (tuzilmaviy, aʼzolik, nazorat ostidagi) boʻlinmalar sonini, faoliyat xususiyatlarini, kasbga oid xavf-xatar darajasini va xodimlar sonini hisobga olgan holda mehnatni muhofaza qilish xizmatlari (boshqarmalar, boʻlimlar, shuʼbalar) tashkil etiladi, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi yoxud xizmat funksiyalarini bajarish maxsus tayyorgarlikka ega xodimga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etilishi yoki Xizmat funksiyalari maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan xodimga yuklatilishi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda ushbu organlar xodimlarining tasdiqlangan sonini, ular tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar faoliyatining xususiyatlarini, kasbga oid xavf-xatarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan, xodimlar soni ellik kishidan kam boʻlgan va kasbga oid xavf-xatarning 1 — 4 (ichiga olib) darajalariga kiradigan tashkilotlarda ish beruvchining qaroriga muvofiq mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tashkil etiladi yoki tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yuridik shaxsni tashkil etmagan xolda va qonunchilikka muvofiq xodimlarni yollab oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek fermer xoʻjaliklarida (qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish mavjud boʻlmagan shartlarda) ish beruvchining qaroriga muvofiq mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimlari joriy etiladi yoki Xizmatning funksiyalarini bajarish maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan xodimga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xizmat funksiyalarini amalga oshirish uchun mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida belgilangan hollarda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda Xizmatdan tashqari yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarda yoʻl harakati xavfsizligi xizmatini tashkil qilish va faoliyatini amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xizmat tashkilotning boshqa boʻlinmalari, kasaba uyushmalari, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari, yuqori turuvchi tashkilotning Xizmati (agar u mavjud boʻlsa), mehnatni muhofaza qilishga oid talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlari va jamoatchilik nazorati organlari bilan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan yillik rejalar asosida oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tuzilayotgan tashkilotlarda xizmatlar mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ishlarni dastlabki tarzda tashkil etadi va mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi tizimini joriy etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlimlar, sexlar, byuro, xizmatlar va boshqa mustaqil boʻlinmalar tashkilotdagi tarkibiy tuzilmalar deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xizmat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xizmat vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar Xizmatning asosiy vazifalari hisoblandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish talablari bajarilishini taʼminlash boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, jamoa shartnoma va bitimlar, tashkilotning boshqa lokal normativ hujjatlariga xodimlar rioya etishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishda jarohat olishning, kasbga kasalligiga chalinishning va ishlab chiqarish omillari bilan izohlanadigan kasalliklarning oldini olish boʻyicha profilaktika ishlarini, shuningdek, mehnat sharoitlarini yaxshilash ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot rahbari va xodimlarini mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha xabardor qilish va maslahat berish, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ilgʻor tajriba va ilmiy ishlanmalarni joriy etish, mehnatni muhofaza qilish masalalarini targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha tashkilot xodimlarini oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xizmat oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) xodimlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish talablari bajarilishini taʼminlash ishlarini tashkil etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar, kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari ishtirokida tegishli boʻlinmalarning vakillari bilan hamkorlikda binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, mashinalar va mexanizmlar, moslamalar, xodimlarni jamoaviy va yakka tartibda himoya qilish vositalarini, sanitariya-texnik qurilmalar holatini, ventilyatsiya tizimlari mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq ishlashini sinaydi, tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratishga doir ishlar shakllari va usullarini takomillashtirishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi, shuningdek, mazkur tadbirlar joriy etilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli muassasalar tomonidan ishlab chiqilgan mehnat xavfsizligi standartlari loyihalarini, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini koʻrib chiqadi va kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, jamoa shartnoma va bitimlar, tashkilotning boshqa lokal normativ hujjatlariga xodimlar rioya etishini nazorat qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi bitkazilgan yoki rekonstruksiya qilingan ishlab chiqarishga moʻljallangan obyektlarni foydalanishga topshirish uchun qabul qilish boʻyicha komissiyalarning ishida, shuningdek, taʼmirdan chiqqan qurilmalar, agregatlar, dastgohlar va boshqa uskunalarni qabul qilish, mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilganini tekshirish boʻyicha komissiyalar ishlarida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joylari mehnat shartlari boʻyicha attestatsiyadan oʻz vaqtida oʻtkazilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni yakka tartibda himoya qilish vositalari toʻgʻri qoʻllanilishini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar, mashinalar va mexanizmlar tegishli xizmatlar tomonidan oʻz vaqtida lozim darajada tekshirilishini va texnik koʻrikdan oʻtkazilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻz vaqtida oʻqitilishi, ularning bilimlari tekshirilishini va barcha turdagi yoʻriqnomalardan oʻtkazilishiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning tarkibiy boʻlinmalarida mehnatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni bajarish uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalarini saqlash, berish, tozalash, kimyoviy tozalash, quritish, yogʻsizlantirish va taʼmirlashni tashkil etishni nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoa shartnomasining “Mehnatni muhofaza qilish” boʻlimidagi tadbirlari, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha kelishuvlar, baxtsiz hodisalarni keltirib chiqargan sabablarni (N-1 shakli hujjatidan) bartaraf etilishini, mehnatni muhofaza qilishga oid talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlari koʻrsatmalari, sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga doir boshqa tadbirlar bajarilishini qonun hujjatlariga muvofiq nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarda belgilangan muddatlarga muvofiq hujjatlarni (N-1 shaklidagi hujjatlar va ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirishga doir boshqa hujjatlarni, ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish materiallarini va hokazolarni) saqlash tashkil etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ichki audit oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va tashkilotdagi kasb kasalliklar tekshirilishini va hisobga olinishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mehnat majburiyatlarini bajarayotganda olgan jarohati uchun xodimga zarar oʻz vaqtida qoplanishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar va ularning tarkibiy boʻlinmalarida normativ-huquqiy hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish boʻyicha va boshqa nazorat funksiyalarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ishlab chiqarishda jarohat olishning, kasb kasalligiga va ishlab chiqarishda orttiriladigan kasalliklarga chalinishning oldini olish va mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash boʻyicha profilaktik ishlarni oʻtkazish va takomillashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishda jarohat olish, kasb kasalligiga va ishlab chiqarishda orttiriladigan boshqa kasalliklarga chalinish holatini tahlil qiladi va sabablarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari parametrlari oʻlchanishini tashkil etish va oʻtkazishda, asbob-uskunalar, moslamalarning jarohat yetkazish xavfini baholashda boʻlinmalarga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joylaridagi mehnat sharoitlari holati, kasb kasalliklariga chalinish sabablari va muddatlari, shuningdek, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida xodimlarni ish beruvchi nomidan xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlinmalar rahbarlari va tashkilotning boshqa xizmatlari bilan birgalikda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning va kasb kasalliklariga chalinishning oldini olish, mehnat sharoitlarini yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqadi hamda ularning normativ-huquqiy hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini taʼminlaydi, shuningdek, rejalashtirilgan tadbirlarni bajarish boʻyicha tashkiliy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlinmalar va tegishli xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqilishi kerak boʻlgan kasblar va ishlar turlarining roʻyxatini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning ichki auditini oʻtkazish tartibini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalarning sanitariya-texnik holatini pasportlashtirishdan oʻtkazish, mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash, mehnatni muhofaza qilish kompleks rejalarini va sanitariya-sogʻlomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish va bajarish ishlarini tashkil etadi, shuningdek, ish beruvchi va kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari oʻrtasida mehnatni muhofaza qilishga doir bitimlar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish holati monitoringini olib boradi va u boʻyicha belgilangan shakllar va tegishli muddatlarda hisobot tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligiga chalinishi natijasida xodimlarning salomatligiga yetkazilgan zararni toʻlanishi uchun hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) tashkilot rahbari va xodimlarini mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha xabardor qilish va maslahat berish, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ilgʻor tajriba va ilmiy ishlanmalarni joriy etish, mehnatni muhofaza qilish masalalarini targʻib qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilishning mukammalroq usullari, qurilmalari va vositalarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va tashkilot rahbariyatiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat xavfsizligi standartlari va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ilmiy-amaliy ishlanmalarni joriy etishga doir ishlarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalarini, mehnat xavfsizligi standartlari tizimini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqishda tashkilot boʻlinmalari rahbarlariga uslubiy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha tashkilot xodimlarini oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot xodimlarini mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish uchun yuboriladigan lavozimlar roʻyxatlarini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha ishga yangi qabul qilinayotgan, xizmat safariga kelgan xodimlarni va oʻqish yoki amaliyot uchun kelgan talabalarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha kirish yoʻriqnomalaridan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya oʻtkazuvchi komissiyaning hamda muhandis-texnik xodimlarning bilimini, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini, xavfsizlik texnikasi yoʻriqnomalarini bilishini tekshiruvchi komissiyaning ishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish ishlariga rahbarlik qiladi, mehnatni muhofaza qilish masalalari targʻib qilinishini va keng yoritilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot tarkibiy boʻlinmalarining qoidalar, normalar, plakatlar va mehnatni muhofaza qilishga doir boshqa qoʻllanmalar bilan taʼminlanishini tashkil etadi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha axborot stendlarini jihozlashda uslubiy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar xodimlarini mehnatni muhofaza qilish boʻyicha amalga kiritilayotgan yangi qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xizmat tashkilotning oʻziga xos faoliyatiga va tashkilot rahbariyati topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xizmat funksiyalari mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xizmatga ushbu Nizomda nazarda tutilmagan funksiyalarni yuklash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xizmatning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xizmat xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning ishlab chiqarish, xizmat va maishiy binolarini moneliksiz borib koʻrish, oʻz vakolati doirasida mehnatni muhofaza qilish masalalariga doir hujjatlarni oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning barcha tarkibiy boʻlinmalarida mehnat sharoitlarini va mehnat muhofaza qilinishini tekshirish hamda boʻlinmalar rahbarlariga, tashkilotning boshqa mansabdor shaxslariga tekshiruvlarda aniqlangan mehnatni muhofaza qilish talablari buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarish majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish, ularning bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlinmalar rahbarlaridan bunday turdagi ishni bajarishga ruxsati boʻlmagan, dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtmagan, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnoma berilmagan, oʻz ishida taqdim etilgan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanmaydigan, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzadigan shaxslarni ishdan chetlatishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf soladigan yoki avariyaga olib kelishi mumkin boʻlgan mehnatni muhofaza qilish talablari buzilgan hollarda mashinalar, asbob-uskunalar va moslamalardan foydalanishni taqiqlash (toʻxtatib turish), sexlarda, uchastkalarda, ish joylarida ishlab chiqarish jarayonini toʻxtatish, ish beruvchini bu haqda ogohlantirish. Bunda mashinalardan, asbob-uskunalardan qaytadan foydalanishga va ishlab chiqarishni qaytadan boshlashga faqat tashkilotning rahbari yoki bosh muhandisi Xizmatning xulosasi asosida ruxsat berishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot rahbariyati bilan kelishgan holda boshqa tarkibiy boʻlinmalarning tegishli mutaxassislarini tashkilotda mehnatni muhofaza qilish holatini tekshirishga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlaridan mehnatni muhofaza qilish masalalariga doir zarur maʼlumot, axborot va materiallarni soʻrash va olish,mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini buzgan, xavfsiz mehnat usullarini qoʻllashga doir yoʻriqnomalarga rioya qilmagan shaxslardan yozma tushuntirishlar talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish boʻyicha faol ish olib borgan ayrim xodimlarni ragʻbatlantirish, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari, xavfsiz mehnat usullariga doir yoʻriqnomalar buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tashkilot rahbariyatiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning tarkibiy boʻlinmalaridan maʼlumotnomalar, maʼlumotlar, hisobotlar va oʻz faoliyatini amalga oshirish hamda nazorat funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan boshqa axborotlar taqdim etilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishni texnik tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari buzilishi yuzasidan mehnatni muhofaza qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xizmat xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni zarur tarzda va samarali bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda va uning tuzilmasiga kiradigan boʻlinmalarda mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida rahbariyatga darhol xabar berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda Xizmat faoliyatiga doir hujjatlar va boshqa maʼlumotlarni mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishi va attestatsiyadan oʻtishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tashkilot rahbarining va Xizmat xodimlarining faoliyatni tashkil etish boʻyicha majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ish beruvchi (tashkilot rahbari):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomda belgilangan hollarda va tartibda Xizmatni tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat xodimlari oʻz vakolatlari va funksiyalarini bajarishi uchun zarur boʻlgan sharoitlarni yaratib berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat xodimlarining ish joylarini alohida xonada tashkil etishi, ish xususiyatlarini hisobga olib, zamonaviy idora texnikasi, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini tezkor nazorat qiluvchi zarur asboblar, texnik aloqa vositalari bilan taʼminlashi va tashrif buyuruvchilarni qabul qilish uchun jihozlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat funksiyalarini amalga oshirish uchun (oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish, seminarlar, maʼruzalar, koʻrgazmalar oʻtkazish) mehnatni muhofaza qilishga oid zarur normativ huquqiy adabiyotlar va maʼlumotnomalar bilan jihozlangan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha xonasini tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish talablari yuzasidan muntazam malaka oshirishini va bilimlarini tekshirishni tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari va mazkur Nizom talablariga muvofiq xodimlar qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtishini taʼminlashi, oʻqish davrida ularning oʻrtacha ish haqini saqlab qolishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasida xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga jamoa kelishuvi, jamoa shartnomasi va boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadigan miqdorda zarur mablagʻlarni ajratishi majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat xodimlari mehnatni muhofaza qilish sohasida xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida chiqimdor boʻlmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xizmatning boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatga rahbarlik qiladi, xizmatning ishini rejalashtiradi va tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarining samarali hamda sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardir, hisobot taqdim etilishi uchun javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalarining ishlarni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taqdim etilgan hujjatlar, xatlar, takliflar, arizalarni oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish yoki oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmagan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida ish beruvchiga takliflar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga oid talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlariga mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha maʼlumot, axborot, materiallar taqdim etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Xizmat rahbariga va mutaxassislariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xizmat tuzilmasi va Xizmat xodimlarining soni tashkilotda ishlayotgan xodimlarning soni, mehnat sharoitlari xususiyati, kasbga oid xavf-xatar sinfi va boshqa omillarga qarab tashkilot rahbari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xizmat boshligʻi lavozimiga oliy muhandislik-texnik maʼlumotga, ixtisosligi boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika darajasidagi tashkilotlarning Xizmat boshligʻi (mehnatni muhofaza qilish boʻyicha muhandislar), mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xizmat boshligʻi lavozimiga (kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) oliy muhandislik-texnik maʼlumotga, ixtisosligi boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis malakasi sertifikatiga ega shaxs tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat boshligʻi, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislari, hududiy darajadagi tashkilotning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha muhandisi hududiy bandlik organlari bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, hududiy bandlik boshqarmasiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xizmat mutaxassislari yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimiga (lavozim joriy etilganda) ish stajidan qatʼi nazar oliy muhandislik-texnik maʼlumotga ega shaxslar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy darajadagi Xizmatning mutaxassislari hududiy bandlik organlari bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xizmat xodimi lavozimiga qabul qilishda nomzod bilan suhbat oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod bilan suhbat tashkilotning bevosita rahbari tomonidan imzolangan taqdimnoma boʻlsa, oʻn ish kuni mobaynida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida suhbat ushbu sohaga javobgar vazir oʻrinbosari, davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari — mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bosh davlat texnik inspektori, mehnat sharoitlari boʻyicha bosh davlat eksperti tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida vazir, vazirning birinchi oʻrinbosari, davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari — mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bosh davlat texnik inspektori tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarida suhbat boshqarma boshligʻi, boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari, davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari — mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bosh davlat texnik inspektori tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Suhbat yakunlari boʻyicha masʼul organ uch ish kuni mobaynida nomzod suhbatdan oʻtgani yoki oʻta olmagani haqida tashkilotni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizomning 22 — 24-bandlarida koʻrsatilgan shaxslar lavozimga tayinlansa, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Respublika mehnat organlari malakasini oshirish kurslarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlanishi yoki malakasi oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlarning Xizmati xodimlari uch yilda kamida bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Respublika mehnat organlari malakasini oshirish kurslarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda malaka oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarning Xizmati xodimi sifatidagi ish staji boshqa organlarga yoki tashkilotlarga ishga oʻtganida professionallik toifasi uchun ustamalar va uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun qoʻshimcha haqlar yozish va toʻlash uchun ish stajiga yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xizmat xodimlari oʻz vazifalari va funksiyalarini bajarmaganligi yoki zarur tarzda bajarmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xizmat mutaxassislari barchaning manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamoat birlashmalarini tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy organlari oʻz vakolati doirasida mehnatni muhofaza qilish xizmatlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan ushbu Nizom va xizmatlarning faoliyatini tartibga soladigan boshqa qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etishga qaratilgan choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini yaratish va faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatlari soni normativlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mehnatni muhofaza qilish xizmati nomlari

Belgilangan shtat birligi

1.

Mehnatni muhofaza qilish xizmati

9 va undan ortiq kishi*

2.

Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi

6 8

3.

Mehnatni muhofaza qilish boʻlimi

4 yoki 5

4.

Mehnatni muhofaza qilish shuʼbasi

3

5.

Mehnatni muhofaza qilish muhandisi

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Xodimlar sonining har bir qoʻshimcha 50 ta shtat birligi uchun 1 nafar mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis qoʻshimcha kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini yaratish va faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot mehnatni muhofaza qilish xizmatining tavsiya etilgan tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tashkilot xodimlarining roʻyxatdagi oʻrtacha soni

kasbiy tavakkalchilik darajalari boʻyicha*

1-daraja

2-darajadan 10-darajagacha

10-darajadan

15-darajagacha

15-darajadan 20-darajagacha
(shu jumladan, 20-daraja)

1.

Xodimlar soni

50 kishidan kam

Tashkilot rahbarlaridan biriga yuklanadi

Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi

2.

Xodimlar soni

51 kishidan 100 kishigacha

Tashkilot rahbarlaridan biriga yuklanadi

Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi

Mehnatni muhofaza qilish boʻlimi

tashkil etiladi

3.

Xodimlar soni

101 kishidan 500 kishigacha

Tashkilot rahbarlaridan biriga yuklanadi

Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi

Mehnatni muhofaza qilish shuʼbasi tuziladi

Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi tashkil etiladi

4.

Xodimlar soni

501 kishi va undan ortiq

Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi

Mehnatni muhofaza qilish shuʼbasi tuziladi

Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi tashkil etiladi

Mehnatni muhofaza qilish boʻlimlari va shuʼbalaridan iborat

Mehnatni muhofaza qilish xizmati
tashkil etiladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Kasbiy xavf darajalari Vazirlar Mahkamasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2009-yil 24-iyundagi qaroriga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 21-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisida nizom”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Guruhli, oʻlim bilan tugagan va oqibati ogʻir baxtsiz hodisani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyat (Toshkent shahar) bandlik bosh boshqarmasi buyrugʻiga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya maxsus tekshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “Davlat mehnat texnika nazorati” soʻzlari “Davlat mehnat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“maxsus tekshirishning barcha materiallari nusxalarini viloyat (Toshkent shahar) bandlik bosh boshqarmasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, shuningdek, tegishli vazirlikka (xoʻjalik boshqaruvi organi), korxonaga va uning yuqori turuvchi xoʻjalik organiga, jabrlangan xodimni yuborgan tashkilotga yuboradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV boʻlimning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Ikki va undan ziyod kishi halok boʻlgan baxtsiz hodisa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hayʼatida, viloyat (Toshkent shahar) bandlik bosh boshqarmasi kengashida, Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” yoki “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi hayʼatida, baxtsiz hodisa shu organ nazorati ostidagi korxona (obyekt)da yuz bergan boʻlsa, bosh davlat mehnat texnik inspektori ishtirokida koʻrib chiqiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hayʼati, viloyat (Toshkent shahar) bandlik bosh boshqarmasi kengashi chiqargan qaror bajarilishi shartdir”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qarorining 1-bandidan (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 1-modda) “Aholini ish bilan taʼminlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash, shuningdek” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 9-son, 100-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-bandining birinchi xatboshidagi “Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boʻyicha davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Davlat mehnat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-ilovadagi “Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi” soʻzlari “Davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-ilovaning 7-bandi ikkinchi xatboshidagi “Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boʻyicha davlat inspeksiyasi hamda Davlat mehnat huquq inspeksiyasi” soʻzlari “Davlat mehnat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2017-yil 27-apreldagi 246-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 55-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-banddagi “mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi” soʻzlari “Davlat mehnat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-bandning ikkinchi xatboshidagi “mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi davlat inspeksiyalariga” soʻzlari “Davlat mehnat inspeksiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining davlat mehnat inspeksiyalari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 2 va 3-ilovalardagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi inspeksiyasi boshligʻi)” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻi (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining Davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2025-y., 09/25/158/0235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 10-maydagi 349-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “Davlat mehnat huquq inspeksiyasi” soʻzlari “Davlat mehnat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bandi uchinchi xatboshisidagi “Davlat mehnat huquq inspeksiyasi” soʻzlari “Davlat mehnat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1993-yil 24-iyundagi 310-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qaroriga ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 27-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2007-yil 8-maydagi 95-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 19-20-son, 195-modda) 2-ilovaning 1-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 19-fevraldagi 29-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 10-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son qarori hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarori)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda) 2-ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 15-son, 249-modda, 25-son, 539-modda, 37-son, 997-modda) 1-ilovaning 32-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-iyuldagi 482-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 139-modda), shuningdek, unga 1 va 2-ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori)” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 37-son, 990-modda) ilovaning 27-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha respublika reabilitatsiya Markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-oktabrdagi PQ-3352-son qarori)” 2018-yil 22-yanvardagi 39-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 18-modda) ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son qarori)” 2018-yil 13-avgustdagi 652-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son, 09.07.2019-y., 07/19/566/3396-son, 07.09.2019-y., 09/19/743/3710-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son; 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son; 30.01.2021-y., 09/21/44/0072-son, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, 05.04.2021-y., 09/21/182/0282-son, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son, 24.06.2021-y., 09/21/391/0590-son, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 13.03.2025-y., 09/25/158/0235-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 25.12.2025-y., 09/25/819/1210-son)