07.01.2019 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoniga muvofiq mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va maʼnaviy sogʻlomlikning asosi ekanligini targʻib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirganligi uchun ushbu tashkilotlar rahbarlarini ragʻbatlantirish maqsadida har yili tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirganligi uchun ushbu tashkilotlar rahbarlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻoliblarini taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning oʻtkazilishini taʼminlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻoliblariga topshiriladigan sertifikat namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga tanlovning mazmun va mohiyati, shuningdek, uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 7-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirganligi uchun ushbu tashkilotlar rahbarlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) xodimlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirganligi uchun ushbu tashkilotlar rahbarlarini ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkilotlarning xodimlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirganligi uchun ragʻbatlantirish tanlov oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirganligi uchun tanlov oʻtkazish mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tanlov har yili tashkilotlarning xodimlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb qilganligi va sogʻlom turmush tarzini yaxshilashga qoʻshgan hissasini ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tanlovning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining keng qatlamlari oʻrtasida sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sport ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda ishlovchi xodimlar oʻrtasida doʻstlik aloqalarini yanada mustahkamlash va sogʻlom turmush tarzini olib borishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda jismoniy tarbiya va sportning nufuzini yanada oshirish va keng targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda ommaviy sportni targʻib qilish va xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tanlov ishtirokchilarining amalga oshirgan ishlarini baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) 5 kishidan iborat boʻlgan tashkilot rahbarlarining oʻz jamoasini jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb qilgani uchun ragʻbatlantirish tanlovini baholash ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻolibligiga munosib nomzodlarni tanlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov shartlarini takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov ishtirokchilari tomonidan kiritilgan taqdimnomalarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovga tavsiya etilgan nomzodlarning maʼlumotlarini hamda ularning faoliyat koʻrsatayotgan sohada erishgan yutuqlarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovga oid masalalar yuzasidan axborot-tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovga oid masalalar boʻyicha xulosalarni tayyorlash va vakolat doirasida tanlov bilan bogʻliq tegishli hujjatlarga izoh berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovga oid boʻlgan masalalar boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish va uslubiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov shartlari va uni oʻtkazish tartibiga oid masalalar boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish, shuningdek, uni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishchi guruh qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlar har yili 1-avgustgacha Vazirlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov ishtirokchilari tomonidan oxirgi yilning har chorak yakuni boʻyicha ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq amalga oshirilgan ishlar boʻyicha taqdimnoma orqali maʼlumot, video- va fotolavhalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tanlov ishtirokchilari tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar (amalga oshirilgan ishlarning boshlanish muddati, davomiyligi, erishilgan natijalar va boshqalar) yuzasidan ishtirokchining yozma axboroti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik har yili 20-avgustga qadar tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni umumlashtiradi va Ishchi guruhga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishchi guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va har bir nominatsiyada har yili 10-sentabrga qadar gʻoliblarni aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻoliblarga sertifikat, pul mukofoti va qimmatbaho sovgʻalar hamda “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishonini har yili 20-sentabrga qadar topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi guruh taqdim etilgan hujjatlarni har yili 10-sentabrga qadar oʻrganib chiqadi va ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq “100” ballik mezon asosida baholab, tanlov gʻoliblarini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tanlov gʻolibini aniqlash va baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning barcha boʻlinmalari miqyosida tashkil etilgan sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarini muntazam ravishda oʻtkazganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining keng qatlamlari oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tanlov gʻoliblarini aniqlash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Tashkilotlarning barcha boʻlinmalari miqyosida tashkil etilgan sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarini muntazam ravishda oʻtkazganligi” nominatsiyasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning ish vaqti davomida 3 mahal ishlab chiqarish gimnastikasi bilan shugʻullanishi — 30 ballgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar tizimidagi muassasalar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalari tashkil etilganligi — 30 ballgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining keng qatlamlari oʻrtasida sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etganligi — 20 ballgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda ommaviy sportni targʻib qilish va xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida tegishli hujjatlar ishlab chiqilganligi — 10 ballgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytlarida sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchi roliklar joylashtirilganligi — 20 ballgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun maxsus sport komplekslarini (trenajyor, fitnes zallar va boshqalar) tashkil etilganligi — 10 ballgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Aholining keng qatlamlari oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun” nominatsiyasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining keng qatlamlari oʻrtasida sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etganligi — 25 ballgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat dasturlarini hamda maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etganligi — 15 ballgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havaskorlik jismoniy tarbiya va sport harakatini rivojlantirish uchun fuqarolarning ish joyi, yashash joyi hamda dam olish joyida shart-sharoitlar yaratilganligi — 20 ballgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va tizimli yoʻlga quyganligi — 15 ballgacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, tanlov gʻoliblarini aniqlashda tashkilot rahbarlarining mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish yoʻlidagi amalga oshirilgan ishlari ham inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tanlov gʻolibini ragʻbatlantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tanlov yakunlari Ishchi guruh bayonnomasi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Har yili 20-sentabrga qadar Vazirlik tomonidan tanlov gʻoliblari (2 nafar) nominatsiyalar boʻyicha sertifikat va eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, qimmatbaho sovgʻalar, shuningdek, “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizom yuzasidan kelib chiqadigan nizoli masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirganligi uchun ushbu tashkilotlar rahbarlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirganligi uchun tanlov oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga maʼlumotlarni ilova qilgan holda kiritadi

har yili
1-avgustga qadar

2-bosqich

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni umumlashtiradi va tanlovni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhga taqdim e�adi

har yili
20-avgustga qadar

3-bosqich

Tanlovni oʻtkazish

boʻyicha ishchi guruh

Taqdim etilgan hujjatlarini koʻrib chiqadi va har bir nominatsiyada gʻoliblarni aniqlaydi

har yili

10-sentabrga qadar

4-bosqich

Tanlovni oʻtkazish

boʻyicha ishchi guruh

Gʻoliblarga sertifikat, pul mukofoti va qimmatbaho sovgʻalarni hamda “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishonini topshiradi

har yili

20-sentabrga qadar

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2019-y., 09/19/6/2429-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)