Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.08.2025 06.01.2019 yildagi PQ-4096-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.08.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-sonli “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tgan davrda mamlakatning sud-huquq sohasida chinakam mustaqil sud hokimiyatini shakllantirish va uning nufuzini oshirish, sudlar faoliyatida odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, sud-huquq sohasida kadrlar tayyorlashning amaldagi tizimi tahlili professional va yetuk sudyalik korpusini shakllantirish uchun zarur yuqori standartlarni joriy etishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan qator muammolar mavjudligini ko‘rsatdi, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlashning amaldagi tartibi samarasi past bo‘lib, ko‘p resurs sarflashni talab etadi, bu sud kadrlarining malakali zaxirasini shakllantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishning amaldagi o‘quv rejalari va dasturlari, shuningdek bu boradagi ishlarni tashkil etishga doir yondashuvlar o‘quv jarayonining huquqni qo‘llash amaliyoti bilan bog‘liqligini lozim darajada ta’minlamayapti va zamonaviy talablarga javob bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, sudyalikka nomzodlarning stajirovkasini ularni asosiy ish joyidan ajralmagan holda tashkil etishning samarasiz tizimi ular tomonidan zarur amaliy ko‘nikmalarni egallashni rag‘batlantirmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan, eskirgan o‘quv-uslubiy baza va ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda o‘quv jarayonining huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liq emasligi tinglovchilarda qarorlar qabul qilishda ijodiy yondashuvsiz “qolipli fikrlash”ning shakllanishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni hisobga olgan holda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishning yagona tizimini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga nomzodlarda nazariy bilimlar, kasbiy etika, psixologiya, ishchanlik muloqoti va vaqtni boshqarish ko‘nikmalari, muzokaralar olib borish taktikasi, axborot bilan ishlash texnologiyasi, huquq normalariga sharh berish va qo‘llashni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga nomzodlar stajirovka o‘tashining sifat jihatdan yangi tizimini tashkil etish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot faoliyati va o‘quv jarayoni bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish yuritish va tanqidiy tahlil qilish, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda asoslangan qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradigan interfaol o‘qitish uslublarini ta’lim jarayoniga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qonunchilikdagi dolzarb yangiliklar, mamlakatimiz va xorijdagi huquqni qo‘llash amaliyoti hamda norma ijodkorligi faoliyati holati va tendensiyalari bilan tanishtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2019-yil 10-yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik faoliyatini amalga oshirish va sudlar ishini tashkil etish, kasbiy etika, ishchanlik muloqoti va vaqtni boshqarish ko‘nikmalarini o‘qitishga, sud kadrlarining ilmiy-tahliliy va kreativ salohiyatini shakllantirishga qaratilgan, grant asosida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida bir yillik magistratura ta’lim dasturi bo‘yicha amalga oshiriladigan sudyalik lavozimlarini egallash uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy bilimlarni chuqurlashtirish va sud ma’muriyatchiligini yuritish ko‘nikmalarini egallashga, shuningdek ish va boshqaruvni tashkil etishning innovatsion shakl va uslublarini o‘zlashtirishga qaratilgan, davomiyligi ikki oy bo‘lgan, rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada bo‘lgan sudyalarni qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikdagi yangiliklarning mazmun va mohiyatini yetkazishga, kasbiy, jumladan huquq normalarini sharhlash va qo‘llash masalalariga doir ko‘nikma va qobiliyatlarni takomillashtirishga qaratilgan, davomiyligi ikki haftadan kam bo‘lmagan, sudyalar va sudlar apparati xodimlari malakasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qabul qilish 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab faqat sudyalik lavozimi zaxirasida bo‘lgan shaxslar orasidan tanlov asosida, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda belgilanadigan kvotalar bo‘yicha amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaxslar asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimidan ozod qilinadi, biroq ularning egallagan lavozimi butun o‘qish davri mobaynida saqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslari tinglovchilariga sudya yordamchisining bir oylik mehnatiga haq to‘lash fondi miqdorida stipendiya to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining buyurtmasi asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga o‘qish davomida asosiy ish joyi bo‘yicha egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga 2020-yil 1-sentabrdan boshlab faqat sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslar tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida o‘qish dasturini bajarmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etgan tinglovchilar o‘qish davrida olingan stipendiya summasini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga to‘liq miqdorda qoplab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalarni dastlabki muddatga tayinlashning amaldagi tartibi 2019/2020 o‘quv yili tugagunga qadar saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oliy sudi va Adliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab)ni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining 12 ta shtat birligini Oliy maktabga o‘tkazish haqidagi takliflari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Oliy maktab sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi davlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktabga O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab direktori mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosariga, Oliy maktab direktorining o‘rinbosarlari — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-apreldagi PF-6206-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2021-y., 06/21/6206/0339-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab professor-o‘qituvchilar tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari uchun, Oliy maktabning boshqa xodimlariga — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktabning maxsus unvonlar va mansab darajalariga ega bo‘lgan xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun belgilangan tartibda maxsus unvonlar va mansab darajalari beriladi, ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanadi, ushbu shaxslarning Oliy maktabda ishlagan davri maxsus unvonlar va mansab darajalarini olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisiga Oliy maktab xodimlariga maxsus unvonlar va mansab darajalari berish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktabda ishga jalb qilingan va malaka darajalariga ega bo‘lgan sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarda sudya maqomi, barcha ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar, imtiyozlar hamda tibbiy ta’minot sharoitlari saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslar orasidan ishga qabul qilingan xodimlarning Oliy maktabda ishlagan vaqti sudyalik stajiga qo‘shiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining ustavi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining professor-o‘qituvchilar tarkibi va boshqaruv xodimlari cheklangan soni 36 kishidan iborat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi xodimlari mehnatiga haq to‘lash razryadlari 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining shtat jadvali 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining samarali faoliyatini ta’minlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab direktoriga Oliy maktabning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlar belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Oliy sudi zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vazifalarni bajarish bilan bir qatorda quyidagi ustuvor masalalarda Oliy maktabni har tomonlama rivojlantirishga ko‘maklashish yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab tinglovchilari stajirovka o‘tashi uchun zarur sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy ishlanmalar natijalarini qonun ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotiga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab faoliyatini ta’minlash va rivojlantirish uchun budjetdan tashqari mablag‘lar, xayriya badallarini jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy maktabda budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Maxsus jamg‘arma) ularning mehnatiga haq to‘lash fondining 50 foizigacha miqdorda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek Oliy maktab xodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda Oliy maktab kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Oliy maktab faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab tomonidan shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy ishlar, ta’lim va boshqa xizmatlardan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oliy maktabga sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, advokatlar, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar mutaxassislari va boshqa mutaxassislarni o‘rindoshlik tartibda yoki mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida pedagogik faoliyatni amalga oshirishga jalb etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jalb etiladigan mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sudyalar oliy kengashi va Oliy maktab uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktabga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin, xususan, unda tinglovchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini bilish ko‘nikmalari mavjudligi zaruriy talab ekanligi nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish nizomini, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda Oliy maktabni o‘qitishning zamonaviy shakl va uslublarini qo‘llash ko‘nikmalariga, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, birinchi navbatda, qayta tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi xodimlari va Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi o‘tkazilgan shtat birliklaridagi xodimlar orasidan malakali kadrlar bilan to‘ldirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy maktab va O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha 2019-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlariga mazkur qarordan kelib chiqib, tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qituvchilar va tinglovchilarning yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda malaka oshirish kurslarini o‘tishi, stajirovka o‘tashi va o‘qishida Oliy maktabga ko‘maklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktabning buyurtmalari bo‘yicha Oliy maktabning o‘quv va ilmiy jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarga konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy maktabning buyurtmalari bo‘yicha Oliy maktabning o‘quv va ilmiy jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarga davlat boji undirmasdan belgilangan tartibda ko‘p martalik kirish vizalarini rasmiylashtirish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek ularni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish va vaqtinchalik ro‘yxatda turish muddatini uzaytirishni ta’minlab borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha Oliy maktabning o‘quv xonalari, kafedralari, axborot-resurs markazi va boshqa binolarini zamonaviy uskunalar, aloqa va telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlashni, shuningdek Oliy maktabni mamlakatimizda va xorijda chop etilgan sud-huquq masalalariga oid o‘quv, ilmiy va uslubiy adabiyot va davriy nashrlar bilan ta’minlashni nazarda tutadigan tegishli qarorni qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oliy maktab Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uyda joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi o‘zgartirilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazining mulkini, jumladan avtotransport vositalarini Oliy maktab balansiga beg‘araz o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oliy maktabga to‘rtta yengil avtotransport vositasi va bitta avtobusni saqlash uchun limit belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2903-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 6-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4096-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USTAVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish uchun mas’ul bo‘lgan davlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy maktab o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda ushbu Ustavga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy maktab yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligida shaxsiy hisob raqamlariga, tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutalardagi bank hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, shtamplar, emblema, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa atributlar va rekvizitlarga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy maktabning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilida: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rus tilida: Visshaya shkola sudey pri Visshem sudeyskom sovete Respubliki Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ingliz tilida: Supreme School of Judges under the Supreme Judicial Council of the Republic of Uzbekistan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy maktabning pochta manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oliy maktabning maqsadlari va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bugungi kun talablarini hisobga olgan holda malakali sudyalar va sudlar apparati xodimlarini tayyorlash hamda odil sudlovning yuqori darajasiga erishish Oliy maktabning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Oliy maktabning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ular malakasini oshirishning yagona tizimini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish yuritish va tanqidiy tahlil qilish, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda asoslantirilgan qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradigan interfaol o‘qitish usullarini ta’lim jarayoniga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarda yurisprudensiya, kasbiy etika, psixologiya, ishga oid muloqot, vaqtni boshqarish, muzokaralar olib borish usullari, axborotlar bilan ishlash texnologiyalari, huquq normalarini sharhlash va qo‘llashga doir nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ravishda sud va huquqni muhofaza qilish faoliyati, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb masalalarini muhokama qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarni qonun hujjatlariga kiritilgan dolzarb o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar, milliy va xorijdagi huquqni qo‘llash amaliyoti holati va tendensiyalari, shuningdek norma ijodkorligi faoliyati sohasidagi tajriba bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-huquq tizimini takomillashtirish, qonunchilikni rivojlantirish va yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha chuqur fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud sohasida oliy malakali ilmiy ishlab chiqarish (amaliy) kadrlarini tayyorlash, shuningdek sud-huquq faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-huquq sohasidagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish, sud amaliyoti va statistikasini o‘rganish va umumlashtirish, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba almashish, ta’lim jarayoni sifatini oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan samarali idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ilmiy tadqiqotlarni, normativ-huquqiy, metodik va tahliliy axborotlar almashishni yo‘lga qo‘yish, ta’lim va ilmiy jarayonga xorijiy mutaxassislarni jalb etish, pedagogik, ilmiy xodimlar va tinglovchilarning stajirovkasini tashkil etish maqsadida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oliy maktabning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy maktab o‘z maqsadlariga erishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan zarur statistik ma’lumotlar, axborot-tahliliy materiallar, sud amaliyoti va huquqni qo‘llash faoliyatiga doir umumlashmalarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlardan sud amaliyotini umumlashtirish maqsadida hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan sud ishlarini so‘rab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, ekspertlik, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va maslahat olish uchun davlat organlari, ilmiy va boshqa tashkilotlarning xodimlarini, olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, sud amaliyoti va huquqni qo‘llash faoliyatining dolzarb muammolari bo‘yicha davriy, ilmiy-nazariy va amaliy nashrlarni chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy olim va ekspertlar, sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va advokatlarni jalb etgan holda tematik, jumladan xalqaro forumlar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogik faoliyatni amalga oshirish, o‘quv-uslubiy ishlar olib borish, ilmiy tadqiqotlar va maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktabga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy-texnik vositalar va zarur uskunalarni xarid qilish, ijaraga olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy maktab ta’lim jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyatini xalqaro standartlar asosida, o‘qitishning zamonaviy shakllari, pedagogik, innovatsion, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda samarali tashkil etish uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oliy maktabning tuzilmasi va boshqaruv organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oliy maktab faoliyatini tashkil etishning asosiy masalalarini ko‘rib chiqish uchun Oliy maktab direktori boshqaradigan Kengash tashkil etiladi. Kengash tarkibiga direktor o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, boshqa tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, ta’lim va yuridik sohalardagi yetakchi olimlar va mutaxassislar, shuningdek Kengash kotibi kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar, o‘quv rejalari va dasturlari, tinglovchilar bilimini baholash tartiblari, shuningdek malaka talablarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatining me’yorini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura tinglovchilari tomonidan stajirovka o‘tash tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura tinglovchilarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish tartibi hamda magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilishga doir talablarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab ichki tartib qoidalari va axloq qoidalarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini tinglash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Oliy maktabning faxriy doktori” unvoni bilan taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishgan holda Boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini, shuningdek ushbu mablag‘lar hisobidan Oliy maktab xodimlariga oylik ustamalar belgilash mezonlarini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengash qarori Oliy maktab direktori va Kengash kotibi tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oliy maktabga O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi va u bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi a’zosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab direktori mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oliy maktab direktor o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab direktor o‘rinbosarlari mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oliy maktab direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Oliy maktabga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi, mazkur Ustavga rioya etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi, Oliy maktabning xodimlari o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shuningdek xorijda Oliy maktabning manfaatlarini ifodalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktabning barcha xodimlari va tinglovchilari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tashkilotlarning xodimlarini va mutaxassislarni pedagogik faoliyatga jalb etish bo‘yicha shartnomalar va kontraktlarni tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktabning moliyaviy masalalarini hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlari doirasida Oliy maktabning mol-mulki va mablag‘larini tasarruf etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab nomidan shartnomalar tuzadi, shunday shartnomalar tuzish uchun ishonchnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv jarayonini kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy o‘qitish shakllari asosida tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi bilan kelishgan holda Oliy maktabda qisqa muddatli va boshqa kurslarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatlar jadvalini va Oliy maktabning ta’minoti uchun xarajatlar smetasini tasdiqlaydi, Oliy maktab tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab Kengashi ishiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-ta’lim muassasalar kengashlari majlislarida ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ta’lim jarayonini, Oliy maktabning o‘quv-metodik va ilmiy faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oliy maktab ta’lim jarayonini sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudyalik lavozimlarini egallash uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tinglovchilarni sudyalik faoliyatini amalga oshirish va sudlar ishini tashkil etish ko‘nikmalariga o‘rgatishga, sudyalik kadrlarining ilmiy-tahliliy va kreativ salohiyatini shakllantirishga qaratilgan. Kadrlarni tayyorlash davlat grantlari asosida bir yillik magistratura ta’lim dasturi bo‘yicha davlat namunasidagi diplom bergan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada bo‘lgan sudyalarni qayta tayyorlash kasbiy bilimlarni chuqurlashtirish va sud ma’muriyatchiligini yuritish ko‘nikmalarini egallashga, shuningdek ishni va boshqaruvni tashkil etishning innovatsion shakl va usullarini o‘zlashtirishga qaratilgan. Qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi ikki oyni tashkil etib, tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish qonunchilikdagi so‘ngi yangiliklarning mazmun-mohiyatini yetkazishga, kasbiy, jumladan huquq normalarini sharhlash va qo‘llash masalalariga doir ko‘nikma va qobiliyatlarni takomillashtirishga qaratilgan. Malaka oshirish kurslarining davomiyligi kamida ikki haftani tashkil etib, tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sudyalik lavozimlarini egallashga yuqori malakali kadrlarni tayyorlash uchun Oliy maktab magistraturasiga qabul faqat sudyalik lavozimlari zaxirasida bo‘lgan shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oliy maktabga qabul qilish, o‘qitishni tashkil etish va o‘tkazish tartibi Magistraturaga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada bo‘lgan sudyalarni qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risidagi nizom hamda Sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sudyalar, advokatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, vazirlik va idoralarning mutaxassislari va boshqa mutaxassislar pedagogik faoliyatga o‘rindoshlik tartibida yoki mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida yoxud o‘rnini to‘ldirish asosida xizmat ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy mamlakatlarning olimlari, mutaxassislari va ekspertlari Oliy maktabga o‘quv, metodik va ilmiy ishlar olib borish uchun shartnoma (kontrakt) asosida xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari, shuningdek Oliy maktabning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ilmiy-tadqiqot ishlari, qoida tariqasida, shu jumladan xorijiy va xalqaro grantlar yoki xo‘jalik shartnomalari asosida o‘tkaziladi. Shartnoma asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishdan olingan mablag‘lar tegishli xarajatlar qoplangandan so‘ng Oliy maktab moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarni rag‘batlantirish yoki o‘ziga yuklangan boshqa vazifalarni hal etishga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ta’lim jarayoni o‘qitishning zamonaviy shakl va usullarini, ilg‘or pedagogik, innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sudyalar, shuningdek sudlar apparati xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Oliy maktabning tinglovchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oliy maktab magistraturasiga O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda belgilanadigan kvotalari bo‘yicha sudyalik lavozimlari zaxirasida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘qishga qabul qilish tinglovchi tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng Oliy maktab direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oliy maktab magistraturasi tinglovchilariga sudya yordamchisining bir oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida stipendiya to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab magistraturasiga qabul qilingan shaxslar asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimidan ozod etiladi, biroq ularning egallagan lavozimi butun o‘qish davri mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining asosiy ish joyi bo‘yicha egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi o‘qish davrida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oliy maktab tinglovchilari o‘quv rejasida (dasturida) nazarda tutilgan topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarishga, Oliy maktabning Ustavi, ichki tartib-qoidalari va axloq qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida o‘quv dasturini bajarmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etgan tinglovchilar o‘qish davrida olingan stipendiya summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘liq miqdorda qoplab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Professor-o‘qituvchilar tarkibi va boshqa xodimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oliy maktabda boshqaruv, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar lavozimlari nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek ularning o‘zaro munosabatlari mehnat qonunchiligi, jamoaviy shartnoma, mehnat shartnomalari va mazkur Ustav bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Professor-o‘qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent va o‘qituvchi lavozimlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Boshqaruv, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari Oliy maktabning ichki tartib-qoidalari va axloq qoidalarida, shuningdek lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oliy maktab xodimlarining mansab maoshlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oliy maktabning maxsus unvonlar va mansab darajalariga ega xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun belgilangan tartibda maxsus unvonlar va mansab darajalari beriladi, ko‘p yillik xizmat uchun ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanadi, ushbu shaxslarning Oliy maktabda ishlagan davri esa maxsus unvonlar va mansab darajalarini olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisiga Oliy maktab xodimlariga maxsus unvonlar va mansab darajalari berish huquqi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktabga ishga jalb qilingan va malaka darajalariga ega bo‘lgan sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarda sudyalik maqomi, barcha ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar, imtiyozlar va tibbiy ta’minot sharoitlari saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslar orasidan ishga qabul qilingan xodimlarning Oliy maktabda ishlagan vaqti sudyalik stajiga qo‘shiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab professor-o‘qituvchilari tarkibiga — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari uchun, Oliy maktabning boshqa xodimlariga esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oliy maktab mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari asosida mashg‘ulotlar o‘tkazishga jalb etiladigan ayrim yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar va tajribali amaliyotchi mutaxassislarga o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun soatbay haq to‘lash miqdorini Oliy maktabning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan 100 foizga ortiq miqdorda belgilash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Oliy maktabning xalqaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Oliy maktab sud-huquq sohasida xorijdagi ta’lim, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Xalqaro hamkorlik, jumladan Oliy maktab tinglovchilari, o‘qituvchilari va boshqa xodimlarining xorijiy mamlakatlar ta’lim va tadqiqot muassasalarida stajirovka o‘tashi, shuningdek xorijiy mamlakatlar fuqarolarining Oliy maktabda o‘qishi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Oliy maktabning xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari bilan shartnomalari asosida, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar tomonidan milliy ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish maqsadida ajratiladigan grantlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Oliy maktab O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oliy maktab tinglovchilari va xodimlarining xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarida stajirovka o‘tashini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Oliy maktabning moliya-xo‘jalik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Asosiy fondlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqalar), moliyaviy mablag‘lar hamda budjet, budjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan sotib olinadigan turli moddiy qimmatliklar Oliy maktabning mol-mulkini tashkil etadi. Oliy maktab mol-mulkining qiymati uning balansida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oliy maktab o‘ziga biriktirilgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Oliy maktab faoliyati quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktab tomonidan shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy ishlar, ta’lim va boshqa xizmatlarni sotishdan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Oliy maktab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maktabda o‘qitishga jalb etiladigan chet ellik olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislar mehnatiga haq to‘lashni shartnomalarga muvofiq belgilanadigan miqdorlarda xorijiy valyutada amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi mablag‘larining 50 foizigacha miqdorini xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislar uchun ikki tomonga aviachiptalar sotib olish (uzoq muddatli shartnomalar bo‘lganda, bir yilda ko‘pi bilan ikki marta) xarajatlarini milliy valyutada to‘lab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislarning yashash xarajatlarini milliy valyutada to‘lab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, budjet mablag‘lari hisobidan sud faoliyatining dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy jurnal chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur asbob-uskunalar va boshqa moddiy resurslarni xarid qilish, ijaraga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga tegishli mol-mulkka, jumladan intellektual va boshqa turdagi mulkka, daromadlarga belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Oliy maktabda Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi (mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi) bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondining 50 foizigacha miqdorida Boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(42-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Oliy maktab mablag‘larini shakllantirish va sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Oliy maktab belgilangan tartibda o‘z faoliyati natijalarining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisobotini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, Oliy maktabni qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Mazkur Ustav talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Shtat birliklarining umumiy cheklangan soni (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarni hisobga olmagan holda) — 36 birlik, shu jumladan, professor-o‘qituvchilar tarkibi — 10 birlik, boshqaruv xodimlar — 26 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarning soni oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi xodimlari mehnatiga haq to‘lash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RAZRYADLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozim nomi

Mehnatga haq to‘lash razryadlari

direktor

20

direktor o‘rinbosari

19

kafedra mudiri, kafedra professori

18

kafedra dotsenti

17

kafedra o‘qituvchisi

16

bosh buxgalter

16

bo‘lim boshlig‘i

16

bosh mutaxassis

14

yuriskonsult

14

yetakchi mutaxassis

13

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHTAT JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozimlar nomi

Shtat birligi soni

Direktor

1

O‘quv-metodik ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

1

Ilmiy va axborot-tahliliy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

1

O‘quv-metodik bo‘lim

3

Bo‘lim boshlig‘i

1

Bosh mutaxassis

1

Yetakchi mutaxassis

1

Fuqarolik huquqi kafedrasi

2

Kafedra mudiri

1

Kafedra o‘qituvchisi (professor, dotsent)

1

Iqtisodiy huquq kafedrasi

2

Kafedra mudiri

1

Kafedra o‘qituvchisi (professor, dotsent)

1

Jinoyat huquqi kafedrasi

2

Kafedra mudiri

1

Kafedra o‘qituvchisi (professor, dotsent)

1

Ma’muriy huquq kafedrasi

2

Kafedra mudiri

1

Kafedra o‘qituvchisi (professor, dotsent)

1

Kasbiy ko‘nikmalar kafedrasi

2

Kafedra mudiri

1

Kafedra o‘qituvchisi (professor, dotsent)

1

Sud amaliyoti muammolarini o‘rganish markazi

9

Markaz boshlig‘i

1

Bosh mutaxassis

4

Yetakchi mutaxassis

4

Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bo‘limi

1

Bosh mutaxassis

1

Axborot-resurs markazi

1

Bosh mutaxassis

1

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

1

Bosh mutaxassis

1

Kadrlar bo‘limi

1

Bosh mutaxassis

1

Axborot-texnikaviy ta’minot va masofaviy o‘qitish bo‘limi

2

Bo‘lim boshlig‘i

1

Bosh mutaxassis

1

Buxgalteriya

2

Bosh buxgalter

1

Bosh mutaxassis

1

Devonxona va arxiv

2

Devonxona mudiri

1

Arxiv mudiri

1

Yuriskonsult

1

Jami

36

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining samarali faoliyatini ta’minlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yo‘l xaritasi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) faoliyatining tashkiliy asoslarini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar

1.

Tashkiliy masalalarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qo‘shma yig‘ilishini o‘tkazish.

Kengash qarori

2019-yil
10-yanvargacha

Sudyalar oliy kengashi,
Oliy sud

2.

Oliy maktabni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Ro‘yxatdan

o‘tganligi haqida guvohnoma

2019-yil

20-yanvargacha

Oliy maktab

3.

Oliy maktabni, birinchi navbatda qayta tashkil etilayotgan Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi xodimlari va Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining o‘tkazilgan shtat birliklari orasidan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-martgacha

Oliy maktab,

Oliy sud

4.

Oliy maktabning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, mansab yo‘riqnomalarini tasdiqlash.

Oliy maktab direktorining buyrug‘i

2019-yil
1-fevralgacha

Oliy maktab

II. Oliy maktabning o‘quv-metodik jarayonini tashkil etish

5.

Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish to‘g‘risida nizom;

sudyalar va sudlar apparatlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi nizom;

magistratura, sudyalar va sudlar apparatlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlari, shuningdek malakaviy talablar;

professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatini me’yorlashtirish tartibi;

magistratura, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bilimini baholash, magistratura tinglovchilarining stajirovka o‘tashi, magistratura tinglovchilarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish tartiblari hamda magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilishga doir talablar.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-martgacha

Oliy maktab,

Sudyalar oliy kengashi,

Oliy sud,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

6.

Oliy maktabning o‘quv rejalari (dasturlari)ga kiritilgan fanlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar va o‘quv-metodik materiallarni tayyorlash va nashr qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Dastur loyihasi

2019-yil
1-martgacha

Oliy maktab,
Oliy sud,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

7.

Oliy maktab faoliyatiga zamonaviy innovatsion o‘qitish tizimini joriy etish, unda, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

sudyalar va sudlar apparatlari xodimlarini videokonferensaloqa va boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda masofaviy (elektron) o‘qitish;

o‘qitishda imitatsion modellashtirish (dalillarni joyida ko‘zdan kechirish, sud majlislari zallari)dan foydalanish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-avgustgacha

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy sud,

Oliy maktab,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

AKT vazirligi

8.

Oliy maktabning Axborot-resurs markazini zamonaviy o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan jihozlash, shu jumladan mahalliy va xorijiy huquqiy va axborot-tahliliy nashrlarga muntazam obuna bo‘lishni ta’minlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-fevralgacha

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy maktab,
Oliy sud,

Sudyalar oliy kengashi,
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi,
Moliya vazirligi

III. Oliy maktabning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish

9.

Odil sudlovni amalga oshirishning dolzarb muammolari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni, shu jumladan milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda amalga oshirish dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2019-yil
1-fevralgacha

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oliy maktab,
Oliy sud,

Sudyalar oliy kengashi

10.

Ilmiy-amaliy huquqiy nashrni tashkil etish va ro‘yxatdan o‘tkazish, uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan yurisprudensiya sohasida asosiy ilmiy-amaliy natijalarni nashr qilish uchun tavsiya qilinadigan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil
1-fevralgacha

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy maktab,

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi,
Oliy sud,

Oliy attestatsiya komissiyasi

11.

Oliy maktabning yetakchi ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy, huquqiy muassasalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, o‘zaro hamkorlik kelishuvlarini tuzish, qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi xalqaro hamkorligini rivojlantirish.

Kompleks
chora-tadbirlar dasturi

2019-yil
1-martgacha

Xorijiy
va xalqaro tashkilotlar grantlari hamda Oliy maktabning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy maktab,
Oliy sud,

Tashqi ishlar vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

IV. Oliy maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

12.

Oliy maktabning binosini o‘z ichiga oladigan “Odil sudlov saroyi” majmuasini qurishga texnik topshiriqni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Texnik topshiriq loyihasi

alohida

grafikka muvofiq

Kapital qo‘yilmalar limiti

Oliy sud,
Qurilish vazirligi,
Toshkent shahar hokimligi

13.

Ajratilgan ma’muriy binoni ta’mirlash va tayyorlash.

Texnik topshiriq loyihasi

alohida

grafikka muvofiq

Kapital qo‘yilmalar limiti

Qurilish vazirligi,
Toshkent shahar hokimligi,
Oliy maktab

14.

Oliy maktabning o‘quv jarayonini va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan videokonferensaloqa va masofaviy ta’lim usullaridan foydalangan holda “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga ulash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-aprelgacha

Davlat budjeti mablag‘lari

AKT vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi,

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi,
Moliya vazirligi

15.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga doimiy va uzluksiz ravishda kirishni tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil
1-fevralgacha,

doimiy ravishda

Davlat budjeti mablag‘lari

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi,
Moliya vazirligi,

Oliy maktab

16.

Oliy maktabning imitatsion sud majlislarini o‘tkazish zalini, dalillarni joyida ko‘zdan kechirish joyini vaziyatli mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan o‘qitishning zamonaviy innovatsion vositalari bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar kompleksi

alohida grafikka muvofiq

Davlat budjeti mablag‘lari

Sudyalar oliy kengashi,

Oliy sud, IIV, AKT vazirligi

17.

Masofaviy (elektron) ta’limni tashkil etish va videokonferensiyalarni o‘tkazish uchun uskunalarni xarid qilish va o‘rnatish, shuningdek konferensaloqadan foydalangan holda masofaviy ta’lim, onlayn testlar va so‘rovlarni o‘tkazish tizimini joriy etishning metodik va texnik parametrlarini, shuningdek tegishli dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar kompleksi

alohida grafikka muvofiq

Davlat budjeti mablag‘lari

Sudyalar oliy kengashi,
Oliy sud,

AKT vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

18.

Oliy maktabning Axborot-resurs markazini zamonaviy texnika, zarur jihozlar va qo‘shimcha vositalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar kompleksi

Oliy maktabning buyurtmasiga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

AKT vazirligi, Oliy maktab,

Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi,

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi,

Moliya vazirligi

19.

Xorijiy tajriba va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan, xususan, “West Law”, “Lexis Nexis” va boshqa xalqaro huquqiy-ma’lumot tizimining dasturiy mahsulotlarini (ma’lumotlar bazalarini) xarid qilish va kelgusida yangilab borish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-avgustgacha,

doimiy ravishda

Davlat budjeti mablag‘lari

Sudyalar oliy kengashi,
Oliy sud,

Moliya vazirligi

20.

Oliy maktabga “O‘zbektelekom” AK bilan tender (tanlov) o‘tkazmasdan shartnoma tuzish va uni keyingi muddatlarga mustaqil uzaytirish huquqini berish orqali Oliy maktabni yuqori tezlikdagi Internet (soniyasiga 30 megabitdan kam bo‘lmagan, unlimited) tarmog‘iga ulashni, shuningdek ichki lokal tarmoqni tashkil etishni ta’minlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-martgacha,

doimiy ravishda

Davlat budjeti mablag‘lari

AKT vazirligi,

Oliy maktab,

Moliya vazirligi

21.

Oliy maktabning rasmiy Internet saytini va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yaratish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-martgacha

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy maktab,
AKT vazirligi, Moliya vazirligi

22.

Oliy maktab buyurtmalariga asosan xizmat va maxsus avtotransport vositalari uchun zarur hajmdagi avtobenzin va dizel yoqilg‘isini belgilangan tartibda ajratilishi va xarid qilinishi orqali Oliy maktabning avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich yangilash.

Kompleks
chora-tadbirlar

2019-yil
15-yanvargacha

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy maktab,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

“O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash to‘g‘risida”gi PQ-2951-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazining direktori” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3240-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandi ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) direktori” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-banddagi “Markaz” so‘zi “Oliy maktab” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2019-y., 07/19/4096/2427-son; 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son; 13.04.2021-y., 06/21/6206/0339-son)