Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 4-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1141-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 4-sentabrdagi 13/9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3282, 16.09.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 22-apreldagi 10/4-son qarori (roʻyxat raqami 1141, 2002-yil 16-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 10-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-dekabr,
39/14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/14-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 39-banddagi “90310” va “96310” raqamlari mos ravishda “90305” va “96307” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. 40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40. Obligatsiyalar blanklarini qabul qilish va topshirish, ularni hisobga olish va saqlash Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) asosida amalga oshiriladi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 10/18/1141-3/2421-son)