1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli ““Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasi reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qarorining ijrosi yuzasidan, shuningdek, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi — koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning yagona qoidalarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — yuridik va jismoniy shaxslarga Davlat reyestri maʼlumotlaridan erkin foydalanish imkoniyatini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida vakolatli organlar oʻrtasida axborot-kommunikatsiya maʼlumotlar almashinuvini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning Davlat reyestridan elektron koʻchirma berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi — nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri (keyingi oʻrinlarda Davlat reyestri deb ataladi) yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazilgan huquqlari haqidagi axborotning rasmiy manbasi boʻlib, bu axborotning ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat reyestridan elektron shaklda berilgan, shuningdek, qogʻozda berilgan koʻchirmalar teng yuridik kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2018-yil 1-iyuldan keyin tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida oʻtkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari qoshida komissiyalar (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etish yoʻli bilan koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilishning mustaqil mexanizmi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolar komissiya tomonidan murojaat kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun mobaynida koʻrib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida qaror qabul qilgan yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etgan shaxslar komissiya aʼzolari boʻla olmaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning xulosasi koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida qaror qabul qilgan yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etgan shaxslar uchun majburiy tusga ega boʻlib, ular qabul qilgan qarorni oʻzgartirish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga bino va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlanganligi haqida, axborot-kommunikatsiya tizimi orqali axborot taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat kadastrlarini yuritishni amalga oshiruvchi organlar Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga muhofaza qilinadigan zonalar haqidagi axborotni doimiy ravishda taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda idoralararo hamkorlik va koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi, shuningdek ular bilan bogʻliq bitimlar haqidagi axborot almashinuvining axborot-dasturiy kompleksini ishlab chiqsin va 2019-yil 1-fevraldan boshlab joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat reyestri maʼlumotlarini Internet tarmogʻiga joylashtirish yoʻli bilan ulardan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun huquqni belgilovchi hujjatlar reyestrini har bir roʻyxatdan oʻtkazish turi va tipi kesimida ishlab chiqsin va Internet tarmogʻiga joylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda koʻchmas mulk obyektlarini boshqa shaxsga oʻtkazish turiga bogʻliq holda, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida namunaviy arizalar shakllarini ishlab chiqsin va Internet tarmogʻiga joylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytiga koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazilgan huquqlar statistikasining joylashtirilishi va doimiy yangilanib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda koʻchmas mulk obyekti boʻyicha taqiqlarning mavjudligi yoki mavjud emasligi koʻrsatilgan holda Davlat reyestridan koʻchirmalar berilishini nazarda tutuvchi dasturiy mahsulot ishlab chiqsin va joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining axborot tizimlarida fuqarolarning mavjud shaxsiy maʼlumotlari haqidagi axborotni dolzarblashtirish uchun jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasidan foydalanishini va “Elektron hukumat” tizimi bilan yanada integratsiyalanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1060-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom talablari foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlgan yer qaʼriga joriy etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqi ushbu huquqlar mazkur Nizomga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasdan amalga oshirilgan koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik imorat — qurilish davrida vaqtinchalik foydalanish uchun bunyod etilgan va loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan imorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish — yuridik va jismoniy shaxslarning, jumladan bitimlar asosida yuzaga keladigan koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarining vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishini (yuklanishini), bekor boʻlishini tan oladigan hamda tasdiqlaydigan huquqiy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) — koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisida, shuningdek, huquq egalari haqidagi maʼlumotlardan iborat yagona axborot maʼlumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov xati — koʻchmas mulk obyekti garovga qoʻyilganligi toʻgʻrisida yuridik yoki jismoniy shaxsga bank tomonidan beriladigan qarz guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi — yer yuzasining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda boshqa xususiyatlarga ega boʻlgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka — mulkni garov kreditoriga egalik qilish uchun topshirmasdan, majburiyatni taʼminlash sharti bilan koʻchmas mulk obyektini (yer uchastkasini, bino va inshootni) yoki unga boʻlgan huquqni garovga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr yigʻmajildi — obyektning koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan oʻtkazish va pasportlashtirish, maxsus tekshirish va tadqiqotlarning, sifat va qiymat jihatdan baholashning hujjatlari, materiallari va maʼlumotlari elektron jamlanmasi;
(5-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr raqami — yer uchastkasi, bino, inshoot va koʻp yillik daraxtlarning oʻziga xos, Oʻzbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan alohida raqami hisoblanadi va ushbu raqam koʻchmas mulkni shakllantirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq beriladi va roʻyxatdan oʻtkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud boʻlishi davrida saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr pasporti — huquq egasiga beriladigan, koʻchmas mulk obyekti, uning huquqiy egasi, koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlar, obyektning qiymat bahosi va kadastr raqami haqida umumiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron hujjat;
(5-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallanmagan obyektlar — qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin belgilangan kunida tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, ammo qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi asosida foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning cheklanishi (yuklanishi) — bitimlar, qonun hujjatlari yoki vakolatli organ tomonidan oʻrnatiladigan, mazkur koʻchmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish imkonini cheklaydigan shartlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamchi-xoʻjalik imoratlari — ishlab chiqarish binolari va inshootlariga nisbatan qoʻshimcha imoratlar (omborxonalar, bostirmalar, yoʻlaklar va shu kabilar), uy hayvonlari va parrandalarini boqish uchun moʻljallangan imoratlar, omborxona, garajlar, yozgi oshxonalar, tandirxonalar, yertoʻlalar, hammomlar, hovlidagi hojatxonalar, dushxonalar, issiqxonalar, hovuzlar, saunalar, qozonxonalar va odamlarning vaqtincha turishi bilan bogʻliq turli ishlarni bajarish uchun moʻljallangan boshqa funksional imoratlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq egasi — koʻchmas mulk obyektining belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi asosida unga boʻlgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk haqida tuzilgan bitimlar — fuqaro va yuridik shaxslarning koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni oʻrnatishga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga (boshqa shaxsga oʻtkazish, ipotekaga qoʻyish, uzoq muddatli ijaraga olish, merosni qabul qilish va boshqalar) qaratilgan xatti-harakatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
servitut — begona yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha boʻlishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib oʻtishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat, yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida hajmli, yassi yoki chiziq tarzida joylashgan qurilish tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallari (keyingi oʻrinlarda davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ deb ataladi) davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning rahbari tomonidan tayinlanadigan masʼul shaxslar (keyingi oʻrinlarda roʻyxatdan oʻtkazuvchi deb ataladi) tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan miqdorda yigʻim undiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq hamda koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan boshqa ashyoviy huquqlar, shu jumladan ushbu huquqlar va ular bilan bogʻliq bitimlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi haqidagi axborot 2019-yil 1-fevraldan boshlab, axborot-kommunikatsiya tizimlari vositasida davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat notarial idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmalari, shuningdek boshqa vakolatli organlar tomonidan tegishli harakatlar sodir etilgan kundan boshlab bir kun muddatda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha kadastr hujjatlari arxivini shakllantirish maqsadida ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan organlar koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarga koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahrida joylashgan koʻchmas mulkka, 2020-yil 1-yanvardan boshlab esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan koʻchmas mulkka nisbatan notarial harakatlar asosida vujudga keladigan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi maʼlumotlar Reyestrga faqat davlat notarial idorasi orqali taqdim etilgan talabnomaga asosan elektron shakldagi kadastr pasportini tayyorlash yakunlari boʻyicha notariuslar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda (koʻchmas mulk bilan bitim tasdiqlanishidan avval) huquq egasini oʻzgartirish shaklida kiritiladi va bir vaqtning oʻzida Reyestrdan koʻchirma beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilning 1-yanvaridan boshlab qurilgan uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar tijorat banklari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar) filiallariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvardan boshlab koʻchmas mulk obyektini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksion orqali sotish (davlat aktivlari qismida) va rieltorlik xizmatlari koʻrsatish natijasida vujudga keladigan unga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar tegishlicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va rieltorlik tashkilotlari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrdan koʻchirma Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklari tomonidan mulkdorning xohishiga koʻra elektron va (yoki) qogʻoz shaklida koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar va qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin ushbu bandda nazarda tutilgan muddatlarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni tashkilotlarning maʼlumotlari asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida ariza talab etilmaydi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun 2019-yil 1-fevraldan keyin vujudga keladigan asoslar mazkur Nizomning 7 va 71-bandlarida koʻrsatilgan organlar tomonidan axborot-dasturiy majmua vositasida beriladigan axborot asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 7 va 71-bandlarida koʻrsatilgan organlar axborot-dasturiy majmuaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kadastr yigʻmajildini birlamchi shakllantirishda koʻchmas mulk obyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan joyga chiqib xatlovdan oʻtkaziladi. Kadastr yigʻmajildini shakllantirish natijalari boʻyicha kadastr pasporti beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr pasportini berish tartibi va shakli Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektini texnik xatlovdan oʻtkazish davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning buyurtmasi asosida amalga oshiriladi. Buyurtmalar Internet tarmogʻi yoki Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) orqali qabul qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq turi yoki egasi oʻzgarganda, kadastr yigʻmajildi faqat koʻchmas mulk obyekti mulkdorining soʻroviga koʻra shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Koʻchmas mulk obyekti mulkdorlari yoxud ushbu obyekt boʻyicha ashyoviy huquqlar egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga oʻtgan, cheklangan yoki bekor boʻlgan yoki koʻchmas mulk obyektining huquqiy holati oʻzgargan kundan boshlab, bir oy muddatda Nizomning 21, 22, 23, 30, 31, 38, 39, 40, 41, 42, 43-bandlarida koʻrsatilgan huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali, garov xati rasmiylashtirilganda va ipoteka shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilganda esa — koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilishlari shart;
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada koʻchmas mulk obyektining turi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan huquq, unga kadastr yigʻmajildi tayyorlangan yoki qayta rasmiylashtirilgan koʻchmas mulk obyektining nomi va u tayyorlangan sana (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi. Ariza bilan birga koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻim toʻlanganligi haqida hujjat taqdim etiladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz ariza toʻldirilgandan keyin bir soat mobaynida uni koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradigan organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 71-bandida koʻrsatilgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklari (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur maʼlumotlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga yuboradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani va ushbu koʻchmas mulk obyektiga kadastr hujjatlarini oʻrganadi, ularni Reyestrda mavjud axborot bilan taqqoslaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlar hamda koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan boshqa ashyoviy huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos mavjudligini, uning yuridik yoki jismoniy shaxsga oʻtkazilishining qonuniyligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ulushli mulk huquqi ishtirokchilarining sonini va tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularning ulushlarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi uchun toʻsqinlik qiladigan omillarni, bu koʻchmas mulk obyekti huquqning boshqa shaxslarga oʻtkazilishi uchun toʻsqinlik qiluvchi garovga qoʻyilganligi va huquqni cheklash borligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa shaxslardan aynan shu koʻchmas mulk obyekti boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza bor yoki yoʻqligini Reyestrdan aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyekti bilan bogʻliq bitim notarial tartibda tasdiqlanmasdan taqdim etilganda, mulkdor va xaridorning shaxsini aniqlashtirish uchun qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilish huquqiga ega.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni hujjatlar kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni davomida davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, taqdim etilgan hujjatlarda texnik tusdagi ahamiyatsiz kamchiliklar va ularni bartaraf etish imkoniyati bor boʻlsa yoki qoʻshimcha hujjatlar talab qilinsa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi roʻyxatdan oʻtkazishni uch kungacha toʻxtatib turish toʻgʻrisida bir kun mobaynida qaror qabul qiladi va qarorni Markazga yoki tegishli tashkilotga yuboradi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz yoki tegishli tashkilot davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organdan koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni olgandan keyin yuridik yoki jismoniy shaxsni bir soat mobaynida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda hujjatlarni taqdim etish haqida xabardor qiladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgan holda taqdim etilganda, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzatilgan hujjatlarni koʻrib chiqishda huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilganligi haqida xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, vakolatli organlar tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklar xabar berilgan paytdan boshlab uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmagan boʻlsa, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ikki ish kuni mobaynida koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqda markazni yoki tegishli tashkilotni yozma ravishda xabardor qiladi.
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu koʻchmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri, qarama-qarshi yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻxtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni boshqa asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, ariza ilovalari bilan birga u kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron xat koʻrinishda Markazga yoki tegishli tashkilotga yuridik yoki jismoniy shaxsga qaytarish uchun yuboriladi. Xatda huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishning aniq sabablari va taqdim etilgan hujjatlarda topilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar koʻrsatiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar Reyestrga tegishli yozuvni kiritish yoʻli bilan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi, u mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha elektron koʻrinishda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqning vujudga kelishini va boshqa shaxsga oʻtishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuridik shaxsning nomini, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini va koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarni Reyestrga navbatdagi raqam bilan kiritish orqali amalga oshiriladi. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning cheklanishi va bekor qilinishi unga boʻlgan huquqlarni cheklash yoki bekor qilish haqidagi yozuv orqali amalga oshiriladi va buning uchun asos boʻlgan hujjatning nomi, sanasi va raqami koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan Reyestr satriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning (u mavjud boʻlgan taqdirda) vujudga kelishi va boshqa shaxsga oʻtishi birinchi navbatda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Ushbu yer uchastkasida qurilgan yoki barpo etilgan binolar, inshootlar va koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi va boshqa shaxsga oʻtishining keyingi roʻyxatdan oʻtkazilishi binolar, inshootlar va koʻp yillik dov-daraxtlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yer uchastkasiga huquq roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan satrga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda tegishli huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi elektron koʻrinishdagi Reyestrdan koʻchirmani tayyorlaydi va uni markazga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organdan Reyestrdan koʻchirmani olgandan soʻng bir soat ichida uni yuridik yoki jismoniy shaxsga elektron shaklda yuboradi. Yuridik yoki jismoniy shaxsning xohishiga koʻra, koʻchirma qogʻoz shaklida berilishi mumkin va ariza beruvchi koʻrsatgan manzilga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida xabarnomani olgandan soʻng yuridik va jismoniy shaxslarga koʻchirmani mulkdorning xohishiga koʻra elektron va (yoki) qogʻoz shaklida beradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Notoʻgʻri yoki buzilgan maʼlumotlarni taqdim etganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yer uchastkalariga boʻlgan quyidagi huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga oʻtishi va bekor boʻlishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, dehqon xoʻjaligi, jamoa bogʻdorchiligi va uzumchilik xoʻjaligini yuritish uchun, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda berilgan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxsga qishloq va oʻrmon xoʻjaligini (qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno) yuritish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun berilgan yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxsga qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun foydalanish muddatlari koʻrsatilmay berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun foydalanishning muayyan muddati belgilab berilgan yer uchastkalaridan muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxs, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xususiylashtirilgan yoki sotib olingan yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxsga ijaraga berilgan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi quyidagi hujjatlar asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi, oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori yoki meros qilib olish huquqi toʻgʻrisidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma yoxud bu huquq auksion asosida sotib olinganligi toʻgʻrisidagi tuman (shahar) hokimi tomonidan berilgan davlat orderi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — joylardagi davlat hokimiyati organlarining muayyan yuridik va jismoniy shaxsga yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi, oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida oʻtkazilgan elektron auksion natijalari haqida bayonnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan davlat orderi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — joylardagi davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini ijaraga berish toʻgʻrisidagi oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari asosida vakolatli organlar tomonidan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining “Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amal qilgan davrda (1990 — 1998-yillarda) olingan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar (tumanlar) hokimlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharlar yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharchalar va qishloqlar (ovullar) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharchalar va qishloq aholi punktlarining sobiq kolxozlar, sovxozlar hamda boshqa qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududida boʻlmagan yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqlar (ovullar) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qishloq joylarida shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tumanlar, shaharlar va shaharchalar xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli qishloqlar (ovullar) xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining kolxozlar aʼzolarining umumiy majlislari bayonnomalarini hamda sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari direktorlarining fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish haqidagi buyruqlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yoki viloyatlar xalq deputatlari Kengashlarining (Qoraqalpogʻiston Respublikasida — Joʻqorgʻi Kengesning) qarorlari bilan qishloq aholi punktlari yoki ularning qismlari shaharlar va posyolkalar chegaralariga kiritilgan hollarda jismoniy shaxslarga dehqon (shaxsiy tomorqa) xoʻjaligini yuritish uchun belgilangan tartibda ilgari berilgan yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi mazkur Nizomning 21, 22 va 23-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar asosida davlat hokimiyati organlarining qarorlarida koʻrsatilgan oʻlchamlarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga yoki huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilayotgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan huquq turi mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar joylardagi davlat hokimiyati organining qarorida huquq turi koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda yuridik va jismoniy shaxs uchun quyidagi huquqlar tan olinadi hamda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaligi hamda jamoa bogʻdorchiligi va uzumchilik xoʻjaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi (agar, davlat hokimiyati organlarining qarorlarida boshqa huquq turi koʻrsatilgan boʻlsa ham);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va inshootlar qurish uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining hamda boshqa ashyoviy huquqlarning boshqa shaxsga oʻtishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda koʻrsatilgan obyektlar bilan egallangan va ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasiga egalik qilish huquqi yangi huquq egasining nomiga oldingi huquq egasidagidek shaklda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joy binosiga, bogʻ uychasiga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, jismoniy shaxslarga ushbu imoratlarga boʻlgan mulk huquqi bilan birga belgilangan tartibda berilgan va unda ushbu imoratlar joylashgan butun yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar uylarni davlat notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalari va boshqa hujjatlar asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxs boshqa shaxsga oʻtkaziladigan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkasining mulkdori boʻlgan hollarda, yangi huquq egasi nomiga butun yer uchastkasiga yoki uning koʻchmas mulk obyekti egallagan hamda undan foydalanish uchun zarur boʻlgan qismiga boʻlgan mulk huquqi, agar boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasi bilan boshqasi nazarda tutilmagan boʻlsa, qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasida joylashgan barcha binolar va inshootlarga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi munosabati bilan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqining oʻtishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldi-sotdi va boshqa shaxsga oʻtishning boshqa turlariga oid shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorlarning yoki ular tomonidan vakolatlangan shaxslarning qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarori yoxud davlat ijrochisining qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz undiruvchi hamda qarzdor oʻrtasida bino va inshootlarni topshirish toʻgʻrisidagi davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar undan boshqaga oʻtadigan shaxsning yer uchastkasiga oid huquq belgilovchi hujjatlari asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim binolar va inshootlarga yoki ularning bir qismiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi munosabati bilan vujudga kelgan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqining boshqa shaxsga oʻtishi davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan tuzilgan, tuman (shahar) qurilish boʻlimi va huquq egasi bilan kelishilgan yer uchastkasini boʻlish hamda uning yangi chegaralarini belgilash haqidagi dalolatnoma asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Nizo mavjud boʻlgan taqdirda boʻlish davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan amalga oshirilib, tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlanadi va keyinchalik yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi va Reyestrdan tegishli koʻchirma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yer uchastkasiga boʻlgan huquq yangi huquq egasiga imorat va inshootlarga boʻlgan huquqning oldingi egasida boʻlgan shaklda oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlingan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi va shaharsozlik faoliyati qoidalariga rioya etilishi uchun javobgarlik huquq egalariga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yer uchastkasining umumiy maydoni va chegaralari, unga boʻlgan ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan huquq turi oʻzgargan taqdirda, axborot-dasturiy kompleks orqali axborot beradigan organlar davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida maʼlumotlarni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot bergan organ tomonidan yuborilgan hujjatlar tekshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda saqlanadigan mavjud reja-kartografik materiallardan foydalanib, yer uchastkasining yangi kadastr rejasi chiziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrga, shuningdek, kadastr yigʻmajildiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlar natijalariga koʻra, yuridik va jismoniy shaxsga Reyestrdan koʻchirma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilangan cheklovlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni cheklash meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini garovga qoʻyishda, yer uchastkasiga ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning cheklanishi Reyestrga huquqlarning cheklanishi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini koʻrsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni garovga (ipotekaga) qoʻyishda cheklovlar mazkur Nizomning 6-bobida tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yer uchastkasiga boʻlgan servitut davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish servitut belgilanishidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasi asosida, servitut belgilanishidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxs va yerlarida servitut belgilanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs oʻrtasida tuzilgan yozma kelishuv asosida yoki sud qarori boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Reyestrga servitut belgilanishi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini koʻrsatgan holda tegishli yozuv kiritish va Reyestrdan koʻchirma berish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasiga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda servitut saqlanib qolinadi va belgilash uchun asoslar bekor boʻlgan hollarda bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda bekor qilinishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yoki yer qonunchiligining buzilishi munosabati bilan olib qoʻyilishi yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni unda joylashgan bino va inshootlar boshqa shaxsga oʻtishi munosabati bilan qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning yuridik shaxs Korxonalar va tashkilotlar yagona reyestridan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi axboroti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylarining boshqa shaxsga oʻtganligi munosabati bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar ham oʻzga shaxsga oʻtishi boʻyicha hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi Reyestrga huquqning bekor qilinganligi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini koʻrsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida ilgari berilgan hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga qaytarishga majbur va ushbu hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu band mulk huquqida boʻlgan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yer yuzida, yer tepasida va yer ostida joylashgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi, xoʻjalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, bu huquqlarning vujudga kelishi, oʻzga shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek bino va inshoot yoki ularning qismlari ijarasi huquqi ham bir yildan ortiq muddatga tuzilgan shartnoma asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer ostida joylashgan inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ularning tavsifi ushbu inshootlarning qurilish loyihasi maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Muayyan yuridik yoki jismoniy shaxsning alohida yer uchastkasida joylashgan, alohida kadastr raqamiga ega boʻlgan bino va inshootlarga, jumladan ular yonidagi qoʻshimcha xoʻjalik imoratlariga boʻlgan huquqi roʻyxatdan oʻtkazish obyekti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli qoʻshimcha xoʻjalik imoratlariga boʻlgan huquqlar asosiy bino yoki inshootdan alohida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarga va yashash uchun moʻljallanmagan joylarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish har bir mulkdor boʻyicha alohida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy-qurilish shirkatlariga tegishli uy-joylarga boʻlgan huquqlar tegishli shirkat nomiga, ushbu shirkat aʼzolari roʻyxati ilova qilingan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar tegishli loyiha tashkiloti tomonidan ularning qurilishi boshlanganligi tasdiqlangan taqdirda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi mumkin.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida sotib olingan, elektron auksion gʻoliblarida ularga nisbatan qabul qilingan majburiyatlar mavjud boʻlgan yer uchastkalarida, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasida joylashgan qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
(35-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarni boshqa shaxsga oʻtkazishda huquq egasining buyurtmasi boʻyicha yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi hujjatlar, yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida kadastr yigʻmajildi tayyorlanadi, shuningdek, qurilishi tugallanmagan bino va inshootga boʻlgan mulk huquqi roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar, shuningdek, qurilish davrida foydalanish uchun qurilgan vaqtinchalik imoratlarga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi, qonun hujjatlarida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Yuridik va jismoniy shaxslarning mulki boʻlgan binolar va inshootlar yuridik shaxslarning ustav fondiga kiritilgan taqdirda, ushbu bino va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi yuridik shaxslar nomiga roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonaga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi order asosida mazkur xususiylashtirilgan korxonaning quyidagi koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi (qonunga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno) davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan korxonalardagi davlat mulkini xususiylashtirishda aniqlanmagan koʻchmas mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirishda tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan, korxona hududida joylashgan koʻchmas mulk.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini va boshqa shaxsga oʻtishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshoot boʻyicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga oldi-sotdi shartnomasi;
(39-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing shartnomasi;
(39-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino, inshoot, turar joyni hadya etish toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino, inshoot, turar joyni ayirboshlash toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyni boshqa shaxsga renta toʻlovi sharti bilan oʻtkazilishi nazarda tutiladigan notarial tartibda tasdiqlangan renta shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyini tasarruf etish huquqi bilan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial tartibda tasdiqlangan meros qilib olish huquqi va er-xotinlarning umumiy mulki boʻlgan bino, inshootning tegishli qismiga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektini yuridik shaxslarning ustav jamgʻarmasiga ulush sifatida berish shartnomasi;
(39-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektini muassisga uning ulushini qaytarib berish sifatida shartnomasi;
(39-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) qurilish boʻlimining noturar joy binosini turarjoy toifasiga oʻtkazishga ruxsati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki boʻlgan binolar va inshootlar sotilgan taqdirda binolar va inshootlarga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish binolar va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi, binolar va inshootlar Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxsga sotilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi axborot soliq organlari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga axborot-kommunikatsiya tizimi orqali bir kunlik muddatda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Oʻzbekiston SSRning qonun hujjatlari amal qilgan davrda bunyod etilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati organlarining kapital qurilish va keyinchalik foydalanish uchun yer uchastkalarini muddatsiz foydalanishga berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlarning binolar va inshootlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlari, qarorlari, farmoyishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, mulkni boʻlish, koʻchmas mulkni umrbod taʼminlash sharti bilan boshqaga oʻtkazish, imorat solish, shaxsiy mulk huquqida uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish, yakka tartibdagi imorat soluvchilar uy-joy-qurilishi jamoalariga uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish, er-xotin oʻrtasida uylarni boʻlish toʻgʻrisida notarial tasdiqlangan shartnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar va tuman Xalq deputatlari kengashlari ijroiya qoʻmitalarining imoratlarga boʻlgan mulk huquqini tan olish (mavjud hujjatlar asosida) toʻgʻrisidagi qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy mulk boʻlgan imoratning tegishli ulushiga boʻlgan meros qilib olish huquqi toʻgʻrisidagi va mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalar hamda uy kimoshdi savdosida xarid qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalarning dublikatlari, nusxalari yoki oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan boshqaga oʻtkazish bitimlari amalga oshirilganligi, shuningdek, meros qilib olish toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining boshqaga oʻtganligini belgilovchi boshqa notarial hujjatlar berilganligi haqidagi davlat notarial idoralarning reyestrlaridan koʻchirmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Binolar va inshootlarga boʻlgan xoʻjalik yuritish huquqini va operativ boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining davlat tashkilotlarini tashkil etish va ularga koʻchmas mulkni xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqida berish haqidagi qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining binolar va inshootlarni muayyan davlat korxonalari hamda muassasalariga berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislarning binolar va inshootlarni ular tomonidan tashkil etiladigan muassasalarga berish toʻgʻrisidagi qarorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy-madaniy meros obyektlariga boʻlgan huquqlar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va inshootlar xatlab qoʻyilgani toʻgʻrisidagi xabarnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va inshootlarning boshqa shaxsga oʻtkazilishini taqiqlash toʻgʻrisidagi xabarnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va inshootlar ipotekasi toʻgʻrisidagi shartnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarning cheklanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor qilinishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga oluvchi organlarning yuridik shaxs Korxonalar va tashkilotlar yagona reyestridan chiqarilgani haqidagi maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli joylardagi davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarini ularda joylashgan binolar va inshootlar bilan birga jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarni, turar joylarni oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, turar joyni renta toʻlash sharti bilan boshqa shaxsga oʻtishi nazarda tutilgan, notarial tasdiqlangan shartnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdor yoki boshqa vakolatli organlarning binolar va inshootlarga boʻlgan xoʻjalik yuritish huquqini hamda operativ boshqarish huquqini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorning bino va inshootni buzib tashlash va balansdan chiqarish toʻgʻrisidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootning tabiiy ofatlar natijasida barham topganini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud undiruvchi va qarzdor oʻrtasida bino va inshootni berish toʻgʻrisida davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqning bekor boʻlishi binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarning bekor boʻlgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ushbu Nizomning 38 — 41-bandlarida koʻrsatilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligi yoki toʻgʻriligi haqida shubha tugʻilgan hollarda bino, inshootga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq masalasi sud tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bir nechta yuridik va jismoniy shaxslarga umumiy ulushli mulk huquqida tegishli boʻlgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar mulkdorlar nomiga huquq belgilovchi hujjatlarda koʻrsatilgan ulushlarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, ulushli mulk huquqi ishtirokchilari oʻzaro kelishuv boʻyicha umumiy bino va inshootning (xonalardan, kvartiralardan va h.k.) alohida qismlaridan (xonalardan), oʻzlarining ulushlariga muvofiq ravishda foydalanish tartibini belgilagan boʻlsalar va bu kelishuv notarial tasdiqlangan boʻlsa, u holda bunday kelishuv ularning murojaati boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Huquq belgilovchi hujjatlar sud tomonidan bedarak yoʻqolgan yoki oʻlgan deb topilgan mulkdorlarning oila aʼzolari yoki merosxoʻrlari tomonidan taqdim etilgan hollarda, binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar ularga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq meros qilib olish tartibida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Reyestrga ushbu obyektlarga boʻlgan muayyan yuridik va jismoniy shaxsning tegishli huquqlari toʻgʻrisida yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Koʻp yillik ekinlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) va fermer xoʻjaliklari uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruxsati bilan oʻz mablagʻlari hisobiga ularning mulki boʻlgan koʻp yillik daraxtlarni, oʻrmon daraxtlarini ham ekish huquqiga egadirlar va ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ijarachi agar shartnomada yerlarni bogʻdorchilik, uzumchilik, tutchilik yoki koʻp yillik daraxtlar ekish bilan bogʻliq boshqa faoliyatni amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa, mustaqil ravishda koʻp yillik daraxtlar ekish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ijaraga olingan yer uchastkasida ijaraga beruvchining ruxsati bilan koʻp yillik daraxtlar ekilgan boʻlsa, unda shartnoma muddati oʻtishi yoki uni muddatidan oldin bekor qilinganda ijarachi ushbu maqsad uchun amalga oshirilgan xarajatlarni qoplashni talab qilish (shartnomada boshqacha tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa) huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga olingan yer uchastkasida ijaraga beruvchining ruxsatisiz ekilgan koʻp yillik daraxtlar shartnomaning muddati oʻtganda yoki u bekor qilinganda ijaraga beruvchiga bepul oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlarining (shirkat xoʻjaliklarining) bogʻ va tokzorlarini fuqarolarga fermer xoʻjaligi tashkil etish uchun auksion asosida sotish toʻgʻrisidagi komissiya bayonnomasi hamda tuman (shahar) hokimi va ijarachi oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻdorchilikka, uzumchilikka, tutchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaligi tashkil qilish uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi va ijarachi oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻdorchilikka, uzumchilikka, tutchilikka ixtisoslashmagan fermer xoʻjaligi tashkil qilish uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi va ijarachi oʻrtasida tuzilgan va koʻp yillik ekinlar ekishga ruxsat berilgan shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnomaga koʻp yillik daraxtlar oʻtqazish huquqini berish toʻgʻrisida tuzilgan qoʻshimcha bitim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi va sotib oluvchi oʻrtasida yozma ravishda tuzilgan koʻp yillik ekinlarning oldi-sotdi shartnomasi va tuman (shahar) hokimining yer uchastkasini koʻp yillik daraxtlarni sotib oluvchiga qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organining bogʻdorchilikka, uzumchilikka va tutchilikka ixtisoslashgan hamda koʻp yillik ekinlar ekish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni yuritish uchun yer uchastkalarini berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarori yoki davlat ijrochisi qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan koʻp yillik ekinlarni berish dalolatnomasi koʻp yillik ekinlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibda uy-joy qurish, dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaligini yuritish va jamoat bogʻdorchiligi va uzumchilik xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalarida oʻstirilgan koʻp yillik ekinlarga boʻlgan mulk huquqi joylardagi davlat hokimiyati organlarining ushbu maqsadlar uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlariga asosan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Koʻp yillik ekinlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Reyestrga koʻchmas mulkning mustaqil turi sifatida ekinlarning turi va sonini koʻrsatgan holda kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek, yer uchastkasiga boʻlgan ashyoviy huquqlar ipotekasi toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma (shu jumladan, navbatdagilari ham) notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Reyestrga tegishli yozuvni kiritish yoʻli bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma ipotekani shartnoma asosidagi davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun asosidagi ipotekani vujudga keltiradigan kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi. Qonun asosidagi ipoteka alohida ariza bermasdan hamda roʻyxatga olish uchun yigʻim toʻlamasdan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma asosida vujudga keladigan ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazishda notarial idoralar tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga elektron shaklda tuzilgan ipoteka shartnomasi haqida axborot taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani yuridik va jismoniy shaxslar arizalari asosida roʻyxatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvardan boshlab, qarz oluvchining qurilgan uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlash, shuningdek, uy-joyga boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazilgan mulk huquqi haqidagi hujjatning va kredit shartnomasining nusxalarini qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida shtamp bosilgan holda bankka taqdim etish majburiyati bekor qilinadi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish ariza davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan koʻrib chiqish uchun qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan Reyestrga ipoteka shartnomasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yozuv amalga oshirilgan sana ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatiga olingan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Agar, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan boʻlsa, bu toʻgʻrida Reyestrda koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunda Reyestrga “Garov xati berilgan” soʻzlari kiritiladi va davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan garov xatini dastlabki ipotekaga oluvchiga berish sanasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazishning amalga oshirilganligini tasdiqlash maqsadida ariza beruvchiga Reyestrdan koʻchirma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat mazmuni navbatdagi ipoteka bilan oʻzgartirilganda, shuningdek ipoteka predmetiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar bu mulkning haq evaziga yoxud haq olmasdan tasarrufdan chiqarilishi natijasida yoki universal huquqiy vorislik tartibida ipotekaga qoʻyuvchidan boshqa shaxsga oʻtkazilganida ipoteka qoʻshimcha ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Mazkur talabning bajarilmasligi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatda amalga oshirilgan oʻzgarishlar haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ipotekani qoʻshimcha ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkazishda quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrga shartnoma, ipoteka toʻgʻrisida yozuvlar ipoteka shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi va tartib raqami, koʻchmas mulk obyektiga nisbatan yangi egalik qiluvchining huquqlarini tasdiqlovchi hujjat (oldi-sotdi, hadya shartnomalari, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma va h. k.) rekvizitlarini kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrning tegishli ustunlarida dastlabki ipotekaga qoʻyuvchining huquqlarini cheklash (ularga shartlar belgilash) toʻgʻrisidagi avvalgi yozuvlar belgilangan tartibda, ipoteka toʻgʻrisidagi yangi yozuv inobatga olingan holda oʻzgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchi tomonidan nobud boʻlgan yoki shikastlangan koʻchmas mulk obyektini tiklash yoki almashtirish toʻgʻrisida bitim tuzilganda Reyestriga ushbu bitim rekvizitlari kiritiladi va avvalgi yozuvlar belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, qaysi shaxsning huquqlari ipoteka bilan cheklangan boʻlsa, shu shaxsning mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Qonun asosidagi ipoteka boʻyicha ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazishda Reyestrning tegishli ustunlariga yozuvlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Agar bitta koʻchmas mulk obyekti bir nechta ipotekaga oluvchilarda qonun asosidagi ipotekada boʻlsa, u holda Reyestrga ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Qonun asosidagi ipotekaning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlash maqsadida ariza beruvchiga Reyestrdan koʻchirma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Bir majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk obyekti (oldingi ipoteka) shu yoki boshqa qarzdorning boshqa majburiyati bajarilishini taʼminlash uchun oʻsha ipotekaga oluvchining oʻziga yoxud boshqa ipotekaga oluvchiga garovga berilishi mumkin (navbatdagi ipoteka).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Keyingi ipotekaga ayni ushbu koʻchmas mulk obyektining oldingi ipotekalari toʻgʻrisidagi barcha qayd yozuvlari haqida belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchiga keyingi ipotekani koʻrsatgan holda Reyestrdan koʻchirma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Navbatdagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish Reyestrga mazkur koʻchmas mulk obyektining oldingi ipotekalari toʻgʻrisida yozuvlar boʻlgan tegishli ustunlariga “Navbatdagi ipoteka” soʻzlarini kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Ipotekaga oluvchining ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlari, qonun hujjatlarida boshqacha tartib oʻrnatilmagan boʻlsa, garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin garov xati davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan ipotekaga qoʻyuvchi bilan ipotekaga oluvchi ishtirokida rasmiylashtiriladi va dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov xatining barcha varaqlari bir butun hujjatni tashkil qiladi, ular raqamlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Garov xati bekor qilingan va shu bilan bir vaqtda yangi garov xati berilgan taqdirda, ipotekaga qoʻyuvchi davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va bu haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi ariza bilan birga yangi garov xatini beradi, ushbu garov xati ipotekaga oluvchiga uning qonuniy egaligida turgan garov xati oʻrniga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Garov xatining mazmuni ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomaga yoki ipoteka bilan taʼminlangan shartnomaga majburiyatga muvofiq kelmasa, amaldagi garov xati ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan bekor qilinadi va yangi garov xati tuziladi, u rasmiylashtirish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Yangi garov xati ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan kiritiladigan maʼlumotlardan tashqari, yangi garov xati berilgan sanani oʻz ichiga olishi, unda davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan garov xati roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida belgi qoʻyilishi va muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Bekor qilingan garov xati birinchi varagʻining old tomoniga roʻyxatdan oʻtkazish yozuvini bekor qilish haqida “Bekor qilindi” shtampi bosiladi, unda bekor qilingan garov xatining bekor qilish sanasiga mos keladigan sana, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ rahbarining familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari va imzosi koʻrsatiladi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bekor qilingan garov xati davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ipoteka toʻgʻrisidagi roʻyxatdan oʻtkazish yozuvini Reyestrdan chiqarib tashlash vaqtigacha saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Garov xati yoʻqolgan taqdirda ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan garov xatining dublikati tuziladi va davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga garov dublikatini rasmiylashtirish uchun topshiriladi, rasmiylashtirish bir kun mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Garov xatining mazmuni oʻzgargan taqdirda uning egasi yangi garov xatini roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ garov xati mazmunining oʻzgargani toʻgʻrisidagi bitim davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani haqidagi yozuvni Reyestrga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Garov xatining mazmunini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani bitimga hujjatlardagi roʻyxatdan oʻtkazilganlik ustxati shtampi bosish yoʻli bilan tasdiqlanadi, unda “Davlat roʻyxatidan oʻtkazildi” soʻzlaridan oldin “Garov xatining mazmunini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim” soʻzlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Garov xatining ajralmas qismi boʻlgan mazmunini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimning asl nusxasi garov xatiga ilova qilinadi va unga tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Garov xatining qonuniy egasi davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organdan oʻzining ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Garov xatining qonuniy egasi bir ish kuni mobaynida quyidagilar asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov xati boʻyicha huquqni belgilangan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazish hamda garov xatiga belgi qoʻyish asosida, agar bunday yozuvni kiritgan shaxs garov xatining qonuniy egasi yoki ipotekaga oluvchi boʻlsa, garovga oʻtkazishga doir maxsus yozuv uning nomiga yozilgan va garov xatini belgilangan tartibda sotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov xati boʻyicha huquqlar yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi natijasida yoki meros tartibida boshqa shaxslarga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov xati boʻyicha huquqlar ariza beruvchiga tegishli deb topilgani toʻgʻrisidagi sud qarori asosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Garov xatining qonuniy egasini roʻyxatdan oʻtkazish Reyestrning dastlabki ipotekaga oluvchi yoki garov xatining oldingi qonuniy egasi koʻrsatilgan ustuniga garov xatining yangi qonuniy egasi toʻgʻrisida yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Reyestrdagi oldingi yozuv belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Garov xatining egasiga Reyestrga tegishli roʻyxatdan oʻtkazish yozuvi kiritilganligini tasdiqlash maqsadida uning arizasi asosida belgilangan tartibda Reyestrdan koʻchirma berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda roʻyxatdan oʻtkazilgan huquq cheklovlari (shartlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirishda mazkur koʻchirmaga ipoteka koʻrsatilgandan soʻng “Garov xatining qonuniy egasi” soʻzlari va yangi ipotekaga oluvchi (garov xatining yangi qonuniy egasi) toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Garov xatining garovini Reyestrga tegishli yozuvlar kiritish orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Reyestrdan koʻchirmalarni tayyorlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Yuridik va jismoniy shaxslar Reyestrdan koʻchirmalarni elektron shaklda Davlat xizmatlarining yagona portali yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi rasmiy saytidan olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Bitta yer uchastkasida joylashgan alohida binolar va inshootlar yoxud ularning bir qismi boshqa shaxslarga oʻtkazilganda, notarial idoralar soʻrovi boʻyicha Reyestrdan koʻchirma tayyorlashdan oldin ikki ish kuni mobaynida joyga chiqib boshqa shaxslarga oʻtkazilayotgan binolar, inshootlar yoki ularning bir qismi tarkibi aniqlanadi, shundan soʻng mazkur bobda belgilangan tartibda Reyestrdan tegishli koʻchirma tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Yuridik va jismoniy shaxslarda Reyestrda roʻyxatga olingan huquqlar mavjud boʻlmagan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazilgan koʻchmas mulk obyektining yoʻqligi haqida Reyestrdan koʻchirma beriladi, bu koʻchirma yuridik yoki jismoniy shaxsda koʻchmas mulk obyekti yoʻqligining tasdigʻi (maʼlumotnoma) boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Koʻchirmada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat yer kadastrida hamda binolar va inshootlar davlat kadastrida mavjud koʻchmas mulk obyektining texnik parametrlari haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq egalari haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrda mavjud roʻyxatga olingan huquqlar haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar, tergov organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilganligi haqida, sanani, qaysi hujjat asosida va qaysi organ tomonidan taqiqlar yoki xatlov qoʻyilganini, shuningdek, ularni roʻyxatdan oʻtkazish sanasi va raqamini koʻrsatgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka hamda binolar va inshootlar ipotekasi shartnomasini, shuningdek yer uchastkalariga boʻlgan ashyoviy huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan servitutning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va imoratlar yoki ularning qismlari ijarasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarori boʻyicha moʻljallanayotgan bino, inshootni buzish haqidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Vakolatli davlat organlari, huquq egalari yoxud huquq egasining ishonchnomasi asosida harakat qiluvchi shaxslar murojaatlari boʻyicha koʻchmas mulk obyektiga huquqlarni belgilovchi va texnik hujjatlarning nusxalari berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Yuridik va jismoniy shaxslar koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi nizolar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari huzuridagi komissiyalar tomonidan, ariza beruvchi ularning xulosalaridan norozi boʻlgan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi huzuridagi komissiya tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar davlat reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“____” ____________da kelib tushgan “____” ___________gi buyurtma asosida maʼlum qilamizki, Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga quyidagilarga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida yozuv kiritilgan:
Davlat xizmatlari markazi xodimi: _____________________
Agar sizda koʻchirmaning haqiqiyligini tekshirish zarurati yuzaga kelsa, pastki chap burchakdagi QR-kodni skanerlang
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu koʻchirmadagi maʼlumotlardan huquq egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan usullar va shaklda foydalanish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Masʼul shaxslar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Yuridik yoki jismoniy shaxs
1.Davlat xizmatlari markaziga yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanoma beradi.
2.Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlashda, koʻchmas mulkning bir qismiga boʻlgan huquqlar yuzaga kelishi, cheklanishi (saqlash) va bekor qilinishi hollaridan tashqari — davlat notarial idoralariga, koʻchmas mulk obyektlari (davlat aktivlari qismida) “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksion orqali sotilganda — Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga, noturar koʻchmas mulk obyektlari bilan bitimlarda — rieltorlik tashkilotlariga, qurilishi tugallangan uy-joyni rasmiylashtirishda — tijorat banklariga (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) murojaat qiladi.
3.Roʻyxatga olish uchun yigʻim toʻlaydi.
Huquqlar yuzaga kelgan paytdan boshlab bir oy mobaynida
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi,
tashkilot
Hujjatlarni Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filialiga koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuboradi.
Bir soat mobaynida
3-bosqich
Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali
Taqdim etilgan hujjatlarni qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganadi.
Quyidagi harakatlardan birini bajaradi:
1. Rad etish uchun sabablar boʻlmaganda, koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni roʻyxatga oladi. Koʻchirmani elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga yoki tegishli tashkilotga yuboradi.
2 ish kuni mobaynida
2. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazish uch kun muddatga toʻxtatilganligi haqida buning sabablarini koʻrsatgan holda xabarnoma beradi va uni Davlat xizmatlari markaziga yoki tegishli tashkilotga yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
3. Taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq kelmaganda, koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazishni sabablarini koʻrsatgan holda rad etadi va rad etish haqidagi xatni Davlat xizmatlari markaziga yoki tegishli tashkilotga yuboradi.
2 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi,
tashkilot
Ariza beruvchiga Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali qarorining natijasini yuboradi.
Bir soat mobaynida
5-bosqich
Yuridik yoki jismoniy shaxs
Roʻyxatdan oʻtkazish toʻxtatib turilganda, koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etadi va zarur hujjatlarni Davlat xizmatlari markaziga yoki tegishli tashkilotga topshiradi.
3 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Davlat xizmatlari markazi,
tashkilot
Hujjatlarni Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filialiga yuboradi.
Bir soat mobaynida
7-bosqich
Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali
1. Taqdim etilgan hujjatlarni qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganadi.
2. Rad etish uchun sabablar boʻlmaganda koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazadi. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlar roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi koʻchirmani elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga yoki tegishli tashkilotga yuboradi.
3. Taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq kelmaganda, koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazishni sabablarini koʻrsatgan holda rad etadi va rad etish haqidagi xatni Davlat xizmatlari markaziga yoki tegishli tashkilotga yuboradi.
2 ish kuni mobaynida
8-bosqich
Davlat xizmatlari markazi,
tashkilot
Ariza beruvchiga Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali qarorining natijasini yuboradi.
Bir soat mobaynida
9-bosqich
Yuridik yoki jismoniy shaxs
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazishning rad etilganligi ustidan sud tartibida shikoyat berishga haqli.
Qonunchilikda belgilangan muddatlarda
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 1-modda) 1-bandi ikkinchi xatboshi va 1-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori)” 2014-yil 3-iyundagi 138-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 56-modda) ilovaning 22-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 71-modda) 2-bandining birinchi — yettinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori)” 2014-yil 6-noyabrdagi 309-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 46-son, 551-modda) ilovaning 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 1-son, 9-modda) ilovaning 47-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 40-bandiga qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 11-yanvardagi 6-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 2-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga koʻchmas mulkka oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 21-sentabrdagi 317-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 9-son, 86-modda) ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 20-modda) 4-ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qarori)” 2017-yil 16-avgustdagi 639-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 178-modda) 1-ilova 11-bandining “b” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qarori)” 2017-yil 29-avgustdagi 679-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 189-modda) ilovaning 22-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)” 2018-yil 22-yanvardagi 40-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 19-modda) ilovaning 11-bandi.