Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2022 13.07.2018 yildagi PQ-3852-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-avgustdagi PF-197-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda biznes yuritish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlarini mustahkamlash, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, chet el investitsiyalarini faol jalb etish va investorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning koʻlami va samaradorligi nafaqat mamlakatimizdagi investitsion faollikning ortishi bilan, balki nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklari tomonidan berilayotgan munosib baho bilan ham oʻz isbotini topmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, soʻnggi 5 yil davomida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingi 2 baravardan ortiq yaxshilanib, mamlakatimiz jahonning 190 ta mamlakati orasida 2012-yildagi 166-oʻrindan 2017-yilda 74-oʻringa koʻtarildi. Bundan tashqari, soʻnggi hisobotda mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish koʻrsatkichi boʻyicha islohotchi mamlakatlarning birinchi oʻntaligidan joy oldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Oʻzbekistondagi biznes yuritish uchun mavjud shart-sharoitlar xalqaro normalar va standartlar talablariga hanuzgacha toʻliq javob bermaydi. Ayrim davlat organlari tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida eʼlon qilingan islohotlarning amaldagi ijrosini yetarli darajada taʼminlamayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar faoliyatining aniq muvofiqlashtirib borilmasligi, shuningdek, ular rahbarlari javobgarligining past darajadaligi sababli ayrim sohalarda biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni amaliyotda roʻyobga chiqarish ustuvor vazifalar va islohotlarning oʻzaro bogʻliq yoʻnalishlarini eʼtiborga olmasdan amalga oshirilmoqda hamda barcha hollarda ham kutilgan samarani bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng kulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, xalqaro hamjamiyatda mamlakatning ijobiy qiyofasini shakllantirish, hududlarda biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash yuzasidan yakuniy natijalarga erishish uchun vakolatli organlar rahbarlarining javobgarligini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya muhitini yaxshilash sohasida olib borilayotgan islohotlarning strategik maqsadi — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun mamlakatda 2022-yilgacha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi (keyingi oʻrinlarda “Biznes yuritish” hisoboti deb yuritiladi) jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi darajasiga mos keladigan eng kulay shart-sharoitlarni yaratishdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi “Biznes yuritish” hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada oshirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish hamda bu yoʻnalishda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlarni sifatli amalga oshirish hamda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reyting koʻrsatkichlarini yaxshilash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarning roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari zimmasiga islohotlarni sifatli amalga oshirish hamda “Biznes yuritish” hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining tegishli koʻrsatkichlarini yaxshilash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va lozim darajada bajarish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Biznes yuritish” hisobotidagi Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada oshirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlar bilan oʻzaro amaliy hamkorlikni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon banki guruhi ekspertlari va “Biznes yuritish” jamoasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini asoslash boʻyicha muzokaralar oʻtkazish uchun har yili idoralararo ishchi guruhni Vashington shahriga (AQSh) yuborishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda eng muhim xalqaro reytinglarni va tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda oxirgi ikki yilda egallab turgan mavqeyini chuqur oʻrganishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda tegishli xalqaro reytinglarda Oʻzbekiston Respublikasining mavqeyini yaxshilash boʻyicha aniq takliflar tayyorlashni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda har yili:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fevral-mart oylarida “Biznes yuritish” hisobotini tayyorlash doirasida Jahon banki ekspertlari tomonidan yuboriladigan savolnomalarni oʻrganilayotgan yoʻnalishlarda amalga oshirilgan islohotlar va qonun hujjatlari normalarini inobatga olgan holda sifatli va oʻz vaqtida toʻldirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-noyabrga kadar eʼlon qilingan “Biznes yuritish” hisoboti natijalarini oʻrganishni hamda u boʻyicha keyinchalik Jahon banki va “Biznes yuritish” jamoasiga taqdim etish uchun oʻrganilayotgan har bir yoʻnalish kesimida asoslantirilgan dalillar va statistik maʼlumotlardan iborat sharhlarni tayyorlashni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Biznes yuritish” hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalari haqida ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini har chorakda eshitib borsin, keyinchalik tegishli yoʻnalishlarda biznes yuritish uchun shart-sharoitlarni yaxshilashni taʼminlamagan rahbarlarga nisbatan chora koʻrish yuzasidan takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichi reyting tuzish metodologiyasi talablariga muvofiqligini baholagan holda “Biznes yuritish” hisobotlarini tanqidiy oʻrganib borsin va har yili 1-dekabrga kadar “Biznes yuritish” hisobotida respublikaning alohida koʻrsatkichlarini yaxshilash maqsadida ishbilarmonlik muhiti va qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq amalga oshiriladigan tadbirlar hamda loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining texnik koʻmagi, grantlari va kreditlarini jalb etish yuzasidan zarur tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini hamda “Biznes yuritish” hisoboti yoʻnalishlari yuzasidan qonun hujjatlari talablarining amaliyotga joriy etilishini xolisona baholash uchun har yili tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida, shu jumladan ularning murojaatlarini qabul qilish, qayta ishlash, koʻrib chiqish va takliflarini muhokama qilish boʻyicha maxsus portal orqali soʻrovlar oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish doirasida qonun hujjatlari talablarining amaliyotga joriy etilishini tizimli ravishda oʻrganib borsin, bunda tasdiqlangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlamagan hamda kechikishlarga yoʻl qoʻygan davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan aniq taʼsir choralarini koʻllasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 13-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3852-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Korxonalarni roʻyxatga olish

1.

Quyidagi tartibni oʻrnatish boʻyicha takliflar kiritish, unga muvofiq:

barcha davlat va bank-moliya tashkilotlarining axborot tizimlarida jismoniy va yuridik shaxslarning yagona identifikatorlari — xizmatlar koʻrsatishda ularni identifikatsiya qilish uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)dan foydalaniladi;

Idoralararo axborot ayirboshlashda boshqa identifikatorlardan foydalanish, shuningdek, jismoniy va yuridi� shaxslardan identifikatorlari boshqa boʻlgan qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish taqiqlanadi.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A. Axmedxodjayev),
DPM (N. Turaxodjayev),
IIV (P. Bobojonov),
DSQ (B. Musayev),
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov)

2.

Arizachilarni sirtdan identifikatsiya qilish uchun Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (FATF) talablariga muvofiq zarur shart-sharoitlar yaratgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari — jismoniy shaxslar muassis boʻlganlari taqdirda yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida ularga masofadan turib bank hisobvaraqlari ochish huquqini berish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Markaziy bank (M. Nurmuratov),
Adliya vazirligi (R. Davletov), SSP (A. Ikramov),
Bosh prokuratura (O. Murodov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev)

3.

Shunday tartib oʻrnatiladiki, unga muvofiq davlat organlari va boshqa tashkilotlarga tadbirkorlik subyektlaridan hujjatlarga muhr bosishni talab qilish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash toʻgʻrisida talab qoʻyish taqiqlanadi.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

SSP (A. Ikramov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov),
DSQ (B. Musayev),
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov)

4.

Oʻrnatiladigan tartibga muvofiq tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda arizachilar davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizasida:

soliqqa tortish tartibini (umumoʻrnatilgan soliqlarni toʻlash yoki soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash);

yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxs direktori funksiyalarini amalga oshirayotgan shaxsni koʻrsatadilar.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil oktyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), DSQ (B. Musayev),
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov)

5.

Ustav fondining minimal miqdorini shakllantirish litsenziya talablarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno qilingan holda, ustav fondi (ustav kapitali)ning minimal miqdori yuridik shaxslar uchun majburiy ravishda mavjud boʻlishi toʻgʻrisidagi talabni bekor qilish maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2018-yil sentyabr

Raqobat davlat qoʻmitasi (R. Gʻu�omov),
Adliya vazirligi (R. Davletov), LBMA (Sh. Sodiqov),
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), DSQ (B. Musayev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev)

6.

Hujjatlarda buxgalter imzosi qoʻyilishi majburiyligi toʻgʻrisidagi talabni bekor qilish xususida qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish, va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq holga keltirish unga muvofiq buxgalterlik hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb etilgan buxgalter xizmatlaridan foydalanish buxgalterlik hisobi subyekti rahbarining majburiyati emas, balki huquqi hisoblanadi.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil

Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Adliya vazirligi (R. Davletov), DSQ (B. Musayev), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov)

7.

Yuridik shaxs toʻgʻrisidagi asosiy axborot (firma nomi, identifikatsiya raqami, roʻyxatga olingan sana, tashkiliy-huquqiy shakli, manzil (joylashgan manzili), direktorlar va muassislar toʻgʻrisidagi (ularning ulushlari koʻrsatilgan) maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda Internet tarmogʻidan ochiq foydalanishni taʼminlash.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil avgust

Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev),
Raqobat davlat qoʻmitasi (R. Gʻulomov)

II. Qurilishga ruxsatnoma olish

8.

Yuridik shaxslarga yer uchastkalarini muayyan maqsadsiz, ammo mazkur yer uchastkasida qurilishi taqiqlangan obyektlarni koʻrsatgan holda doimiy foydalanishga taqdim etish masalasini oʻrganish va uning tartibini belgilash boʻyicha asoslangan takliflar kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2018-yil sentyabr

Qurilish vazirligi
(A. Toʻxtayev), “Yer�eodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev),
SSP (A. Ikramov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A. Axmedxodjayev),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

9.

Obyektlarning fizika koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha obyektlar murakkabligi toifalarining Klassifikatorini qayta koʻrib chiqish yuzasidan takliflar kiritish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev),
LBMA (Sh. Sodiqov)

10.

Davlat ekologik ekspertizasi oʻtkaziladigan faoliyat turlari Roʻyxatini qayta koʻrib chiqish hamda atrof-muhitga mahalliy taʼsir qiluvchi toifaga kiradigan ayrim obyektlarni ekologik ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabni bekor qilish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va q�shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
(B. Qoʻchqorov),
Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev), LBMA (Sh. Sodiqov), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev)

11.

Oʻrnatiladigan tartibga muvofiq qurilish organlari qurilish loyihalarini boshqa organlar, jumladan, arizachilarni jalb etmasdan idoralararo hamkorlik, shu jumladan elektron koʻrinishidagi hamkorlik vositasida “yagona darcha” prinsipi boʻyicha davlat yongʻin nazorati hududiy organlari bilan kelishish funksiyasini bajaradilar.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev), LBMA (Sh. Sodiqov), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

12.

Shunday tartib oʻrnatish boʻyicha takliflar kiritiladiki, unga muvofiq:

qurilish-montaj ishlari kelishilgan qurilish loyihasi asosida boshlanadi;
qurilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyalarning nazorat funksiyalari buyurtmachi tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlangani toʻgʻrisida yuboriladigan bildirishnoma asosida boshlanadi;
qurilishi tugallangan bino va inshootga egalik huquqi qabul qilish akti asosida davlat roʻyxatiga olinadi.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev),
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev),
LBMA (Sh. Sodiqov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

13.

Muhandislar milliy uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini koʻrish. Shunday talab oʻrnatish boʻyicha takliflar kiritilsinki, unga muvofiq qurilish vaqtida texnik nazoratni amalga oshirayotgan xodim muhandislar milliy uyushmasi aʼzosi boʻlishi yoxud tegishli malaka imtihonidan oʻtishi lozim.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil sentyabr

Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmanov),
LBMA (Sh. Sodiqov)

III. Elektr taʼminoti tizimiga ulanish

14.

Tadbirkorlik subyektlarini “batamom tayyor holda” elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha ishlarni bajarishga ixtisoslashgan tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish orqali tadbirkorlik subyektlarining elektr tarmoqlariga ulanish sarf-xarajatlarini optimallashtirish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
“Oʻzdavenergonazorat” DI (D. Isaqulov)
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), LBMA (Sh. Sodiqov)

15.

Har bir yangi isteʼmolchi — tadbirkorlik subyekti bilan alohida-alohida shartnoma tuzish tartibini bekor qilgan holda oshkora oferta (taklif) asosida elektr taʼminoti shartnomalarini tuzish tizimini joriy etish imkoniyatini oʻrganish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2018-yil sentyabr

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
Moliya vazirligi (D. Qoʻchqorov),
Raqobat davlat qoʻmitasi (R. Gʻulomov),
LBMA (Sh. Sodiqov)

16.

Oʻrnatiladigan tartibga muvofiq vakolatli organ tomonidan elektr taʼminoti tarmoqlariga ulanish loyihalarini belgilangan muddatlarda kelishishni taʼminlamagan taqdirda mazkur loyiha kelishilgan deb hisoblanadi.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“Oʻzdavenergonazorat” DI (D. Isaqulov),
“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev), UJKXKV (M. Soliyev)

17.

Elektr tarmoqlariga ulanadigan elektr qurilmalarning kuchlanish quvvatiga qarab isteʼmolchilar — tadbirkorlik subyektlarining elektr taʼminoti loyihalarini va elektr qurilmalarini ulashni kelishishning tabaqalashtirilgan muddatlarini belgilash.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“Oʻzdavenergonazorat” DI (D. Isaqulov),
“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), LBMA (Sh. Sodiqov)

18.

Choraklar boʻyicha taqsimlagan holda kelgusi yil uchun elektr energiyasi isteʼmolining prognoz qilinadigan hajmiga buyurtma berish talabini bekor qilish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), LBMA (Sh. Sodiqov)

IV. Mulkni roʻyxatdan oʻtkazish

19.

Davlat soliq xizmati, qurilish organlari, notarial idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va ichki ishlar organlarining “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy organlari bilan elektron hamkorlik qilish tartibini, shuningdek, zarur axborotni ichki idoraviy ayirboshlash tartibini takomillashtirish.

Soliq toʻlovchilar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga yer soligʻi va mulk soligʻi boʻyicha soliqqa tortish obyektlarini hisobga qoʻyish toʻgʻrisida arizalar taqdim etishlarini bekor qilish yuzasidan takliflar kiritish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev),
DSQ (B. Musayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev),
Bosh prokuratura huzuridagi byuro (B. Qudratxoʻjayev)
IIV (P. Bobojonov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev)

20.

Huquq turi yoki egasi oʻzgargan taqdirda koʻchmas mulkning joriy parametrlarini yangilash maqsadida faqat mulkdorning soʻrovnomasi boʻyicha texnik tekshiruvni amalga oshirish tartibini belgilagan holda texnik inventarizatsiyani oʻtkazish tartibini bekor qilish maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2018-yil sentyabr

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov), LBMA (Sh. Sodiqov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

21.

Tadbirkorlik subyektlarining mulkini Internet tarmogʻida joylashtirish orqali koʻchmas mulk huquqi va ular bilan boʻladigan bitimlarning Davlat reyestri maʼlumotlarini erkin olishni taʼminlash. Oʻrnatiladigan tartibga muvofiq Davlat reyestri tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulkka boʻlgan roʻyxatga olingan huquqlari toʻgʻrisidagi rasmiy axborot manbai hisoblanadi, undagi mavjud axborotning ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi.

Tashkiliy tadbirl�r. Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev),
DSQ (B. Musayev),
Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A. Axmedxodjayev)

22.

Quyidagi mexanizmni joriy etish:

real vaqt rejimida koʻchmas mulk boʻyicha murakkabliklar mavjudligi faktini koʻrsatgan holda koʻchmas mulk huquqi va u bilan boʻlgan bitimlarning Davlat reyestridan koʻchirmalar berish;

koʻchmas mulk huquqi va u bilan boʻlgan bitimlarning Davlat reyestridagi mavjud maʼlumotlarni masofaviy tarzda elektron shaklda aktuallashtirish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev),
DSQ (B. Musayev),
Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev), LBMA (Sh. Sodiqov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev)

23.

Koʻchmas mulk huquqini davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnomani qogʻoz holida berish tartibini bekor qilish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

24.

Koʻchmas mulk huquqini davlat roʻyxatiga olish sohasidagi nizolarni sudgacha tartibga solishning mustaqil mexanizmini yaratish maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil noyabr

“E�geodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov), LBMA (Sh. Sodiqov)

25.

Binolar va inshootlarning Davlat kadastrida va Davlat yer kadastrida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni raqamli formatga oʻtkazishni taʼminlagan holda Milliy geografik axborot tizimi va Yagona davlat kadastrlari tizimini yaratish borasidagi ishlarni nihoyasiga yetkazish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil dekabr

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev),
Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev)

26.

Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni roʻyxatga olgan organ tomonidan tasdiqlangan ishonarsiz axborot asosida koʻchmas mulk boʻyicha halol bitim tuzgan tomonga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash mexanizmini yaratish masalasini oʻrganish. Natijalar boʻyicha asoslangan takliflar kiritish.

�ahliliy maʼlumotnoma

2018-yil noyabr

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
DSQ (B. Musayev),
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

27.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish sohasidagi nizomlar boʻyicha sud ishlari toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni majburiy eʼlon qilish tartibini oʻrnatish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil noyabr

Oliy sud (K. Komilov)

V. Kreditlar olish

28.

Kreditlar toʻgʻrisidagi axborot ayirboshlash tizimini takomillashtirish va quyidagilar orqali kredit byurolari faoliyatini tashkil etish:

kredit byurosiga qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish, respublika hududlarida filiallar va vakolatxonalar ochish;

kredit axboroti yetkazib beruvchilar doirasini kengaytirish;

kredit byurosi bilan boshqa tashkilotlar oʻrtasida elektron axborot ayirboshlashning zamonaviy usullarini tatbiq etish huquqini berish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil avgust

Markaziy bank (M. Nurmuratov), LBMA (Sh. Sodiqov),
UJKXKV (M. Soliyev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Banklar assotsiatsiyasi (B. Xamidov)

VI. Merosxoʻr (minoritar) investorlarni himoya qilish

29.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritish:

qarashli boʻlgan shaxslar bilan bitim tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborotni 72 soat mobaynida jamiyat tomonidan Yagona korporativ axborot portalida, jamiyatning rasmiy veb-saytida eʼlon qilish;

jamiyatga zarar yetkazishda aybdor deb topilgan taqdirda, kuzatuv kengashining aʼzosi, direktor yoki jamiyat boshqaruvi aʼzosini aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi organlaridagi lavozimidan (kamida bir yil muddatga) sud tomonidan chetlashtirish;

katta hajmdagi bitimni yoki qarashli boʻlgan shaxs bilan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilgan aksiyadorga ushbu bitimga taalluqli barcha hujjatlardan foydalanishni taʼminlash, davlat siri yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sir mavjud boʻlgan hujjatlar bundan mustasno;

jamiyat tomonidan joylashtiriladigan qoʻshimcha aksiyalarni sotib olishda aksiyadorlarning ustun huquqqa ega boʻlishi;

aksiyalari fond birjasining kotirovkali varagʻiga kiritilgan jamiyatning kuzatuv kengashi huzurida faqat mazkur kengash aʼzolaridan iborat boʻlgan audit boʻyicha qoʻmita tashkil etish;

aksiyalari fond birjasining kotirovkali varagʻiga kiritilgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil aʼzoni kiritish;

aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanagacha yigirma bir kundan kechiktirmay aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqidagi xabarni, aksiyalari fond birjasining kotirovkali varagʻiga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatining majburiyati haqidagi xabarni jamiyat tomonidan Yagona korporativ axborot portalida va jamiyatning rasmiy veb-saytida eʼlon qilish, boshqa yuridik shaxslar aksiyalari (ulushlari, paylari)ning
5 foizi va undan koʻproq foizlariga egalik toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish;

jamiyatga:

1) chalgʻituvchi yoki bila turib yolgʻon axborot berish;

2) katta hajmdagi bitimlar va (yoki) qarashli boʻlgan shaxslar bilan jumladan ular yoxud ularga qarashli boʻlgan shaxslar tomonidan foyda (daromad) olish maqsadida bitim tuzishga taklif va (yoki) ularni tuzish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish natijasida jamiyatga yetkazilgan zarar uchun jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzosini, direktori yoki jamiyat boshqaruv aʼzosini javobgarlikka tortish mumkinligi.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Raqobat davlat qoʻmitasi (R. Gʻulomov),
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), LBMA (Sh. Sodiqov),
SSP (A. Ikramov),
Bosh prokuratura (O. Murodov),
Oliy sud (K. Komilov)

30.

Oʻrnatiladigan tartibga muvofiq, 2018-yil 1-avgustdan boshlab:

aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalida ulushi oʻn besh foizdan kam boʻlmagan xorijiy investorning mavjud boʻlishi majburiyligi toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi;

tashkil etilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini xarid qilish (sotish) uchun xorijiy investorlar — norezidentlar (yuridik shaxslar) Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida hisobvaraqlarni ochish va xorijiy valyutani xarid qilish (sotish)ga haqlidirlar, ularning investitsiyaviy vositachilari esa mijoz — norezident nomidan va uning hisobidan xorijiy valyuta xarid qilish (sotish) uchun tijorat banklariga buyurtma berish huquqiga egadirlar;

jamiyatlarning aksiyalari, korporativ va infratuzilmaviy obligatsiyalarini reklama qilish va taklif etish ularning chiqarilishi davlat roʻyxatiga olingunga qadar amalga oshirilishi mumkin.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil iyul

Raqobat davlat qoʻmitasi (R. Gʻulomov),
LBMA (Sh. Sodiqov),
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), SSP (A. Ikramov)

31.

Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritish;

jamiyat qatnashchisi oʻz ulushini (ulushning bir qismini) uchinchi shaxsga sotishga haqlidir, faqat bunda jamiyatning boshqa aʼzolari va jamiyatning oʻzi ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishdagi ustunlik huquqidan foydalanmagan boʻlishi kerak;

jamiyat ulushining 50% va undan koʻproq foiziga egalik qilayotgan shaxs (davlat bundan mustasno), oʻttiz kun mobaynida qolgan ulushlarning egalariga, agar bunga qadar shaxs mazkur jamiyat ulushlariga egalik qilmagan yoki 50%dan kamroq ulushlarga egalik qilgan taqdirda unga oʻz ulushlarini bozor qiymatida sotish taklifini eʼlon qilishi shart;
dividendlarni toʻlash muddati ularni toʻlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab oltmish kundan kechiktirilmasligi zarur.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Raqobat davlat qoʻmitasi (R. Gʻulomov),
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), LBMA (Sh. Sodiqov),
SSP (A. Ikramov),
Bosh prokuratura (O. Murodov),
Oliy sud (K. Komilov)

VII. Xalqaro savdo

32.

Tovarlar eksporti va importida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

eksport va import operatsiyalarini “yagona darcha” prinsipi asosida amalga oshirish mexanizmini hamma joyda tatbiq etishni taʼminlash;

xalqaro savdo-sotiqni yuritish talablarini savdo sheriklari boʻlmish mamlakatlarning talablari bilan uygʻunlashtirish;

elektron raqamli imzodan foydalangan holda barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirish, shuningdek, boj toʻlovlari toʻlash tizimini interaktiv rejimda joriy etish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

TSV (J. Xodjayev),
LBMA (Sh. Sodiqov),
DBQ (M. Azimov),
“Oʻzstandart” agentligi (A. Qurbanov),
SSP (A. Ikramov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

33.

Avtotransport vositalariga, texnologik uskunalar, ularning ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlariga Rossiya Federatsiyasining akkreditatsiya qilingan organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini eʼtirof etish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“Oʻzstandart” agentligi (A. Qurbanov),
LBMA (Sh. Sodiqov),
TSV (J. Xodjayev),
DBQ (M. Azimov)

34.

Eksport qilishda vakolatli organ tomonidan muvofiqlik sertifikatini taqdim etishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

TSV (J. Xodjayev),
DBQ (M. Azimov),
SSP (A. Ikramov)

35.

Eksport kontrakti boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYEAT) tijorat banklarining axborot tizimlarini TSOYEAT bilan integratsiyalash orqali kiritish uchun eksport qiluvchilarning bankka murojaat etish amaliyotini tugatish masalasini oʻrganish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2018-yil sentyabr

Markaziy bank (M. Nurmuratov), LBMA (Sh. Sodiqov),
DBQ (M. Azimov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

36.

Shunday tartib joriy etish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladiki, unga muvofiq vakolatli organ tomonidan tovarning kelib chiqish sertifikatini taqdim etish tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisining deklaratsiyasi asosida ariza berilgandan soʻng bir ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

TSV (J. Xodjayev),
DBQ (M. Azimov),
SSP (A. Ikramov),
LBMA (Sh. Sodiqov)

37.

Tovarlarni import qilishda TIF TN kodlari toʻgʻri qoʻllanilgani toʻgʻrisidagi ekspert xulosasini talab qilish amaliyotini bekor qilish boʻyicha takliflar kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil avgust

TSV (J. Xodjayev), DBQ (M. Azimov),
“Oʻzbekekspertiza” AJ (U. Abduganiyev),
SSP (A. Ikramov)

VIII. Shartnomalar bajarilishini taʼminlash

38.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy veb-saytida qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini eʼlon qilish majburiyligi toʻgʻrisida norma belgilash yoʻli bilan iqtisodiy ishlar boʻyicha sud taftishining oshkoraligini taʼminlash, yopiq sud majlislarida chiqarilgan qarorlar bundan mustasno.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Oliy sud (K. Komilov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Advokatlar palatasi (Sh. Sodiqov)

39.

Summasi katta boʻlmagan nizolar boʻyicha daʼvoni iqtisodiy sudlar tomonidan soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Oliy sud (K. Komilov),
Bosh prokuratura (O. Murodov)

40.

Quyidagi aniq muddatlarni belgilab, uning mobaynida;

iqtisodiy sud sudyasi ish yuzasidan birinchi majlisni oʻtkazishga majbur;

javobgar daʼvogarning daʼvo arizasini chaqirib olishni talab qilishga haqli

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Oliy sud (K. Komilov),
Bosh prokuratura (O. Murodov)

41.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy seb-saytida:

iqtisodiy ishlarni koʻrib chiqish davomiyligi toʻgʻrisidagi;

qaror chiqarilgan iqtisodiy ishlar miqdorining roʻyxatga olingan ishlar soniga nisbati haqidagi maʼlumotlar eʼlon qilinishini taʼminlash.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil sentyabr

Oliy sud (K. Komilov)

42.

Ishda qatnashuvchi sudyalar va shaxslarga quyidagilarni taʼminlaydigan elektron ish yuritish tizimini joriy etish:

sud amaliyoti maʼlumotlaridan foydalanish;

sudga taqdim etish lozim boʻlgan hujjatlarning shakllarini monesiz olish;

yuritilayotgan barcha ishlar boʻyicha sud taftishi jadvali toʻgʻrisidagi axborotni avtomatik rejimda olish imkoniyati;

daʼvo arizasi (elektron shakldagi daʼvo arizasi) berilgan taqdirda sud boʻyicha ish yuritishning borishini kuzatish mumkinligi.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil dekabr

Oliy sud (K. Komilov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A. Axmedxodjayev)

43.

Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlar koʻrib chiqilayotganda javobgarga elektron shaklda, maxsus tizim yoki elektron pochta orqali, faksimil aloqa yohud matnli xabar tarzida daʼvo arizasini topshirish tartibini tatbiq etish imkoniyatini oʻrganish. Natijalarga koʻra asosli takliflar kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2018-yil sentyabr

Oliy sud (K. Komilov),
LBMA (Sh. Sodiqov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev)

44.

Iqtisodiy sudlarning qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy veb-saytida eʼlon qilishning dasturiy taʼminotini joriy etishni nihoyasiga yetkazish. Iqtisodiy ishlarga oid qonuniy kuchga kirgan sud ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy veb-saytiga erkin ulanishni taʼminlash.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil noyabr

Oliy sud (K. Komilov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A. Axmedxodjayev)

45.

Iqtisodiy ishlarni sudyalar oʻrtasida avtomatlashtirilgan tartibda taqsimlash mexanizmini tatbiq etish boʻyicha ishlarni tugallash.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil dekabr

Oliy sud (K. Komilov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev)

IX. Toʻlay olmaslik masalasini hal qilish

46.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritish:

bankrotlik toʻgʻrisidagi qonunchilik atamalarini umumeʼtirof etilgan standartlarga muvofiqlashtirish;

qarzdorga bankrotlik tartib-taomillari vaqtida qarzdorning faoliyat yuritishi uchun zarur shartnomalarni bajarishni davom ettirish huquqini berish;

shubhali bitimlar (narxi yoki boshqa shartlari taqqoslanayotgan holatlarda amalga oshirilayotgan ayni shunday bitimlarning narxi yoki boshqa shartlari boʻyicha qarzdor uchun ancha yomon tomonga farq qiladigan bitim), shuningdek, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritila boshlangunga qadar qarzdor tomonidan bir kreditor oldida boshqa kreditorga nisbatan afzallik berilishiga olib keladigan bitimlarga eʼtiroz bildirish mumkinligi;

taklif etilgan sanatsiya yoki tashqi boshqaruv rejasini maʼqullamagan kreditorlarga qarzdor tugatilgan taqdirda olishi mumkin boʻlgan miqdorga deyarli teng boʻlgan kafolatlangan tarzda qoplangan miqdorini olish huquqini taqdim etish; sanatsiya yoki tashqi boshqaruv rejasini maʼqullash boʻyicha ovoz berishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan kreditorlarni toifalarga ajratish, har bir toifadagi kreditorlarning alohida-alohida ovoz berishini va ayni bir toifaga kiritilgan kreditorlarga nisbatan yagona rejim qoʻllanilishini nazarda tutish;

bankrotlik tartib-taomillarining har bir bosqichi oʻtish muddatlarini optimallashtirish; tugatish tartib-taomili muddatini iqtisodiy sud uzaytirishga haqli boʻlgan hodisalar va shart-sharoitlarning uzil-kesil roʻyxatini belgilash.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Raqobat davlat qoʻmitasi (R. Gʻulomov),
LBMA (Sh. Sodiqov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Oliy sud (K. Komilov),
SSP (A. Ikramov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islohotlarni sifatli amalga oshirish hamda “Biznes yuritish” hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reyting koʻrsatkichlarini yaxshilash uchun rahbarlari shaxsan masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkich nomi

Koʻrsatkich uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ (tashkilot)

Maʼmuriy tartib-taomillarda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlar

1.

Korxonani roʻyxatga olish

Adliya vazirligi

Davlat statistika qoʻmitasi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Markaziy bank,

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi

2.

Qurilishga ruxsatnoma olish

Qurilish vazirligi

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi,

“OʻzGAShKLITIDavlat unitar korxonasi

3.

Elektr taʼminoti tizimiga ulanish

“Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati

“Oʻzdavenergonazorat” Davlat inspeksiyasi,

Qurilish vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Iqtisodiyot vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

4.

Mulkni roʻyxatdan oʻtkazish

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

5.

Kredit olish

Markaziy bank

zbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari

6.

Merosxoʻr (minoritar) investorlarni himoya qilish

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi,

Markaziy bank,

Moliya vazirligi

7.

Soliqqa tortish

Moliya vazirligi

Davlat soliq qoʻmitasi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Markaziy bank,

tijorat banklari

8.

Tashqi savdo

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

“Oʻzstandartagentligi,
“Oʻ
zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Veterinariya davlat qoʻmitasi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

“Oʻzbekiston temir yllari” aksiyadorlik jamiyati,

“Oʻzbekiston havo yllari” aksiyadorlik jamiyati,

“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati,

“Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati

9.

Shartnomalar bajarilishini taʼminlash

Oliy sud

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi

10.

Toʻlay olmaslik masalasini hal qilish

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Davlat soliq qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Oliy sud
,

Adliya vazirligi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 07/18/3852/1503-son; 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)