Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 829-sonli “Donni qayta ishlash korxonalari va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oshishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-moddasiga muvofiq oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish oborotlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
bir hafta muddatda soliq toʻlovchilarga ushbu qarorning mazmun-mohiyatini, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali yetkazsin;
soliq toʻlovchilar tomonidan imtiyozlardan foydalanishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-dekabr,
1065-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1065-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari
Roʻyxati*
1. Goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), shuningdek hayvonlar (qoramol va parranda) tirik hamda ularning soʻyilgan mahsulotlari.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Baliq.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Kartoshka, urugʻlik kartoshka, shu jumladan, import qilingan urugʻlik kartoshka.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 462-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/462/3240-son)
4. Piyoz.
5. Tuxum.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Guruch (barcha navlari), shu jumladan, import qilingan guruch.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 462-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/462/3240-son)
7. Shakar, shu jumladan import qilingan.
8. Non mahsulotlari **.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Sut**.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-yanvardagi 56-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 09/19/56/2534-son)
* qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish boʻyicha imtiyoz Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini chakana va ulgurji realizatsiya qilinganda beriladi.
** ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1065/2409-son; 24.01.2019-y., 09/19/56/2534-son, 07.06.2019-y., 09/19/462/3240-son, 17.07.2019-y., 09/19/591/3439-son)