O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 28-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2933-2]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/9-sonli “Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3263, 30.06.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 26-avgustdagi 21/8-son qarori (ro‘yxat raqami 2933, 2017-yil 29-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 39-son, 1052-modda) bilan tasdiqlangan Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-dekabr,
39/2-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/2-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 7-banddagi “Lombardlar tomonidan hisobotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1289, 2003-yil 10-dekabr)” degan so‘zlar “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2994, 2018-yil 5-aprel)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 13-banddagi “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun)” degan so‘zlar “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. Nizomning 17-ilovasi mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
17-ILOVA
17-ILOVA
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olish
QAYDNOMASI
|
| |||||||||||||||
|
_________ hisobvarag‘i bo‘yicha | |||||||||||||||
|
T/r |
Ismi sharifi |
Lavozimi |
Hisobot davri boshiga bo‘lgan qoldiq (xodim oldidagi |
Hisobvaraqning kreditidan quyidagi hisobvaraqlar debetida aks ettirildi (hisoblab yozilgan) |
Hisobvaraqning debeti bo‘yicha quyidagi hisobvaraqlar kreditida aks ettirildi (ushlab qolingan) |
To‘landi |
Hisobot davri oxiriga qarz | ||||||||
|
__-h/v |
__-h/v |
__-h/v |
jami |
avans |
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i |
kasaba uyushmasiga badallar |
FShJBPH* |
jami |
|||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
||||||
|
|
|
|
|
||||||||||||
|
Rahbar |
|
|
|
||||||||||||
|
(F.I.O.) |
|
|
(imzo) | ||||||||||||
|
|
|
|
|
||||||||||||
|
Buxgalter |
|
|
|
||||||||||||
|
(F.I.O.) |
|
|
(imzo) | ||||||||||||
|
|
|
|
M.O‘. | ||||||||||||
* Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2933-2/2390-son)