Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasiga qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 28-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2908-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 12-maydagi 6-sonli “Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3303, 12.05.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-oktabrdagi PQ-3968-son “Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 25-iyuldagi 97-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2908, 2017-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 765-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-dekabr,
55-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 55-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasiga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Asosiy tibbiy ixtisoslik turlari boʻlimi quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
|
Xalq tabobati yoʻnalishi |
|||
|
46. |
Xalq tabobati |
”. | |
2. Tor ixtisosliklar turlari boʻlimi:
a) Davolash ishi va tibbiy pedagogika ishi yoʻnalishlari bobi quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
|
“ |
471. |
Sud-psixologik ekspertizasi |
|
|
472. |
Ijtimoiy tibbiyot |
”; |
b) Quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
|
“ |
Xalq tabobati yoʻnalishi |
||
|
116. |
Invaziv (teri butunligining buzilishi); |
||
|
117. |
Noinvaziv; |
||
|
118. |
Biologik invaziv; |
||
|
119. |
Parhez va oʻsimlik vositalarini qoʻllash; |
”. | |
3. Mazkur qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
2018-yil 6-dekabr,
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2018-yil 6-dekabr,
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2908-1/2389-son)