Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2021 30.11.2018 yildagi 33-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 14-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi yangi tahrirda qabul qilinishi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, fuqarolik ishini apellatsiya va kassatsiya tartibida qayta ko‘rish sud protsessi ishtirokchilarining sud hujjatini qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish huquqini ta’minlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 383, 403-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) da’vo tartibida yuritiladigan ishlar bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
da’vogar, javobgar, uchinchi shaxs, ularning vakillari, davlat boshqaruvi organining shikoyati va prokurorning protesti bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi, manfaatdor shaxs, ularning vakillari va prokurorning protesti bo‘yicha qo‘zg‘atiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish, shuningdek FPK 373-moddasining birinchi qismiga muvofiq sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lgan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning shikoyati bo‘yicha ham qo‘zg‘atilishi mumkin. Ushbu shaxs sud hujjatida ko‘rsatilmagan hollarda ham, uning ustidan shikoyat qilish huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjati ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilish huquqiga, shuningdek taraflar, uchinchi shaxslar yoki qonuniy vakilning huquqiy vorislari ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning birinchi instansiya sudida qatnashayotgan vakili, shu jumladan advokat, agar bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan bo‘lsagina, sud hujjati ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilishga haqli (FPK 69-moddasining ikkinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonunga muvofiq sudning hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protest) hal qiluv qarori chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kun ichida, kassatsiya shikoyati (protest) esa, u qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tishining boshlanishi, tegishlicha hal qiluv qarori qabul qilingan yoki qonuniy kuchga kirgan kunning ertasidan hisoblanadi (FPK 152-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma sud tomonidan FPK 155-moddasi qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash yoki rad qilish haqida sud ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan FPK 155-moddasining oltinchi qismiga ko‘ra, xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat (protest) berilganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) asosli deb topganda, birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilib, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklaydi va shikoyatni (protestni) FPK 386, 406-moddalari talablariga muvofiqligini tekshirish hamda FPK 389, 409-moddalarida ko‘rsatilgan harakatlarni bajarish uchun ishni birinchi instansiya sudiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. FPK 385, 405-moddalariga ko‘ra, apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudiga, kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudiga beriladi, ammo hal qiluv qarori, ajrim, qarorni qabul qilgan sudga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bevosita apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga berilgan shikoyat (protest) FPK 389, 409-moddalarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish uchun sud hujjati qabul qilgan sudga yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir shikoyat (protest) kelib tushgan sanasi ko‘rsatilgan holda ro‘yxatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish predmeti bo‘yicha muayyan istisnolar belgilangan. Jumladan, quyidagilar ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud buyrug‘i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qonunda shikoyat qilinishi nazarda tutilmagan yoki ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaydigan, shuningdek ish muhokamasini keyinga qoldirish haqida, shu jumladan, nikohdan ajratish haqidagi ishlar bo‘yicha er-xotinga yarashish uchun muddat tayinlanishi munosabati bilan chiqarilgan birinchi instansiya sudining ajrimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. FPK 386, 406-moddalarida apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ning mazmuni yuzasidan muayyan talablar belgilanganligi tufayli, birinchi instansiya sudi shikoyat (protest) beruvchi shaxs tomonidan ularga rioya etilganligini tekshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazmuni FPK 386, 406-moddalari talablariga javob bermaydigan shikoyat (protest), shuningdek davlat boji hamda pochta xarajatlari to‘lanmagan shikoyat kamchiliklarini bartaraf qilish uchun muddat berilgan holda, sudyaning ajrimi bilan harakatsiz qoldiriladi. Ko‘rsatilgan muddat shikoyat (protest)ning kamchiliklarini bartaraf etishning real imkoniyatlarini hisobga olgan holda tayinlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilganda, shikoyat (protest) dastlab sudga taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi, aks holda, shikoyat (protest) berilmagan hisoblanib, qaytariladi va bu haqda sudya tomonidan ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga hal qiluv qarori nusxasini topshirish faktini apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protest) berish huquqini amalga oshirish muddati bilan bog‘lamasligi sababli, hal qiluv qarorining nusxasini olgandan so‘ng “asosiy” shikoyat (protest) taqdim etilishini ko‘rsatib, “dastlabki” apellatsiya shikoyati (protesti) berilishi qonunda nazarda tutilmaganligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qonunga muvofiq shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlar (e’tirozlar) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etish ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqi bo‘lganligini inobatga olib, ularni birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligi ishni apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest) yuzasidan tushuntirishlar (e’tirozlar) ish apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga yuborilgandan so‘ng kelib tushsa, ular tegishli instansiya sudiga yuborish bilan birga nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ham yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. FPK 393, 413-moddalari talablariga ko‘ra, apellatsiya, kassatsiya shikoyati bergan shaxs apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki undan voz kechishga, protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror esa, protestni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki qaytarib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatdan voz kechish (protestni qaytarib olish)ni qabul qilish masalasi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan shikoyat (protest)ni ko‘rish uchun tayinlangan sud majlisida hal qilinadi va bunda shaxsning shikoyatdan voz kechish (protestni qaytarib olish) vakolati tekshirilishi zarur. FPK 69-moddasi mazmuniga ko‘ra, ishonchnomada vakilga berilgan birinchi instansiya sudi sud hujjatiga nisbatan shikoyat keltirish huquqi, agar ishonchnomada boshqa holat maxsus ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shikoyatdan voz kechish huquqini bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shikoyatdan voz kechish qonunga zid bo‘lmasa yoki boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi uni qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tegishli sud hujjatiga nisbatan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat berilmagan bo‘lsa, sud shikoyatdan voz kechish qabul qilinganligi to‘g‘risida, shuningdek protest qaytarib olinganda ajrim chiqaradi va apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatga qo‘shilish haqidagi yozma ariza mustaqil shikoyat sifatida ko‘rib chiqilishi sababli, agar sud protsessida shikoyat bergan taraf tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar yoki uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qo‘shilgan taqdirda, shikoyatdan voz kechishni qabul qilish apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatishga olib kelmaydi. Shuni e’tiborga olish lozimki, ko‘rsatilgan shaxslar berilgan protestga ham qo‘shilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyatidan voz kechilganligi (protest qaytarib olinganligi) munosabati bilan apellatsiya tartibida ish yuritish tugatilganda, sud hujjati qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. FPK 166-moddasiga ko‘ra, sud taraflarni yarashtirish choralarini ko‘radi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga ko‘maklashadi. Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning da’vogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida tegishli instansiya sudiga taqdim etilishi kerak. Bunda taraflarning tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan kelishuv bitimi FPK 166, 167-moddalari talablariga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning arz qilingan talablarni tan olishi yoxud taraflarning kelishuv bitimiga erishishi ishni apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi muhokamasida amalga oshirilsa, bu haqda sud majlisi bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi da’vodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin da’vogarga (taraflarga) FPK 126-moddasida nazarda tutilgan ish bo‘yicha ish yuritishni tugatishning oqibatlarini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi da’vogarning da’vo talablaridan voz kechishini qabul qilishda va taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlashda hal qiluv qarorining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi masalasini muhokama qilishga kirishmasdan, uni bekor qiladi va ish bo‘yicha ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarni shikoyat (protest) bo‘yicha ishni apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilishi majburiy ekanligi qonunda belgilanganligi sababli, FPK 389-moddasining birinchi qismi, 409-moddasining birinchi qismi talablarining bajarmasligi FPK 397, 417-moddalariga muvofiq ishni ko‘rishni keyinga qoldirishga sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish ko‘rilishi haqida tegishlicha xabardor qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lgan taqdirda ham, ulardan birortasining kelmaganlik sababini uzrli deb topsa, ishni ko‘rishni keyinga qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganlik sabablari uzrsiz deb topilgan taqdirda, shuningdek kelmaganlik sabablari haqida ma’lumotlar va bu sabablarni uzrli ekanligini tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lmaganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) bo‘yicha ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili nizoli yoxud sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning o‘limi, yuridik shaxsning qayta tashkil qilinishi, boshqa shaxs foydasiga talabdan voz kechish, qarzning boshqa shaxsga o‘tkazilishi va h.k.) apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi protsessual huquqiy vorislik FPK 47-moddasiga ko‘ra, sud protsessining har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkinligini e’tiborga olgan holda, bunday shaxslar ularning huquqiy vorislari bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yadi hamda ularga ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga imkon beradi. Huquqiy vorisning protsessga kirishganligi haqida apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sudlarning e’tibori ishlarni apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ko‘rishda FPK 395, 415-moddalarida belgilangan muddatlarga, shuningdek apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tgan holda ham rioya qilinishi lozimligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest) bo‘yicha tushgan ishni apellatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rish muddatlari qonunda belgilangan muddat doirasida (FPK 395, 415-moddalari) ish o‘ta murakkab bo‘lgan yoki boshqa alohida hollarda uzaytirilishi mumkin (masalan, bir ish yurituvida bir nechta talablarning birlashtirilishi, sud jarayoni ishtirokchilarining ko‘pligi, qo‘shimcha hajmdagi dalillarni talab qilib olinishi va ularni tekshirish, ishga mutaxassislarni jalb qilish, sud topshiriqlarini yuborish zarurati va h.k.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qonunga ko‘ra ish apellatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rilayotganda quyidagilar aniqlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni to‘liq tekshirgan-tekshirmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar isbotlangan-isbotlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning hal qiluv qarorida, ajrimida, qarorida bayon etilgan xulosalar ish holatlariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy va (yoki) protsessual huquq normalari buzilgan-buzilmaganligi, ular to‘g‘ri qo‘llanilgan-qo‘llanilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan sud hujjatlari qonun talablariga muvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi FPK 396, 416-moddalariga muvofiq birinchi instansiya sudi sud hujjatining qonuniyligi va asosliligini to‘liq hajmda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest) vajlaridan qat’i nazar, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sud hujjatini to‘liq hajmda tekshirish deganda, birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari aniqlaganligini, moddiy va protsessual normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligini tekshirishni tushunmoq lozim. Shikoyat (protest) vajlaridan qat’i nazar, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish, ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish yoki arizani ko‘rmasdan qoldirishga asoslar bor yoki yo‘qligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. FPK 377-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tadi va bu haqda asoslantirilgan ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rish haqidagi ajrim bilan shikoyat (protest) berilgan sud hujjati bekor qilinmaydi va bu ajrim ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasligi sababli, uning ustidan shikoyat (protest) berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda taraflarga o‘z protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoit yaratib berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ishning ko‘rilishi kollegial tarzda, uch nafar sudyadan iborat tarkibda FPK 397, 417-moddalarida nazarda tutilgan istisnolarni inobatga olgan holda, birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda dastlab shikoyat bergan shaxs va uning vakilining tushuntirishlari tinglanadi. Sud hujjati ustidan har ikkala taraf shikoyat qilgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib da’vogar va uning vakili so‘zga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘zlarining tushuntirishlarida shikoyat (protest)da ko‘rsatilmagan vajlarni keltirishga va qo‘shimcha materiallar taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi har qanday dalillarni, ular birinchi instansiya sudi muhokamasida bo‘lganligidan va yangidan taqdim etilganligidan qat’i nazar, tekshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi yangi taqdim qilingan dalillarni tekshirishni rad qilishni ajrimda asoslantirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ekspertiza o‘tkazish, dalillarni ta’minlash va talab qilib olish, guvohlarni so‘roq qilish haqidagi va boshqa iltimosnomalarini ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillar birinchi instansiya sudi uchun belgilangan tartib bo‘yicha tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sudlarning e’tibori birinchi instansiya sudida muhokama predmeti bo‘lmagan, shu jumladan, qarshi da’vo tariqasida keltirilgan yangi moddiy-huquqiy talablar, shuningdek tarafning da’vo muddatini qo‘llash haqida arz qilgan talabi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinishi va ko‘rilishi mumkin emasligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu qoida apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rish chog‘ida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan yoki xabardor qilinmagan javobgar tomonidan berilgan talablarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish yuritishni to‘xtatib turish FPK 10-bobida nazarda tutilgan asoslar va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritish tiklanganligi to‘g‘risida tegishli instansiya sudi ajrim chiqaradi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ish ko‘riladigan kun to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) bo‘yicha ishni ko‘rish natijalari yuzasidan ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining e’tibori shikoyat (protest)da keltirilgan har bir vajni, uning asosli yoki asossiz ekanligi haqidagi xulosani ajrimda ko‘rsatgan holda muhokama qilish zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni inobatga olish lozimki, asoslantirilgan ajrim tuzilishi keyinga qoldirilgan va sud majlisida uning xulosa qismi e’lon qilinganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan ajrim bilan qachon tanishishlari mumkinligini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida FPK 399, 419-moddalarida belgilangan vakolatlar doirasida ishni shikoyat (protest) bo‘yicha ko‘rish natijalari to‘g‘risidagi xulosalar, zarur hollarda esa, sud xarajatlari taqsimlanishi ko‘rsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qabul qilingan ajrimni o‘qib eshittirganidan so‘ng uning mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. FPK 375-moddasiga muvofiq sud hujjatini apellatsiya, kassatsiya tartibida bekor qilishga yoki o‘zgartirishga quyidagilar asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘liq aniqlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sudning hal qiluv qarorida bayon etilgan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) moddiy huquq normalarining va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga ko‘ra, mazmunan to‘g‘ri bo‘lgan sud hujjati faqat rasmiy, ya’ni ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatli bo‘lmagan asoslar (masalan, sud muzokaralarini o‘tkazish tartibi buzilganligi, davlat boji asossiz kamaytirilganligi yoki kechiktirilganligi va h.k.) bo‘yicha bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik rasmiy ekanligi to‘g‘risidagi masala apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan har bir muayyan holda, ishning haqiqiy holatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Moddiy huquq normalarini buzish yoki noto‘g‘ri qo‘llash deganda, birinchi instansiya sudi tomonidan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonun yoki boshqa qonun hujjati qo‘llanilmaganligi yoki qo‘llanilishi lozim bo‘lmagan qonun yoki boshqa qonun hujjati qo‘llanilganligi, qonunning yoki boshqa qonun hujjatining noto‘g‘ri talqin qilinganligi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual huquq normalarini buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi faqat ishni noto‘g‘ri hal etilishiga olib kelgan bo‘lsagina, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni bekor qilishga asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. FPK 399, 419-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgarishsiz qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ishni yangidan ko‘rish uchun o‘tkazmasdan hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgartirishga yoki hal qiluv qarorini, qarorni butunlay yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hal qiluv qarorini, qarorni qisman yoki butunlay bekor qilishga hamda arizani ko‘rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi ish holatlarini har tomonlama va to‘liq aniqlab, qonuniy, asosli hamda adolatli sud hujjati chiqargan, degan xulosaga kelsa, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimida shikoyat yoki protest vajlari noto‘g‘ri va sud hujjatining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishiga asos bo‘lmaydi deb topilganligi sabablari ko‘rsatib o‘tilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan ishning to‘g‘ri hal qilinishiga ta’sir qilmagan va ta’sir qilishi mumkin bo‘lmagan huquq normalari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi FPK 379-moddasiga muvofiq ularni o‘z ajrimi yoki chiqargan xususiy ajrimida ko‘rsatib o‘tishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Shuni nazarda tutish lozimki, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarori bekor qilinganda, ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (FPK 399, 419-moddalari). Bunday holda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi mavjud, shuningdek qo‘shimcha taqdim etilgan materiallar (dalillar) asosida ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlab, o‘zi hal qiluv qarori, qarorni o‘zgartirishga yoki hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilib, yangi hal qiluv qarori, qaror chiqarishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sudning hal qiluv qarorini o‘zgartirish deganda, hal qiluv qarorining xulosa qismiga o‘zgartirishlar kiritish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi hal qiluv qarori deganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan taraflarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sudning asosiy xulosasini jiddiy o‘zgartiradigan ajrim qabul qilinishi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Apellatsiya yoxud kassatsiya instansiyasi sudi FPK 122 va 124-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga, arizani ko‘rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga agar apellatsiya yoxud kassatsiya instansiyasi sudida shunday qaror qabul qilinishiga sabab bo‘luvchi holatlar aniqlangan bo‘lsa, haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Shuni nazarda tutish lozimki, sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmasligi yoki noto‘g‘ri hal etilishi, o‘z-o‘zidan sudning hal qiluv qarorini bekor qilishga yoki o‘zgartirishga asos bo‘lmaydi. Bunday holda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida sud xarajatlarini FPK 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha yangidan taqsimlash haqida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilganda va yangi hal qiluv qarori qabul qilganda, qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda (FPK 261, 262 va 263-moddalari) quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajrim yozuvda yo‘l qo‘yilgan xatolarni va aniq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shimcha ajrim chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajrimni tushuntirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu masalalar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisi o‘tkazilish vaqti va joyi haqida xabardor qilgan holda ko‘riladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmasligi bu masalalarni hal etish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. FPK 400, 420-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga, shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) qonunda nazarda tutilgan, shuningdek ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berish va ko‘rish sudning hal qiluv qarori ustidan apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish va ko‘rish uchun nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan shikoyat (protest) berish uchun FPK 400-moddasining birinchi qismida belgilangan o‘n kunlik muddat sud ajrimi taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilgan yoki yuborilgan kundan e’tiboran, kassatsiya tartibida ajrim ustidan shikoyat (protest) berish uchun FPK 420-moddasining birinchi qismida belgilangan olti oylik muddat esa, birinchi instansiya sudi ajrimi qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. FPK 402, 421-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ajrimni o‘zgarishsiz qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ajrimni bekor qilishga va ishni mazmunan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ajrimni butunlay yoki qisman o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza birinchi instansiya sudining ish yurituviga qabul qilinib va ish qo‘zg‘atilgandan so‘ng chiqarilgan ajrim bekor qilinganda (masalan, da’voni ta’minlash, arizani ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish va h.k.), apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni kelgusida mazmunan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining ish qo‘zg‘atilgunga qadar qabul qilingan ajrimi bekor qilingan holda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ustidan shikoyat (protest) berilgan ajrim chiqarilishiga sabab bo‘lgan (masalan, arizani qaytarish, arizani qabul qilishni rad qilish to‘g‘risidagi) protsessual masalani o‘zi mazmunan hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni ko‘rishda davlat organi yoki boshqa organ, tashkilot, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishi faktlari bo‘yicha, ularning sud protsessida ishtirokidan qat’i nazar, xususiy ajrim chiqarishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ularning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanganda esa, sud bu haqda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy ajrim sud majlisida e’lon qilinadi va bayonnomada aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ish bo‘yicha chiqarilgan xususiy ajrimning qonuniyligi va asosliligini tekshirishga hamda ushbu ajrimning chiqarilishida xatolik bo‘lganligini aniqlagan taqdirda, uni bekor qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. FPK 276-moddasi talablariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining har bir sud majlisida, shuningdek sud majlisidan tashqarida amalga oshirilgan protsessual harakat haqida bayonnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Shikoyat apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga ish boshqa shikoyatlar bo‘yicha ko‘rilgandan so‘ng kelib tushganda, mazkur apellatsiya, kassatsiya shikoyatini bergan shaxsga sud hujjatlari ustidan nazorat tartibida shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Fuqarolik ishlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal etilishini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga ishlarni apellatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyotini har chorakda umumlashtirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti haqida”gi 4-sonli qarorining apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rish amaliyotiga taalluqli tushuntirishlari qismi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti haqida”gi 5-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-son