26.12.2018 yildagi 1048-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2019
 LexUZ sharhi
5-ilovaga muvofiq Dyuar idishlari va boshqa zarur asbob-uskunalar bilan;
6-ilovaga muvofiq mebel, kompyuter, avtotransport vositasi va inventarlar bilan jihozlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni 2018-2019-yillarda mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratsin.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Chorvachilikda sun’iy urug‘lantirish ishlarini yanada rivojlantirish
va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash

1.

Mavjud sun’iy urug‘lantirish shoxobchalarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish va qo‘shimcha talab etiladiganlarining joylashishini belgilash hamda viloyat bo‘yicha jami 325 ta shoxobchalar tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-2019-yillar

Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi,

“Chorva nasl xizmat” markazi, tumanlar hokimliklari, Xalq banki va tijorat banklari, Moliya boshqarmasi

2.

“Chorva nasl xizmat” markazi buyurtmasiga binoan “Farg‘onaazot” AJ tomonidan suyultirilgan azotni hududlarga bepul yetkazib berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

“Farg‘onaazot” AJ, “Chorva nasl xizmat” markazi va uning tuman (shahar) hududiy markazlari

3.

Sun’iy urug‘lantirish shoxobchalarini zarur anjomlar, asbob-uskuna va boshqalar bilan jihozlash uchun viloyat va mahalliy budjetdan bir martalik mablag‘ ajratish.

Mablag‘ ajratish

2018-yil IV chorak

2019-yil I chorak

Farg‘ona viloyati va tuman (shahar) hokimliklari, Moliya bosh boshqarmasi, “Chorva nasl xizmat” markazi

4.

Aholi va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardagi sigirlarni sun’iy urug‘lantirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019 — 2021-yillar

Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, “Chorva nasl xizmat” markazi, tuman hokimliklari

5.

“Chorva nasl xizmat” markazining tuman (shahar) hududiy markazlarini qishloq xo‘jaligi bo‘limlari binolariga ijara to‘lovlarisiz joylashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil IV chorak

Farg‘ona viloyati va tuman (shahar) hokimliklari

6.

Hududlarda tashkil etiladigan sun’iy urug‘lantirish shoxobchalariga yer maydoni ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil IV chorak

Farg‘ona viloyati va tuman (shahar) hokimliklari

7.

Sun’iy urug‘lantirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Qayqubbod chorva” MChJ negizida doimiy faoliyat olib boruvchi o‘quv kursini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil I chorak

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Respublika “Nasl xizmat” uyushmasi, Farg‘ona viloyati hokimligi

II. Chorvachilikning ozuqa bazasini yanada mustahkamlash

8.

Ozuqabop ekinlardan yuqori hosil olish maqsadida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tomonidan tuman hokimliklarining buyurtmalariga binoan ozuqa ekinlarini (asosiy, takroriy, oraliq, yaylov ozuqabob ekinlari) ekish uchun talab qilinadigan urug‘larni navlar va miqdori bo‘yicha yetkazib berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili mavsum davomida

Viloyat urug‘chilik markazi, tumanlar hokimliklari, fermer xo‘jaliklari

9.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining Farg‘ona viloyati veterinariya boshqarmasi tizimidagi mavjud sun’iy urug‘lantirish shoxobchalaridagi asbob-anjomlarni hamda Dyuar idishlarini belgilangan tartibda Markaz va uning tuman (shahar) hududiy markazlariga berish hamda “Farg‘onaazot” AJ tomonidan viloyatdagi sun’iy urug‘lantirish shoxobchalariga suyuq azotni bepul berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

“Farg‘onaazot” AJ, Farg‘ona viloyati va tuman (shahar) hokimliklari

III. Chorva mollari mahsuldorligini oshirish va mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish

10.

Har bir tumanda kamida 2-3 tadan 200 — 500 boshga mo‘ljallangan go‘sht yo‘nalishidagi qoramolchilik bo‘rdoqichilik xo‘jaligini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi,tuman (shahar) hokimliklari, “Chorva nasl xizmat” markazi

11.

Iste’mol uchun yetkazib berilayotgan sut va sut mahsulotlarining sifatini kafolatlash va ularning savdosidan tushadigan mablag‘larning banklar orqali aylanishini ta’minlash maqsadida aholi va kichik chorvachilik fermer xo‘jaliklari yetishtirgan sutni yig‘ib olish shoxobchalarini tashkil �tish va qayta ishlash korxonalariga yetkazib berish tizimini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Tumanlar hokimliklari tijorat banklari