24.12.2018 yildagi PF-5602-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrogʻi va emblemasi namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari birdamligini, xodimlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular tomonidan “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” xizmat burchi soʻzsiz bajarilishini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrogʻi va emblemasi namunalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, bayroq va emblemani tayyorlash, foydalanish va saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 24-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5602-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi PF-5602-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrogʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bayrogʻi (keyingi oʻrinlarda — bayroq) toʻq kulrang toʻgʻriburchakli matodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayroqning old va orqa tomonlari markazida geraldik belgi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi emblemasi tasvirlangan. Emblema diametri 98 santimetrli aylana ichiga chizilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayroqning uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayroq boshqa oʻlchamlarda ham boʻlishi mumkin, biroq barcha holatlarda bayroqning kengligi va uzunligi 1:2 nisbatda boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi PF-5602-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining geraldik belgisi — emblemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi geraldik belgisi — emblemasi chetlari bronza rangda hoshiyalangan halqali toʻq kumush aylana koʻrinishiga ega. Ichki chiziq markazida hayotiy kuchni ifodalovchi qizil rangli yoʻl-yoʻl chiziq tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Halqali chiziqning tepa qismida bronza rangli toʻgʻri bosma harflarda lotin alifbosida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI”, pastki qismida “ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI” soʻzlari yozilgan. Yozuvlar qatʼiyat, matonat va shon-sharafni ifodalovchi ikkita sakkiz qirrali yulduz bilan bir-biridan ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aylana oʻrtasida Amir Temur qoʻshinlari tomonidan foydalanilgan hamda ichki va tashqi tahdidlardan himoyani ifodalovchi doirasimon qalqon tasvirlangan. Qalqon markazida doira ichiga chizilgan oʻngga aylanishni aks ettiruvchi oktogramma boʻlib, u tartib, muvozanat va kamolotga yetishishni anglatadi. Qalqon chetlari milliy ornament bilan bezatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qalqon ortida — tigʻi pastga qaratilgan va diagonal tarzda kesishgan ikki shamshir — kuch va himoyaning qadimiy ramzi joylashgan. Shamshirlarning dastasi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplari — qonuniylik, yagonalik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda hurmat qilish, ochiqlik va shaffoflikni ifodalovchi toʻrtta hoshiyadan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qalqon hoshiyasi grafit kulrang, shamshirlar kumush rangda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qalqon va shamshirlar ortida tilla rangda ishlangan, qanotlari yoyilgan, omad va baxt ramzi boʻlgan Xumo qushi tasvirlangan. Bunday joylashuv mamlakatda tinchlik va osoyishtalik himoyalanganligini, ichki ishlar organlari xalq manfaatlariga xizmat qilishini ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geraldik belgi bir rangli (siluet) tasvirda bajarilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 06/18/5602/2364-son)