Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.11.2018 15.09.2000 yildagi 22-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.11.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY HUQUQBUZARLIK TOʻGʻRISIDAGI IShLARNI KOʻRISh BOʻYIChA SUD AMALIYOTI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasida fuqarolar oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shartligi alohida uqtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar ushbu konstitutsion meʼyordan kelib chiqqan holda shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi gʻayrihuquqiy, aybli sodir etilgan harakat yoki harakatsizlikda ifodalangan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qonunlarni asosan toʻgʻri qoʻllamoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga amaliyotda shu toifadagi ishlarni ish yurituviga qabul qilish, ishni koʻrib chiqishga tayyorlash va koʻrish jarayonida muddatlarning oʻtib ketganligiga, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlmagan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan yoki tegishli ravishda qonun talablariga rioya qilinmay rasmiylashtirilgan maʼmuriy hujjatlarni qoʻshimcha tekshirishlar oʻtkazish uchun yuborish oʻrniga, sudyalar tomonidan ish yurituviga qabul qilinib, xatoliklarga yoʻl qoʻyilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotida yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar hamda kelib chiqqan muammolarni bartaraf qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun talablariga qatʼiy rioya etish zarurligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga sudyalarning eʼtibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, MJtK 9-moddasiga asosan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, yaʼni ushbu hujjatlar kuchga kirgunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham tatbiq etiladi, maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar esa, orqaga qaytish kuchiga ega boʻlmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudyalar maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni ish yurituviga qabul qilishda, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning (bundan keyin matnda MJtK) 245-moddasi talablariga qatʼiy rioya qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga tayyorlash vaqtida sudya MJtKning 303-moddasida nazarda tutilgan masalalarni hal etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maʼmuriy ish shu sudning sudlovligiga taalluqli boʻlmaganda yoki MJtKning 282 va 304-moddalari talablariga rioya qilinmagan holda yuborilgan maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi hujjatlar sudyaning asoslantirilgan xati bilan bayonnomani tuzgan yoki maʼmuriy ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs)ga qaratiladi. Maʼmuriy hujjatlarda mavjud boʻlgan kamchiliklarni tuzatish uchun qaytarilgan vaqt maʼmuriy ishni koʻrish va maʼmuriy jazo tayinlash uchun MJtKning 36 va 305-moddalarida belgilangan muddat oʻtishini toʻxtatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan yuritilayotgan bayonnomalarni va maʼmuriy ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorlarning mazmuni MJtKning 281-moddasi talabiga javob berishi lozim. Agarda bayonnoma yoki maʼmuriy ish qoʻzgʻatish haqida qaror tegishli vakolati boʻlmagan shaxs tomonidan tuzilgan yoki qabul qilingan boʻlsa, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir qilingan vaqt va huquqbuzarlikning mazmuni, huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi meʼyoriy hujjatlar koʻrsatilmagan yoki javobgarlikka tortilayotgan shaxs hujjatlar bilan tanishtirilmagan, MJtKda nazarda tutilgan hollarda bayonnoma yoki qaror nusxasi topshirilmagan, shu kodeksning 294-moddasida nazarda tutilgan huquqlari tushuntirilmagan holatlarda, sudya qayd qilingan kamchiliklarni bartaraf etish uchun bayonnoma va qarorni tegishli organ yoki mansabdor shaxsga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudya maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda MJtKning 294-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarning himoyaga boʻlgan huquqlarini taʼminlash choralarini koʻrishi lozim. Maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ish hujjatlari bilan tanishib chiqish, izohlar berish, dalillar keltirish, iltimoslarini bayon etish, ishni koʻrib chiqishda advokatning huquqiy yordamidan va tarjimonning xizmatidan foydalanish, oʻz ona tilida soʻzlashish, unga nisbatan chiqarilgan qarorlar ustidan shikoyatlar qilish huquqiga egadir.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan shaxs tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganligini isbotlash majburiyati, maʼmuriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan idoralar (mansabdor shaxs) zimmasiga yuklatiladi. Shunga koʻra maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs oʻzining himoya huquqidan foydalanishga, aybsizligini isbotlashga haqlidir, ammo bu uning majburiyati emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning himoya huquqining buzilishi, maʼmuriy jazo qoʻllash haqidagi qarorni bekor qilishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-1. Tushuntirilsinki, MJtK 171-moddasiga asosan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun transport vositasi egasi (mulkdori), basharti u yuridik shaxsga tegishli boʻlsa — ushbu transport vositasi foydalanishiga masʼul shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari deganda, maxsus texnika vositalar, shu jumladan foto va video yozuv funksiyasiga ega, avtomatik rejimda ishlaydigan va yoʻl harakati xavfsizligi boshqaruvi kompyuterlashtirilgan tizimining tarkibiy qismi hisoblanadigan foto radarlar tushuniladi.
(6-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maʼmuriy ishning toʻgʻri va xolisona hal etilishini taʼminlashda ishni maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirokida koʻrish lozim. Mazkur shaxsga ishni koʻrib chiqish joyi va vaqti haqida xabar qilinganligi toʻgʻrisida ishda maʼlumotlar boʻlgan va undan ishni koʻrib chiqishni kechiktirish xususida hech qanday iltimos tushmagan va oʻzi rozi boʻlgan hollardagina ish uning ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin (sudya qarorda buni asoslantirishi kerak). MJtK 3091-moddasida koʻrsatilgan maʼmuriy ishlar sud tomonidan maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtiroksiz koʻrib chiqiladi;
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 294-moddasi 3-bandida koʻrsatilgan holatlarda maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning qatnashishi shart. Bu qoidaga rioya qilmaslik qarorning bekor boʻlishiga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tushuntirilsinki, sudya ishni koʻrishga tayyorlashda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlarning bor-yoʻqligini aniqlashga majbur. MJtKning 271-moddasida sanab oʻtilgan holatlar aniqlangan taqdirda sudya ishni yuritishdan tugatish haqida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli degan xulosaga kelgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi MJtK 21, 3081-moddasi va 310-moddasining ikkinchi qismi talablari asosida huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etib ishni yuritishdan tugatadi va uni ogohlantirish bilan chegaralanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 19-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogohlantirish MJtKning 23-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy jazo choralari sirasiga kirmaydi. Shuning uchun ogohlantirish bilan ish tugatilganda Kodeksning 33-moddasini qoʻllash talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 36-moddasida belgilanganidek maʼmuriy jazo qoʻllanish muddatlari huquqbuzarlik sodir etilgan kunidan boshlanib, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab, bir yildan kechiktirmay qoʻllanilishini mumkin. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan boʻlsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlsa, maʼmuriy jazo chorasi jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davom etayotgan huquqbuzarliklar boʻyicha huquqbuzarlik aniqlangan kun deb, vakolatli mansabdor shaxs tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik holatni sodir etganligi toʻgʻrisida qoʻzgʻatilgan qaror, tuzilgan bayonnoma va shu kabi hujjatlarning tuzilgan sanasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishda mansabdor shaxs surishtiruv organi va sudyalar MJtKning 307-moddasida sanab oʻtilgan holatlar bilan birga huquqbuzarning shaxsi va ishni toʻgʻri hal etishida ahamiyatga molik boshqa holatlarni har tomonlama va sinchkovlik bilan aniqlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzarlikning sodir etilganligi va bunda shaxsning aybdorlik masalasini muhokama qilishda sudya taqdim qilingan hujjatlar bilan chegaralanmasdan zaruratga qarab qoʻshimcha dalillar talab qilish, huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan mansabdor shaxs, jabrlanuvchi va guvohlarni chaqirish, ekspertizalar tayinlash, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish va boshqa harakatlarni amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxs, surishtiruv organlari va sudyalar huquqbuzarning shaxsi haqidagi maʼlumotlarga alohida eʼtibor berishlari, yaʼni huquqbuzarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, fuqaroligi, maʼlumoti, doimiy yoki vaqtincha yashash joyi, oilaviy ahvoli, qaramogʻida boʻlgan shaxslarning yoshlari, muqaddam sudlangan-sudlanmaganligi, maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan kunga qadar oxirgi bir yil davomida maʼmuriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligi, mashgʻulot turi, lozim deb topilgan hollarda sogʻliq holatini, nogironligini aniqlashi lozim. Taqdim etilgan hujjatlarda uning shaxsi haqidagi maʼlumotlar yetarli boʻlmagan taqdirda, sudya oʻz tashabbusi bilan u haqdagi maʼlumotlarni talab qilib olish choralarini koʻrishi mumkin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, huquqbuzarni mansabdor shaxs, nodavlat notijorat tashkiloti, davlat ishtirokidagi tashkilotning xizmatchisi, shuningdek, davlat ishtirokidagi tashkilotning huquqiy maqomini toʻgʻri aniqlash kabi masalalar sinchkovlik bilan oʻrganilmogʻi lozim. Jumladan, tashkilotning davlat ishtirokidaligini asosli deb topish uchun, u roʻyxatdan oʻtgan tegishli idoralardan huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda tashkilot ustav fondida davlat ulushi yoki davlat ishtiroki mavjud yoki mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda ishga aniqlik kiritish maqsadida maxsus bilimlar talab qilinganda, sudya qaror bilan maʼmuriy huquqbuzarlik ishi yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertning huquq va burchlari MJtKning 299-moddasida belgilangan. Ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda ekspertiza tayinlash asoslari, ekspertiza oʻtkazishi lozim boʻlgan muassasaning nomi, ekspert oldiga qoʻyilgan savollar, ekspertiza ixtiyoriga yuborilgan hujjatlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) topshirigʻiga binoan oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan xulosa beradi va bu xulosa ish hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish bayonnomasi raislik etuvchi va kotib tomonidan yoki ishni koʻrib chiqqan (mansabdor shaxs) tomonidan imzolanadi. Qayd qilingan qonun talabining buzilishi, ish yuzasidan chiqarilgan qarorlarni bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bir necha huquqbuzarlik sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllash MJtKning 34-moddasiga asosan hal qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushuntirilsinki, bir necha maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan boʻlib, shundan birortasining sudga taalluqliligi aniqlangan taqdirda, ular sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan musodara qilish yoki maxsus huquqlardan mahrum qilish jazolari koʻrsatilgan boʻlsa, bunday ishlar ham sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, shaxs tomonidan bir necha huquqbuzarliklar sodir etilganda bunday ishlar ogʻirroq jazo chorasi belgilangan huquqbuzarlik ishi koʻriladigan organ yoki mansabdor shaxs tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha huquqbuzarlik boʻyicha jazo chorasini qoʻllashda sodir qilingan huquqbuzarlikning xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, ayb darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarligini ogʻirlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlari eʼtiborga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 31, 32-moddasida maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar koʻrsatilgan. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) Kodeksning 31-moddasida nazarda tutilgan holatlardan tashqari boshqa holatlarni ham javobgarlikni yengillashtiruvchi holat deb baholashi mumkin. Ammo MJtKning 32-moddasida sanab oʻtilgan javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlar doirasi chegaralangan boʻlib, keng talqin qilinmaydi. Sudya sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning mohiyatiga qarab mazkur holatlarni ham aybni ogʻirlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 37-moddasiga muvofiq maʼmuriy jazoga tortilgan shaxs shu jazoni oʻtash muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etmagan boʻlsa, mazkur shaxs maʼmuriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Shuningdek, shaxs MJtKning 21-moddasiga koʻra maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilib, ogohlantirilganda, shu Kodeksning 271-moddasi 5-6-bandiga asosan ish yuritish tugatilganda ham u maʼmuriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maʼmuriy qamoqqa olish jazosining qoʻllanilishiga alohida hollarda ruxsat etiladi. Maʼmuriy qamoqqa olish chorasining qoʻllanilish sabablari qarorning tavsif qismida asoslantirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi boʻlgan ayollarga, oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan bolasini yakka oʻzi tarbiyalayotgan shaxslarga, voyaga yetmaganlarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga qoʻllanishi mumkin emasligiga sudyalarning eʼtibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tushuntirilsinki, agarda ishni koʻrishda huquqbuzarning harakatida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi tuzilgan bayonnomada koʻrsatilgan huquqbuzarlik tarkibi yoʻqligi aniqlanib, boshqa maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlsa, sudya huquqbuzarning qilmishini faktik holatlari jiddiy farq qilmaydigan va huquqbuzarning holatini ogʻirlashtirmaydigan yengillashtiruvchi holatlarni nazarda tutuvchi moddalarga qayta tavsiflashi mumkin. Huquqbuzarning harakatlarida uning holatini ogʻirlashtiradigan moddada nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari yoki jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda, MJtKning 278-moddasi asosida, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tegishli mansabdor shaxs yoki prokurorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Voyaga yetmaganlarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda huquqbuzarning shaxsiga oid aniqlanishi lozim boʻlgan holatlardan tashqari, uning yashash joyi, kim bilan yashab kelganligi, oilaviy sharoitlari, oʻqish yoki ish joyidagi vaziyatlar, maʼmuriy huquqbuzarlikning sodir etilishida katta yoshdagi dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor-yoʻqligini aniqlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu toifadagi ishlarni koʻrishda voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakilini ishda ishtirok etishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy hujjatlarni voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi komissiyalarga oʻtkazish masalasini hal qilishda sudyalar shuni nazarda tutishlari lozimki, MJtK 194-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik haqidagi maʼmuriy ishlarni voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi komissiyalarga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qolgan hollarda ishlarni voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyalarga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish haqidagi qaror MJtKning 310-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan va 271-moddasida sanab oʻtilgan holatlardan biriga asoslangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qaror MJtKning 309-moddasi talablariga muvofiq tuziladi. Qarorning kirish qismida maʼmuriy ishni koʻradigan sudning nomi, ish koʻriladigan sana, sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish koʻrilayotgan shaxs haqidagi maʼlumotlar batafsil koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning tavsif qismida qanday huquqbuzarlik sodir etilganligi, huquqbuzarlik sodir etilgan vaqti, joyi, javobgarlikka tortilayotgan shaxsning aybdorligi yoki aybsizligi haqidagi dalillar, shaxsni javobgarlikdan ozod qilish asoslari, maʼmuriy javobgarlik koʻzda tutilgan meʼyoriy hujjatlar koʻrsatiladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan chiqariladigan qarorning qaror qismida, maʼmuriy jazo turi yoki shaxsni javobgarlikdan ozod qilinganligi haqidagi sud qarori, maʼmuriy qamoqqa olish jazosi qoʻllanilganda, uning qaysi vaqtdan (sanasi va soati) boshlab jazoni oʻtash muddati koʻrsatilishi shart.
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jazo tayinlash haqidagi masalani hal qilish bilan bir vaqtda aybdor tomonidan mulkiy zararni qoplash haqidagi masala ham hal qilinayotgan boʻlsa, u holda qarorda undirilishi lozim boʻlgan zarar miqdori, uni qoplash muddati va tartibi belgilanadi. Qarorda musodara qilinishi lozim boʻlgan ashyolar, shuningdek, shaxsni ushlash vaqtida maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etish uchun ishlatilgan, yonidan olingan narsalar, hujjatlar, pullar mavjud boʻlgan holatda, sudya ularning taqdiri qanday hal qilinganligini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sudyalar MJtKning tegishli moddasi dispozitsiyasida maʼlum bir Nizom yoki Qoidalar (blanket dispozitsiyasida) bilan oʻrnatilgan tartibni buzganlik uchun javobgarlik belgilaydigan ishlarni koʻrish yuzasidan chiqargan qarorlarida huquqbuzar tomonidan aynan qanday Nizom yoki Qoidalarning qaysi bandlari buzilganligini koʻrsatishlari shart.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 19-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror MJtKning 311-moddasi talabi asosida darhol eʼlon qilinadi. Qarorning nusxasi uzogʻi bilan uch kun ichida maʼmuriy chora koʻrilgan shaxsga tilxat orqali topshiriladi. Jabrlanuvchilarning qaror nusxasini olish haqidagi iltimoslari boʻlganda, ularga ham topshiriladi yoki joʻnatiladi va bu haqda ishga tegishli yozuv yozib qoʻyiladi. Sudya maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxsga, shikoyat qilish muddatlari, tartibi va qaror ijrosidan boʻyin tovlagan taqdirda unga kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar haqida tushuntirishi lozim. Ishda ashyoviy dalil sifatida oʻqotar qurollar va oʻq-dorilar olingan boʻlsa, ularning ijrosi MJtKning 185, 220-moddasi talablari asosida hal qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MJtKning 311-moddasi talabiga koʻra, oʻqotar qurollar, shuningdek, oʻq-dorilar xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan ishonib topshirilgan yoki korxona, muassasa, tashkilot tomonidan vaqtincha foydalanish uchun berilgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning 185-moddasida, 220-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorning nusxasi maʼlumot uchun tegishli korxona, muassasa yoki tashkilotga, mazkur shaxsning oʻqotar quroldan foydalanishini taqiqlash masalasini koʻrib chiqish uchun esa ichki ishlar organiga yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tushuntirilsinki, sudyaning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan chiqargan qarori ustidan, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs, jabrlanuvchi, shuningdek, advokat va ularning qonuniy vakillari tomonidan qaror nusxasini olgan vaqtdan boshlab oʻn kun muddat ichida jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi raisiga yoki yuqori turuvchi sudga shikoyat berishlari mumkin. Belgilangan muddatda shikoyat berilmasa qaror qonuniy kuchga kirgan hisoblanadi. Prokurorning protesti qarorning kuchga kirgan kirmaganligiga qarab kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrib chiqiladi. Sudya shikoyat yoki protestni olgan kundan boshlab uch kun ichida hujjatlar bilan shikoyat yoki protestni koʻrib chiqish uchun sud raisi yoki yuqori turuvchi sudga yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. MJtKning 320-moddasida belgilanganidek maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest kassatsion bosqich sudyasi tomonidan yakka tartibda sud raisi topshirigʻiga binoan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror ustidan keltirilgan shikoyatni koʻrib chiqishda qoidabuzarlik qayd etilgan paytda transport vositasini uning egasi (mulkdori) emas, balki boshqa shaxs boshqarganligi yoki mazkur transport vositasi uning egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, bunday hollarda transport vositasi egasi (mulkdori) MJtK 271-moddasi 1-bandiga asosan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday hollarda, zarur hujjatlar tegishli shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun yoʻl harakati xavfsizligi organlariga yuborilishi shart.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya bosqich sudi sudyasi maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyaning qarori yuzasidan berilgan shikoyat yoki keltirilgan protest boʻyicha hal qiluv qarori chiqaradi va u chiqarilgan vaqtdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki keltirilgan protest yuzasidan kassatsiya bosqich sudi tomonidan MJtKning 321-moddasida qayd qilingan qarorlardan biri qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya bosqich sudi sudyasi va nazorat bosqichi huquqbuzarning harakatlarini bayonnoma va maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan holatlardan faktik holatlari jiddiy farq qilmaydigan va huquqbuzarning holatini ogʻirlashtirmaydigan yengillashtiruvchi holatlarni nazarda tutuvchi moddalarga qayta tavsiflashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kassatsiya bosqich sudi sudyasi tomonidan qabul qilingan qaror qabul qilinishidanoq qonuniy kuchga kirishi munosabati bilan ushbu qaror yuzasidan manfaatdor tomonlar nazorat tartibida shikoyat berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qabul qilinib qonuniy kuchga kirgan qarorga “Sudlar toʻgʻrisida”gi va “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlaridagi umumiy qoidalarga muvofiq tegishli sud raislari va prokurorlar tomonidan nazorat tartibida protest kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy ish boʻyicha sudya tomonidan qabul qilinib, qonuniy kuchga kirgan qaror yuzasidan keltirilgan shikoyat yoki protest yuqori turuvchi sudning sudyasi tomonidan ushbu sud raisining topshirigʻiga binoan koʻrib chiqiladi. Agarda ish yuqori turuvchi sudning sudyasi tomonidan kassatsiya tartibida koʻrilgan boʻlsa, shikoyat yoki protest mazkur sud raisi yoki uning oʻrinbosarining qarori bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida chiqarilgan qaror qonuniy kuchga kirganidan soʻng bir yil muddat oʻtgach huquqbuzarning javobgarligini ogʻirlashtiruvchi tomonga nazorat tartibida protest kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu muddat huquqbuzarning javobgarligini yengillashtiruvchi holatlarga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, MJtKning 271-moddasida qayd etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlarga asosan tugatilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan qarorlarga nisbatan MJtKning 36-moddasida belgilangan maʼmuriy jazo qoʻllash muddatlari oʻtib ketganidan soʻng nazorat tartibida protest kiritilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrayotgan sudya asoslar mavjud boʻlganda MJtKninng 313-moddasi talabi asosida huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularni sodir qilishga imkon tugʻdiruvchi shart-sharoitlar aniqlanganda, bu haqda huquqbuzarning tegishli oʻqish, ish va turar joylariga chora va jamoat taʼsirini koʻrsatish uchun taqdimnoma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda sudyalar tomonidan qonunlarga qatʼiy rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirsinlar, sud amaliyotini muntazam ravishda oʻrganib, umumlashtirib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 15-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-son