Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qaroriga muvofiq, shuningdek, isteʼmolchilarning yangidan ishga tushirilayotgan va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalari loyihalarini kelishish va ishga tushirishga ruxsatnoma berish tartibini takomillashtirish va aniqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy maddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi D.I. Isaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-dekabr,
1030-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1030-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) 1-ilova 75-pozitsiyasining “Ruxsat berish (tartib-taomillar) xarakteridagi hujjatning nomi” ustunidagi “10” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/555/0848-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1030/2348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/555/0848-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)