Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qaroriga muvofiq, shuningdek, isteʼmolchilarning yangidan ishga tushirilayotgan va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalari loyihalarini kelishish va ishga tushirishga ruxsatnoma berish tartibini takomillashtirish va aniqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy maddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi D.I. Isaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-dekabr,
1030-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1030-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) 1-ilova 75-pozitsiyasining “Ruxsat berish (tartib-taomillar) xarakteridagi hujjatning nomi” ustunidagi “10” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 73-modda) 1-ilovada:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 5-bandning oltinchi xatboshidagi “kelishadi” soʻzi “koʻrib chiqadi” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 23-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Soʻrovnoma avtomatik ravishda elektr taʼminoti loyihasini koʻrib chiqish uchun HETKga va kelishish uchun “Oʻzdavenergonazorat” DIga yuboriladi”;
g) 24-banddagi “elektr taʼminoti loyihasini HETK bilan kelishish talab etilmaydi” soʻzlari “esa uni XETK koʻrib chiqishi talab etilmaydi” soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“25. HETK soʻrovnoma tushganidan soʻng ikki ish kuni mobaynida elektr taʼminoti loyihasini koʻrib chiqadi va ERI bilan tasdiqlangan koʻrib chiqish natijalarini “Oʻzdavenergonazorat” DIga yuboradi.
Elektr taʼminoti loyihasini kelishishda “Oʻzdavenergonazorat” DI elektr taʼminoti loyihasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha HETK tayyorlagan takliflarni hisobga oladi.
“Oʻzdavenergonazorat” DI soʻrovnoma tushgan kundan boshlab quyida keltirilgan muddatlardan oshmagan muddatlarda elektr taʼminoti loyihasini kelishadi yoki uni kelishishni rad etadi:
bir ish kunida — kuchlanishi 1000 V (1 kV) gacha boʻlgan elektr qurilmalari uchun;
besh ish kunida — kuchlanishi 6 — 10 kV boʻlgan elektr qurilmalari uchun;
yetti ish kunida — kuchlanishi 35 kV va undan yuqori elektr qurilmalari uchun.
Elektr taʼminoti loyihasini kelishish “Oʻzdavenergonazorat” DIning ERIsi bilan tasdiqlanadi”;
e) 26-bandning toʻrtinchi xatboshidan “HETK va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
j) 27-banddan “HETK va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
z) quyidagi mazmundagi 271-band qoʻshilsin:
“271. Agar soʻrovnoma tushgan kundan boshlab ushbu Reglamentning 25-bandida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan soʻng “Oʻzdavenergonazorat” DI elektr taʼminoti loyihasi kelishilganligi toʻgʻrisida xulosa bermasa, u holda elektr taʼminoti loyihasi kelishilgan deb hisoblanadi”;
i) quyidagi mazmundagi 311-band qoʻshilsin:
“311. “Oʻzdavenergonazorat” DI taqdim etilgan hujjatlarni ularning: HETK tomonidan berilgan elektr tarmoqlariga ulanishning texnik shartlariga; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi, shuningdek, elektr qurilmalarida sozlash va sinash ishlari oʻtkazilganligi toʻliqligi, bayonnomalar rasmiylashtirilishining toʻgʻriligi, ekspluatatsiya qilish va tashkiliy-boshqaruv hujjatlari mavjudligi, xodimlarning malakasi mavjudligi va yetarliligi va ularning elektr qurilmasini ekspluatatsiya qilishga tayyorligi, muvofiqlik sertifikatlari mavjudligi yuzasidan koʻrib chiqadi”.
k) 32-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“32. “Oʻzdavenergonazorat” DI joylarga chiqib bajarilgan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalariga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga muvofiqligi, shuningdek, kelishilgan loyiha, ijro va texnik qabul qilish-topshirish hujjatlari mavjudligi yuzasidan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazadi”;
l) 33-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“33. “Oʻzdavenergonazorat” DI soʻrovnoma tushgan kundan boshlab quyidagi muddatlarda elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsatnoma beradi yoki ruxsatnoma berishni rad etadi:
uch ish kunida — kuchlanishi 1000 V (1 kV)gacha boʻlgan elektr qurilmalari uchun;
besh ish kunida — kuchlanishi 6 — 10 kVli elektr qurilmalari uchun;
yetti ish kunida — kuchlanishi 35 kV va undan yuqori elektr qurilmalari uchun.
Elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsatnoma “Oʻzdavenergonazorat” DI tomonidan tasdiqlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan shakl boʻyicha elektron shaklda rasmiylashtiriladi va “Oʻzdavenergonazorat” DIning ERI bilan tasdiqlanadi”;
m) 34-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“34. Zarur xujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etmaslik, taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi, elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yakunlari boʻyicha isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini montaj qilishda kamchiliklar, elektroenergetika sohasidagi amaldagi texnik normativ hujjatlarning talablaridan chetga chiqishlar aniqlanganligi, shuningdek, elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatish uchun tayyorlangan xodimlarning mavjud emasligi kabi kamchiliklar ruxsatnomani berishni rad etishga asos boʻladi.
Boshqa asoslarga, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sababli ruxsat etish tusidagi hujjatni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ruxsat etish tusidagi hujjatni berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma soʻroqnoma toʻldirilgan holda qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlariga YIDXP orqali yuboriladi, bunda rad etish sabablari koʻrsatiladi, qonun hujjatlarining aniq normalari va tegishli tashkilotlar koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, qayta koʻrib chiqish uchun hujjatlarni topshirishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi. Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari rad etish sabablarini bartaraf etishi va qayta koʻrib chiqish uchun xujjatlarni topshirishi xuquqiga ega boʻlgan muddat ruxsat etish tusidagi hujjatni berishni rad etish toʻgʻrisida bildirishnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari tomonidan rad etishga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsatnoma soʻrovnoma qaytadan tushgan kundan boshlab ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda beriladi.
Ruxsatnoma berish masalasi takroran koʻrib chiqilganda “Oʻzdavenergonazorat” DI tomonidan ilgari rad etish sabablarida keltirilmagan yangi sabablar koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari bundan istisno;
n) Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 1-ilovada:
III boʻlim “Isteʼmolchilarni quvvati 20 kVtdan yuqori elektr tarmoqlariga ulash”ning 4 va 5-bosqichlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“
”;
IV-boʻlim “Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsat berish”ning 3-bosqichi quyidagi taxrirda bayon qilinsin:
“
”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1030/2348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/555/0848-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)