Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2018 — 2021-yillarda Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umid” jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 25-sentabrdagi PF-5545-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-dekabr,
1026-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1026-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan 2018 ― 2021-yillarda Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-pozitsiyaning “Moliyalashtirish manbai” va “Masʼul ijrochilar” ustunlaridagi “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 10-pozitsiyaning “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2018-y., 09/18/1026/2339-son)