Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-dekabr,
1025-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-dekabrdagi 1025-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-oktabrdagi 795-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga 2-ilovaning rus tilidagi matnida:
a) 6891-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
6891. |
Direktor sentrov gosudarstvennix uslug |
1210 |
U |
V/O |
V zavisimosti ot sferi primeneniya znaniy |
”; |
b) “Naimenovaniye doljnostey slujashix” ustunining 2482-1 va 2482-2-bandlaridagi “odno okno” soʻzlari “gosudarstvennix uslug” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari haqida” 2018-yil 31-yanvardagi 70-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 26-modda):
a) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlikning markaziy apparatiga 3 ta va Agentlikning hududiy boshqarmalariga 252 ta, shu jumladan mobil (sayyor) davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun 210 ta avtotransport vositalarini budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan saqlashga limit ajratsin.”;
b) 1-ilovada:
toʻrtinchi xatboshidagi “sanatoriy-kurortda” soʻzlaridan oldin “xodimlar uchun uy-joy qurish,” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi tahrirdagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlarining xodimlariga uy-joy sotib olish uchun besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga va eng kam ish haqining ming barobaridan oshmagan miqdorda foizsiz qarz ajratish;”;
oltinchi ― oʻn ikkinchi xatboshilar tegishincha yettinchi ― oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
53-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirdagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Davlat xizmatlari markazlari xodimlari lavozim maoshlari, lavozim maoshlariga qonun hujjatlarida belgilangan ustamalar (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti) miqdori, mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatish shartlari boʻyicha Agentlikning hududiy boshqarmalari boʻlimlari xodimlariga tenglashtiriladi;
FHDY arxivlari mudirlari lavozim maoshlariga qonun hujjatlarida belgilangan ustamalar (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti) miqdori, mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatish shartlari boʻyicha tegishlicha Agentlikning hududiy boshqarmalari boʻlimlari xodimlari hamda boʻlim boshliqlariga tenglashtiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taʼminlaydigan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 5-bandidagi “jismoniy va yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining 10 foizi” soʻzlari “yuridik shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlaridan eng kam oylik ish haqining 10 foizi, jismoniy shaxslardan esa 7 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2018-y., 09/18/1025/2338-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)