14.12.2018 yildagi 1011-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Republikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbar xodimlari, mutaxassislari va xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish va mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3976-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Tibbiyot bosh boshqarmasi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining 2018-yil 1-dekabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har oylik maxsus ustamalar miqdorini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash boʻyicha Tibbiyot bosh boshqarmasiga idoraviy mansub tashkilotlarning tibbiyot xodimlariga tenglashtirilgan (Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasidan tashqari) tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, shu jumladan, rahbarlar, rahbarlarning oʻrinbosarlariga va oliy maʼlumotli mutaxassislarga — tarif stavkasining 15 foizidan 30 foizigacha oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash boʻyicha Sanitariya-epidimeologiya nazorati boshqarmasining tibbiyot xodimlariga tenglashtirilgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, rahbarlar, rahbarlarning oʻrinbosarlariga, oliy maʼlumotli mutaxassislarga — tarif stavkasining 15 foizidan 50 foizigacha oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu band “a” kichik bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilmagan boshqa xodimlarga — tarif stavkasining 10 foizidan 30 foizigacha oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 361-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror ijrosi bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun 2018-yilda va kelgusi yillarda zarur budjet mablagʻlarini ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi boshligʻi A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1011-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1011-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“243. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda Tibbiyot bosh boshqarmasi deb ataladi) idoraviy mansub tashkilotlar shtatidagi xodimlarga har oylik maxsus ustamalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash boʻyicha Tibbiyot bosh boshqarmasiga idoraviy mansub tashkilotlarning (Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasidan tashqari) tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, shu jumladan, rahbarlar va rahbarlarning oʻrinbosarlariga va oliy maʼlumotli mutaxassislarga — tarif stavkasining 30 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash boʻyicha Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasining tibbiyot xodimlariga tenglashtirilgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, shu jumladan, rahbarlar va rahbarlarning oʻrinbosarlariga va oliy maʼlumotli mutaxassislarga — tarif stavkasining 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilmagan boshqa xodimlarga — tarif stavkasining 30 foizi miqdorida belgilanadi.”
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1011/2320-son)