Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar tomonidan gerbli guvohnomalarni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-son “Gerbli guvohnomalar shakllarini takomillashtirish va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining aholiga koʻrsatayotgan xizmatlari sifatini yaxshilash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar tomonidan gerbli guvohnomalarni toʻldirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Davlat xizmatlari agentligi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjat barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” ― “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq 2019-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish Davlat xizmatlari agentligi direktori X. Toʻraxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-dekabr,
554-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 13-dekabrdagi 554-mh-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar tomonidan gerbli guvohnomalarni toʻldirish
QOIDALARI
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-son “Gerbli guvohnomalar shakllarini takomillashtirish va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining aholiga koʻrsatayotgan xizmatlari sifatini yaxshilash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar (bundan buyon matnda FHDY organlari deb yuritiladi) tomonidan gerbli guvohnomalar blankalarini (bundan buyon matnda gerbli guvohnomalar deb yuritiladi) toʻldirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Gerbli guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari asosida toʻldiriladi.
2. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-son “Gerbli guvohnomalar shakllarini takomillashtirish va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining aholiga koʻrsatayotgan xizmatlari sifatini yaxshilash toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan gerbli guvohnomalarni toʻldirishga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Chet eldagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bogʻliq boʻlgan gerbli guvohnomalarni toʻldirishni mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
2-bob. Gerbli guvohnomalarni toʻldirish
4. Gerbli guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd etilgan alifboda toʻldiriladi.
Gerbli guvohnomalarning ustunlariga kiritiladigan yozuvlar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining tegishli ustunlaridagi yozuvlar bilan bir xil boʻlishi lozim.
5. Gerbli guvohnomalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, faqat bosma harflar bilan, matritsali va purkovchi printerlar yordamida chop etiladi. Bunda shrift qora rangda boʻlishi lozim.
6. Yozuvlar gerbli guvohnomaning tegishli ustuni markaziy qismida kiritiladi.
7. Gerbli guvohnomalarni texnik vositalar (kompyuter) yordamida toʻldirishda 14 oʻlchamli “Times New Roman” shriftidan foydalaniladi.
8. Gerbli guvohnoma toʻldirilgandan soʻng FHDY organi rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi.
Toʻldirilgan gerbli guvohnomalarga tuzatishlar kiritishga yoʻl quyilmaydi.
9. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvining ayrim ustunlari toʻldirilmagan boʻlsa, gerbli guvohnomaning tegishli ustunlariga chiziqlar qoʻyiladi.
10. Tugʻilganlik haqida gerbli guvohnomada tugʻilgan vaqti, nikoh tuzilganlik haqidagi guvohnomada nikoh qayd etilgan yil, oy va sana raqamlar bilan, “yil” soʻzi harflar bilan yoziladi.
Nikohdan ajralganlik haqida gerbli guvohnomada nikoh bekor qilingan yil, oy va sana faqat raqamlar bilan koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Nikohdan ajralganlik haqida gerbli guvohnomaning “Guvohnoma” ustunida u kimga berilayotgan boʻlsa, shu shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi.
12. Oʻlim haqida gerbli guvohnomada vafot etgan yil, oy va sana raqamlar koʻrinishida, “yil” soʻzi yozma shaklda yoziladi. Agar oʻlim sodir boʻlgan kun haqida aniq maʼlumot boʻlmasa, guvohnomada faqat aniq boʻlgan maʼlumot yoziladi, aniq boʻlmagan maʼlumot oʻrniga chiziq chiziladi (masalan, -.08.2018, -.-.2018).
Keyingi tahrirga qarang.
13. Gerbli guvohnomaning “Tugʼilgan joyi” va “Vafot etgan joyi” ustunlarida tugʻilgan joyi va vafot etgan joyining manzillari dalolatnoma yozuvida qayd etilgan ketma-ketlikda joylashtiriladi.
14. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma oʻrniga takroriy berilgan guvohnomaning yuqori oʻng burchagida “Takroriy” deb belgi qoʻyiladi. Belgi qoʻlda, kompyuter yordamida yoki shtamp bosish orqali qoʻyilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish yoki toʻldirish kiritilganda, tegishli oʻzgartirish, tuzatish yoki toʻldirishlar aks ettirilgan boshqa gerbli guvohnoma beriladi.
16. Takroriy gerbli guvohnoma berilganda quyidagilar yozilishi lozim:
maʼmuriy-hududiy boʻlinish oʻzgargan yohud aholi punkti nomi oʻzgartirilgan taqdirda, gerbli guvohnomaning tugʻilgan joyi, vafot etgan joyi ustunlarida fuqarolik holati dalolatnomasida yozuvlar qayd etilgan vaqtdagi joy nomi;
FHDY organi nomi oʻzgargan taqdirda gerbli guvohnomaning “Qayd etish joyi” ustunida qayd etuvchi organning takroriy guvohnoma berilayotgan vaqtdagi nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolik holati dalolatnoma yozuvi saqlanayotgan joy oʻzgarganda gerbli guvohnomaning “Qayd etish joyi” ustunida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvini qayd etgan organ nomi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Takroriy guvohnoma, uni bergan FHDY organining muhri va masʼul xodimi imzosi bilan tasdiqlanadi.
3-bob. Yakuniy qoida
18. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Tashqi ishlar vazir A. KAMILOV
2018-yil 12-dekabr