Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan gerbli guvohnomalarni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida
(Buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3098-1, 06.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 10/22/3098-1/1070-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 13-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3098]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-son “Gerbli guvohnomalar shakllarini takomillashtirish va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining aholiga koʻrsatayotgan xizmatlari sifatini yaxshilash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan gerbli guvohnomalarni toʻldirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3098-1, 06.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 10/22/3098-1/1070-son)
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Davlat xizmatlari agentligi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjat barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” ― “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq 2019-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish Davlat xizmatlari agentligi direktori X. Toʻraxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-dekabr,
554-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 13-dekabrdagi 554-mh-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan gerbli guvohnomalarni toʻldirish
QOIDALARI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3098-1, 06.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 10/22/3098-1/1070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (bundan buyon matnda FHDY organlari deb yuritiladi) tomonidan gerbli guvohnomalar blankalarini (bundan buyon matnda gerbli guvohnomalar deb yuritiladi) toʻldirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3098-1, 06.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 10/22/3098-1/1070-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Gerbli guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari asosida toʻldiriladi.
2. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-son “Gerbli guvohnomalar shakllarini takomillashtirish va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining aholiga koʻrsatayotgan xizmatlari sifatini yaxshilash toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan gerbli guvohnomalarni toʻldirishga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Chet eldagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bogʻliq boʻlgan gerbli guvohnomalarni toʻldirishni mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
2-bob. Gerbli guvohnomalarni toʻldirish
4. Gerbli guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd etilgan alifboda toʻldiriladi.
Gerbli guvohnomalarning ustunlariga kiritiladigan yozuvlar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining tegishli ustunlaridagi yozuvlar bilan bir xil boʻlishi lozim.
5. Gerbli guvohnomalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, faqat bosma harflar bilan, matritsali va purkovchi printerlar yordamida chop etiladi. Bunda shrift qora rangda boʻlishi lozim.
6. Yozuvlar gerbli guvohnomaning tegishli ustuni markaziy qismida kiritiladi.
7. Gerbli guvohnomalarni texnik vositalar (kompyuter) yordamida toʻldirishda 14 oʻlchamli “Times New Roman” shriftidan foydalaniladi.
8. Gerbli guvohnoma toʻldirilgandan soʻng FHDY organi rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi.
Toʻldirilgan gerbli guvohnomalarga tuzatishlar kiritishga yoʻl quyilmaydi.
9. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvining ayrim ustunlari toʻldirilmagan boʻlsa, gerbli guvohnomaning tegishli ustunlariga chiziqlar qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tugʻilganlik haqida gerbli guvohnomada shaxsning tugʻilgan sanasi raqamlar va soʻzlar bilan yoziladi.
Nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik haqidagi gerbli guvohnomalarda nikoh qayd etilgan hamda nikoh bekor qilingan yil va kun raqamlar bilan, oy esa harflar bilan yoziladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3098-1, 06.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 10/22/3098-1/1070-son)
11. Nikohdan ajralganlik haqida gerbli guvohnomaning “Guvohnoma” ustunida u kimga berilayotgan boʻlsa, shu shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻlim haqidagi gerbli guvohnomada shaxs vafot etgan yil va kun raqamlar bilan, oy esa harflar bilan yoziladi. Agar oʻlim sodir boʻlgan kun haqida aniq maʼlumot boʻlmasa, guvohnomada faqat aniq boʻlgan maʼlumot yoziladi, aniq boʻlmagan maʼlumot oʻrniga chiziq chiziladi (masalan, 2018-yil — oktyabr).
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3098-1, 06.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 10/22/3098-1/1070-son)
13. Gerbli guvohnomaning “Tugʼilgan joyi” va “Vafot etgan joyi” ustunlarida tugʻilgan joyi va vafot etgan joyining manzillari dalolatnoma yozuvida qayd etilgan ketma-ketlikda joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma oʻrniga takroriy berilgan guvohnomaning yuqori oʻng burchagida “Takroriy” deb belgi qoʻyiladi. Belgi kompyuter yordamida yoki shtamp bosish orqali qoʻyilishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3098-1, 06.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 10/22/3098-1/1070-son)
15. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish yoki toʻldirish kiritilganda, tegishli oʻzgartirish, tuzatish yoki toʻldirishlar aks ettirilgan boshqa gerbli guvohnoma beriladi.
16. Takroriy gerbli guvohnoma berilganda quyidagilar yozilishi lozim:
maʼmuriy-hududiy boʻlinish oʻzgargan yohud aholi punkti nomi oʻzgartirilgan taqdirda, gerbli guvohnomaning tugʻilgan joyi, vafot etgan joyi ustunlarida fuqarolik holati dalolatnomasida yozuvlar qayd etilgan vaqtdagi joy nomi;
Oldingi tahrirga qarang.
FHDY organi nomi oʻzgargan taqdirda gerbli guvohnomaning “Guvohnoma bergan organ” ustunida FHDY organining takroriy guvohnoma berilayotgan vaqtdagi nomi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3098-1, 06.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 10/22/3098-1/1070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3098-1, 06.12.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 10/22/3098-1/1070-son)
17. Takroriy guvohnoma, uni bergan FHDY organining muhri va masʼul xodimi imzosi bilan tasdiqlanadi.
3-bob. Yakuniy qoida
18. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Tashqi ishlar vazir A. KAMILOV
2018-yil 12-dekabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2018-y., 09/18/3098/2315-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 10/22/3098-1/1070-son)