12.12.2018 yildagi PQ-4060-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qoʻriqlanishini taʼminlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda oʻtgan davr mobaynida davlat, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlovchi sifat jihatidan yangi tizimni joriy etish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, qoʻriqlash faoliyatini tashkil etishda hozirga qadar bir qator muammolar mavjud boʻlib, bular ichki ishlar organlarining mulkni qoʻriqlash boʻyicha xizmatlari qamrovining torligi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi, mavjud qoʻriqlash tizimi va texnologiyalarining yetarlicha samarali emasligi, ushbu sohada sifatli servis xizmatini koʻrsatishning yagona texnik talablari va mexanizmlarining yoʻqligida namoyon boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qoʻriqlanishini taʼminlash boʻyicha faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, mulkka boʻlgan tajovuzni profilaktika qilish va oldini olishda aholining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga quyidagilarni nazarda tutuvchi “Xavfsiz xonadon” konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya)ni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 31-dekabrga qadar respublikaning barcha hududlarida Toshkent shahrida amalga oshirilgan texnik qoʻriqlash va harakatlanish punktlariga xabarni uzatish va markazlashgan kuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda — avtomatlashtirilgan tizim)ni bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash xizmatining ichki ishlar organlari jamoat tartibini saqlash kuchlarining patrul guruhlari bilan uzviy hamkorligini tashkil etish va bunda qoʻriqlanadigan obyektlardan kelib tushgan xabar joyiga eng yaqin patrul guruhining tez yetib borishini taʼminlash mexanizmlarini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining mulkni qoʻriqlash boʻyicha xizmat turlarini kengaytirish, shu jumladan transport vositalari va boshqa harakatlanuvchi obyektlarni qoʻriqlovga olish imkoniyatini beruvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi turar joylar qurilishida ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda ularni majburiy tarzda qoʻriqlash-yongʻin tashvishgohlari va gazoanalizatorlar bilan jihozlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mahallalarini ularning xavfsizlik darajasining choraklik reytingini joriy etgan holda baholash hamda har yili “Eng xavfsiz mahalla” respublika tanlovini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻriqlash bosh boshqarmasi) tarkibida quyidagilarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asosiy faoliyat yoʻnalishi etib qoʻriqlanadigan obyektlarda oʻrnatiladigan qoʻriqlov texnik vositalar va tizimlarini montaj, demontaj qilish, taʼmirlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha ishlarni bajarishni belgilagan holda “Qoʻriqlash Servis” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda — “Qoʻriqlash Servis” DUK);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilagan holda Qoʻriqlash bosh boshqarmasining umumiy shtatlari soni doirasida 5 shtat birligida matbuot boʻlimini:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmatlaridan foydalanishga boʻlgan qiziqishini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish mazmunidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmati faoliyati natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni, shu jumladan uning rasmiy veb-saytining samarali faoliyat koʻrsatishini tashkil etish orqali oʻz vaqtida yetkazish boʻyicha kompleks choralarni koʻrish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoʻriqlash Servis” DUK oʻz faoliyatini ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari bilan qoʻriqlanadigan obyektlarda oʻrnatilgan qoʻriqlov texnik vositalari va tizimlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektlarda oʻrnatilgan qoʻriqlov texnik vositalari va tizimlariga, shu jumladan avtomatlashtirilgan tizimning texnik infrastruktura obyektlariga xizmat koʻrsatish faqat “Qoʻriqlash Servis” DUK tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2019-yil 1-yanvardan boshlab shunday amaliyot joriy etilsinki, unga koʻra jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga ularga qoʻriqlash xizmatini koʻrsatish mobaynida foydalanishga beriladigan qoʻriqlov texnik vositalari jihozlarini oʻrnatish hamda bepul texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmati mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AJ hududiy filiallari avtomatik telefon stansiyalari binolarida avtomatlashtirilgan tizimning jihozlarini oʻrnatish uchun zarur boʻlgan joylarni oʻrnatilgan tartibda ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan tizimning toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishi uchun aloqa tariflariga, shuningdek, “Oʻzbektelekom” AJ optik tolali aloqa kabellarini yotqizish boʻyicha xizmatlariga imtiyoz taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat xavfsizligini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini qoʻriqlashni toʻlaqonli taʼminlash uchun ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmati tomonidan hududlarda patrullikni tashkil etish bilan bogʻliqlikda videokuzatuv va texnik vositalarning butun kompleksidan foydalaniladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga, istisno tariqasida, avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish maqsadida mahalliy va xorijiy korxonalar bilan tovarlarni xarid qilish va yetkazib berish, shuningdek, xizmat koʻrsatish boʻyicha konkurs (tender) savdolarini oʻtkazmasdan shartnomalar tuzishga ruxsat etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi 2022-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish uchun olib kiriladigan jihoz, texnika, aloqa tizimi va vositalari, dasturiy mahsulotlar uchun bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida” 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son Farmoniga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan boshlab davlat maqsadli jamgʻarmalariga undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilinishi munosabati bilan ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmatining boʻshaydigan moliyaviy mablagʻlari jismoniy shaxslarning xonadonlari va uy-joylariga bosqichma-bosqich qoʻriqlov jihozlarini bepul oʻrnatish va ularga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qurilish vazirligi uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yangi turar joylar qurishda ularni qoʻriqlash-yongʻin tashvishgohlari va gazoanalizatorlar bilan jihozlash majburiyligini koʻzda tutuvchi takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda avtomatlashtirilgan tizimni respublikaning barcha hududlarida joriy etish hamda bosqichma-bosqich rivojlantirish boʻyicha Texnik topshiriq va dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror talablariga muvofiq, namunali fuqarolar yigʻinlarini ragʻbatlantirish mexanizmini nazarda tutgan holda, respublika mahallalarini baholash tartibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Qoʻriqlash Servis” DUK nizomini tasdiqlashni, davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va ustav fondini shakllantirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini qoʻriqlashni taʼminlash sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmati mutaxassislarini chaqirishning yagona qisqa raqamini, shuningdek, texnik qoʻriqlash va harakatlanish punktlariga ulanish uchun onlayn ariza rasmiylashtirish tartibini kiritish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 12-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4060-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 07/18/4060/2312-son; 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 07/21/5190/0689-son; 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son; 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)