Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.04.1996 yildagi 166-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 03.02.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YENGIL VA MAHALLIY SANOATNI RIVOJLANTIRIShNI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq isteʼmol tovarlari, ayniqsa bolalar uchun tovarlar va badiiy hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, korxonalarni zamonaviy texnika va ilgʻor texnologiya bazasida qurish va texnika bilan qayta jihozlashni tugallash, raqobatbardoshli va importning oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish oʻsishini ragʻbatlantirish, yengil va mahalliy sanoat korxonalari ishini barqarorlashtirish va ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1996 — 1998-yillarda banklarning kreditlari hisobiga qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, texnika bilan qayta jihozlash va qoʻshma korxonalar tashkil etish boʻyicha “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi va “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tarmoqlarni rivojlantirish dasturi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar keltirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari — “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Paxta-bank”, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzbekyengilsanoatbank”ka 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashni mablagʻ bilan taʼminlash uchun ustuvor tartibda uzoq muddatli kreditlar berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Azimov) loyihalarning samaradorligi va oʻzini qoplashini tasdiqlovchi ekspertiza asosida “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi va “Mahalliy sanoat” korporatsiyasiga texnika bilan qayta jihozlash va mazkur qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan tashkil etilayotgan qoʻshma korxonalar uchun xorijiy valyutada kredit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik respublika yengil va mahalliy sanoat korxonalarini rekonstruksiya qilish va qurishning loyihalarini keng reklama qilishni, shuningdek ularni amalga oshirishga xorijiy investorlar sifatida banklar, kompaniyalar va xalqaro moliya organlarini faol jalb qilishni oʻz faoliyatining asosiy vazifalaridan biri deb hisoblasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekinvest” kompaniyasi koʻrsatib oʻtilgan loyihalar sugʻurta qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va “Oʻzbekinvest” kompaniyasi mazkur bandning qanday bajarilayotganligi toʻgʻrisida yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (Ismoilov) respublikaning 1997-1998-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini shakllantirishda unga yengil va mahalliy sanoat obyektlari kiritilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan korxonalar obyektlar qurilishi tugallanishi muddatigacha, biroq normativ muddatdan ortiq emas, yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi va “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi tizimlarida faoliyat koʻrsatayotgan va ustav jamgʻarmasida xorijiy investorning ulushi kamida 50 foizni tashkil etgan qoʻshma korxonalar, soliqning butun miqdorini xalq isteʼmol tovarlari, birinchi navbatda bolalar uchun tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga qayta investitsiya qilganlari taqdirda, foyda (daromad)dan olinadigan soliqdan ozod qilinsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasiga pillani mavsumiy xarid qilish uchun 1996-yilda oʻz oborot mablagʻlarini toʻldirishga 200 mln. soʻm miqdorida kredit ajratish masalasini belgilangan tartibda hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tijorat banklari (Ibotov, Sayfutdinov, Muhitdinov) va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Azimov) pilla, tabiiy jun, qand lavlagi xarid qilish uchun ilgari berilgan va qaytarilmagan kreditlar uchun foiz stavkalarini pasaytirish masalasini koʻrib chiqsinlar hamda ularni toʻlash muddatini 1997-yil 1-yanvargacha kechiktirsinlar, “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi va “Mahalliy sanoat” korporatsiyasining ipakchilik, jun va qandolatchilik tarmoqlari korxonalarini muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlovlar boʻyicha penya toʻlashdan ozod qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda tarmoqning aksiyadorlik jamiyatlari ishtirokida moliya-sanoat guruhi tashkil etish masalasini koʻrib chiqsin va bir oy muddatda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi, “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda ishlab chiqarishdan olib tashlangan xaridorgir boʻlmagan va kasod tovarlar qoldiqlari narxlarini oʻz daromad manbalari hisobiga arzonlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar kiritishga doir takliflarni taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tegishli vazirliklar, idoralar bir oy muddatda mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi toʻgʻrisida axborot bersinlar. Qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov, B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166-son