Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.04.1996 yildagi 166-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YENGIL VA MAHALLIY SANOATNI RIVOJLANTIRIShNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq iste’mol tovarlari, ayniqsa bolalar uchun tovarlar va badiiy hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, korxonalarni zamonaviy texnika va ilg‘or texnologiya bazasida qurish va texnika bilan qayta jihozlashni tugallash, raqobatbardoshli va importning o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘sishini rag‘batlantirish, yengil va mahalliy sanoat korxonalari ishini barqarorlashtirish va ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1996 — 1998-yillarda banklarning kreditlari hisobiga qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, texnika bilan qayta jihozlash va qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi va “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tarmoqlarni rivojlantirish dasturi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar keltirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari — “O‘zsanoatqurilishbank”, “Paxta-bank”, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “O‘zbekyengilsanoatbank”ka 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashni mablag‘ bilan ta’minlash uchun ustuvor tartibda uzoq muddatli kreditlar berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Azimov) loyihalarning samaradorligi va o‘zini qoplashini tasdiqlovchi ekspertiza asosida “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi va “Mahalliy sanoat” korporatsiyasiga texnika bilan qayta jihozlash va mazkur qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan tashkil etilayotgan qo‘shma korxonalar uchun xorijiy valyutada kredit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik respublika yengil va mahalliy sanoat korxonalarini rekonstruksiya qilish va qurishning loyihalarini keng reklama qilishni, shuningdek ularni amalga oshirishga xorijiy investorlar sifatida banklar, kompaniyalar va xalqaro moliya organlarini faol jalb qilishni o‘z faoliyatining asosiy vazifalaridan biri deb hisoblasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekinvest” kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan loyihalar sug‘urta qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va “O‘zbekinvest” kompaniyasi mazkur bandning qanday bajarilayotganligi to‘g‘risida yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi (Ismoilov) respublikaning 1997-1998-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini shakllantirishda unga yengil va mahalliy sanoat obyektlari kiritilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan korxonalar obyektlar qurilishi tugallanishi muddatigacha, biroq normativ muddatdan ortiq emas, yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 646-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasiga pillani mavsumiy xarid qilish uchun 1996-yilda o‘z oborot mablag‘larini to‘ldirishga 200 mln. so‘m miqdorida kredit ajratish masalasini belgilangan tartibda hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tijorat banklari (Ibotov, Sayfutdinov, Muhitdinov) va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Azimov) pilla, tabiiy jun, qand lavlagi xarid qilish uchun ilgari berilgan va qaytarilmagan kreditlar uchun foiz stavkalarini pasaytirish masalasini ko‘rib chiqsinlar hamda ularni to‘lash muddatini 1997-yil 1-yanvargacha kechiktirsinlar, “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi va “Mahalliy sanoat” korporatsiyasining ipakchilik, jun va qandolatchilik tarmoqlari korxonalarini muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar bo‘yicha penya to‘lashdan ozod qilsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 2-iyuldagi 240-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi, “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi, “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda ishlab chiqarishdan olib tashlangan xaridorgir bo‘lmagan va kasod tovarlar qoldiqlari narxlarini o‘z daromad manbalari hisobiga arzonlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar kiritishga doir takliflarni taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tegishli vazirliklar, idoralar bir oy muddatda mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi to‘g‘risida axborot bersinlar. Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari M.Z. Usmonov, B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166-son