08.12.2018 yildagi 999-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bola shaxsini, shuningdek, kelgusi muvaffaqiyatli o‘quv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va bolalarni boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati tumanlarida (shaharlarida) va Toshkent shahri tumanlarida 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyhasini (keyingi o‘rinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar sirasiga kiradigan bolalarning majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini (keyingi o‘rinlarda bolalar tayyorlov guruhlari deb ataladi) shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar tayyorlov guruhlarining o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar tayyorlov guruhlarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiradigan va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni singdiradigan o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy tayyorlov guruhlari uchun 2018-2019 o‘quv yili 2018-yil 10-dekabrdan boshlanadi va 2019-yil 10-avgustda tamomlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning negizida to‘liq kun, to‘liq bo‘lmagan kun (bir haftada kamida 15 soat ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilgan holda) tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari boshlang‘ich ta’limga tayyorgarlikdan o‘tgan deb hisoblanadi va bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashdan ozod etiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarda boshlang‘ich ta’limga majburiy yillik tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat beriladi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tganlik to‘g‘risida sertifikat berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar hokimliklariga, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bolalar tayyorlov guruhlari uchun xonalarni tayyorlash, zarur bo‘lsa, yangi binolar, xonalar qurish yoki mavjudlarini kapital ta’mirlash, suv va elektr energiyasi hajmini o‘lchaydigan va hisobga oladigan alohida moslamalar o‘rnatish to‘g‘risida takliflar kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar tayyorlov guruhlari ro‘yxatlari tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonalarni o‘quv-metodik, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 132-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 09/20/132/0271-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bir hafta muddatda bolalar tayyorlov guruhlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilsin hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning negizida bolalarni majburiy tayyorlash guruhlari faoliyati tashkil etilishi ustidan monitoring olib borsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda 2019-2020-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyatining tegishli tajriba o‘tkaziladigan tumanlarida (shaharlarida) va Toshkent shahri tumanlarida bolalarda boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o‘tganlik haqida davlat namunasidagi sertifikat mavjud bo‘lsa, ularni umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflariga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi taklifni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining har yilgi parametrlarini shakllantirishda ushbu qaror doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy etilayotgan shtat birliklaridan va bolalar majburiy tayyorlov guruhlarini jihozlashdan kelib chiqqan holda 2018-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlariga zarur o‘zgartishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining buyurtmanomalari asosida Moliya vazirligi bilan kelishgan holda zarur miqdorda sertifikatlar blankalari bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tajriba loyihasini joriy etish natijalari bo‘yicha 2019-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik bepul tayyorlash yagona tizimini joriy etishni tahlil qilsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 8-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
999-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 999-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashni joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshiriladigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati tumanlari (shaharlari) va Toshkent shahri tumanlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud

Tuman/shahar

Guruhlar soni*

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

To‘rtko‘l tumani

175

2.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona shahri

70

Quvasoy shahri

38

Furqat tumani

28

3.

Toshkent shahri

Mirzo Ulug‘bek tumani

13

Mirobod tumani

21

Bektemir tumani

14

Uchtepa tumani

26

Yashnobod tumani

17

Chilonzor tumani

16

Yunusobod tumani

17

Shayxontohur tumani

59

Jami:

494

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi guruhlar soniga o‘zgartishlar kiritish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 132-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 09/20/132/0271-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 132-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 09/20/132/0271-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 132-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 09/20/132/0271-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/999/2291-son; 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son; 10.03.2020-y., 09/20/132/0271-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)