Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2905-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-oktabrdagi PQ-3968-son “Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 10-iyuldagi 90-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2905, 2017-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 756-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazirning birinchi oʻrinbosari B. YuSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-noyabr,
53-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2018-yil 27-noyabrdagi 53-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga kiritilayotgan qoʻshimcha
1. Quyidagi mazmundagi 301-bob bilan toʻldirilsin:
“301-bob. Xalq tabobati ixtisosligi boʻyicha
541. Maslahat, diagnostika va konservativ davolashdan iborat boʻlgan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol;
xalq tabobati vakili uchun ish stoli;
stullar;
kushetka;
muolaja xonasida statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
sterillash va distillash uchun moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari yoki sterilizatsiyani oʻtkazish uchun imzolangan shartnoma (faoliyatida invaziv muolajalar mavjud boʻlganda);
tonometr va fonendoskop;
tibbiyot termometri.
542. Maslahat, diagnostika va konservativ davolashdan iborat boʻlgan statsionar tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol;
xalq tabobati vakili uchun ish stoli;
hamshiralar posti uchun stol;
stullar;
kushetka;
sovutgich (xolodilnik);
muolaja oʻtkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
sterillash va distillash uchun moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari yoki sterilizatsiyani oʻtkazish uchun imzolangan shartnoma (faoliyatida invaziv muolajalar mavjud boʻlganda);
karavotlar;
tonometr va fonendoskop;
tibbiyot termometri.”.
2. Mazkur qoʻshimcha Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2018-yil 26-noyabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2018-y., 10/18/2905-2/2274-son)