04.12.2018 yildagi 988-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsiya markazi” loyihasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3833-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsiya markazi” loyihasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3833-son qarorini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsiya markazi” loyihasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3833-son qarorining 3-bandiga muvofiq loyiha hududida joylashgan va davlat organlari, davlat korxonalari hamda muassasalarga, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan boshqa tashkilotlarga tegishli binolar hamda inshootlar tutash hududlari bilan birga Direksiyaga Direksiya ulushini koʻpaytirish hisobiga begʻaraz asosda berilayotganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 2-sentabrdagi PQ-3927-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Ni-tech city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi hududida yangi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi hududida yangi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasiga (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) oʻzgartirilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Direksiyaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqaro hamkorlik markazi” AJ va “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazma kompleksi AJ ustav kapitalidagi aksiyalar davlat paketi boʻyicha aksiyador huquqini;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) bino va inshootlarini operativ boshqaruvga berish hamda ularni keyinchalik Markazga shartnoma asosida begʻaraz foydalanish uchun berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Interservis” respublika xoʻjalik hisobidagi tashqi savdo birlashmasi davlat korxonasini Direksiyaga qoʻshish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Direksiya bilan birgalikda ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatilgan aksiyalar davlat paketlari, shuningdek, bino va inshootlarni belgilangan tartibda qabul qilish-topshirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqqan holda kiritiladigan oʻzgartirishlar hamda qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari S.R. Xolmuradov va A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 4-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
988-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 09/18/988/2273-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)