04.12.2018 yildagi PQ-4049-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda sud-tibbiy xizmat faoliyatini sifat jihatdan yaxshilash, sud-tibbiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy diagnostika uskunalari va reagentlar bilan jihozlash, sud-tibbiy ekspertizalar oʻtkazish sifati hamda ishonchliligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mazkur soha boʻyicha joylardagi haqiqiy ahvol tahlili sud-tibbiy xizmatning samarali faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolar va kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, sud-tibbiy xizmatni boshqarish tizimi bugungi kun talablariga javob bermaydi va bu hududiy byurolarni boshqarishda katta qiyinchiliklarga hamda moliyaviy manbalarning nomutanosib taqsimlanishiga sabab boʻlmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, fundamental va amaliy gen-molekulyar, shu jumladan shaxsni biologik material asosida identifikatsiyalash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish uchun zarur uskunalar mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, sud-tibbiy xizmat boʻlinmalari marhumlar jasadini ular ilk topilgan joydan sud-tibbiy xizmat binosiga olib kelish uchun maxsus avtotransport vositasi bilan taʼminlanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, sud-tibbiy xizmat muassasalari ilmiy salohiyatining past darajasi sud ekspertizasi sohasidagi fundamental va amaliy-ilmiy tadqiqotlar rivojiga toʻsqinlik qilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, ekspertlik faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish lozim darajada amalga oshirilmayapti, ekspert laboratoriyalarni zamonaviy ekspert uskunalari bilan jihozlashda texnologik oqsoqlik mavjud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, sud-tibbiy ekspertizalarning bugungi holati sifat menejmenti va standartlashtirishning xalqaro talablariga javob bermaydi va bu tadqiqotlarning sifatini oshirish hamda ekspert xatolarining oldini olishga yordam bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud muammo va kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Sud-tibbiy ekspertiza bosh byurosi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyati ustidan nazorat yetarli emasligiga vazirlik rahbariyatining eʼtibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-tibbiy ekspertiza bosh byurosini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) etib qayta tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning amaldagi shtatlar sonini uning taʼminoti uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida maqbullashtirish hisobiga Markazning Toshkent shahar filialini tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmatini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududiy filiallarini zamonaviy tibbiy jihozlar va sarflash materiallari bilan taʼminlash, shuningdek, hududiy filiallarda qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlar natijalarini sud-ekspertiza faoliyatiga tatbiq qilish, sud ekspertizalarini oʻtkazish uslublarini takomillashtirish, sud-ekspertiza muassasalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa muassasalarning kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ilmiy-maʼrifiy faoliyatini tashkil etishda metodik koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-tibbiy ekspertiza faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soha xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz davlat muassasasi maqomidagi yuridik shaxs boʻlib, oʻz nomi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sud-tibbiy ekspertizalari Markazning hududiy filiallari hisoblanadi va oʻz faoliyatida Markazga boʻysunadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning hududiy filiallari boshliqlari Markaz direktori taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Davlat budjetidan “Sogʻliqni saqlash” sohasi boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar, yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar, shuningdek, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz va uning hududiy filiallari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududiy boʻlinmalariga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat va narxlar boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga koʻrsatilgan pullik xizmatlardan tushgan mablagʻlarning 50 foizigacha boʻlgan qismini Markaz xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marhumlar jasadini tashish funksiyasini Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmati va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining hududiy filiallaridan marhumlar jasadini tashish boʻyicha sanitarlar shtat birliklari bilan birga Markaz va uning hududiy filiallariga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda Markaz hududiy filiallari binolarining namunaviy loyihalarini sud-tibbiy ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markazning Andijon, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi hududiy filiallari binosini namunaviy loyiha asosida qurish, shuningdek, Markazning boshqa hududiy filiallari binosini rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachi etib tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda Markazning umumiy shtat birliklari va uning taʼminoti uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida Olmazor, Sergeli, Yunusobod va Yashnobod tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza punktlarini ochish va faoliyatini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Markazning ustavi, nizomi va tuzilmasini, hududiy filiallarning namunaviy tuzilmasi va nizomini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda sud-tibbiy ekspertiza xizmati muassasalarining shtat normativlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Markaz va uning hududiy filiallarini zamonaviy uskunalar va inventarlar, shu jumladan 1-ilovaga muvofiq taqsimlagan holda marhumlar jasadini tashish uchun avtotransport vositalari bilan taʼminlash uchun xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va xorijiy donor-mamlakatlarning mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Markaz va uning hududiy filiallariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shu jumladan ularni eng yangi kompyuter texnikasi bilan jihozlash, ekspert muassasalari va sud-tergov organlari oʻrtasida elektron hujjat aylanish tizimini shakllantirish, shuningdek, uning axborot xavfsizligini taʼminlash, sud-tibbiy xizmat faoliyati sohasida elektron maʼlumotlar bazasini yaratishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Markaz hamda uning hududiy filiallari kadrlar tarkibini mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmatining moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, vazirlik va idoralar rahbarlari chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonunchilikda belgilangan tartibda Markaz va uning hududiy filiallari maydonini idoraviy qoʻriqlash bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Markaz va uning hududiy filiallari mutaxassislarini ushbu sohaga ixtisoslashgan yetakchi xorijiy markazlar va muassasalarda tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shuningdek, yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda seminar-treninglar va mahorat darslari tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Sogʻliqni saqlash” sohasi boʻyicha koʻzda tutiladigan mablagʻlar doirasida ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimovga — ushbu qarorga muvofiq yuklatiladigan vazifalarni toʻliq va lozim darajada bajarilishi boʻyicha vazirlik va idoralar ishini samarali muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanovga — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmatining moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan barcha tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, shuningdek, ajratilgan mablagʻlardan oʻz vaqtida, toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi ustidan samarali nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Markaz va uning Toshkent shahar filiali Toshkent shahri, Olmazor tumani, Shifokorlar koʻchasi, 2-7 M-uyi manziliga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 4-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4049-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4049-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marhumlar jasadini tashish uchun maxsus avtotransport vositalari taqsimoti*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Filial nomi

Soni

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali

4

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Andijon filiali

5

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Buxoro filiali

3

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Jizzax filiali

3

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy filiali

4

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Namangan filiali

5

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Samarqand filiali

5

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Sirdaryo filiali

3

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Surxondaryo filiali

4

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Toshkent viloyati filiali

5

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Fargʻona filiali

6

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Xorazm filiali

3

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Qashqadaryo filiali

6

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Toshkent shahar filiali

5

Jami

61

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Marhumlar jasadini tashish uchun maxsus avtotransport vositalari har 500 ming kishilik aholiga, shuningdek, hududlarning maydoniga qarab 1 tadan hisoblangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4049-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmatining moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijrochilar

1.

Sud-tibbiy xizmatning moddiy-texnik jihozlanish holatini tanqidiy tahlil qilish.

2018-yil dekabr

SSV (A. Shadmanov)

2.

“TIKA”ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamda boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Markaz va uning hududiy filiallari uchun zarur boʻlgan inventarlar, shu jumladan DNK-uskuna va marhumlar jasadini tashish uchun avtotransport vositalari xarid qilish boʻyicha loyihalarni tayyorlash va kiritish.

2019-yil yanvar

SSV (A. Shadmanov), manfaatdor vazirliklar

3.

Olmazor, Sergeli, Yunusobod va Yashnobod tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza punktlarini ochish va faoliyatini tashkil etish (tarkibiy tuzilmasida tanatologiya boʻlimi va jonli yuzlarni ekspertiza qilish boʻlimini koʻzda tutgan holda).

2019-yil yanvar

Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi

SSV (A. Shadmanov), manfaatdor vazirliklar

4.

Markazning Andijon, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi hududiy filiallari binosini namunaviy loyiha asosida qurish, shuningdek, boshqa hududiy filiallar binosini rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash.

2019-yil mart

Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi

Qurilish vazirligi

(A. Toʻxtayev),
SSV (A. Shadmanov), Moliya vazirligi

(A. Haydarov), tegishli viloyat hokimliklari

5.

Markaz va uning hududiy filiallarini marhumlar jasadini tashish uchun maxsus avtotransport vositalari bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.

2019-2020-yillar davomida

XMI va donor-mamlakatlar mablagʻlari, budjet mablagʻlari

SSV (A. Shadmanov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Xolmurodov),
Moliya vazirligi

(A. Haydarov)

6.

Tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida Markazning Andijon, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi hududiy filiallari binosini qurish, shuningdek, boshqa hududiy filiallar binosini rekonstruksiya qilish ishlarini Davlat rivojlanish dasturlariga bosqichma-bosqich kiritish.

2019 — 2021-yillar davomida

Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi

SSV (A. Shadmanov), Moliya vazirligi

(A. Haydarov),

Qurilish vazirligi

(A. Toʻxtayev), tegishli viloyat hokimliklari

7.

Markaz va uning hududiy filiallariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, ekspert muassasalari va sud-tergov organlari oʻrtasida elektron hujjat aylanish tizimini yaratish asosida elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2018-2019-yillar davomida

Budjet mablagʻlari,
XMI va donor-mamlakatlar mablagʻlari, AKTni rivojlantirish jamgʻarmasi

SSV (A. Shadmanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Moliya vazirligi

(A. Haydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev)

8.

Tanatologiya boʻlimlari (morglar) va laboratoriya boʻlinmalarida sud-tibbiy va kriminalistik tadqiqotlarni ISO 9001 va 17025 xalqaro mezonlariga muvofiq oʻtkazish uchun ularni sovutkichli kameralar, seksiyali toʻplamlar, zamonaviy jihozlar, uskunalar, butlovchi qismlar va reaktiv moddalar bilan taʼminlash.

2019 — 2021-yillar davomida

XMI mablagʻlari, budjet mablagʻlari

SSV (A. Shadmanov),
Moliya vazirligi

(A. Haydarov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Xolmurodov), Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev)

9.

Markaz va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand va Fargʻona viloyatlaridagi filiallarini gen-molekulyar tadqiqotlar oʻtkazish jihozlari bilan taʼminlash.

2019-2020-yillar davomida

Budjet mablagʻlari,
XMI mablagʻlari

SSV (A. Shadmanov),

Moliya vazirligi

(A. Haydarov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Xolmurodov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat hokimliklari

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4049/2268-son)