Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.01.2021 27.11.2018 yildagi 965-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.01.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq toʻlovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti tushumlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlashga qaratilgan soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
965-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 965-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom kameral nazorat natijasi boʻyicha soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini hamda soliq toʻlovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllashning qonuniyligini tasdiqlash uchun davlat soliq xizmati organlari (keyingi oʻrinlarda soliq organlari deb ataladi) tomonidan joyiga borgan holda mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlar ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning amal qilishi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq majburiyatlariga ega boʻlgan barcha soliq toʻlovchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavzuga oid va ekspress-oʻrganish — soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini hamda soliq toʻlovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllashning qonuniyligini tasdiqlash uchun kameral nazorat natijasi boʻyicha joyiga borgan holda soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavzuga oid va ekspress-oʻrganish ishtirokchilari — soliq organlarining mansabdor shaxslari hamda soliq toʻlovchi, shuningdek, soliq toʻlovchining vakillari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliq toʻlovchidan mavzuga oid va ekspress-oʻrganishga taalluqli boʻlmagan hujjatlarni talab qilishga yoxud soliq organi mansabdor shaxslari tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyatiga boshqacha tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mavzuga oid va ekspress-oʻrganishni tayinlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mavzuga oid va ekspress-oʻrganishni tayinlashga kameral nazorat natijalariga koʻra soliq organining talabnomasiga binoan soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash maqsadida uni oʻrganish zarurati asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlarni tayinlash mezonlari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va bojxona imtiyozlarini qoʻllashning qonuniyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik birlashmalarining sof foyda va dividendlar hisoblanishi toʻgʻrisidagi, shuningdek, davlat unitar korxonalari tomonidan ularning sof foydasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga 30 foiz miqdorida ajratmani aniqlash toʻgʻrisidagi hisobotida soliq organlarida xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyatiga doir boshqa maʼlumotlar oʻrtasida tafovutlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kameral nazorat natijasida soliq toʻlovchining bank hisob raqamlarida pul mablagʻlarining harakatlari tahlilida xarid qilinadigan va realizatsiya qilinadigan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlarning hajmi, nomenklaturasi (assortimenti) va summasi oʻrtasida aniqlangan nomutanosibliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq axborot taqdim etish majburiyati yuklangan organlar va tashkilotlardan soliq organlariga kelib tushgan axborotlar tahlili boʻyicha aniqlangan tafovut va farqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta qonunchiligi sohasida aniqlangan qonunbuzarliklar, shu jumladan, tashqi savdo shartnomalari boʻyicha import va eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxining oshirilishi va pasaytirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mavzuga oid va ekspress-oʻrganishni amalga oshirish maqsadida, oʻrganilayotgan soliq toʻlovchi, oʻrganishni amalga oshirish uchun asos boʻlgan soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi talabnoma, oʻrganish muddati, shuningdek, soliq organining oʻrganishni amalga oshiradigan mansabdor shaxslari tarkibi koʻrsatilgan buyrugʻi chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mavzuga oid va ekspress-oʻrganish qatnashchilarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliq toʻlovchilar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavzuga oid va ekspress-oʻrganishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslariga mavzuga oid va ekspress-oʻrganish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavzuga oid va ekspress-oʻrganish materiallari bilan tanishish va natijasi boʻyicha maʼlumotlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy hamda mavzuga oid va ekspress-oʻrganishga aloqasi boʻlmagan hujjatlari va talablarini bajarmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslarining hatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavzuga oid va ekspress-oʻrganish amalga oshirilishida qatnashish uchun oʻzlarining vakillarini taklif qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soliq toʻlovchilar quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavzuga oid va ekspress-oʻrganishni amalga oshirayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavzuga oid va ekspress-oʻrganishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslarini ishlab chiqarish hududlariga, ombor, savdo binolariga hamda boshqa binolar, shu jumladan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliqqa tortish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq joylarga koʻzdan kechirishni amalga oshirish uchun kiritishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari mansabdor shaxslarining mavzuga oid va ekspress-oʻrganishga tegishli boʻlgan qonuniy talablarini bajarish, shuningdek, mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlarni amalga oshirish davomida ularning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soliq organlarining mansabdor shaxslari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kameral nazorat natijalarining haqqoniyligini tekshirish maqsadida soliq toʻlovchining faqat mavzuga oid va ekspress-oʻrganishga tegishli boʻlgan buxgalteriya, moliya, statistika, bank maʼlumotlari va boshqa hujjatlarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi tomonidan ishlab chiqarish hududlarini, ombor, savdo binolarini hamda boshqa binolar, shuningdek, soliq toʻlovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliqqa tortish obyektlarini saqlab turish bilan bogʻliq boʻlgan joylarni koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat mavzuga oid va ekspress-oʻrganishga tegishli boʻlgan hujjatlarning nusxalarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻzdan kechirish davomida tovar-moddiy zaxiralar va asosiy vositalar kamomadi yoki ortiqcha tovar-moddiy zaxiralar va asosiy vositalar, shuningdek, ularni yaroqsizlanganlik holati aniqlanganda, qonunchilikda koʻzda tutilgan tartibga muvofiq inventarizatsiyani (toʻliq yoki tanlov asosida) tashkillashtirish, hujjatlarni talab qilish va soliq toʻlovchidan tushuntirishlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi tomonidan tovar-moddiy boyliklar vositachiga yoki masʼul saqlashga berilgan hollarda komitent/komissioner va masʼul saqlovchilarning omborlarini talabnoma rasmiylashtirmagan holda soliq organining tegishli buyrugʻi asosida koʻzdan kechirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Soliq organlarining mansabdor shaxslari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavzuga oid va ekspress-oʻrganish boshlanishidan oldin soliq toʻlovchini oʻrganish maqsadi bilan tanishtirish va oʻzlarining xizmat guvohnomalarini koʻrsatishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchiga soliq organining mavzuga oid va ekspress-oʻrganish tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyrugʻidan koʻchirma nusxasini tilxat olish orqali topshirishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq soliq siriga rioya etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mavzuga oid va ekspress-oʻrganishni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mavzuga oid va ekspress-oʻrganishni amalga oshirish uchun asos boʻlgan hujjatlar soliq toʻlovchi yoki uning vakiliga topshirilgan payt oʻrganish boshlangan payt deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mavzuga oid va ekspress-oʻrganish faqat kameral nazorat oʻtkazilgan soliq davri uchun amalga oshiriladi. Mavzuga oid va ekspress-oʻrganishni amalga oshirish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Zarur hollarda (foydali qazilmalar hajmini aniqlashda, nazorat oʻlchovi va hokazo) mavzuga oid va ekspress-oʻrganishda qatnashish uchun oʻrganish natijasidan manfaatdor boʻlmagan ekspertlar, mutaxassislar hamda tarjimonlar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Soliq toʻlovchi tomonidan ishlab chiqarish hududlari, ombor, savdo binolari hamda boshqa binolar, shu jumladan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliqqa tortish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq joylarni koʻzdan kechirish soliq organining talabnomasiga javoban soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda aks ettirilgan ishchi oʻrinlarini, tovar-moddiy boyliklarni, asosiy vositalarni yoki boshqa mol-mulkni mavjudligini tasdiqlash maqsadida koʻzdan kechiriladi. Zarur hollarda koʻzdan kechirish oʻtkazilishida foto va videotasvirga olish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan soliq toʻlovchiga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi munosabati bilan zurur hujjatlar olib qoʻyilgan hollarda, soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan mazkur holat yoritilgan holda dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Mazkur holatda mavzuga oid va ekspress-oʻrganish jinoyat ishi doirisida taftish oʻtkazilishi sababli kechiktirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Soliq toʻlovchi tomonidan mavzuga oid va ekspress-oʻrganishga taalluqli hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan bu haqda dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma soliq toʻlovchi tomonidan avval taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchsiz deb tan olinishiga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Soliq organining mansabdor shaxslarini soliq toʻlovchi tomonidan ishlab chiqarish hududlariga, ombor, savdo binolariga hamda boshqa binolar, shu jumladan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliqqa tortish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq joylarga koʻzdan kechirishni oʻtkazish uchun kiritmaslik, oʻrganilishi zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etmaslik, shuningdek, soliq xizmati organi xodimlarining mavzuga oid va ekspress-oʻrganishni amalga oshirish davomida oʻz xizmat vazafalarini bajarishga toʻsqinlik qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mavzuga oid va ekspress-oʻrganish natijasi boʻyicha soliq organinig mansabdor shaxslari tomonidan qonunbuzilishlar aniqlanganda, ularni soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining tegishli normasiga havola etgan holda soliq toʻlovchining tushuntirishlari hisobga olingan, batafsil yoritilgan maʼlumot tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar mavzuga oid va ekspress-oʻrganish tugallanganda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi holatlari mavjudligi aniqlanmagan boʻlsa, bu haqda maʼlumotnomada qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mavzuga oid va ekspress-oʻrganish maʼlumotiga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganishni tayinlash uchun asos hisoblangan mezonlar koʻrsatilgan hujjatlarning nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganishni amalga oshirish davomida olingan hujjatlar nusxalari, shuningdek, oʻrganish doirasida amalga oshirilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mavzuga oid va ekspress-oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumotnoma soliq toʻlovchiga topshirilgan kun yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan kun oʻrganish tugallangan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mavzuga oid va ekspress-oʻrganish davomida soliq toʻlovchilar oʻrganishni amalga oshirilishi yakunlangunga qadar mustaqil ravishda soliqqa oid huquqbuzarlikni bartaraf etishga haqli, shu jumladan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishlari, shuningdek, qoʻshimcha hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penya summasini toʻlashlari mumkin. Mazkur harakatlar oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumotnomada aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlar natijalari soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish maqsadida kameral nazorat materiallariga ilova qilinadi xamda soliq organlarining “tahlikali-tahlil” tizimida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2018-y., 09/18/965/2253-son)