29.11.2018 yildagi 970-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kuzatuv punktlarini jihozlash dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash dasturi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2 ilovalar rus tili matnida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar dasturlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish va rekonstruksiya qilish qismi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsiya dasturi, shuningdek, 2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzgidromet” deb ataladi) uchun nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital taʼmirlash va moddiy-texnik bazani mustahkamlash qismi boʻyicha — “Oʻzgidromet”ni saqlab turish uchun har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning qarzlari va grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzgidromet” ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlar doirasida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi binolarni, inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish sifatiga rioya etilishi ustidan zarur davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzgidromet” buyurtmalari boʻyicha yangi gidrometorologik stansiya va postlar qurish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “Oʻzgidromet”ga 2019 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kuzatuv punktlarini jihozlash dasturini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning begʻaraz texnik koʻmagi (grantlar) jalb qilinishiga koʻmaklashsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi “Oʻzgidromet” buyurtmalariga asosan ushbu qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan xorijda ishlab chiqarilgan mol-mulk oʻz vaqtida sotib olinishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov va Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sh.H. Habibullayev zimmasiga yuklansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 29-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
970-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2018-y., 09/18/970/2248-son; 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)