22.11.2018 yildagi 948-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kollegial organlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, idoralararo kollegial organlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tuzilgan idoralararo kollegial organlar tubdan qisqartirilganligi hamda ularni optimallashtirish chora-tadbirlari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Idoralararo kollegial organlar toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
948-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 948-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kollegial organlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom idoralararo kollegial organlarning (keyingi oʻrinlarda kollegial organlar deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, huquqlari va javobgarligi, shuningdek, kollegial organlar faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kollegial organ vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda idoralararo hamkorlikni taʼminlovchi hamda ushbu organ va tashkilotlarga tashkiliy-amaliy, uslubiy, ilmiy va boshqa jihatdan koʻmaklashuvchi doimiy yoki vaqtinchalik jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan maslahatlashuv organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kollegial organlar hududiy tegishliligiga qarab respublika va hududiy miqyosida, shakliga koʻra esa — komissiya, kengash, qoʻmita, ishchi guruh va boshqa koʻrinishdagi kollegial organlar sifatida tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kollegial organlarning shakli va uning ishchi organi mazkur organlarga yuklatilayotgan vazifalarning xususiyatidan kelib chiqib kollegial organlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi hujjatlarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kollegial organlar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kollegial organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining idoralararo hamkorligi mustaqillik, oʻziga boʻysunuvchi sohada samarali faoliyat yuritish va vazifalarning lozim darajada bajarilishi uchun rahbarlarning shaxsiy javobgarligi tamoyillariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kollegial organlarning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar kollegial organlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklatilgan masalalarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining oʻzaro kelishilgan faoliyat yuritishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga yuklatilgan masalalar va funksiyalarni bajarish borasida tashkiliy-amaliy, uslubiy, ilmiy va boshqa jihatdan koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo hamkorlikni talab qilgan muammolarni oʻz vaqtida aniqlash, kompleks tahlil qilish va hal qilish uchun vakolatli davlat organlari va tashkilotlarga asoslantirilgan takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kollegial organlarga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kollegial organlarning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kollegial organlar oʻzlariga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul asosda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlararo, idoralararo va hududlararo masalalarni hal etish maqsadida takliflar ishlab chiqish va ularni vakolatli davlat organlari hamda tashkilotlariga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollegial organlar ishiga ularning faoliyat sohasiga bevosita aloqasi boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarining vakillarini jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kollegial organlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya, kengash, qoʻmita sifatida tashkil etilgan kollegial organlar oʻzlari tashkil etilgan hujjatlar (va) yoki ular toʻgʻrisidagi nizomlar asosida tegishli qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kollegial organlar oʻzlariga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, shuningdek, tarmoqlararo, idoralararo va hududlararo hamkorlikning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kollegial organlarni tashkil etish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Respublika va hududlararo miqyosidagi kollegial organlar qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, topshiriqlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan, hududlar miqyosidagi kollegial organlar esa — mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari bilan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kollegial organlarni tashkil etish haqidagi qarorlar asoslangan boʻlishi, ularning tarkibi esa barcha aʼzolarning samarali ishtirokini taʼminlaydigan darajada shakllantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kollegial organlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarni kiritishda kollegial organlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasiga tushuntirish xatida tashkil etilishi taklif etilayotgan kollegial organlarga yuklatilgan vazifalarni shunday organni tuzmagan holda amalga oshirib boʻlmasligi bilan bogʻliq holatlar toʻliq asoslantirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kollegial organlarni tashkil etishda quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollegial organlarga davlat-hokimiyat vakolatlarini berish, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy ahamiyatga ega boʻlmagan, shuningdek, davlat boshqaruvida, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarning yuzaga kelishiga sabab boʻladigan kollegial organlarni tashkil etish va faoliyat yuritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollegial organlarga davlat organlari vazifa va funksiyalarining oʻrnini egallashga, qabul qilinayotgan qarorlar va aniq natijalarga erishish uchun javobgarlikning susayishiga olib keluvchi takrorlovchi va parallel funksiyalarni yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollegial organlar ishiga ularning faoliyat sohasiga bevosita aloqasi boʻlmagan davlat organlari va tashkilotlarini jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hukumat qarori bilan tashkil etilgan va rahbari tomonidan samarasiz faoliyat yuritayotgan deb hisoblangan kollegial organlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ularni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori bilan tashkil etilgan va rahbari tomonidan samarasiz faoliyat yuritayotgan deb hisoblangan kollegial organlar boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari ularni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan tashkil etilgan va rahbari tomonidan samarasiz faoliyat yuritayotgan deb hisoblangan kollegial organlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur kollegial organlarni tugatish toʻgʻrisida tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga belgilangan tartibda taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kollegial organlarni tashkil etish zaruratini asoslovchi mezonlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagilar kollegial organlarni tashkil etish zaruratini asoslovchi mezonlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlararo, idoralararo va hududlararo muvofiqlashtirishni talab etuvchi masalalarni koʻrib chiqish va bajarilishini taʼminlash zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlararo, idoralararo va hududlararo masalalarni hal etish uchun takliflar tayyorlash samaradorligini oshirish zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish borasida ularga tashkiliy-amaliy, uslubiy, ilmiy va boshqa jihatdan koʻmaklashish zarurati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan mezonlar mavjud boʻlmagan hollarda kollegial organlarni tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Kollegial organlar faoliyatining samaradorligi uchun javobgarlik va natijadorlikka doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kollegial organlar rahbarlari mazkur organlar faoliyatini tashkil etish, yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni sifatli bajarish, tarkibni yangilab borish, shuningdek, yuklatilgan vazifalar va funksiyalar toʻliq bajarilgan yoki samarasiz faoliyat yuritilgan hollarda ularni optimallashtirish yoxud tugatish boʻyicha oʻz vaqtida tegishli davlat organlari va tashkilotlariga taklif kiritish yuzasidan shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kollegial organlar faoliyatining natijadorligi ular tashkil etilgan paytdan boshlab birinchi yil yakunlari boʻyicha quyidagi mezonlarga asosan ularning rahbarlari tomonidan baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollegial organlarni tashkil etish uchun asos boʻlgan vazifalarning bajarilishi sifati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollegial organlarning ishida ularning barcha aʼzolarini samarali ishtirokini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili faoliyat yuritayotgan idoralararo kollegial organlar faoliyati samaradorligini tahlil qilib, baholab boradi va tahlil natijalari boʻyicha ularni kelgusida qisqartirish va optimallashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi. Bunda bir yildan uzoq muddat davomida faoliyat yuritmagan kollegial organlarni tugatish masalasi majburiy tartibda koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Respublika miqyosidagi kollegial organlar faoliyati ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, hududlar miqyosidagi kollegial organlar faoliyati ustidan nazorat esa — mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/948/2213-son)