01.10.2018 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Fan, texnika va innovatsiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Hindiston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarida fan, muhandislik va texnologiyalar rivojining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy, texnikaviy va innovatsiyalar sohalarida oʻzbek-hind hamkorligini yanada chuqurlashtirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasidagi qoʻshma ilmiy va texnikaviy hamkorlikni mustahkamlashga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy, texnikaviy va innovatsion yutuqlarni tijoratlashtirish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish jarayonini tezlashtirishga hissa qoʻshishni istab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teng huquqlilik va oʻzaro manfaatdorlik negizida ilmiy, texnikaviy va innovatsion salohiyatni yuksaltirish hamda har ikki mamlakat iqtisodiyotlari yanada rivojlanishini ragʻbatlantirishda oʻzaro manfaatdorlik prinsiplari, bozor qonunlariga rioya etish va intellektual mulk huquqi obyektlari himoyasiga asoslanib, yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashning ahamiyatini toʻlaqonli anglagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Maqsad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning maqsadi Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq teng huquqlilik va oʻzaro manfaatdorlik asosida ilmiy, texnikaviy va innovatsiyalar sohalarida hamkorlikni amalga oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Hamkorlik yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasida hamkorlik Tomonlar davlatlarining manfaatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat ilmi va texnologiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik fanlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, amaliy matematika, maʼlumotlar bilan ishlash toʻgʻrisidagi fan va texnologiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash va tibbiy texnologiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materialshunoslik fanlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayot fanlari va biotexnologiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fizika va astrofizika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika, suv, iqlim va tabiiy resurslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, texnologiyalar va muhandislik sohalarida hamkorlikning oʻzaro kelishilgan boshqa yoʻnalishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Hamkorlik shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim doirasidagi hamkorlik Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir mamlakatning milliy tadqiqotlar, rivojlanish va innovatsion siyosat va dasturlari boʻyicha tajriba almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va texnikaviy axborot va hujjatlar almashish, Tomonlar oshkor etishi mumkin boʻlmagan maxfiy maʼlumotlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, umumiy qiziqish uygʻotadigan sohalarda hamkorlikni rivojlantirish tadbirlari, ishchi uchrashuvlar, ilmiy seminarlar, konferensiyalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma tadqiqotlar va ishlanmalar, jumladan, innovatsiyalar va texnologiyalar rivojiga olib boruvchi loyihalar namoyishi hamda sanoat sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimlar, tadqiqotchilar, texnik mutaxassislar va tadqiqotchi talabalar almashinuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimlar, tadqiqotchilar, texnik mutaxassislar va tadqiqotchi talabalarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik va koʻnikmalarni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunalar, materiallar va maʼlumotlar almashinuvi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, hamkorlik mazkur Bitimning bajarilishini taʼminlovchi boshqa oʻzaro kelishilgan shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Muvofiqlashtiruvchi organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Hindiston tomonidan Hindiston Hukumati, Fan va texnologiyalar departamenti mazkur Bitimda keltirilgan shartlarning bajarilishi uchun muvofiqlashtiruvchi organlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul organlar, zaruratga koʻra, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash, mazkur Bitim bajarilishini muhokama qilish va qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish hamda oʻzaro qiziqish uygʻotadigan masalalar boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazish uchun uchrashuvlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Qoʻshma komitet
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitimga muvofiq birgalikda hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish va oʻzaro koʻmaklashish uchun Tomonlar tayinlagan tarkibda vakillardan tashkil topadigan “Qoʻshma qoʻmita” tuzadilar. Qoʻshma qoʻmita hamkorlikdagi faoliyatning ustuvor sohalarini aniqlaydi va mazkur Bitimning amalga oshirilish jarayonini kuzatib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma qoʻmita loyihalar bajarilishi, tashriflar almashinuvi, dasturlar bajarilishi va boshqalar uchun maʼmuriy va moliyaviy shartlarni oʻz ichiga oluvchi fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida hamkorlik Dasturini shakllantiradi va, zarur hollarda, hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha faoliyat natijalarini sanoatda qoʻllash uchun aniq choralar taklif qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma qoʻmita navbati bilan Oʻzbekiston va Hindistonda Tomonlar oʻrtasida oʻzaro kelishilgan muddatda va joyda uchrashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi idoralar Qoʻmita sessiyalari oraliqlarida, zarur hollarda, mazkur Bitimni muhokama qilish hamda uning kelgusida amalga oshirilishi va oʻzaro qiziqish uygʻotadigan dasturlar, loyihalar va tadbirlarning amalga oshirilishi jarayoni yuzasidan maʼlumot almashish boʻyicha uchrashuv oʻtkazishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Tomonlar savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbek-hind hukumatlararo komissiyasi doirasida ham mazkur Bitimda koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlikni davom ettiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Amalga oshirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga muvofiq Oʻzbekiston va Hindistonning boshqa departamentlari yoki agentliklari muayyan oʻzaro anglashuv memorandumlari yoki kelishuvlarni oʻzaro kelishilgan sohalarda tuzishlari mumkin. Ular ushbu memorandum yoki kelishuvlarda nazarda tutilgan vazifalarni ilgari surish va bajarishda tegishli xarajatlarini oʻzlari qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar hukumat muassasalari, universitetlar, tadqiqot markazlari, muassasalar va boshqa tashkilotlar oʻrtasida ikki mamlakatning oʻzaro kelishuviga muvofiq aloqalar oʻrnatilishi va hamkorlik qilinishini ragʻbatlantirishlari, unga yordam koʻrsatishlari hamda, zarur hollarda, muvofiqlashtirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning davlat organlari yoki boshqa vakolatli shaxslari tomonidan tuzilgan ijroiya kelishuvlari yoki Hamkorlik dasturi, zaruratga qarab, fan va texnika sohasidagi aloqalar va hamkorlik usullarini oʻz ichiga olishi lozim. Mazkur ijroiya kelishuvlarni tuzish har ikki Tomon davlatining amaldagi qonunlari, qoidalari va tartibotiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Basharti Tomonlar yoki vakolatli shaxslari oʻzgacha kelishmagan boʻlsalar, mazkur Bitimning shartlari boshqa ijroiya kelishuvlariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Qoʻshma tadqiqotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlarining qonunchiligiga amal qilgan holda sanoat rivojlanishi va yangi texnologiyalar sohasida qoʻshma ilmiy va innovatsion faoliyatni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda, Bitimni qoʻllash va birgalikdagi ilmiy tadqiqot va ishlanma natijalaridan manfaatdor tegishli vazirliklar va idoralar, tadqiqot markazlari, oliy taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlar oʻrtasida aloqalar oʻrnatilishi ragʻbatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikaviy, moliyaviy va boshqa jihatlarga, shu jumladan, intellektual mulk obyektlaridan foydalanish huquqini himoya qilishga taalluqli barcha masalalar qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ikkala Tomon davlatlarining oʻrtasida tuziladigan xalqaro shartnomalar asosida tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitim doirasida birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun yetarlicha moddiy mablagʻlar mavjudligini taʼminlashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti har bir aniq holatda boshqacha kelishuv boʻlmasa, mazkur Bitim doirasida Tomonlar xarajatlarni mustaqil ravishda qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim doirasida Tomonlar barcha moliyaviy masalalarni yozma shaklda kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Maʼlumotlar almashinuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim doirasidagi birgalikdagi faoliyat natijasida qoʻlga kiritilgan ilmiy-texnikaviy maʼlumotlar almashinuvi har bir Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Maʼlumotlar maxfiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ilmiy, muhandislik va texnologik maʼlumotlarni, shuningdek mazkur Bitimga muvofiq ular va ularning vakillari tomonidan bajarilgan innovatsion ishlanmalarni taqdim etgan Tomonning yozma roziligisiz hech bir uchinchi tomonga bermaslik majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Maʼlumotlarni oshkor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma ilmiy tadqiqot natijalari va mazkur Bitim doirasidagi hamkorlikda qoʻlga kiritilgan boshqa maʼlumotlar, davlat siri yoki qonunchilik tomonidan muhofaza qilinadigan boshqa sirlar, shu jumladan, tijorat yoki ishlab chiqarish sirlarini istisno qilgan holda, Tomonlarning oʻzaro yozma kelishuvi asosida Tomonlar davlatlarining amaldagi qonunchiligi va siyosatiga muvofiq jahon ilm-fan jamiyatiga umumiy maʼlumot uzatish usullari orqali oshkor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllashda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda, Tomonlar ularni muzokara va maslahatlashuvlar orqali hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Boshqa xalqaro shartnomalar bilan aloqa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlar davlatlari ishtirok etadigan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan ularning huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra uning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar orqali tuziladigan va mazkur Bitimning 15-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Kuchga kirishi va amal qilish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim 5 (besh) yil davomida amal qiladi, basharti Tomonlardan biri uning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida joriy besh yillik muddat tugashidan kamida olti oy oldin diplomatik kanallar orqali boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qilmasa, uning amal qilishi navbatdagi besh yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning tugatilishi Bitim davri davomida boshlangan, biroq uning amal qilish muddati tugaguniga qadar yakunlanmagan qoʻshma loyihalar, dasturlar va boshqa tadbirlarning bajarilishiga, basharti Tomonlar boshqacha kelishmagan boʻlsalar, daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim kuchga kirishi bilan, 1993-yil 29-iyulda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fan va texnika sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning tasdigʻi sifatida tegishlicha vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar mazkur Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehli shahrida 2018-yil 1-oktabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, hind va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir. Talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)