Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining
Qarori
“Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 16-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2124-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2010-yil 28-iyundagi 51 va 4-son “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2124, 2010-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 30-son, 255-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-noyabr,
140-son
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻi D. DEXKANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-noyabr,
75-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2018-y., 10/18/2124-1/2190-son)