Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining
qarori
Oksitotsin (inyeksion eritma) preparatini veterinariyada qoʻllash boʻyicha qoʻllanmani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5067-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2008-yil 19-martdagi 59-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oksitotsin (inyeksion eritma) preparatini veterinariyada qoʻllash boʻyicha qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais v.b. B. NORQOBILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-yanvar,
8-son