OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
PAXTA XOM AShYoSI, PILLA, ChORVAChILIK MAHSULOTLARINING XARID NARXLARINI VA PAXTA TOLASINING ULGURJI NARXLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yoqilgʻi, elektr energiyasi va boshqa moddiy-texnika resurslari narxlarining ancha oshganligi munosabati bilan, shuningdek, bozor munosabatlari sharoitlarida kolxoz va sovxozlar ishi uchun zarur iqtisodiy dastaklar yaratish, mehnat jamoalarining mahsulot yetishtirishdan moddiy manfaatdorligini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Moliya vazirligining:
1992-yil hosilidan boshlab pillaning xarid narxlarini 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
1992-yil 1-apreldan boshlab qoramol, qoʻchqorlar, qoʻy va echkilar, parranda, sutning xarid narxlarini oʻrtacha 2 baravar oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-oktabrdagi 475-sonli qarori tahririda)
2. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi oʻn kun muddat ichida paxta xomashyosi, paxta tolasi, pilla va chorvachilik mahsulotlari narxlarining yangi preyskurantlarini manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-martdagi 145-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 30-mart,
152-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 152-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Paxta xomashyosining davlat xarid narxlari
|
1 tonna uchun soʻm hisobida | ||||
|
Paxta tolasining tipi |
I |
II |
III |
IV |
|
| ||||
| I tip | 25200 | 22200 | 11400 | 3960 |
| II tip | 22500 | 20400 | 11400 | 3960 |
| III tip | 20700 | 18360 | 11400 | 3960 |
|
| ||||
| IV tip | 19980 | 17190 | 10800 | 3960 |
| V tip | 18660 | 16110 | 10800 | 3960 |
| VI tip | 14700 | 13260 | 10260 | 3960 |
| VII tip | 14220 | 12780 | 9900 | 3960 |
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 152-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Paxta tolasining ulgurji narxlari
|
1 tonna uchun soʻm hisobida | |||||||
|
Tolaning tipi |
Paxta tolasining sanoat sortlari | ||||||
|
sara |
I |
II |
III |
VI |
V |
VI | |
|
| |||||||
| I tip | 104220 | 100870 | 96850 | 62310 | 45180 | 28460 | 15970 |
| II tip | 94940 | 91520 | 88250 | 62310 | 45180 | 28460 | 15970 |
| III tip | 83670 | 81560 | 78900 | 62310 | 45180 | 28460 | 15970 |
|
| |||||||
| IV tip | 74320 | 72960 | 69750 | 59100 | 45180 | 28460 | 15970 |
| V tip | 67700 | 66340 | 64970 | 56370 | 45180 | 28460 | 15970 |
| VI tip | 56440 | 53710 | 51800 | 49140 | 45180 | 28460 | 15970 |
| VII tip | 55690 | 50500 | 48870 | 48460 | 45180 | 28460 | 15970 |
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 152-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Pillaning cheklangan xarid narxlari
|
1 kg uchun soʻm hisobida | |||
|
Pillaning tur va |
Cheklangan xarid narxi | ||
| Sara |
48-00 | ||
| I sort | 45-00 | ||
| II sort |
37-40 | ||
| III sort |
32-20 | ||
| Superelita |
100-00 | ||
| Elita |
86-00 | ||
| Navdor |
70-00 | ||
| Yaroqsiz |
1-00 | ||
| Qorapachoq |
0-50 | ||