07.11.2018 yildagi PQ-4006-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoyasini ta’minlash, qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni axloqan tuzatish bo‘yicha tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, jinoyat-ijroiya amaliyotini o‘rganish natijalari mahkumlarning huquqlariga rioya etish, ularning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini ta’minlash, kelgusida jamiyatga ijtimoiy moslashtirish uchun axloqan tarbiyalash va mehnatga o‘rgatishning shaffof va yanada samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish zarurligidan dalolat bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar jinoiy jazolarning ijrosini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat-ijroiya qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish, tizimlashtirish va uyg‘unlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar huquqlariga so‘zsiz rioya etilishini, ularning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini ta’minlashning sifat jihatidan yangi mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar ongida qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, mehnatga, ijtimoiy turmush qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini shakllantirish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga mos ravishda mahkumlar huquqlari doirasini yanada kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar va yoshlarning ta’lim olishi, kasbiy tayyorgarligini tashkil etish hamda bandligini ta’minlash tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etish mexanizmlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish, shartli hukm qilingan va jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ularning ozodlikdan mahrum etish joylardan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan uzviy hamkorligini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti va uning hududiy bo‘linmalari tarkiblarida tegishlicha Probatsiya xizmati va uning hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — probatsiya bo‘linmalari) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ichki ishlar organlari probatsiya bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda, qoida tariqasida, bir nafar xodimga shaharlarda — 100, tumanlarda — 75 nafar mahkum hisobidan kelib chiqib taqsimlanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
probatsiya bo‘linmalari ustuvorlik asosida ijtimoiy, pedagogika va profilaktika sohalarida ish tajribasiga ega bo‘lgan ofitserlar tarkibidagi malakali xodimlar bilan to‘ldiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalari rahbarligiga probatsiya xizmatida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari tayinlanadi;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-207-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/207/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan va xizmatdan salbiy holatlarga ko‘ra bo‘shatilmagan ichki ishlar organlarining pensionerlari, probatsiya bo‘linmalari xodimlari lavozimiga attestatsiyadan o‘tgan lavozim hisobidan tayinlanishlari mumkin.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan kelib tushadigan ushlanmalarning 100 foizi hisobidan shakllantiriladigan Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/207/0310-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi huquqlar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikni cheklash, axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari va muayyan huquqdan mahrum qilish jazolarini o‘tayotgan, shartli hukm qilingan hamda jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslar sonini hisobga olgan holda, Jamoat xavfsizligi departamentining asoslangan takliflari bo‘yicha probatsiya bo‘linmalari xodimlari, ishchi va xizmatchilarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/207/0310-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
probatsiya bo‘linmalariga mutaxassis-psixologlarni, ularning mehnatiga haq to‘lash miqdorini mehnat bozoridagi amaldagi konyunkturani hisobga olib belgilagan holda, shartnoma asosida jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozit hisoblariga joylashtirish;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-207-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/207/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat xavfsizligi departamenti boshqaruv apparati va hududiy ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmatining boshqaruv apparati hamda probatsiya bo‘linmalari xodimlari uchun, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ustama va to‘lovlardan qat’i nazar, lavozim maoshiga rag‘batlantiruvchi foizli ustamalar belgilash.
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar uchun sarflanadi:
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat xavfsizligi departamenti boshqaruv apparati va hududiy ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmatining boshqaruv apparati, probatsiya bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini rag‘batlantirish;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
probatsiya bo‘linmalarining budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmaydigan qo‘shimcha kiritilgan shtat birliklarini, shuningdek, shartnoma asosida jalb etilgan mutaxassis-psixologlarni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tayotgan mahkumlarni, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan voyaga yetmaganlarning kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
probatsiyani amalga oshirishga ko‘maklashgan davlat organlarining, muassasalarining va tashkilotlarining xodimlarini, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarni hamda fuqarolarni rag‘batlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat xavfsizligini ta’minlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan ichki ishlar organlari xodimlarini lavozim maoshining bir baravarigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik mukofot bilan rag‘batlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xarajatlar uchun.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-sonli Farmoniga asosan o‘n birinchi — o‘n uchinchi xatboshlari bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilinganlarning ijtimoiy moslashuvi va ularni ishga joylashtirishda probatsiya bo‘linmalariga har tomonlama amaliy ko‘maklashish va samarali hamkorlikni tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo ekspert guruhini (keyingi o‘rinlarda — ekspert guruhi), batafsil ish rejasini tasdiqlagan va nazorat mexanizmlarini belgilagan holda tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-iyunga qadar ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida, Konsepsiyani amalga oshirish natijalarini hisobga olgan holda, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining loyihasi ishlab chiqilishi va o‘rnatilgan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda probatsiya bo‘linmalarini joylashtirish, ularni zamonaviy texnika va qurilmalar bilan jihozlash, shuningdek, bajarayotgan vazifalarini hisobga olgan holda faoliyatini tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-yanvarga qadar probatsiya bo‘linmalarining shtat jadvalini, nazorat ostidagilar bilan ishlovchi mutaxassis-psixolog lavozimlarini nazarda tutgan holda, tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘ysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilinganlarning hisobini yuritish hamda nazorat qilish, ularning ijtimoiy-psixologik portretlarini umumlashtirish va foydalanish imkonini beruvchi probatsiyaning markazlashgan elektron tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda jinoyat-ijroiya sohasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, shu jumladan, ekspert guruhining xorijiy davlatlarga ishchi va tanishuv safarlarini tashkil etish, xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishni nazarda tutuvchi dasturni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 7-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4006-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4006-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi qonun ustuvorligi va javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini ta’minlash, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida tarbiyalash va axloqan tuzatish uchun huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qator choralar qabul qilindi. Xususan, mahkumlarning huquqlariga so‘zsiz rioya etish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, ushbu sohada korrupsiya va mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlariga barham berish, jazoni ijro etish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish tizimida ta’lim muassasalarining faoliyati tubdan isloh qilindi, mahkumlarni o‘qitish jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalar joriy etildi, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar va kasb-hunarga ega bo‘lmagan mahkumlarni kasbiy tayyorlash mexanizmlari qayta ko‘rib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, mahkumlarni nazorat qilishning zamonaviy texnika vositalarini, shuningdek, ular uchun masofali video-uchrashuv tashkil etish imkonini beruvchi videokonferensiya tizimini joriy etish va qo‘llash bo‘yicha keng chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarning mehnat bilan bandligini samarali ta’minlash maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning jazoni ijro etish faoliyatini monitoring qilish borasidagi vakolatlari kengaytirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, jinoyat-ijroiya amaliyoti tahlili, shuningdek, jamoatchilik bilan bevosita muloqot natijalari quyidagi huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar huquqlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish, ularda qonunga itoatkor xulq-atvorni, inson, mehnat va ijtimoiy turmush qoidalari hamda an’analariga hurmat munosabatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etish, shartli hukm qilingan va jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan samarali nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, ularning jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan uzviy hamkorligini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilar davlat jinoyat-ijroiya siyosatining quyidagi asosiy jihatlarni nazarda tutuvchi mutlaqo yangi ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Jinoyat-ijroiya tizimini takomillashtirish, jinoyat-ijroiya qonunchiligi normalarini tizimlashtirish va uyg‘unlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoyat-ijroiya qonunchiligini uning xalqaro standartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilish asosida normativ-huquqiy hujjatlar bazasini kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Turlicha talqin qilinadigan yoki korrupsiyaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yadigan yoxud ularni qo‘llash bo‘yicha tushuntirish talab etuvchi normalardan voz kechish, shuningdek, qonun normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash amaliyotiga to‘liq o‘tish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoyat-ijroiya qonunchiligida foydalaniladigan atama va tushunchalarning huquqiy ma’nosini aniq ifodalash va ularning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jazolarni va boshqa huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalar hamda organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jinoyat-huquqiy ta’sir choralarining tamoyillari, tartibi va shartlarini zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or xalqaro standartlar va xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda yanada takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Probatsiya bo‘linmalarining faoliyati, zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishi bo‘yicha mexanizmlar va vakolatlarining normativ-huquqiy tartibini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarni jamoaviy saqlashga muqobil bo‘lgan kamera tipida saqlash tartibini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya bo‘linmalari xodimlari faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Mahkumlarni axloqan tuzatish va ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jazo va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi organlar faoliyatini mahkumlarni axloqan tuzatish va tarbiyaviy ishlar samaradorligini ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar, birinchi navbatda voyaga yetmaganlar va yoshlarni ijtimoiy moslashuvi va ishga joylashishga har tomonlama amaliy ko‘maklashish mexanizmlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muayyan huquqdan mahrum qilingan shaxslarni qayta kasbiy tayyorlashning huquqiy asoslarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilinganlar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishi xavfini aniqlash va yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish tizimini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jazoni ijro etish tizimida psixologik ish amaliyotini keng qo‘llash, mahkum shaxsini uning ijtimoiy-psixologik portretini tuzgan holda o‘rganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahkumlarni axloqan tuzatishda korxona, tashkilot, muassasa, jamoatchilik tuzilmalari va fuqarolar ishtirokining ta’sirchan mexanizmlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Voyaga yetgan mahkumlarni sud qarori asosida umumiy tartibli koloniya, manzil-koloniya va tarbiya koloniyasidan probatsiya bo‘linmalari vakolati doirasiga o‘tkazish tartibini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mahkumlarni manzil-koloniyalarda saqlash tartibi va shartlarini qayta ko‘rib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mahkumlarga qo‘llanilgan intizomiy jazolarning avtomatlashtirilgan hisobini, ularning xulq-atvori va harakatlarini nazorat qilish bo‘yicha zamonaviy texnik vositalarni, birinchi navbatda, probatsiya bo‘linmalari faoliyatiga bosqichma-bosqich joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish, shu jumladan, tintuv jarayonida jismoniy kuch va maxsus vositalar asossiz qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning davlat pensiya ta’minoti kafolatini kuchaytirish maqsadida, ularning ish haqidan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga ajratmalar o‘tkazishga bo‘lgan cheklovni bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq mahkumlarning huquqlari doirasini yanada kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahkumlarni oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida masofaviy o‘qitish shaklini joriy etish orqali ularning ta’lim olishi bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahkumlarga uchrashuv berish va almashtirishning adolatli hamda shaffof tartibi va talablarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga taqsimlash, ularni bir muassasadan boshqasiga o‘tkazish, shuningdek, ularga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazolar hisobini yuritish jarayonining shaffofligini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mahkumlarning kiyim-boshlarini iqlim sharoitlari va zamonaviy talablarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Konsepsiyani amalga oshirishdan ko‘zlangan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-ijroiya qonunchiligini yanada takomillashtirish, undagi huquqiy bo‘shliq va ziddiyatlarni bartaraf etish, milliy xususiyatlar va sharoitlarni e’tiborga olgan holda xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani implementatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda quyidagi maqsadlarga erishish alohida ahamiyat kasb etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarni axloqan tuzatish, ularning huquqlariga so‘zsiz rioya etish, sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini ta’minlashning ishonchli va samarali mexanizmlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat-ijroiya tizimi faoliyatining shaffofligi va oshkoraligini ta’minlash ustidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarni axloqan tuzatishda davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona, tashkilot, muassasa, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtiroki institutini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish tizimi faoliyatiga zamonaviy shakl va usullarni hamda ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyani amalga oshirishning pirovard natijasi mahkumlarni axloqan tuzatish, ularning jinoiy faoliyatining oldini olish, shuningdek, boshqa shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilishiga chek qo‘yishning samarali tizimini yaratish hisoblanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2018-y., 07/18/4006/2166-son, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son, 15.04.2022-y., 07/22/207/0310-son; 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)