05.09.2018 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daromad va mol-mulk soliqlari boʻyicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni toʻlashdan bosh tortish va boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Misr Arab Respublikasi Hukumati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlarining iqtisodiy aloqalari va soliq masalalaridagi hamkorligini yanada rivojlantirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlashdan bosh tortish yoki boʻyin tovlash orqali soliqqa tortmaslik yoki kam soliqqa tortish uchun imkoniyatlar yaratmasdan mazkur Bitimda qamrab olingan soliqlarga nisbatan ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish niyatida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob
Bitimning qoʻllanish doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
BITIM TATBIQ ETILADIGAN ShAXSLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkalasining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
BITIM TATBIQ ETILADIGAN SOLIQLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Davlatlar yoki ularning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlari nomidan undiriladigan daromad va mol-mulk soliqlariga, ularni undirish tartibidan qatʼi nazar, qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Daromad va mol-mulk soliqlariga daromad yoki mol-mulkning umumiy summasidan, daromad yoki mol-mulkning elementlaridan undiriladigan barcha soliqlar, shu jumladan, koʻchar va koʻchmas mol-mulkni tasarrufdan chiqarishdan olingan daromadlardan undiriladigan soliqlar hamda korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqi va maoshning umumiy miqdoridan undiriladigan soliqlar, shuningdek, mol-mulk qiymatining oʻsishidan olingan daromadlardan undiriladigan soliqlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitim, xususan, quyidagi amaldagi soliqlarga nisbatan qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Misr Arab Respublikasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soligʻi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. ish haqi va maoshdan olinadigan daromad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. tijorat va ishlab chiqarish faoliyatlaridan olinadigan daromad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. kasbiy faoliyatlardan olinadigan daromad (mustaqil shaxsiy xizmatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. koʻchmas mulkdan olinadigan daromad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) toʻlov manbaidan olinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) yuqorida qayd etilgan soliqlardan foizlar koʻrinishida yoki boshqa yoʻllar bilan undiriladigan qoʻshimcha soliqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(keyingi oʻrinlarda “Misr soliqlari” deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) yuridik shaxslardan undiriladigan foyda soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) mol-mulk soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekiston soliqlari” deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Bitim u imzolangan sanadan soʻng qoʻshimcha ravishda yoki amaldagi soliqlar oʻrniga undiriladigan har qanday oʻxshash yoki mohiyatan bir xil soliqlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlarining tegishli soliq qonunchiligiga kiritilgan har qanday muhim oʻzgartirishlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-bob
Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
UMUMIY TAʼRIFLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimda, agar matn mazmunidan oʻzgacha maʼno kelib chiqmasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Misr” atamasi Misr Arab Respublikasi hududini anglatadi va geografik maʼnoda qoʻllanilganda, Misr oʻz qonunchiligi hamda xalqaro huquqqa muvofiq suveren huquqlarini amalga oshiradigan, dengiz tubi va yer osti hamda ularning tabiiy resurslariga nisbatan huquqlarini amalga oshirish mumkin boʻlgan hudud sifatida belgilangan yoxud kelgusida belgilanishi mumkin boʻlgan hududiy dengiz va hududiy suvlardan tashqaridagi qirgʻoqqa tugashgan har qanday hududni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini anglatadi va geografik maʼnoda qoʻllanilganda, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro huquq va oʻz qonunchiligiga muvofiq oʻzining suveren huquqlari va yurisdiksiyasini, shu jumladan, yer osti boyliklari va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini amalga oshirishi mumkin boʻlgan oʻz hududini, hududiy suvlarni va ularning yuqorisidagi havo kengligini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) “Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matn mazmunidan kelib chiqib, Oʻzbekiston yoki Misrni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxs, kompaniya va har qanday boshqa shaxslar guruhini oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “kompaniya” atamasi soliqqa tortish maqsadlari uchun yuridik shaxs sifatida qaraladigan har qanday tuzilma yoki har qanday tashkilotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” atamalari tegishlicha bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti tomonidan boshqariladigan korxona va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti tomonidan boshqariladigan korxonani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “soliq” atamasi matn mazmunidan kelib chiqib, tegishlicha Oʻzbekiston soligʻi yoki Misr soligʻini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “xalqaro tashish” atamasi bir Ahdlashuvchi Davlatda oʻzining samarali boshqaruviga ega boʻlgan korxona tomonidan foydalaniladigan dengiz yoki havo kemasi, temir yoʻl yoki avtomobil transportida har qanday tashishni anglatadi, dengiz yoki havo kemasi, temir yoʻl yoki avtomobil transportidan faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan punktlar oʻrtasida foydalanilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “vakolatli organ” atamasi quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Misr Arab Respublikasida — Moliya vaziri yoki uning vakolatli vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Oʻzbekiston Respublikasida — Davlat soliq qoʻmitasi Raisi yoki uning vakolatli vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “milliy shaxs” atamasi quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Ahdlashuvchi Davlatning fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz maqomini olgan har qanday yuridik shaxs, shirkat yoki assotsiatsiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Davlat tomonidan istalgan vaqtda qoʻllanilganda, unda taʼrifi berilmagan har qanday atama, agar matndan boshqa maʼno kelib chiqmasa, Bitim qoʻllaniladigan soliqlarga nisbatan bu vaqtda ushbu Davlat qonunchiligiga muvofiq belgilangan maʼnoni anglatadi. Atamaning ushbu Davlatning tegishli soliq qonunchiligiga muvofiq har qanday maʼnosi ushbu davlatning boshqa qonunlarida mazkur atama uchun nazarda tutilgan maʼnodan ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
REZIDENT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimning maqsadlari uchun “Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti” atamasi ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq oʻzining doimiy turar joyi, doimiy istiqomat joyi, boshqaruv joyi va shunga oʻxshash mazmundagi boshqa har qanday mezonlarga koʻra ushbu Davlatda soliq toʻlovchi hisoblangan shaxsni anglatadi, shuningdek, ushbu davlatni va har qanday maʼmuriy-hududiy boʻlinmani yoki mahalliy hokimiyat organlarini oʻz ichiga oladi. Biroq bu atama faqat ushbu Davlatdagi manbalardan olingan daromadga nisbatan yoki unda joylashgan mol-mulkka nisbatan ushbu Davlatda soliq solinishi lozim boʻlgan har qanday shaxsni oʻz ichiga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, uning maqomi kuyidagi tarzda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u qaysi Davlatda yashashi mumkin boʻlgan doimiy uy-joyga ega boʻlsa, ushbu Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikkala Davlatda yashashi mumkin boʻlgan doimiy uy-joyga ega boʻlsa, u faqat yaqinroq shaxsiy va iqtisodiy aloqalarga (hayotiy manfaatlar markazi) ega boʻlgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar bunday shaxsning hayotiy manfaatlari markazi boʻlgan Davlatni aniqlab boʻlmasa yoki u ushbu Davlatlarning hech birida doimiy uy-joyga ega boʻlmasa, u faqat odatiy uy-joyga ega boʻlgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) agar u har ikkala Davlatda odatiy uy-joyga ega boʻlsa yoki hech birida ega boʻlmasa, u faqat milliy shaxsi boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar u har ikkala Davlatning ham milliy shaxsi boʻlsa yoki ulardan hech birining milliy shaxsi boʻlmasa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro; kelishuv orqali hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs boʻlmagan shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan xar ikkalasining rezidenti boʻlsa, unda Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzaro kelishuv asosida uning samarali boshqaruv joyi, tuzilgan yoki boshqacha shaklda tashkil topgan joy, va boshqa tegishli omillari boʻyicha mazkur Bitim maqsadlari uchun ushbu shaxs qaysi Ahdlashuvchi davlatga nisbatan rezident deb hisoblanishini aniqlaydilar. Bu kabi kelishuv mavjud boʻlmaganda, ushbu shaxs mazkur Bitimda nazarda tutilgan chegirma yoki imtiyozlarga ega boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
DOIMIY MUASSASA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimning maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi korxonaning tadbirkorlik faoliyati toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan doimiy faoliyat joyini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Doimiy muassasa” atamasi, asosan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqaruv joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boʻlinma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) idora;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fabrika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ustaxona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) shaxta, neft yoki gaz qudugʻi, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan har qanday boshqa joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ferma yoki plantatsiya; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) savdo joyi sifatida foydalaniladigan imorat va ombor binolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qurilish maydonchasi, qurilish, montaj yoki yigʻuv obyekti yoki ular bilan bogʻliq boʻlgan boshqaruv faoliyatni, basharti bunday maydoncha, obyekt yoki faoliyat olti oydan ortiq vaqt mobaynida davom etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ahdlashuvchi Davlatda tabiiy resurslarni qazib olish, qidirish yoki ekspluatatsiya qilish boʻyicha asosiy asbob-uskunalardan foydalanish (shu jumladan, bunday asbob-uskunalarni oʻrnatish) bilan bogʻliq har qanday faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan yoki korxona bunday maqsadlar uchun yollagan xizmatchilar yoki boshqa xodimlar orqali xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan, konsalting yoki boshqaruv xizmatlarini koʻrsatish, basharti bunday xususiyatdagi faoliyatlar (xuddi shunday yoki bogʻlik loyiha boʻyicha) boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida istalgan oʻn ikki oy ichida jami 183 kundan oshadigan davr yoki davrlar mobaynida davom etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur moddaning avvalgi qoidalaridan qatʼi nazar, “doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qurilmalardan faqatgina ushbu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlarni saqlash yoki namoyish qilish maqsadida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki buyumlar zaxirasini faqatgina saqlash yoki namoyish qilish maqsadida saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) ushbu korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki buyumlar zaxirasini faqatgina boshqa korxona tomonidan qayta ishlanishi uchun saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) doimiy faoliyat joyini faqatgina tovar yoki buyumlar sotib olish yoki ushbu korxona uchun axborot yigʻish maqsadida saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) doimiy faoliyat joyini faqatgina ushbu korxona uchun boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadida saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) doimiy faoliyat joyi faqatgina a) — e) kichik bandlarida sanab oʻtilgan faoliyat turlarining har qanday birikuvi uchun saqlab turish, basharti bunday birikuv natijasida vujudga keladigan doimiy faoliyat joyining jami faoliyati tayyorgarlik va yordamchi xususiyatga ega boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1 va 2-bandlarning qoidalaridan qatʼiy nazar, 7-band qoʻllaniladigan mustaqil maqomli agentdan oʻzga shaxs bir Ahdlashuvchi Davlatda boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi nomidan ish yuritsa, unda ushbu korxona birinchi qayd etilgan Ahdlashuvchi Davlatda ushbu shaxs tomonidan korxona uchun amalga oshiriladigan har qanday faoliyatga nisbatan doimiy muassasaga ega, deb hisoblanadi, agar bu shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Davlatda korxona nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va odatda ushbu vakolatdan foydalansa yoki odatda shartnomalar tuzilishida asosiy rol oʻynab, ularning muntazam ravishda muhim oʻzgarishlarsiz tuzilishiga olib kelsa va ushbu shartnomalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) korxona nomidan; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) ushbu korxonaga tegishli boʻlgan mulkka yoki ushbu korxona foydalanish huquqiga ega boʻlgan mulkka egalik qilish huquqini oʻtkazish yoki foydalanish huquqini taqdim etish boʻyicha; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iii) ushbu korxona tomonidan xizmat koʻrsatish uchun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basharti bunday shaxsning faoliyati 4-bandda qayd etilgan faoliyat turlari bilan cheklanmasa, agar faoliyat doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa, mazkur bandning qoidalariga koʻra ushbu doimiy faoliyat joyini doimiy muassasaga aylantirmaydi; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur moddaning avvalgi qoidalaridan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatning sugʻurta korxonasi yoki 7-band qoʻllaniladigan mustaqil maqomli agentdan oʻzga shaxs orqali boshqa Davlat hududida sugʻurta mukofotlarini yigʻsa yoki u yerda boʻlishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni sugʻurtalasa, u ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi, qayta sugʻurta qilish hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Korxona, agar boshqa Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega hisoblanmaydi, basharti bunday shaxslar oʻzlarining odatdagi faoliyati doirasida harakat qilsalar. Biroq bunday agentning faoliyati toʻliq yoki deyarli toʻlaligicha ana shu korxonaga bagʻishlangan boʻlsa, unda u ushbu bandning mazmuni doirasida mustaqil maqomli agent sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyani nazorat qilsa yoki shunday kompaniya tomonidan nazorat qilinsa yoxud ushbu boshqa Davlatda tadbirkorlik faoliyatini (doimiy muassasa orqali yoki oʻzgacha tarzda) amalga oshirayotgan boʻlsa, bu hol oʻz-oʻzidan ushbu kompaniyalarning birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirib qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Muayyan loyihalar yoki faoliyatlar doimiy muassasa hisoblanishi uchun oʻtishi lozim boʻlgan davr (yoki davrlar)ni nazarda tutadigan mazkur moddaning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan davr (yoki davrlar) oʻtganligini aniqlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) basharti Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi 3-bandda yoki ushbu moddada koʻrsatib oʻtilgan qurilish maydonchasi, qurilish loyihasi, montaj loyihasi yoki boshqa maxsus loyihani tashkil qiladigan joyda faoliyat yuritsa yoki ushbu joy bilan bogʻliq nazorat va konsultativ faoliyatni amalga oshirsa, mazkur Bitimga koʻra bunday faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan hollarda va bu faoliyat bir yoki bir necha davr yoki davrlar mobaynida jami ushbu moddaning 3-qismida koʻrsatib oʻtilgan muddat yoki muddatlardan oshib ketmasa; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) basharti bogʻliq boʻlgan faoliyatlar boshqa Ahdlashuvchi davlatda xuddi shunday (yoki ushbu moddaning 3-bandi qoʻllaniladigan nazorat yoki konsultativ faoliyati bilan bogʻliq) qurilish maydonchasi, qurilish yoki montaj loyihasi yoki mazkur moddaning 3-bandda koʻrsatilgan boshqa joyda birinchi qayd etilgan korxona bilan yaqindan bogʻliq bir yoki bir necha korxonalar bilan turli xil davrlar mobaynida amalga oshirilsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu turli xil davrlar mobaynida birinchi eslatib oʻtilgan korxona qurilish maydonchasi, qurilish yoki montaj loyihasi yoki ushbu moddaning 3-qismida koʻrsatib oʻtilgan boshqa joyda faoliyat yuritgan jami vaqtga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu moddaning maqsadlari uchun shaxs yoki korxona boshqa korxona bilan yaqindan bogʻlik deb qaraladi, basharti barcha fakt va holatlar asosida, biri ikkinchisini boshqarsa yoki ikkalasi ham bir xil shaxslar yoki korxonalar nazorati ostida boʻlsa, Har qanday holatda shaxs yoki korxona boshqa korxonaga yaqindan bogʻliq deb qaraladi, basharti ulardan birining ikkinchisida bevosita yoki bilvosita 50 foizdan ortiq ulushiga (yoki kompaniya umumiy ovozlari va aksiyalar qiymatining yoki kompaniya ustav kapitalining 50 foizidan koʻprogʻiga) egalik qilsa yoxud boshqa shaxs yoki korxona boshqa shaxsning va korxonaning yoki ikki korxonaning bevosita yoki bilvosita 50 foizdan ortiq ulushiga (yoki kompaniya umumiy ovozlari va aksiyalar qiymatining yoki kompaniya ustav kapitalining 50 foizidan koʻprogʻiga) egalik qilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-bob
Daromad soligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
KOʻChMAS MULKDAN OLINADIGAN DAROMAD
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan oladigan daromadi (jumladan, qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromad) ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligida belgilangan maʼnoga ega. Ushbu atama har qanday holatda ham koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan yordamchi mulkni; qishloq yoki oʻrmon xoʻjaligida foydalaniladigan chorva mollari va jihozlarni, yer usti mulkiga doir umumiy huquq qoidalari qoʻllaniladigan huquqlarni, koʻchmas mulk uzufrukti va foydali qazilmalar, manbalar va boshqa tabiiy boyliklarni qazib olish uchun yoki qazib olish huquqi uchun kompensatsiya sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki belgilangan toʻlovlarga boʻlgan huquqlarni oʻz ichiga oladi. Dengiz va havo kemalari, temir yoʻl va avtomobil transporti vositalari koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanish natijasida olinadigan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1 va 3-band qoidalari korxonaning koʻchmas mulkdan oladigan daromadiga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirish uchun foydalanadigan koʻchmas mulkdan olgan daromadga ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
TADBIRKORLIK FAOLIYATIDAN OLINADIGAN FOYDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining foydasi, agar korxona oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa, faqat ushbu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar korxona oʻz tadbirkorlik faoliyatini yuqorida aytilganidek amalga oshirayotgan boʻlsa, korxonaning foydasi boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, ammo bunda faqat (a) ushbu doimiy muassasa; (b) boshqa Davlatda oʻsha doimiy muassasa tomonidan sotiladigan kabi xuddi shunday yoki shunga oʻxshash turdagi tovarlar yoki buyumlar; (s) ushbu boshqa Davlatda doimiy muassasa orqali amalga oshiriladigan faoliyatga oʻxshash boshqa tadbirkorlik faoliyatiga tegishli qismi soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 3-band qoidalarini inobatga olgan holda, Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda tadbirkorlik faoliyatini u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga u mustaqil va alohida korxona boʻlgan holda shunday va shunga oʻxshash sharoitlarda shunday va shunga oʻxshash faoliyat bilan shugʻullangan holda va u doimiy muassasasi hisoblangan korxonadan mutlaqo mustaqil faoliyat koʻrsatganda olishi mumkin boʻlgan daromad taalluqli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda doimiy muassasa joylashgan Davlatda yoki undan tashqarida ushbu doimiy muassasa faoliyati maqsadlarida sarflangan xarajatlarni, jumladan, boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlarni chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi. Biroq quyidagi toʻlovlarga nisbatan chegirishlarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh idorasiga yoki uning har qanday boshqa idoralariga royalti toʻlovlari, patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun yigʻim va shunga oʻxshash toʻlovlar yoki xizmat koʻrsatganlik uchun yoxud boshqaruv uchun komission toʻlovlar yoki doimiy muassasaga qarzga berilgan summalarga nisbatan foiz toʻlovlari (bank bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno) koʻrinishidagi (xaqiqatdagi xarajatlarni qoplashdan tashqari) toʻlangan summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh idorasiga yoki uning har qanday boshqa idoralariga royalti toʻlovlari, patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun yigʻim va shunga oʻxshash toʻlovlar yoki xizmat koʻrsatganlik uchun yoxud boshqaruv uchun komission toʻlovlar yoki korxonaning bosh idorasiga yoki uning har qanday boshqa idoralariga qarzga berilgan summalarga nisbatan foiz toʻlovlari (bank bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno) koʻrinishida (haqiqatdagi xarajatlarni qoplashdan tashqari) qilingan har qanday xarajatlarning summalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga tegishli boʻlgan foydani korxona oladigan umumiy foyda miqdorini uning turli boʻlinmalariga mutanosib taqsimlash asosida aniqlash odatdagi amaliyot boʻlsa, 2-banddagi hech bir qoida, odatda, qabul qilinganidek, ushbu Davlatga shunday taqsimlash asosida soliqqa tortiladigan foydani aniqlashga xalal bermaydi; taqsimlashning tanlangan usuli mazkur moddada mavjud boʻlgan prinsiplarga muvofiq keluvchi natijalarni berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Doimiy muassasa tomonidan ushbu korxona uchun tovarlar yoki buyumlar xarid qilinishi sababli, ushbu doimiy muassasaga biror-bir foyda hisoblanib yozilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga tegishli foyda, agar uni oʻzgartirish uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar foyda, mazkur Bitimning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad elementlarini qamrab oladigan boʻlsa, mazkur moddaning qoidalari oʻsha moddalar qoidalariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
XALQARO TAShISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro tashishlarda dengiz va havo kemalari, temir yoʻl yoki avtotransport vositalaridan xalqaro yoʻllarda foydalanishdan olingan foyda faqat korxonaning samarali boshqaruv organi joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar xalqaro tashish korxonasining samarali boshqaruv organi dengiz kemasi bortida boʻlsa, dengiz kemasi u roʻyxatdan oʻtgan kema porti joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan yoki basharti bu kabi port mavjud boʻlmasa, kema boshqaruvchisi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-band qoidalari transport vositalaridan foydalanish boʻyicha pulda, qoʻshma tadbirkorlik faoliyatida yoki xalqaro boshqaruv agentligida ishtirok etishdan olingan foydalarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar turli davlatlardan korxonalar havo qatnovi faoliyatini konsorsium yoki shu kabi uyushma shaklida amalga oshirishga kelishib olsalar, 1 va 3-band qoidalari faqatgina Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblangan korxonaga tegishli boʻlgan konsorsium yoki uyushma foydasining qismiga qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
BIRLAShGAN KORXONALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqaruvi, nazorati yoki uning mol-mulkida bevosita yoki bilvosita ishtirok etsa; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir xil shaxslar bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining va boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqaruvi, nazorati yoki mol-mulkida bevosita yoki bilvosita ishtirok etsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamda har qanday holatda ikki korxona oʻrtasidagi ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mustaqil boʻlgan korxonalar oʻrtasida boʻladigandan farqli sharoitlar barpo etilsa yoki belgilansa, ularning birortasiga hisoblanishi mumkin boʻlgan, lekin ushbu shartlar tufayli hisoblanmay qolgan har qanday foyda ushbu korxona foydasiga qoʻshilishi va tegishli ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar bir Ahdlashuvchi Davlat ushbu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilgan foydani kiritsa va muvofiq ravishda soliqqa tortsa hamda shu tariqa kiritilgan foyda birinchi qayd etilgan Davlat korxonasiga, agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga kelgan munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlganda hisoblanadigan foyda boʻlsa, u holda ana shu boshqa Davlat foydadan oʻzida olingan soliq miqdoriga tegishli zarur tuzatishlarni kiritadi. Bunday tuzatishlarni aniqlashda ushbu Bitimning boshqa qoidalariga tegishlicha eʼtibor qaratish lozim va zarur hollarda, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bir-birlari bilan oʻzaro maslahatlashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlat korxona foydasini 2-bandda koʻrsatilgan sharoitlarda, uning milliy qonunlarida belgilangan muddat oʻtgandan soʻng oʻzgartirmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2-band qoidalari firibgarlik, majburiyatlarni qasddan bajarmaslik yoki beparvo munosabatda boʻlish holatlarida qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
DIVIDENDLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlar ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bunday dividendlar ularni toʻlayotgan kompaniya rezident hisoblangan Ahdlashuvchi Davlatda ham ushbu Davlat qonunchiligiga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, ammo basharti dividendlarning egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bu tarzda olinadigan soliq miqdori quyidagilardan oshmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar kompaniya (shirkatdan boshqa) dividendlarning haqiqiy egasi hisoblansa va ushbu kompaniya ayni vaqtda dividendni (dividend toʻlov kunini hisobga olgan holda 365 kun ichida) toʻlovchi kompaniya kapitalining kamida 25 foiziga egalik qilsa, dividendlar yalpi miqdorining 5 foizidan (ushbu davrni hisoblash maqsadlarida aksiyalarga egalik qiluvchi yoki dividend toʻlovchi kompaniyaning qoʻshilish yoki boʻlinib qayta tashkil etilish kabi korporativ qayta tashkil etilishi natijasida mulkiy huquqlardagi oʻzgarishlar hisobga olinmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa barcha xollarda dividendlar yalpi miqdorining 10 foizidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur band kompaniyaning dividendlar toʻlanadigan foydasini soliqqa tortishga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Basharti dividendlar Ahdlashuvchi Davlatda kelib chiqib, haqiqatda oʻsha Ahdlashuvchi Davlat Hukumatiga tegishli boʻlsa, bu kabi dividendlar faqatgina oʻsha Davlatning oʻzida soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda maqsadlari uchun “Ahdlashuvchi Davlat Hukumati” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Misr Arab Respublikasiga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misr Arab Respublikasi Markaziy banki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misr ijtimoiy sugʻurtalash fondi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy investitsiya banki; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa shunga oʻxshash toʻlaligicha yoki asosan Misr Hukumatiga tegishli boʻlgan vaqti-vaqti bilan Ahdlashuvchi Davlatlar vakolatli organlari tomonidan kelishiladigan muassasa yoki shunga oʻxshash institutlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoki boshqa shunga oʻxshash toʻlaligicha yoki asosan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga tegishli boʻlgan, vaqti-vaqti bilan Ahdlashuvchi Davlatlar vakolatli organlari tomonidan kelishiladigan moliyaviy institutlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Dividendlar” atamasi mazkur moddada qoʻllanilganda, aksiyalardan, yoki “juissans” aksiyalaridan yoxud “juissans” huquqlaridan, togʻ-kon sanoati aksiyalaridan, taʼsischilar aksiyalaridan yoki foydada ishtirok etish huquqini beruvchi, qarz talabi hisoblanmaydigan, boshqa huquqlardan olinadigan daromadni, shuningdek, foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti hisoblangan Davlat qonunchiligiga muvofiq aksiyalardan olinadigan daromad uchun belgilangan tartib boʻyicha soliqqa tortiladigan boshqa korporativ huquqlardan olinadigan daromadni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Basharti bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan dividendlarning haqiqiy egasi dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezident hisoblangan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻz tadbirkorlik faoliyatini unda joylashgan doimiy muassasasi orqali amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza va xoldingdan mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatsa va dividendlar toʻlanadigan ulush haqiqatda ushbu doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlsa, 1 va 2-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Basharti Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatda foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, bunday dividendlar ushbu boshqa Davlat rezidentiga toʻlanish holatlaridan yoki dividend toʻlanadigan ulush ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa bilan haqiqatda bogʻliq boʻlgan hollardan tashqari, ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlarni soliqqa tortmasligi, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasini, hatto toʻlayotgan dividendlar va taqsimlanmagan foyda toʻliq yoki qisman ushbu boshqa Davlatda yuzaga kelgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham soliqqa tortmasliga mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Bitimning har qanday boshqa qoidalaridan qatʼi nazar, basharti bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasasi mavjud boʻlsa, 7-moddaning 1-bandiga binoan soliqqa tortiladigan foyda bosh ofisga yoʻnaltirilganda, oʻsha boshqa Ahdlashuvchi Davlatda uning qonunchiligiga binoan qoʻshimcha ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
FOIZLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bunday foizlar ular hosil boʻladigan ushbu Ahdlashuvchi Davlatda ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, ammo foizlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, u holda bundan olinadigan soliqning miqdori foizlar yalpi miqdorining 10 foizdan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2-bandning qoidalaridan qatʼi nazar, agar foizlar Ahdlashuvchi Davlatda kelib chiqib, 10-moddaning 3-bandida belgilangandek haqiqatda oʻsha Ahdlashuvchi Davlat Hukumati yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari, mahalliy hokimiyat organlariga tegishli boʻlsa, bu kabi foizlar soliqqa tortishdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Foizlar” atamasi mazkur moddada qoʻllanilganda, ipoteka taʼminotidan qatʼiy nazar, qarzdorning foydasida, xususan, hukumat qimmatbaho qogʻozlaridan olinadigan daromadlarda va obligatsiyalar yoki qarz majburiyatlaridan olinadigan daromadda, shu jumladan, ushbu qimmatbaho qogʻozlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan mukofotlar va yutuqlarda qatnashish huquqidan qatʼi nazar, har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadni anglatadi, Oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun jarimalarga mazkur modda maqsadlari uchun foiz sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan boʻlsa yoki ushbu Davlatda joylashgan doimiy bazasidan mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga mansub boʻlsa, 1, 2 va 3-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Foizlarni toʻlovchi Davlatning oʻzi, hududiy-maʼmuriy boʻlinmasi, mahalliy hokimiyat organi yoki ushbu Davlatning rezidenti boʻlsa, foizlar Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Biroq foizlarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi davlatning rezidenti boʻlishi yoxud boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa, shu tufayli qarz majburiyatidan foizlar toʻlash majburiyati vujudga kelgan boʻlsa va shunday foizlar toʻlashni doimiy muassasa yoki doimiy baza amalga oshirsa, bunda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar toʻlovchi bilan foizlarning haqiqiy egasi oʻrtasida yoki ular ikkalasi va har qanday boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida qarz talabnomasiga asosan toʻlanayotgan foizlar miqdori toʻlovchi bilan foizlar haqiqiy egasi oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan ortiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, mazkur modda qoidalari faqat oxirgi qayd etilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda, toʻlovning ortiqcha qismi mazkur Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
ROYALTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq ushbu Davlatda yuzaga keladigan bunday royaltilar ushbu Ahdlashuvchi Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin, basharti royaltilarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bunday tarzda olinadigan soliq royalti yalpi miqdorining 12 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Royalti” atamasi mazkur moddada qoʻllanilganda, har qanday adabiy, sanʼat va ilmiy asarlariga mualliflik huquqi, shu jumladan, videofilmlar yoki filmlar yoxud radio va televideniye uchun yozuvlar, kassetalar, har qanday patent, tovar belgisi, chizma yoki modellar, kompyuter dasturlari, reja, maxfiy formula yoki jarayondan yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy asbob-uskunadan yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga daxldor axborotdan foydalanganligi yoki foydalanish huquqi uchun xar qanday toʻlov turini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar royaltilarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlib, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa yoki ushbu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa hamda royalti toʻlanayotgan huquq yoki mulk shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlsa, 1 va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari vaziyatga qarab qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Royalti, agar toʻlovchi ana shu Davlatning oʻzi, maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi, mahalliy hokimiyat organi yoki ushbu Davlatning rezidenti boʻlsa, ushbu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Biroq royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼiy nazar, Ahdlashuvchi Davlatda royaltini toʻlash bilan bogʻliq huquq va mol-mulk boʻlgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa va bu doimiy muassasa yoki baza ushbu royaltilarni toʻlashni amalga oshirsa, bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan ushbu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar toʻlovchi bilan royaltining haqiqiy egasi oʻrtasidagi yoki ular ikkalasi va boshqa biron-bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida foydalanish huquq va yoki axborotga tegishli boʻlgan va ular uchun toʻlanadigan royalti miqdori bunday munosabatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, toʻlovchi bilan royaltining haqiqiy egasi oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan ortiq boʻlsa, mazkur modda qoidalari faqat oxirgi qayd etilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda, toʻlovning ortiqcha qismi ushbu Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
MOL-MULK QIYMATI OʻSIShIDAI OLINADIGAN DAROMADLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining 6-moddada koʻrsatib oʻtilgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkni tasarrufidan chiqarish natijasida oladigan daromadlari oʻsha boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni yoki bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishda foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazasiga taalluqli koʻchar mulkni tasarrufdan chiqarishdan olinadigan daromadlari, shu jumladan, ana shunday doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani tasarrufidan chiqarishdan olinadigan daromadlari ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz va havo kemalari, temir yoʻl va avtomobil transport vositalarini yoki shunday dengiz va havo kemalari, temir yoʻl va avtomobil transport vositalaridan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulkni tasarrufdan chiqarishdan olinadigan daromadlar korxonaning samarali boshqaruv organi joylashgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Havo qatnovi konsorsiumi yoki shunga oʻxshash turli davlatlar korxonalari uyushmasi daromadlariga nisbatan 3-banddagi qoidalar faqatgina Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti ishtirokiga tegishli boʻlgan konsorsium yoki uyushma foydasining qismiga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan bevosita yoki bilvosita koʻchmas mulk qiymatining 50 foizidan koʻp miqdorini tashkil qiladigan aksiyalarni va boshqa shunga oʻxshash har qanday manfaatlarni tasarrufdan chiqarishdan oldingi 365 kun davomidagi har qanday vaqtda olinadigan daromadlar, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan korxona mulki hisoblanadigan aksiyalar, foizlar, qimmatli qogʻozlar yoki boshqa huquqlarni bevosita yoki bilvosita tasarrufdan chiqarishdan olingan daromadlar oʻsha boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu moddaning oldingi bandlarida koʻrsatib oʻtilganlardan tashqari har qanday boshqa mol-mulkni tasarrufdan chiqarishdan olinadigan daromadlar, tasarrufidan chiqarayotgan shaxs rezident deb hisoblanadigan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu modda 7-bandidagi koʻrsatib oʻtilgan holatlar Ahdlashuvchi Davlatning milliy qonunchiligiga binoan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti hisoblangan hamda mol-mulkni tasarrufdan chiqarishdan oldingi besh yil davomidagi har qanday vaqtda birinchi qayd etilgan Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblangan shaxs tomonidan mulkni tasarrufdan chiqarishdan olinadigan daromadini soliqqa tortishiga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
MUSTAQIL ShAXSIY XIZMATLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining kasbiy xizmatlar koʻrsatish yoki mustaqil tusdagi boshqa faoliyatdan olgan daromadlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi, bunday daromadlar, shuningdek, istisno tariqasida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ham quyidagi hollarda soliqqa tortilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar u oʻz faoliyatini amalga oshirish maqsadi uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻzi uchun muntazam tegishli boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlsa; bunday hollarda daromadning faqat shunday doimiy bazaga taalluqli boʻlgan qismigina ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar uning boshqa Ahdlashuvchi Davlatda boʻlishi koʻrib chiqilayotgan har qanday tegishli moliyaviy yilda boshlanadigan yoki tugaydigan oʻn ikki oylik davr mobaynida jami 183 kunni tashkil etsa yoki undan oshsa; bu holda ushbu boshqa Davlatdagi faoliyatdan olingan daromadning faqat oʻsha boshqa Davlatga taalluqli qismigina boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, jumladan, mustaqil ilmiy, adabiy, sanʼat, taʼlim va pedagogik faoliyatlarni, shuningdek, vrachlar, yuristlar, muhandislar, arxitektorlar, stomatologlar va hisobchilarning mustaqil faoliyatlarini oʻz ichiga qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
YoLLANMA ShAXSIY XIZMATLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 16, 18, 19, 20 va 21-moddalarning qoidalarini inobatga olgan holda bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining yollanma xizmat uchun oladigan maoshi, ish haqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari, faqat ushbu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, basharti yollanib ishlash boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa. Agar yollanma xizmat shu tarzda amalga oshirilayotgan boʻlsa, unda ushbu munosabat bilan olingan taqdirlash haqlari ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-band qoidalaridan qatʼi nazar, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma xizmat uchun oladigan taqdirlash haqlari faqat birinchi qayd etilgan Davlatda soliqqa tortiladi, basharti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) haq oluvchi koʻrib chiqilayotgan moliyaviy yilda boshlanadigan yoki yakunlanadigan xar qanday oʻy ikki oylik davr ichida jami 183 kundan oshmaydigan muddat yoki muddatlarda boshqa Davlatda boʻlib tursa; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taqdirlash haqlari boshqa Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi tomonidan yoki uning nomidan toʻlanadigan boʻlsa; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) yollovchining boshqa Davlatdagi doimiy muassasasi yoki doimiy bazasi haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni qoplamasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning avvalgi qoidalaridan qatʼiy nazar, Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz va havo kemalari bortida yoki avtomobil transporti vositalarida amalga oshiriladigan yollanma xizmatlarga nisbatan olinadigan taqdirlash haqlari korxonaning samarali boshqaruv organi joylashgan ushbu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Basharti Ahdlashuvchi Davlat rezidentining 8-moddaning 4-bandida qayd etilgandek, havo kemalari konsorsiumi yoki shunga oʻxshash uyushma tomonidan xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz va havo kemalari bortida yoki avtomobil transporti vositalarida amalga oshiriladigan yollanma xizmatlari uchun oladigan taqdirlash haqi, uni oluvchi rezidenti hisoblanadigan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
DIREKTORLARNING MUKOFOTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya direktorlar kengashining yoki har qanday boshqa shunga oʻxshash organning aʼzosi sifatida yoki uning nomidan oladigan direktorlarning mukofotlari va shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
SANʼAT XODIMLARI VA SPORTChILAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 14 va 15-moddalarning qoidalariga qatʼi nazar, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyatidan oladigan daromadlari ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Basharti sanʼat xodimi yoki sportchining amalga oshirgan shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, balki boshqa shaxs hisobiga oʻtkazilsa, bu daromad 7, 14 va 15-moddalarning qoidalaridan qatʼi nazar, sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti hisoblanadigan artist yoki sport vakilining obroʻsiga bogʻliq boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiriladigan faoliyatdan olinadigan daromadi ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
PENSIYALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 19-moddaning 2-bandi qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga avvalgi yollanma xizmatlar uchun toʻlanadigan pensiya va boshqa shunga oʻxshash taqdirlash hadyalari faqat ushbu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Annuitetlar” atamasi shaxsga hayoti mobaynida belgilangan muddatda yoki aniq yoki muayyan vaqt mobaynida pul yoki qiymat koʻrinishida majburiyatlar boʻyicha toʻliq qoplanadigan belgilangan summani anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
DAVLAT XIZMATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki hududiy-maʼmuriy boʻlinma yoxud mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ana shu Davlatga yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinma yoxud mahalliy hokimiyat organlariga koʻrsatgan xizmatlari uchun jismoniy shaxsga toʻlanadigan maosh, ish haqi va shunga oʻxshash taqdirlash haqlari, pensiyadan tashqari, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Agar xizmatlar boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs ushbu Davlatning rezidenti hisoblansa, bunday maosh, ish haqi va shunga oʻxshash taqdirlash haqlari faqat ushbu Davlatda soliqqa tortiladi, basharti jismoniy shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) ushbu Davlatning milliy shaxsi boʻlsa; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) faqat xizmat koʻrsatish uchungina ushbu Davlatning rezidenti boʻlgan boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yoxud mahalliy hokimiyat organi yoki ular tuzgan jamgʻarmalar tomonidan ushbu Davlat, boʻlinma, hokimiyatga koʻrsatilgan xizmatlar uchun jismoniy shaxsga har qanday nafaqalar faqatgina oʻsha davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Biroq jismoniy shaxs boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti yoki milliy shaxsi boʻlsa, bunday nafaqa ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 15, 16, 17 va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yoxud mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshirilgan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan xizmat koʻrsatishdan olingan maosh, ish haqi va boshqa oʻxshash taqdirlash haqlari va pensiyalarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
TALABALAR, STAJYORLAR VA AMALIYOTChILAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga kelgunga qadar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlib turgan yoki boʻlgan va birinchi qayd etilgan Davlatda faqat oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadidagina yashab turgan talaba, stajor yoki amaliyotchining yashashi, oʻqishi va maʼlumot olishi uchun moʻljallangan toʻlovlari, basharti bunday toʻlovlar ushbu Davlat hududidan tashqaridagi manbalardan yuzaga kelayotgan boʻlsa, ushbu Davlatda soliqqa tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 15-modda qoidalaridan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga kelgunga kadar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlib turgan yoki boʻlgan va birinchi qayd etilgan Davlatda faqat oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadidagina yashab turgan talaba; stajor yoki amaliyotchi ushbu birinchi qayd etilgan Davlatda shaxsiy xizmatlari uchun olgan toʻlovlar, basharti uning oʻzini boqishi uchun zarur qoʻshimcha mablagʻ resursi sifatida xizmat qilishi yoki ushbu koʻrsatilgan xizmatlar bevosita uning taʼlimi yoxud amaliyoti bilan bogʻliq boʻlsa, ushbu birinchi qayd etilgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortishdan ozod qilinadi. Biroq har qanday holatda, ushbu banddagi imtiyoz uning birinchi qayd etilgan Davlatga ilk yetib kelish sanasidan ketma-ket ikki yildan ortiq muddatga qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
PROFESSORLAR, OʻQITUVChILAR VA TADQIQOTChILAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 15-modda qoidalaridan qatʼi nazar, boshqa Ahdlashuvchi Davlatga universitet, kollej yoki boshqa oliy taʼlim muassasasida oʻqitish yoki ilmiy faoliyatini amalga oshirish uchun tashrif buyuradigan va unga qadar boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlib turgan yoki boʻlgan shaxsning shu maqsadda ushbu Davlatga birinchi bor tashrif buyurgan sanadan boshlab, uch yildan oshmaydigan muddatda oʻqitish yoki ilmiy faoliyatdan oladigan har qanday taqdirlash haqlari, birinchi eslatib oʻtilgan Davlatda soliqdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Basharti tadqiqot ishlari davlat manfaatlari uchun emas, balki muayyan shaxs va shaxslarning shaxsiy foydasi uchun oʻtkazilayotgan boʻlsa, mazkur moddaning 1-bandi qoidalari bunday tadqiqot ishlaridan olingan daromadga qoʻshilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
BOShQA DAROMADLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining mazkur Bitimning oldingi moddalarida nazarda tutilmagan daromad turlari, ularning qaysi manbadan yuzaga kelishidan qatʼiy nazar, faqat ushbu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandning qoidalari 6-moddaning 2-bandida belgilangan koʻchmas mulkdan olingan daromaddan tashqari boshqa daromadga, agar ushbu daromadning oluvchisi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatsa hamda daromad olinishiga bogʻliq huquq yoki mol-mulk shu kabi doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan amalda bogʻlik boʻlsa, qoʻllanilmaydi. Bunday holatda, vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1 va 2-banddagi qoidalardan qatʼiy nazar, Ahdlashuvchi Davlat rezidentining Mazkur Bitimning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan moddalari bilan bogʻlik boʻlmagan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda vujudga keladigan daromadlari ham oʻsha boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV-bob
Mol-mulk soligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
MOL-MULK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga tegishli boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan, 6-moddada nazarda tutilgan koʻchmas mulki ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi doimiy muassasaning tijorat mulkining bir qismini tashkil etadigan koʻchar mulk yoki Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni koʻrsatish uchun lozim boʻlgan doimiy bazaga tegishli koʻchar mulk ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining mulki boʻlgan va xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz va havo kemalari, temir yoʻl va avtotransport vositalaridan iborat boʻlgan mulk va shunday dengiz va havo kemasi, temir yoʻl va avtotransport vositalaridan foydalanish bilan bogʻlik boʻlgan koʻchar mulk faqat ushbu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tovarlar yoki mahsulotlarni tashish uchun foydalaniladigan Ahdlashuvchi Davlat korxonasining mulki boʻlgan konteynyerlar (treylyerlar va konteynyerlarni tashish bilan bogʻliq uskunalar) ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi, biroq konteynyerlar yoki treylyerlardan yoxud tashish bilan bogʻliq uskunalardan faqatgina boshqa Ahdlashuvchi Davlat doirasida punktlar orasida foydalanish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti mulkining boshqa barcha elementlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V-bob
Ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
IKKIYOQLAMA SOLIQQA TORTIShNI BARTARAF ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkiyoqlama soliqqa tortish quyidagicha bartaraf etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Bir Davlatning rezidenti mazkur Bitim qoidalariga muvofiq boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa, unda birinchi qayd etilgan Davlat ushbu rezidentning daromadidan olinadigan soliqdan boshqa Davlatda toʻlangan daromad soligʻiga teng qiymatni chegirib tashlashi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bunday chegirma boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromadga taalluqli chegirma taqdim qilingunga kadar hisoblab chiqiladigan daromaddan olinadigan soliq qismidan ortiq boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI-bob
Maxsus kondalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
KAMSITMASLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning milliy shaxslari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ushbu boshqa Davlat milliy shaxslariga ayni bir xil sharoitlarda, shu jumladan, rezidensiyaga nisbatan solinishi mumkin boʻlgandan ortiq har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliqqa tortishdan koʻra ogʻirroq va shunga oʻxshash hollarga duchor qilinmaydilar. Mazkur qoida, 1-modda qoidalaridan qatʼiy nazar, bir yoki ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlmagan jismoniy shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasini soliqqa tortish ushbu boshqa Davlatda aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalarni soliqqa tortishdan koʻra kamroq qulay boʻlishi. mumkin emas. Ushbu qoida bir Ahdlashuvchi Davlatni soliqqa tortish maqsadlarida oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik mavqeyi yoki oilaviy sharoiti asosida beriladigan biron-bir shaxsiy imtiyozlar, ozod qilishlar yoki chegirmalarni boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga berishga majburlovchi tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 9-moddaning 1-bandi, 11-moddaning 6-bandi yoki 12-moddaning 6-bandi qoidalari qoʻllanishidan tashqari hollarda, bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlaydigan foizlari, royalti va boshqa toʻlovlari bunday korxonaning soliqqa tortiladigan foydasini aniqlash maqsadida, birinchi qayd etilgan Davlat rezidentiga toʻlanganida qoʻllaniladigan bir xil shartlar asosida chegirib tashlanadi. Xuddi shu tarzda, bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga boʻlgan har qanday qarzlari ushbu korxonaning soliqqa tortiladigan mol-mulkini aniqlash maqsadida birinchi qayd etilgan Davlat rezidentining qarzlari singari shartlar asosida chegirib tashlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mol-mulki toʻliq yoki qisman boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinayotgan Ahdlashuvchi Davlat korxonasiga birinchi qayd etilgan Davlatda uning shu kabi korxonalariga qoʻllaniladigan yoki qoʻllanilishi mumkin boʻlgan har qanday soliqqa tortish yoki unga aloqador talablardan boshqa yoxud ulardan ogʻirroq soliqqa tortish yoki unga aloqador talab qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddadagi “soliqqa tortish” atamasi mazkur Bitim predmeti hisoblanadigan soliqlarni bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
OʻZARO KELIShUV TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Basharti shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki xar ikkalasining faoliyati unga mazkur Bitimda nazarda tutilganiga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortishga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, deb hisoblasa, u ushbu Davlatlarning ichki qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼiy nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga yoki uning holati Bitimning 24-moddasi 1-bandiga muvofiq boʻlsa, oʻzi milliy shaxsi boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga taqdim etishi mumkin. Bu ariza mazkur Bitim qoidalariga nomuvofiq soliqqa tortishga olib keluvchi xatti-harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor bildirilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolatli organ, basharti eʼtirozni asosli deb topsa hamda oʻzi eʼtirozni qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani mazkur Bitimga muvofiq kelmaydigan soliqqa solishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal etishga harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik va shubhalarni oʻzaro kelishuv boʻyicha hal qilishga harakat qiladilar. Ular, shuningdek, mazkur Bitimda nazarda tutilmagan hollarda ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish uchun bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oldingi bandlar maʼnolarini tushunishda kelishuvga erishish maqsadida bir-birlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri, shu jumladan, oʻzlari yoki ularning vakillaridan iborat qoʻshma komissiya doirasida aloqa qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
AXBOROT ALMAShISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish uchun yoki Ahdlashuvchi Davlatlarning soliqqa tortishga doir ichki qonunlaridan mazkur Bitimga zid kelmaydigan darajada foydalanish maqsadida Ahdlashuvchi Davlatlar yoki ularning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyati nomidan undiriladigan har qanday turdagi va tasnifdagi soliqlar boʻyicha zarur axborot bilan almashadilar. Axborot almashish 1 va 2-modda bilan cheklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlat tomonidan 1-bandga muvofiq olingan har qanday axborot, ushbu Davlatning ichki qonunlariga muvofiq koʻlga kiritilgan axborot darajasida maxfiy hisoblanadi va faqat aniqlash yoki undirish, majburiy undirish yoki sud orqali taʼqib etish bilan bogʻliq yoki mazkur Bitim tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan apellatsiyalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq shaxslar yoki organlar (jumladan, sudlar va maʼmuriy organlar)ga oshkor etiladi. Bunday shaxs yoki organlar axborotdan faqat shunday maqsad uchun foydalanadilar. Ular ushbu axborotni ochiq sud majlisida yoki yuridik qarorlar qabul qilish chogida oshkor etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har qanday holatda 1 va 2-band qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlardan birini quyidagilarga majburlovchi tarzda talqin qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunlari yoki maʼmuriya amaliyotiga zid maʼmuriy choralar oʻtkazishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunlari yoki odatiy maʼmuriy amaliyotga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) har qanday savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasb siri yoki savdo jarayonini oshkor etuvchi yoki oshkor etilishi Davlat siyosatiga (jamoat tartibiga) zid keluvchi axborotni taqdim etishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Basharti bir Ahdlashuvchi Davlat tomonidan ushbu moddaga muvofiq maʼlumot soʻralgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlat bundan maʼlumot oʻz soliq maqsadlari uchun zarur boʻlmasa ham, soʻralgan maʼlumotni olish uchun axborot toʻplash boʻyicha oʻz tadbirlaridan foydalanishi lozim. Yuqorida nazarda tutilgan majburiyat 3-band qoidalari bilan cheklangan, biroq har qanday holatda ham, bundan cheklovlar ichki manfaatlar mavjud emasligi sababli maʼlumot taqdim etishni rad qilish uchun Ahdlashuvchi Davlatga ijozat beradigan tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
IMTIYOZLARNING ChEKLANIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning boshqa qoidalaridan qatʼi nazar, basharti har qanday rezidentning yoki bunday rezident bilan bogʻliq har qanday shaxsning asosiy maqsadi yoki asosiy maqsadlaridan biri mazkur Bitimdan manfaatga ega boʻlish boʻlsa, mazkur Bitim bilan nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
DIPLOMATIK VAKOLATXONALAR VA KONSULLIK MUASSASALARI XODIMLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarining hech biri diplomatik vakolatxonalar eki konsullik muassasalari xodimlariga xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalari yoki maxsus bitimlarning qoidalariga muvofiq berilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI Bob
Yakuniy kondalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda
KUChGA KIRIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlar bir-birlarini mazkur Bitimning kuchga kirishi uchun konstitutsiyaviy talablarni bajarganliklari toʻgʻrisida yozma tarzda diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim 1-bandda nazarda tutilgan soʻnggi xabarnoma sanasidan kuchga kiradi va uning qoidalari har ikkala Ahdlashuvchi Davlatda quyidagilarga nisbatan amal qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Bitim kuchga kiradigan yildan bevosita keyingi kalendar yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki ushbu sanadan keyin olinadigan daromad manbai yoki mol-mulkdan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Bitim kuchga kiradigan yildan keyingi kalendar yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki ushbu sanadan keyin har bir soliq yili uchun undiriladigan boshqa soliqlarga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda
AMAL QILIShINING TUGATILIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Davlatlardan biri uning amal qilishini tugatmaguniga qadar oʻz kuchida qoladi. Har bir Ahdlashuvchi Davlat Bitimning amal qilishini Bitim kuchga kirgan sanadan boshlab, besh yil oʻtgandan soʻng boshlanadigan har qanday kalendar yilning tugashiga kamida olti oy qolguniga qadar, amal qilishini tugatish toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma berish bilan Bitimning amal qilishini tugatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda ikkala Ahdlashuvchi Davlatda Bitimning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) amal qilishini tugatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin keladigan kalendar yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki ushbu sanadan keyin olinadigan daromad manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) amal qilishini tugatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin keladigan kalendar yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki ushbu sanadan keyin har bir soliq yili uchun undiriladigan boshqa soliqlarga nisbatan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning tasdigʻi sifatida tegishli tartibda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar mazkur Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2018-yil 5-sentabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha uchta matn teng autentikdir. Talqin qilishda kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)